Mamlakatimiz tashabbusi bilan Mustaqilligimizning 29 yilligiga bag‘ishlab og‘ir atletika bo‘yicha tashkil qilinayotgan “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligi kubogi” onlayn musobaqasi start oldi. Qaydnomada dunyoning 32 mamlakatidan 150 nafarga yaqin sportchilar ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, musobaqa ko‘pchilik mutaxassislarning diqqat-markazida bo‘lib turibdi.
Toshkent vaqti bilan tong sahardan ayollar o‘rtasida -55 kg, -59 kg, -71 kg va -81 kg vazn toifalarida S guruhi vakillari ishtirok etishdi. Soat 11:00 dan esa V guruhi ishtirokchilari bahs olib borishadi. Eslatib o‘tamiz, mazkur musobaqada jamoamiz 8 nafar sportchi bilan ishtirok etadi va ularning barchasi “A” guruhidan o‘rin olishgan.
Vakillarimiz ishtiroki:
28 avgust:
17:00 – Muattar Nabiyeva, Nigora Abdullayeva
20:00 – Kumushxon Fayzullayeva
29 avgust:
14:30 – Adhamjon Ergashev (shu vaqtning o‘zida ochilish marosimi)
18:00 – Tursunoy Jabborova
21:30 – Sarvar Zafarjonov
30 avgust:
17:00 – Farhod Sobirov
19:00 – Akbar Jo‘rayev
Vakillarimizning chiqishi «Sport» telekanali orqali jonli efirda namoyish qilish rejalashtirilgan. Shuningdek, quyidagi havola orqali musobaqaning to‘liq qismini tomosha qilishingiz mumkin:
https://www.youtube.com/c/InternationalWeightliftingFederation