Bugun 15 may, 2026 yil, juma.

  • APL
      • 14.05.2026 00:00
      • Manchester Siti
      • 3:0
      • Kristal Pelas
      • 16.05.2026 00:00
      • Aston Villa
      • -:-
      • Liverpul
  • La-liga
      • 14.05.2026 00:30
      • Alaves
      • 1:0
      • Barselona
      • 14.05.2026 00:30
      • Xetafe
      • 3:1
      • Malyorka
      • 14.05.2026 22:00
      • Valensiya
      • 1:1
      • Rayo Valyekano
      • 14.05.2026 23:00
      • Jirona
      • 1:1
      • Real Sosyedad
      • 15.05.2026 00:30
      • Real Madrid
      • 2:0
      • Real Ovyedo
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 36 91
2 Real Madrid 36 80
3 Vilyarreal 36 69
4 Atletiko 36 66
5 Betis 36 57
6 Selta 36 50
7 Xetafe 36 48
8 Real Sosyedad 36 45
9 Rayo Valyekano 36 44
10 Atletik Bilbao 36 44
11 Sevilya 36 43
12 Valensiya 36 43
13 Osasuna 36 42
14 Espanyol 36 42
15 Alaves 36 40
16 Jirona 36 40
17 Elche 36 39
18 Malyorka 36 39
19 Levante 36 39
20 Real Ovyedo 36 29

O'tgan o'yinlar.

36-тур Selta 2-3 Levante
36-тур Betis 2-1 Elche
36-тур Osasuna 1-2 Atletiko
36-тур Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
36-тур Vilyarreal 2-3 Sevilya
36-тур Alaves 1-0 Barselona
36-тур Xetafe 3-1 Malyorka
36-тур Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
36-тур Jirona 1-1 Real Sosyedad
36-тур Real Madrid 2-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

17/05/26 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05/26 Sevilya - Real Madrid
17/05/26 Real Sosyedad - Valensiya
17/05/26 Levante - Malyorka
17/05/26 Elche - Xetafe
17/05/26 Atletik Bilbao - Selta
17/05/26 Osasuna - Espanyol
17/05/26 Atletiko - Jirona
17/05/26 Real Ovyedo - Alaves
18/05/26 Barselona - Betis

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

8:2? “Barselona” tarixida bundan ham og‘ir mag‘lubiyat bor!

Baho:
+1 | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Ispaniya La-ligasi
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Tunda “Bavariya” jamoasi bilan o‘yinda juda yirik hisobda mag‘lubiyatga uchragan “Barselona” klubi tanqidlar ostida qolib ketgani rost. Shunday bo‘lsa-da, klub o‘tmishida bundan ham yirikroq hisobdagi mag‘lubiyat mavjud. Bugun Stadion.uz o‘sha uchrashuvni yodga oladi.


1931 yilning  8 fevral sanasida “Atletik Bilbao” Kataloniya klubini “Bavariya”dan ham ayanchli ahvolga solib qo‘ygan edi. Keling, hammasini boshidan boshlaymiz…

Biz yodga olgan musobaqa Ispaniyada hisob bo‘yicha 3-milliy chempionatda bo‘lib o‘tgan. Avvaligi chempionatlarning birinchisida (1928/29) “Real” “Barselona”ni ikki ochkoga ortda qoldirib, chempionlikni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, ikkinchi chempionatda “Atletik” “Barselona”ni 7 ochkoga ortda qoldirgancha g‘oliblikni nishonlagandi. Shu sababli kelasi mavsumda chempionlik uchun kurash, asosan, “Atletik” va “Barselona” o‘rtasida bo‘lishi taxmin qilingandi.

Uchinchi bor o‘tkazilayotgan chempionatda atigi 10 ta klub ishtirok etgani bois 18 ta turda g‘olib nomi aniqlanishi lozim edi. Bunday vaziyatda har bir ochkoning qiymati bir necha barobar ortib ketishi turgan gap. Har qanday yo‘qotilgan ochko yakunda chempionlikdan mahrum qilishi hech gap emasdi.

Ha, aytgancha, chempionatga dekabr oyida start berilgan. Sababi, kuzda “Barselona” Kataloniya chempionatida 10 ta o‘yin o‘tkazgan (8 ta g‘alaba) bo‘lib, faqat qishdagina milliy chempionat tasarrufiga kelib qo‘shilardi. O‘sha paytlardagi “Barselona”da Jim Bellami boshchiligidagi ingliz murabbiylar shtabi ish olib borayotgandi. Ispaniya chempionatining ilk turida kataloniyaliklar boshqa bir ingliz murabbiyi Fred Pentlend boshchiligidagi “Atletik” bilan to‘qnash keladi. Murosasiz kechgan uchrashuvda Kataloniya klubi 6:3 hisobida ustun keladi va musobaqani g‘alaba bilan boshlaydi.

Afsuski, omadli startdan so‘ng “Barselona” birin-ketin ochko yo‘qotadi. Avvaliga “Evropa” (XIX asr boshida Ispaniyada shunday nomli klub mavjud edi) bilan ochkolarni bo‘lishib olgan bo‘lsa, keyinroq o‘z uyida “Real Sosyedad”dan (1:4) mag‘lubiyat qabul qilinadi. Keyin o‘z uyida “Rasing” bilan durang va mehmonda “Arenas”dan (5:1) alamli mag‘lubiyat. Biroz muddatdan so‘ng “Espanyol” bilan derbida (6:1) yana yirik hisobdagi mag‘lubiyat. Ikkinchi davra arafasida “Barsa” “Real”, “Alaves” va “Union” klublari bilan ochkolarni bo‘lishib oladi.

Ikkinchi davraga Bilbaoda “Atletik” va “Barselona” klublari to‘qnashuvi start berishi lozim edi. O‘yindan oldin Fred Pentlend “Barsa”ning barcha ojiz nuqtlarini yaxshilab o‘rganib chiqadi va o‘yinga ideal taktik sxema tanlaydi. Shu sababli “Atletik” ilk daqiqalardanoq hujumga tashlanadi.

O‘sha davrlarda Yevropaning eng yaxshi hujumchisi sanalgan Agusto Santos (yoki shunchaki Bata) 2-daqiqaning o‘zidayoq “Barsa” darvozasini ishg‘ol qiladi. Oradan besh daqiqa o‘tib, Bata bu ishni yana takrorlaydi. Uchrashuvning bu tariqa boshlanishini kutmagan “ko‘k-anorranglilar” oldinga tashlanadi. “Atletik” katta kuch bilan himoyalanayotgan bir paytda klubining barcha zamonlardagi eng yaxshi futbolchisi Roberto Echevarriya qarshi hujumni golga aylantiradi. O‘yinning 28 daqiqasiga kelib Bata o‘z hisobiga uchinchi golni yozdirib qo‘yadi…

Shu o‘rinda o‘sha uchrashuv haqidagi turli afsonalar mavjud ekanligini alohida qayd etib o‘tish joiz. Hozir ular orasidagi eng keng yoyilganlaridan birini keltirib o‘tamiz.
Uchrashuv  oldidan “Barselona” darvozaboni Ramon Lyorens qornida og‘riq sezgan. Shifokorlar o‘ynay olishi haqida so‘ragashganida barchasi joyida ekanligini aytgan, ammo darvozastdan 3-golni olib chiqqach, kiyinish xonasiga qornini changalagancha yo‘l olgan. O‘sha davrlarda zaxiradan futbolchi maydonga tushishi mumkin bo‘lmagani sababli “Barselona” o‘yinni bir kishi kam bo‘lib davom ettirgan. Bir qarashda yirik hisobdagi mag‘lubiyat tushunarli holdek ko‘rinadi, lekin o‘yin yakunlangani haqida qaydnomada 90 daqiqa davomida barcha futbolchi maydonda bo‘lgani ko‘rsatilgan protokol bugungi kungacha yetib kelgan. O‘sha uchrashuv haqida yozgan sport gazetalarining birortasida Lyorensoning maydonni tark etgani haqida rasmiy ma’lumotlar yo‘q. Bundan ko‘rinib turibdiki, katta ehtimol bilan o‘yin 90 daqiqa teng tarkiblar o‘rtasida davom etgan.

Endi Bilbaoga qaytamiz. Birinchi bo‘lim 6:1 hisobi bilan yakunlandi. Keyin ham Fred shogirdlari “Barsa”ni yanchib tashlashda davom etishdi. Ikkinchi taymning 9-daqiqasida Xuan Garisuryeta 7-golni kiritadi. Ko‘p o‘tmay Bata o‘zining uchrashuvdagi beshinchi golini ham nishonlab yuboradi. Keyin esa "nafsiga erk berib", 6-7-gollarini ham “Barselona” darvozasiga yo‘llab yuboradi. Shu tariqa tablodagi hisob 10:1 ko‘rinishini oladi. Butun stadion o‘z seviklilarini oldinga chorlar, murabbiy oldindan o‘ylagan barcha rejalar amalga oshayotgan edi. O‘yin yakunlanayotgan bir paytda kataloniyaliklar himoyachisi Xose Sastre o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘yadi. So‘nggi daqiqalarda esa Xose Iraragori o‘yinga yakuniy nuqtani qo‘yadi. “Atletik” : “Barselona” — 12:1! o‘sha uchrashuvdan so‘ng Kataloniya klubi boshqa hech qachon hech kimga 11 ta gol farqi bilan mag‘lub bo‘lmadi.
Oradan ikki kun o‘tgach, “Barselona” autsayder “Evropa”ga o‘z uyida mag‘lubiyatga uchradi. Ushbu mag‘lubiyatdan so‘ng Ramon Lyorens anchagacha asosiy tarkibda ko‘rinish bermadi. Uning o‘rnini “tomat” laqabli Xuan Xose Noges egalladi.

Hafta so‘nggida “Les-Korts” (o‘sha davrlardagi “Barselona”ning uy stadioni) arenasida “Barselona” “Real Sosyedad”ni yirik (5:1) mag‘lubiyatga uchratadi va chempionlik uchun asosiy da’vogarning oyoqlariga “bolta uradi”. Omadsizlikka uchragan ingliz murabbiylar shtabi yirik hisobdagi g‘alabaga qaramay, iste’foga chiqariladi va ularning o‘rnini mahaliy murabbiy — Xosep Sapitter egallaydi. E’tiborlisi shundaki, chempionlik uchun kurashda Bilbao klubi “Rasing” va “Real Sosyedad” bilan bir xil — 22 ochko jamg‘aradi. Shu sababli kiritilgan va o‘tkazib yuborilgan gollar inobatga olinadi. “Atletik” “Barselona”ga qarshi o‘yindagi 12:1 natijasidagi g‘alabasi evaziga barchadan o‘zib ketadi va chempionlikni ketma-ket ikkinchi bor nishonlaydi. Ko‘p o‘tmay, Fred Pentlend shogirdlari Ispaniya kubogida (o‘sha davrlarda "Prezident kubogi" deb atalgan musobaqa) ham zafar quchadi va oltin dublni amalga oshiradi.

Ha, aytgancha, “cho‘kayotgan kema”ni qutqarish maqsadida tashrif buyurgan Xosep Sapitteri mavsum so‘nggiga qadar 21 ochko jamg‘aradi va musobaqa chempionidan bir ochko ortda qoladi. Agar o‘sha 12:1 hisobidagi mag‘lubiyat bo‘lmaganida, balki, “Barselona” mavsumni chempion sifatida yakunlagan bo‘larmidi?!

Yaxyoxo‘ja Ulug‘xo‘jayev

Manba: Soccer.ru
Kiritildi: 22:38, 15.08.2020. O'qildi: 12653 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, “Real”ning tirik afsonasi Raul Evropa Chempionlar ligasining ketma-ket 14 ta mavsumida gol ura olgan yagona futbolchi sanaladi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 15
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик