O‘zbekiston chempionatining 12-turi doirasida Toshkent derbisi "Lokomotiv" stadionida "Paxtakor"ning nominal mezbonligi ostida o‘tdi.
Shota Arveladze jamoasi raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmagan holda yanchib tashladi. "Paxtakor" birinchi bo‘limda 4ta gol urgan bo‘lsa, ikkinchi taymda "temiryo‘lchilar" darvozasini yana 3 marta zabt etdi — 7:0.
Sergeev va Derdiyo‘q dublga erishgan bo‘lsa, Cheran, Hamdamov va Masharipov o‘z hisoblariga bittadan gol yozishdi.
Superliga, 12-tur
"Paxtakor" - "Lokomotiv" – 7:0
Gollar: Dragan Cheran (12), Igor Sergeev (13, 28), Dostonbek Hamdamov (31), Eren Derdiyo‘q (47, 63), Jaloliddin Masharipov (50)
Ogohlantirishlar: Siddiqov (52) — Umirov (77), O‘lmasaliyev (81)
"Paxtakor": Suyunov, Alijonov, Anzur Ismoilov, Krimes (A’zamov 46), Sayfiyev, Hamrobekov, Sobirxo‘jayev, Hamdamov (Sobirjonov 68), Cheran (Siddiqov 46), Masharipov, Sergeev (Derdiyo‘q 46)
"Lokomotiv": Ilyosov, Shaymanov (Umirov 54), Maxaradze, Afonin (G‘anixonov 68), Bikmayev (A.Ergashev 35), Abduxoliqov (Pogrebnyak 68), J.Alijonov (O‘lmasaliyev 54), Komilov, Muhammadiyev, Turopov, Ibrohimov.