Bugun 28 may, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Beyl, iltimos, ket! «Real» o‘ng qanot vingeri izlamoqda

Baho:
+ | -
YEVROPA
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Garet Beyl “Real”ning zaxira o‘rindig‘iga yopishib oldi. Uelslik vingerni kimdir tortib olmasa, u jamoani tark etmoqchi emas.  Madrid klubida bir paytlardagi sayyoramizning eng qimmat futbolchisiga hozirda hech qanday taklif yo‘q. Umidsiz klub uning shartnomasidagi qolgan pulini to‘lab, qo‘yib yuborishga tayyor.

Zidan foydasiz Garetdan xalos bo‘lishdan va uning ixtiyorida kuchli qanot hujumchisini olishdan xursand bo‘lardi, chunki Beyl bilan bog‘liq vaziyat tufayli bu pozisiya bo‘sh qoldi: Beyl o‘ynamaydi, Lukas Vaskes birinchi raqamli rolini o‘ynolmaydi, u odatda Karvaxal o‘rniga maydonga tushadi.  O‘tgan mavsumda bu pozisiyada Asensio, Isko, Rodrigo, Valverde va “Everton”ga yo‘l olgan Xames Rodrigeslar harakat qilgandi.

Agar bir yil ichida bitta nuqtada 7ta futbolchi harakat qilgan bo‘lsa, demak murabbiylar mavsum davomida doimiy tuynukni yamoqlab turishgan. E’tiboringizga “Real” xarid qilishni xohlayotgan chap qanot vingerlari ro‘yxatini taqdim etamiz.

Riyad Mahrez (“Manchester Siti”)

Zidan singari Mahrez ham Fransiyada tug‘ilgan jazoirlik. Zidandan farqli ravishda, Riyad o‘zining tarixiy vatani sharafini himoya qiladi. Mahrez va Zidan tez til topishib ketishiga shubha yo‘q. Agar “Real” xohlasa, qiyinchiliksiz Riyadni Madridga olib keladi. Bu yerda gap boshqa tomonda: Riyad “qirollik klubi”ga kerakmi?

Florentino Peres Zidanni tushunishi dargumon, ayniqsa, Eden Azar sotib olinganidan keyin, chunki 29 yoshli “Siti”ning zaxira futbolchisini “Real”da asosiy tarkibda o‘ynatish to‘g‘ri emas. Agar Mahrez asosiy tarkibda o‘ynamasa, unda nima keragi bor? Katta ehtimol bilan Mahrez o‘rniga Gvardiola anchadan buyon orzu qilib kelayotgan Iskoni so‘raydi. Bu esa “Real” foydasiga bo‘lmasligi aniq.

Federiko Kyeza (“Fiorentina”)

“Real” o‘tgan yili ham Kyeza xizmatiga qiziqish bildirgan edi.  Federikoning ustun tomoni uning yoshligidir. Italiyalik futbolchi atigi, 22 yoshda.  Bu “qaymoqranglilar”ning zamonaviy transfer kompensasiyasiga juda mos keladi. Ammo bu yerda ham o‘sha savol: u “Real” darajasidami? Ha, Kyezaning uzi ham Madridga yo‘l olishga shoshilmayapti. U Milanga borib, rivojlanishni to‘g‘ri deb bilayapti. Federiko kelib, hamma futbolchilarni zaxiraga o‘tirgizib qo‘yadiganga o‘xshamayapti. Agar kelsa ham, rotatsiyadagi navbatdagi futbolchiga aylanadi.

Lukas Okampos (“Sevilya”)

Lukasga moslashish uchun vaqt ketmaydi:  u ispan tilida gapiradi, o‘tgan mavsumni Yevropa Ligasini yutgan “Sevilya”da o‘tkazdi. Okamposga “Real” tomonidan qiziqishlar o‘tgan yili boshlangan.  “Sevilya” o‘shanda Okampos uchun 65 million yevro so‘ragandi, biroq “qirollik klubi” bu yil boshqacha yo‘l tutmoqchi. “Sevilya” o‘tgan mavsumni ijarada o‘tkazgan “Real” himoyachisi Serxio Regilon bilan doimiy shartnoma imzolamoqchi, “qaymoqranglilar” esa bundan foydlanib qolmoqchi. Madrid klubi Okamposni Regilonga almashishga tayyor.

Serj Gnabri (“Bavariya”)

“Bavariya” va “Real” o‘rtasida qiziqarli transferlar bo‘lib turadi.  Masalan, Toni Kroos Myunxen klubi bilan chempionlar ligasida g‘alaba qozonganiga bir yil o‘tib, Madridga yo‘l olgan va bu qaroridan hech qachon afsuslanmagan.  Bu haqda u “Bavariya” bilan yorqin mavsumni o‘tkazgan hamyurtiga aytib berishi mumkin. Bu yerda hammasi futbolchining xohishiga bog‘liq: agar u o‘zini yangi chempionatda sinab ko‘rmoqchi bo‘lsa, “Real”ga o‘tadi. Ammo bu yozda treblga erishgandan so‘ng eyforiyaga berilgan Gnabrini ko‘ndirish oson kechmaydi.

Muhammad Saloh (“Liverpul”)

“Real” 2018 va 2019 yillari Saloh vakillari bilan aloqaga chiqqan, ammo hozir misrlik futbolchini ishontirishning ayni vaqti. Birinchidan, Zidan jamoasida Muhammadga o‘zi xohlagan pozisiyada joy bor. Ikkinchidan, “Liverpul” bilan barcha musobaqlarni yutdi, yangi sovrinlar yutish uchun yangi chaqiruvlarni qabul qilishi mumkin.

Jeydon Sancho (“Borussiya Dortmund”)

Barcha OAV Sanchoni “Manchester Yunayted”ga o‘tishini yozmoqda, ammo doim yashirin "kozrlari"ga ega bo‘lgan “Real”ni unutmaslik kerak. Hanuzgacha “Real” eng yaxshilarni xarid qilishni xohlayotgan bo‘lsa, unda Sancho uchun kurashishlari kerak.

Angliyalik futbolchi endigina 20 yoshda va ajoyib ikki mavsumni o‘tkazdi. “Borussiya” bilan yaxshi munosabatlar Sancho transferi uchun hissa qo‘shishi kerak: Peres futbolchilarini ijaraga berib, “arilar”ni boqmoqda. Dortmundda Hakimi o‘rnini braziliyalik Reynyer to‘ldirdi. Ingizlarning “Real”da o‘ynab ketishi esa bu alohida mavzu...

Kiritildi: 18:00, 14.09.2020. O'qildi: 8726 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Anxel di Mariyaning umumiy transferlariga barchadan eng ko'p - jami 132.6 million funt sterling sarflangan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик