Bugun 29 may, 2026 yil, juma.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Prevyu. Amaldagi chempionlar Lempard "bolakaylari"ga qarshi

Baho:
+ | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Angliya Premyer-ligasi
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Stadion.uz APLning 2-turidagi markaziy uchrashuvi haqida fikr almashadi.

«Chelsi» ajoyib transfer kompaniyasini amalga oshirgach, chempionlik uchun kurashga qo‘shildi. APLning ikkinchi turida Frenk Lempard shogirdlari amaldagi chempionlarga qarshi maydonga tushadi. “Aristokratlar”ni bugun chinakam sinov kutib turibdi. «Stemford Bridj»dagi duel qaysi klub foydasiga hal etiladi?

«Chelsi» optimal tarkibda emas

London klubi tarkibiga qo‘shib olgan yangi yulduzlarni maydonda nimalarga qodir ekanligini ko‘rishga barcha oshiqib ketayotgani aniq. Birinchi turda jarohati sababli Ben Chiluell va Hakim Ziyeshni maydonda ko‘rmadik. Kuni kecha Tyago Silva ham mashg‘ulotlarga qo‘shildi. Oradan bir hafta o‘tgan bo‘lsada, muammolar to‘liq bartaraf etilmadi. Frenk Lempard Ziyesh, Chiluyel, Silva va Pulishichlarning xizmatlaridan foydalana olmaydi. Quvonarlisi shundaki, «Brayton»ga qarshi o‘yinda jarohat olgan Verner safga qaytdi. Shuningdek, Matteo Kovachich ham jangovar holatda va maydonga tushishga tayyor.

Klopp va Lempardning aloqalari qanday?

Iyul oyining so‘nggi kunlarida «Liverpul» va «Chelsi» klublari «Enfild»da to‘qnash kelgan edi. O‘sha bahsda, «mersisaydliklar» 5:3 natijasida g‘alaba qozongan, o‘yin esa chinakam «bolta-chopqi» rejimida o‘tgan edi. O‘yin davomida «Chelsi» ustozi bir necha bor qiziqish ketgan, hatto «Liverpul» murabbiyi Yurgen Klopp va uning yordamchisi Pep Linders bilan janjallashib ketgan edi. Zaxira hakami ishga aralashgach, janjal tin olgan edi. Frenk Lempard keyinroq o‘z qiziqishib ketganini tan oldi, biroq o‘sha voqeani murabbiyga hali-hamon eslatib turishadi.

O‘yin oldi murabbiylar fikri

Frenk Lempard:

“Albatta, o‘z ishim uchun afsusdaman. Ayniqsa, o‘yindan so‘ng menga turli xabarlar kelishi boshlanib ketdi. Ertasi kuni, butun ingliz nashrlari mening Klopp bilan janjallashganim haqida yoza boshladi. Men biroz g‘alati ahvolga tushib qoldim. Sababi, Yurgen Kloppni behurmat qilish niyatim yo‘q edi. Men uning murabbiylik faoliyatidan zavqlanaman. «Enfild»dagi voqea esa, hissiyotlar jumbushga kelgan chog‘da yuz bergan. U bilan ko‘rishsam, o‘sha ish uchun albatta uzr so‘rayman.

Yurgen Klopp:

Frenk bilan o‘rtamizda hech qanday nizo yo‘q. Men uni futbolchilik chog‘idan beri hurmat qilaman. Endilikda, u murabbiylikdek sharafli kasbga qo‘l urdi. Hozircha, bu ishni ajoyib uddalamoqda. Bizning «janjallarimiz» haqida ortiqcha so‘zlashga hojat yo‘q. Yakshanba kuni biz yana «to‘qnashamiz». O‘yin yakunlangach, xuddi avvalgidek barchasi o‘z o‘rniga tushib ketadi.

Joze Mourinyo «Chelsi»ni tark etgach, ushbu klublar o‘rtasidagi o‘yin oldi «intrigalar» biroz kamayib ketdi. Shunday bo‘lsada, Yurgen Klopp ingliz nashrlariga bergan intervyusida «Chelsi»ning super transfer kompaniyasini maqtagan edi. Keyinroq Frenk Kloppga Van Deyk, Allison, Fabinyo va Keytalarning transferini amalga oshirganini hazil bilan eslatgan edi. Agar shu dialogni inobatga olmasa, murabbiylar o‘rtasida hech qanday prinsipiallik yo‘q.

Kepa birinchi raqamlimi?

London klubi hujum chizig‘ini ajoyib tarzda kuchaytirishga muvaffaq bo‘ldi. Endilikda, «Chelsi»ning nafaqat hujumda, balki yarim himoya va himoyada ichki raqobat paydo bo‘ldi. Afsuski, darvozabon borasida «Chelsi» maqtana olmaydi. London klubi «Renn» kipperi Eduara Mendi bilan muzokaralar olib bormoqda, ammo rasmiy transfergacha ish hali yetib bormadi. Kepa Arrisabalaganing o‘zi esa, klubda qolib nimalarga qodir ekanligini isbotlab berish ishtiyoqida yonmoqda. «Chelsi» ustozi, ispanning mehnatini qadrladi va uni «Brayton»ga qarshi uchrashuvda asosiy tarkibda maydonga tashladi. Afsuski, Kepa jarima maydonchasi tashqarisidan yo‘llangan zarbani bartaraf eta olmadi. Bu uning ushbu masofadan o‘tkazib yuborgan 19-goliga aylandi. Bu xunuk statistika tvitter tarmog‘ida ko‘p muhokama qilingach, «Chelsi»ning sport direkotlaridan biri - Piter Chex Kepani oqlashga urindi. Uning aytishicha, «Chelsi» Arrisabalaganing imkoniyatlariga shubha qilmayapti. Unga vaqt beriladi. Yaqindagina Frenk Lempard bu mavzuga «yo‘g‘on» nuqta qo‘ydi.

"Men Kepadan qoniqyapman. Uning maydondagi harakatlarini ko‘rgach, o‘ziga bo‘lgan"ishonchini qaytarib olganini sezdim. U «Chelsi»da! U bizning darvozabon va men uning o‘yinidan to‘liq qanoatlanyapman."

«Liverpul» himoyada stabillik ko‘rsata oladimi?

Yaqindagina Virjil Van Deyk «Liveprul»ning chempionlik sari yetaklagan omil sifatida – stabillikni ko‘rsatgan edi. Gollandiyalikning aytishicha, futboldagi eng qiyin vazifa ham stabil o‘yin ko‘rsatishda ekan. Ochig‘i, «Liverpul»ning o‘tgan mavsum so‘nggida ko‘rsatgan o‘yini bilan baholash biroz noo‘rin. Erta chempionlik va YECHLdan chiqib ketgan jamoa hech qanday motivasiyasiz maydonga tushdi va keragidan ko‘proq ochko yo‘qotdi. «Liverpul» yangi mavsumni «Lids»ga qarshi uchrashuv bilan boshladi. Birinchi uchrashuv bo‘lishiga qaramay, «Lids» amaldagi chempionga munosib qarshilik ko‘rsatishga muvaffaq bo‘ldi. Shu o‘rinda, «Liverpul»ning himoyasidagi muammolar ham yaqqol ko‘rinib qoldi. «Chelsi» o‘zi ishtirok etgan so‘nggi 13 ta o‘yinning 12 tasida raqib darvozasiga ikkita va undan ko‘proq gol kiritishga muvaffaq bo‘lmoqda. Lempard shogirdlari chinakam gol mashinasi. «Liverpul» «Stemford Bridj»da o‘z darvozasini daxlsiz saqlab qolishi juda mushkul. Boshqacharoq qilib aytganda : Bugun uyushqoq himoya va chinakam jangovar hujum o‘rtasidagi to‘qnashuvini ko‘rishimiz mumkin!

Taxminiy tarkiblar:

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 17:05, 20.09.2020. O'qildi: 3343 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, “Real”ning tirik afsonasi Raul Evropa Chempionlar ligasining ketma-ket 14 ta mavsumida gol ura olgan yagona futbolchi sanaladi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик