«Torreense» o‘z tarixida ilk bor Portugaliya kubogini qo‘lga kiritdi.
Ikkinchi liga vakili hal qiluvchi final uchrashuvida «Sporting»ni mag‘lub etdi. O‘yinning qo‘shimcha daqiqalarida belgilangan penalti g‘alaba goliga aylandi.
«Torreense» o‘z tarixidagi birinchi yirik sovrinni qo‘lga kiritdi va Yevropa ligasining umumiy bosqichida ishtirok etadigan bo‘ldi. Buning natijasida «Benfika» Yevropa ligasi saralash bosqichida ishtirok etishga majbur bo‘lsa, «Braga» o‘z yurishini Konferensiyalar ligasida davom ettiradi.
Portugaliya Kubogi. Final
24.05.2026 | 21:15 «Eshtadiu Nasyonal», Oeyrash
«SPORTING» — «TORREENSE» — 1:2 (qo‘shimcha vaqtda)
Gollar: Kevin Zoi 4 (0:1), Luis Suares 54 (1:1), Luish Pite 119 (1:2).
«Sporting»: Ruy Silva, Gonsalu Inasiu, Eduardu Kuarejma (Rafael Nel, 100), Maksimiliano Arauxo, Georgios Vayannidis (Usman Diomande, 69), Xidemasa Morita (Luis Gilyerme, 70), Morten Yulmand, Pedru Gonsalvesh (Daniel Bragansa, 90+2), Fransishku Trinkau, Djeni Katamu (Jeovani Kenda, 90+2), Luis Suares.
Zaxira: Joau Virjiniya, Rikardu Mangash, Georgiy Kochorashvili, Suleyman Faye.
«Torreense»: Lukas Paes, Xavi Vaskes (Danilo Baiya, 104), Tavaresh Stopira, Diadi, David Brunu, Gilyerme Liberato (Andre Simoynsh, 81), Leonardo de Azevedo Silva, Deni Jan (Ismail Seydi, 57), Joau Koshtinya (Luish Pite, 90), Luis Kintero (Alexandro Alfaro, 69), Kevin Zoi (Musa Pramme, 57).
Zaxira: Unai Peres, Brayyan Agbor, Arnau Kasas.
Ogohlantirishlar: Gonsalu Inasiu (15), Rikardu Mangash (98), Eduardu Kuarejma (100), Maksimiliano Arauxo (109), Suleyman Faye (114) — Alexandro Alfaro (100), Tavaresh Stopira (113), Luish Pite (119).
Chetlatish: Gonsalu Inasiu (114, ikkinchi sariq) — Tavaresh Stopira (114, ikkinchi sariq).