Bugun 25 may, 2026 yil, dushanba.

  • La-liga
      • 24.05.2026 00:00
      • Betis
      • 2:1
      • Levante
      • 24.05.2026 00:00
      • Jirona
      • 1:1
      • Elche
      • 24.05.2026 00:00
      • Xetafe
      • 1:0
      • Osasuna
      • 24.05.2026 00:00
      • Malyorka
      • 3:0
      • Real Ovyedo
      • 24.05.2026 00:00
      • Real Madrid
      • 4:2
      • Atletik Bilbao
      • 24.05.2026 00:00
      • Valensiya
      • 3:1
      • Barselona
      • 24.05.2026 00:00
      • Alaves
      • 1:2
      • Rayo Valyekano
      • 24.05.2026 00:00
      • Selta
      • 1:0
      • Sevilya
      • 24.05.2026 00:00
      • Espanyol
      • 1:1
      • Real Sosyedad
      • 25.05.2026 00:00
      • Vilyarreal
      • 5:1
      • Atletiko
  • «A» Seriya
      • 24.05.2026 18:00
      • Parma
      • 1:0
      • Sassuolo
      • 24.05.2026 21:00
      • Napoli
      • 1:0
      • Udineze
      • 24.05.2026 23:45
      • Verona
      • 0:2
      • Roma
      • 24.05.2026 23:45
      • Cremonese
      • 1:4
      • Komo
      • 24.05.2026 23:45
      • Lechche
      • 1:0
      • Jenoa
      • 24.05.2026 23:45
      • Milan
      • 1:2
      • Kalyari
      • 25.05.2026 00:45
      • Torino
      • 2:2
      • Yuventus
  • APL
      • 24.05.2026 20:00
      • Brayton
      • 0:3
      • Man. Yunayted
      • 24.05.2026 20:00
      • Byornli
      • 1:1
      • Vulverhempton
      • 24.05.2026 20:00
      • Kristal Pelas
      • 1:2
      • Arsenal
      • 24.05.2026 20:00
      • Fulhem
      • 2:0
      • Nyukasl
      • 24.05.2026 20:00
      • Liverpul
      • 1:1
      • Brentford
      • 24.05.2026 20:00
      • Manchester Siti
      • 1:2
      • Aston Villa
      • 24.05.2026 20:00
      • Nottingem Forest
      • 1:1
      • Bornmut
      • 24.05.2026 20:00
      • Sanderlend
      • 2:1
      • Chelsi
      • 24.05.2026 20:00
      • Tottenhem
      • 1:0
      • Everton
      • 24.05.2026 20:00
      • Vest Xem
      • 3:0
      • Lids
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Jorjinyodan so‘ng «Chelsi»da penaltini kim ijro etadi?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Transferlar / Taxminlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

«Chelsi» jamoasida Frenk Lempard deyarli 10 yil davomida penaltilar ijrochisi sifatida ishonchli to‘p surdi. Keyinroq bu vazifani Eden Azar o‘z zimmasiga oldi. Azar Madridga ko‘chib o‘tgach, uning o‘rnini Braziliyada tug‘ilgan Italiya terma jamoasi a’zosi egalladi. Jorjinyo o‘zgacha uslubda yo‘llagan 10 zarbasining 9 tasida raqib darvozasini ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘lgan.

Afsuski, Lempard Kanteni tayanch zonasiga qaytargach, Jorjinyo tarkibdagi o‘rnini yo‘qotib qo‘ydi. U yo‘q paytlarda zarba yo‘llovchi Pedro va Villianlar esa boshqa klublarga ravona bo‘ldi. Xo‘sh, yangi mavsumda mas’uliyatni kim o‘z zimmasiga oladi?

Keling asosiy da’vogarlar ro‘yxatini ko‘rib chiqamiz.

Kay Haverts

«Chelsi» tarixidagi eng qimmat transfer sanaluvchi futbolchi ushbu ro‘yxatda yetakchilik qilmoqda. Qahramonimiz «Bayer» jamoasining yetakchisiga aylana olgan edi. Bu ishni «Chelsi»da davom ettirish uchun asosiy da’vogar ham u. Qahramonimiz «Bayer» safida 7 bor 11 metrlik nuqtaga yaqin kelgan va barcha zarbalarini golga aylantirgan. E’tiborlisi shundaki, ushbu zarbalar o‘ziga xos texnik uslubiga ega.

