Bugun 13 fevral, 2026 yil, juma.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 26 57
2 Manchester Siti 26 53
3 Aston Villa 26 50
4 Man. Yunayted 26 45
5 Chelsi 26 44
6 Liverpul 26 42
7 Brentford 26 40
8 Everton 26 37
9 Bornmut 26 37
10 Nyukasl 26 36
11 Sanderlend 26 36
12 Fulhem 26 34
13 Kristal Pelas 26 32
14 Brayton 26 31
15 Lids 26 30
16 Tottenhem 26 29
17 Nottingem Forest 26 27
18 Vest Xem 26 24
19 Byornli 26 18
20 Vulverhempton 26 9

O'tgan o'yinlar.

26-тур Chelsi 0-0 Lids
26-тур Everton 0-0 Bornmut
26-тур Tottenhem 0-0 Nyukasl
26-тур Vest Xem 0-0 Man. Yunayted
26-тур Aston Villa 0-0 Brayton
26-тур Kristal Pelas 0-0 Byornli
26-тур Manchester Siti 0-0 Fulhem
26-тур Nottingem Forest 0-0 Vulverhempton
26-тур Sanderlend 0-0 Liverpul
26-тур Brentford 0-0 Arsenal

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Manchester Siti - Nyukasl
01/01/70 Tottenhem - Arsenal
01/01/70 Sanderlend - Fulhem
01/01/70 Kristal Pelas - Vulverhempton
01/01/70 Vest Xem - Bornmut
01/01/70 Nottingem Forest - Liverpul
01/01/70 Chelsi - Byornli
01/01/70 Brentford - Brayton
01/01/70 Aston Villa - Lids
01/01/70 Everton - Man. Yunayted

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Afsuski, yangi mavsumda ularni endi maydonda ko‘rmaymiz

Baho:
+2 | -1
YEVROPA
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Stadion.uz futbolchilik faoliyatini 2020 yilda yakunlagan afsonalar bilan tanishtirib o‘tadi.

Iker Kasilyas

Aslida, o‘tgan mavsumdayoq Ikerning yashil maydonga qaytmasligi aniq bo‘lib ulgurgan edi. Bu mavsumda u rasman qo‘lqoplarini mixga ilib yubordi. O‘z faoliyati davomida 30dan ortiq sovrinlarni boshi uzra ko‘targan kiper 21 asrning eng yaxshi darvozabonlaridan biri sifatida tarixdan o‘rin egalladi.

Stefan Lixtshtayner

Shvesariya terma jamoasi sardori “Augsburg” bilan o‘rtadagi shartnoma yakunlangach, biroz muddat klubsiz qolib ketdi. Oqibatda, butsalarini mixga ilib yuborishga qaror qildi. Terma jamoa safida 100 dan ortiq o‘yin o‘tkazgan himoyachi “Yuventus” bilan 14 ta sovrinni boshi uzra ko‘tarishga muvaffaq bo‘ldi.

Benedik Xyovedes

Germaniya terma jamoasi bilan JCHda g‘olib chiqqan himoyachi Moskvaning “Lokomotiv” klubi safida ishonchli o‘yin ko‘rsatayotgan edi, biroq 32 yoshida futbol bilan xayrlashdi. O‘zining qarorini ushbu sport unga avvalgidek qadrdon emasligi bilan izohlagan himoyachi, endilikda murabbiylik kurslariga hujjat topshirish haqida bosh qotirmoqda.

Jeremi Matyo

Afsuski, Jeremi futbolchilik faoliyatini jarohat sababli yakunladi. Bu futbolchi uchun eng yomon yakun. “Valensiya”dagi fantastik o‘yinlari sababli uni “Barselona” 30 million yevro evaziga sotib oladi. 30 yoshdan keyin sotib olingan eng qimmat himoyachiga aylangan fransuz negadir Kataloniya klubida o‘zini ko‘rsata olmadi. Shunga qaramay, “Barselona” safida 9 ta sovrinni o‘ziniki qilib oldi.

Leyton Beyns

Leyton anchadan beri “Everton”ning asosiy futbolchisi. Shu sababli, uning futboldagi ilk klubi “Uigan” bo‘lganidan ko‘pchilikning xabari yo‘q. Penaltilar ustasi sanalgan himoyachini yangi mavsumda “Everton” tarkibida ko‘rmaymiz. U kamtarin futbolchi edi. Futboldan ketishi ham katta shov-shuv ko‘tarmadi.

Vensan Kompani

Ushbu tarkibimizdagi yana bir fantastik futbolchi. “Manchester Siti”ning uzoq muddat almashtirib bo‘lmas futbolchisi maqomida to‘p tepgan himoyachi bu mavsumni “Anderlext”da o‘tkazdi. Deyarli o‘ynovchi murabbiyga aylangan himoyachi kelasi mavsumdan boshlab klubning murabbiylar shtabida ko‘rinish bersa, ajab emas.

Emre Belezoglu

Turk futbolchisi deyarli 20 yil davom etgan faoliyati davomida “Galatasaroy”, “Inter”, “Atletik”, “Nyukasl”, “Fenerbaxche” va “Istanbul” singari jamoalari sharafini munosib himoya qildi.

Faoliyati davomida 19 ta sovrinni boshi uzra ko‘targan futbolchi bu mavsumda barchasiga nuqta qo‘yishga qaror qildi.

Andre Shyurrle

2014-yilda Germaniya safida JCH g‘olibligini qo‘lga kiritgan Andre ham nisbatan erta futbol bilan xayrlashdi. 29 yoshida sportdan zerikib qolgan nemisni jarohatlar boshi berk ko‘chaga olib kirib qo‘ygani bor gap.

O‘z faoliyati davomida atigi 5 ta sovrinni boshi uzra ko‘targan bo‘lsada, uning moliyaviy ahvoliga havas qilish mumkin.

Klaudio Pissaro

Bundesliganing chinakam farzandi – Pissaro 41 yoshida futbol bilan xayrlashdi. Bir yo‘la “Bavariya” va “Verder” klublari faxriga aylangan hujumchi sovrinlarining deyarli hammasini Myunxen jamoasi bilan qo‘lga kiritdi.

“Bavariya” safida 224 ta o‘yin o‘tkazgan hujumchi 86 bor raqib darvozalarini ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘ldi. Uning sovrinlari orasida Yevropa chempionlar ligasiing oltin medallari ham bor.

Aris Aduris

“Zorro” laqabi bilan “Atletik Bilbao” klubi muxlislari yuragidan o‘rin egallagan hujumchini ham kelasi mavsum yashil maydonda ko‘rmaymiz. 39 yoshida ham chakki mavsum o‘tkazmagan forvard “Barselona” bilan o‘yinda butsalarini mixga ilishni reja qilgan edi, ammo jarohat bunga imkon qoldirmadi. Natijada, Aduris ancha ertaroq hammasi yakunlanganini rasman e’lon qildi.

Mario Gomes

2018/19-yilgi mavsumda “Shtutgart” bilan Bundesligadan pastga ravona bo‘lgan Gomes jamoa muxlislariga kelasi mavsumda yana Bundesligaga qaytishga va’da bergan edi. E’tiborlisi shundaki, 2019/20-yilgi mavsumda hujumchi o‘z va’dasining ustidan chiqdi. Ayniqsa, uning hal qiluvchi uchrashuvlarda kiritgan 7 ta goli “Shtutgart”ga elita chiptalarini taqdim etdi. Jamoa yangi mavsumni Bundesligada boshlashiga qaramay, Gomes futboldan ketishga qaror qildi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 21:43, 28.08.2020. O'qildi: 14241 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Krishtianu Ronaldu o'zining professional faoliyati davomida to'qqiz marta qizil kartochka olib, maydonni erta tark etgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 22
2 Брентфорд Igor Tiago 17
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 13
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 10
5 Челси Joao Pedro 10
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10
7 Ман. Юнайтед Brian Mbemo 9
8 Брайтон Denni Uelbek 9
9 Ньюкасл Bruno Gimaraes 9
10 Астон Вилла Olli Uotkins 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.