Kay zarba yo‘llashdan avval, albatta darvozabonning harakatini kuzatishga urinadi. Shu sababli, u yo‘llagan zarbalarning 6 tasida darvozabonlar to‘p yo‘nalishini topa olmagan. Kay darvozabonni chalg‘itgan holda, pastki burchakka zarba yo‘llashni ajoyib uddalaydi.

Ushbu zarbalar orasida Kayning Germaniya Kubogi finalida «Bavariya» darvozasiga yo‘llangan zarbasini alohida qayd etib o‘tish joiz. Qahramonimiz Noyerning imkoniyatlarini yaxshi bilgani uchun ham zarbada asosiy urg‘uni to‘pning tezligaga qaratgan ko‘rinadi. Noyer esa, mukammal berilgan zarba oldida ojiz qoldi.

To‘g‘ri, bir marotoba Yan Sommer nemis futbolchisining rejasini barbod qilgan, biroq zarba kuchli yo‘llangani uchun to‘p darvozadan o‘rin olgan. Kay ajoyib texnika egasi bo‘libgina qolmay,(eng muhimi) sovuqqon futbolchilar sirasiga kiradi. Bu esa, o‘z uslubidan maksimum naf chiqargan holda penaltidan foydalanish imkoniyatini yaratadi.

Timo Verner

Timo o‘tgan mavsumda Bundesligada kitirgan 28 ta golning 3 tasini aniq ijro etilgan penalti evaziga o‘z hisobiga yozib qo‘ydi.

Shuningdek, YECHL bahslarida ham 2 ta aniq zarba uning bu borada juda uquvli ekanligidan dalolat. Aynan, YECHL bahslaridagi «Tottenhem» darvozasiga yo‘llangan zarba Vernerning penalti ijro etishdagi texnikasini namoyish etadi.

Verner Kaydan farqli o‘laroq, zarba yo‘llamoqchi bo‘lgan nuqtani avvaldan tanlab oladi. Keyin, o‘sha nuqtaga aniq va kuchli zarba yo‘llaydi. «Tottenhem»ga qarshi Londondagi o‘yinda, Verner o‘z uslubida 11 metrlik nuqtadan zarba berdi va gol kiritdi. To‘g‘ri, Lyoris to‘p yo‘nalishini topdi, ammo zarbaning kuchli chiqqani Vernerning foydasiga ishladi.

Hujumchi o‘z faoliyati davomida nuqtaga 14 bor yaqin kelgan bo‘lib, ushbu zarbalarning 10 tasidan unumli foydalangan. So‘nggi bor 2018 yilda «Nyurenberg»ga qarshi o‘yinda Vernerning zarba texnikasi pand bergan edi. Timo o‘zi tanlagan burchakka aniq va kuchli zarba yo‘llagan bo‘lsada, Bredlovga omad kulib boqqan edi.

Vernerning zarbani ijro etishi Frenk Lempardnikiga o‘xshab ketadi. Qahramonimiz ketma-ket 5 ta zarbani aniq ijro etishga muvaffaq bo‘ldi. Balki, bu raqamlar Londonda yanada kattalashib ketishi mumkin. Buning uchun Verner ichki raqobatda g‘olib chiqishi lozim.

Hakim Ziyesh

Dushan Tadich “Ayaks”ning doimo penalti ijrochi sifatida 2 yildan beri to‘p surib kelmoqda. Hakim o‘z faoliyatida davomida asosan Marokash terma jamoasida nuqtaga yaqin kelgan. Uning bu borada shaxsiy ko‘rsatgichi 14-9. Qahramonimiz zarba yo‘llayotgan rang-barang uslubdan foydalanishni hush ko‘radi. Hatto ikki bor panenko uslubida gol kiritishga ham ulgurdi.

Ziyesh ko‘pincha to‘pni zarb bilan darvozaga yo‘naltirganda xatoga yo‘l qo‘yadi. Qahramonimiz so‘nggi bor 2017 yilda kuchli zarbaning qurboniga aylangan edi. «Tvente»ga qarshi uchrashuvda zarba kuchiga urg‘u bergan marokashlik futbolchi jamoasini juda qiyin ahvolda qoldirgan edi.

Frenk Ziyesh o‘zini yaxshi his qilishi va jamoaviy o‘yinga tezroq moslashishi uchun ham 11 metrlik zarbani yuklatishi mumkin, biroq bu tavakkal variantga o‘xshab ko‘rinmoqda.

Krisitian Pulishich

Pulishichni ko‘pchilik Eden Azarga o‘xshatadi. Ayniqsa, uning Londondagi ilk mavsumi omadli chiqqach, muxlislar o‘xshashlik bor ekanligini darrov anglashdi.

Kristian chaqqon va himoyachilarni dog‘da qoldirishga usta futbolchi. Penalti borasida esa, bunday deyishga biroz erta. Qahramonimiz shu kunga qadar atigi 2 bor to‘p oldiga yaqin kelgan. Biri AQSH terma jamoasi safida bo‘lgan bo‘lsa, ikkinchisi Germaniya kubogi doirasida «Gerta»ga qarshi o‘yinda. Ikkisini ham mukammal ijro etgan qahramonimizga mas’uliyatni topshirish qay darajada to‘g‘ri?

Meyson Maunt

Maunt ushbu ro‘yxatdagi futbolchilardan keskin farq qiladi. Qahramonimiz o‘zi ijro etuvchi zarbalarining deyarli barchasini bir nuqtaga qaratadi.

G‘alati eshitilishi mumkin, ammo bu uslub unga hali pand bergani yo‘q. Bugungi kunga qadar 3 bor penalti ijro etgan futbolchi barchasini bir xil nuqtaga yo‘lladi.To‘g‘ri, bu o‘yindan so‘ng, penaltilar seriyasidagii vaziyat, biroq Meysonning o‘z imzosiga ega ekanligini alohida qayd etib o‘tish joiz.

Keling, «Derbi» futbolchisi sifatida «Chelsi» darvozasiga yo‘llagan zarbasiga e’tibor qartamiz.

O‘sha uchrashuvda Frenk Joze Mourinoni musobaqadan chiqarib yuborgan edi. Oradan 4 oy o‘tib futbolchi bu ishni yana takrorladi.

Keyinroq, Yevropa Superkubogi bahsida «Liverpul» darvozasi ham ishg‘ol qilindi. Bu safar, «mersisaydliklar» Adrianni ogohlantirishgan shekilli, kipper yo‘nalishni topdi. Zarba kuchli bo‘lgani uchun bu omil hech qanday naf bergani yo‘q.

To‘g‘ri, doimo bir xil uslubda zarba yo‘llovchi futbolchini penalti ijro etishi g‘alati, ammo agar zarba yuqori burchakka «olinmas» qilib ijro etilsa kifoya. Sayyoramizdagi 90 foiz darvozabonlar bunday zarbani qaytarishning imkoni yo‘q deb hisoblaydi. Shunday ekan, Mauntda ham penaltilarni doimiy ravishda ijro etib borish imkoni mavjud.

Temmi Abraham

Hozir barcha «Liverpul»ga qarshi uchrashuvdagi omadsiz penaltini yodga olgan bo‘lishi mumkin.

To‘g‘ri, o‘yindan keyingi penaltilar seriyasida Abraham Adrian darvozasini ishg‘ol qila olmagan, biroq bu uning penalti tepishda no‘noq ekanligini bildirmaydi.

Qahramonimiz yosh bo‘lishiga qaramay, bu borada allaqachon o‘z uslubiga ega futbolchilardan sanaladi. Ko‘plab mutaxassislar Abrahamning zarba yo‘llash texnikasini Serxio Ramosniki bilan bir xil ekanligini aytishmoqda.

Darhaqiqat, Temmi ham Ramos singari so‘nggi soniyalarga qadar pauza ushlashga intiladi va darvozabonning harakatidan kelib chiqib zarba ijro etadi. U hech qachon penalti chog‘ida kuchli zarba yo‘llamaydi. Bu omil esa, to‘pning noaniq yo‘nalish olishidan asraydi. Hujumchi bugungi kunga qadar 11 metrlik nuqtadan 9 bor zarba yo‘llagan bo‘lsa, ularning 8 tasi aniq manzilga yetib borgan.

Agar Frenk Temmini asosiy tarkib futbolchisi sifatida maydonga ko‘proq tushirsa, Abraham ikkinchi Drogba bo‘lishi mumkin.

Yaxyoxo‘ja Ulug‘xo‘jayev

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 13:24, 14.09.2020. O'qildi: 7470 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Braziliya — futbol bo'yicha barcha JCHlarida ishtirok etgan yagona davlat.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик