Bugun 14 noyabr, 2025 yil, juma.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 12 31
2 Barselona 12 28
3 Vilyarreal 12 26
4 Atletiko 12 25
5 Betis 12 20
6 Espanyol 12 18
7 Atletik Bilbao 12 17
8 Xetafe 12 17
9 Sevilya 12 16
10 Alaves 12 15
11 Elche 12 15
12 Rayo Valyekano 12 15
13 Selta 12 13
14 Real Sosyedad 12 13
15 Malyorka 12 12
16 Osasuna 12 11
17 Valensiya 12 10
18 Jirona 12 10
19 Levante 12 9
20 Real Ovyedo 12 8

O'tgan o'yinlar.

12-тур Elche 1-1 Real Sosyedad
12-тур Jirona 1-0 Alaves
12-тур Sevilya 1-0 Osasuna
12-тур Atletiko 3-1 Levante
12-тур Espanyol 0-2 Vilyarreal
12-тур Atletik Bilbao 1-0 Real Ovyedo
12-тур Rayo Valyekano 0-0 Real Madrid
12-тур Malyorka 1-0 Xetafe
12-тур Valensiya 1-1 Betis
12-тур Selta 2-4 Barselona

Navbatdagi o'yinlar.

22/11/25 Valensiya - Levante
22/11/25 Alaves - Selta
22/11/25 Barselona - Atletik Bilbao
22/11/25 Osasuna - Real Sosyedad
23/11/25 Vilyarreal - Malyorka
23/11/25 Real Ovyedo - Rayo Valyekano
23/11/25 Betis - Jirona
23/11/25 Xetafe - Atletiko
24/11/25 Elche - Real Madrid
25/11/25 Espanyol - Sevilya

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 10073 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 3117 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 14.11.2025

      06:00 Чемпионат Бразилии. "Интернасьонал" - "Баия".
      08:00 Чемпионат Турции. "Антальяспор" - "Бешикташ".
      10:00 Чемпионат Бразилии. "Сан-Паулу" - "Ред Булл Брагантино".
      12:00 Д/ф "Джеррард. Прирождённый лидер".
      13:10 Д/ф "Куртуа. Возвращение".
      14:00 Чемпионат Турции. "Фенербахче" - "Кайсериспор".
      16:00 Чемпионат Бразилии. "Крузейро" - "Флуминенсе".
      18:00 Чемпионат Турции. "Антальяспор" - "Бешикташ".
      20:00 Чемпионат Бразилии. "Мирасол" - "Палмейрас".
      22:00 Чемпионат Турции. "Трабзонспор" - "Аланьяспор".
      00:00 Чемпионат Бразилии. "Интернасьонал" - "Баия".
      02:00 Д/ф "Неймар. Номер один в Бразилии".
      02:50 Д/ф "Манчестер Юнайтед". Вперёд к славе".
      04:00 Чемпионат Бразилии. "Сан-Паулу" - "Ред Булл Брагантино".
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 14.11.2025

      05:25 "Непобедимый".
      05:55 LIVE Художественная гимнастика. "Небесная грация" в Китае. Юниорки. Группы. Прямая трансляция.
      07:50 LIVE Художественная гимнастика. "Небесная грация" в Китае. Группы. Прямая трансляция.
      10:20 LIVE Художественная гимнастика. "Небесная грация" в Китае. Финалы в отдельных видах. Прямая трансляция.
      15:00 "10 лет в спорте". "2024/2025".
      15:25 "Вы это видели".
      16:15 LIVE Художественная гимнастика. "Небесная грация" в Китае. Гала-концерт. Прямая трансляция.
      17:30 "Эволюция спорта".
      17:55 Тяжёлая атлетика. Чемпионат России в Санкт-Петербурге. Женщины. Свыше 87 кг.
      19:15 Тяжёлая атлетика. Чемпионат России в Санкт-Петербурге. Мужчины. До 102 кг.
      20:25 "Непобедимый".
      20:55 LIVE Дзюдо. Мировой тур. Гран-при Загреба в Хорватии. День 1. Прямая трансляция.
      23:30 LIVE Бильярд. BetBoom Кубок мира в Москве. Прямая трансляция.
      01:05 Художественная гимнастика. "Небесная грация" в Китае. Финалы в отдельных видах.
      03:15 "Эволюция спорта".
      03:40 Художественная гимнастика. "Небесная грация" в Китае. Финалы в отдельных видах.
      04:55 Тяжёлая атлетика. Чемпионат России в Санкт-Петербурге. Женщины. Свыше 87 кг.
  • MATCH-TV
    • Sana: 14.11.2025

      05:50 Новости.
      05:55 LIVE Художественная гимнастика. "Небесная грация" в Китае. Юниорки. Группы. Прямая трансляция.
      07:50 LIVE Художественная гимнастика. "Небесная грация" в Китае. Группы. Прямая трансляция.
      10:20 LIVE Художественная гимнастика. "Небесная грация" в Китае. Финалы в отдельных видах. Прямая трансляция.
      15:00 "Небесная грация".
      15:20 Все на Матч! Прямой эфир.
      16:15 LIVE Художественная гимнастика. "Небесная грация" в Китае. Прямая трансляция.
      17:30 LIVE Смешанные единоборства. ONE FC "Friday Fights 133" в Бангкоке, Таиланд. Прямая трансляция.
      21:30 Смешанные единоборства. UFC. Ислам Махачев. Лучшее.
      23:30 LIVE Бильярд. BetBoom Кубок мира в Москве. Прямая трансляция.
      01:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      02:30 "Вы это видели".
      03:30 "Формула-1. Гаснут огни".
      04:00 Театрализованное спортивно-гимнастическое шоу Светланы Хоркиной "Спортрота".
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 14.11.2025

      05:30 Снукер. Гран-при Сианя в Китае. Финал. Сессия 2.
      08:00 Зал славы. Олимпиада 2020 в Токио.
      09:00 Горнолыжный спорт. Чемпионат мира в Зальбах-Хинтерглемме, Австрия. Мужчины. Гигантский слалом. 2-я попытка.
      10:00 Автоспорт. WEC. Этап 6. "Lone Star Le Mans" на Трассе Америк, США. Лучшие моменты.
      12:30 Снукер. Гран-при Сианя в Китае. Финал. Сессия 2.
      15:00 Зал славы. Олимпиада 2024 в Париже.
      16:00 Автоспорт. WEC. Этап 6. "Lone Star Le Mans" на Трассе Америк, США. Лучшие моменты.
      18:30 Снукер. Гран-при Сианя в Китае. Финал. Сессия 2.
      21:30 Зал славы. Олимпиада 2020 в Токио.
      22:30 Олимпийский канал. "Монументы", 1 эп.
      23:00 Горнолыжный спорт. Чемпионат мира в Зальбах-Хинтерглемме, Австрия. Мужчины. Гигантский слалом. 2-я попытка.
      00:00 Автоспорт. WEC. Этап 6. "Lone Star Le Mans" на Трассе Америк, США. Лучшие моменты.
      02:00 Снукер. Гран-при Сианя в Китае. Финал. Сессия 2.
      04:00 Автоспорт. WEC. Этап 7. "6 часов Фудзи" в Ояме, Япония. Лучшие моменты.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Barselona» va «Yuventus»ni YECHL finalida ko‘rmaymizmi?!

Baho:
+ | -
YEVROPA / Transferlar / Taxminlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Stadion.uz «Barselona» va «Yuventus» klublarining transfer siyosati haqida fikr almashadi.

Ronaldu kuchli hujumchisiz qiynalmoqda

Mario Manjukich Turin super klubida markaziy hujumdagi muammolarni yopa olmadi. Ronaldu bilan umuman maydonda tandem hosil qilishni ham uddalay olmadi. "Sarribolga "sira mos kelmagan xorvat jamoadan ketdi. Iguain esa, «Real Madrid»da ham Krish bilan chiqisha olmagan edi desak, adashmagan bo‘lamiz.

Ronalduning Dibala bilan aloqalari juda yaxshi. Aynan u Paoloni avvaliga klubda qolishini, so‘ng Sarri qo‘l ostida maydonga tushishini ta’minlagan edi. Afsuski, Dibala markaziy hujumchi yoki vinger emas. Ronaldu Dibala darajasidagi sifatli markaziy hujumchisiz juda qiynaldi. Ayniqsa, «Lion» bilan o‘yinda bu yaqqol ko‘zga tashlandi 

Krish yangi mavsum oldidan «Yuventus» Iguainni ketkazishini va o‘rniga yuqori darajadafi ijrochini tarkibga qo‘shib olishini kutgan edi. Afsuski, tanlov Ronalduni xursand qilgani yo‘q.

Messi faqat Suares bilan tandem

Koutinyo, Dembele, Grizman singari hujumchilar Messi bilan maydonda ham, uning tashqarisida ham Suareschalik til topisha olmagan. Endilikda, urugvaylik hujumchi jamoadan ketish niyatida. Aslida, klub o‘tgan mavsumda oldingi chiziq vakillaridan birini xarid qilishi lozim edi. Suaresning og‘ir jarohat olishi vaziyatni o‘zgartirib yubordi. Grizmanning transferi markazdagi muammolarni kamaytirgani yo‘q.

Messi o‘tgan mavsumda 31 bor raqib darvozalarini ishg‘ol qildi. Luis esa, undan 10 ta kam gol kiritdi. Grizman esa, bu futbolchilardan statistika borasida ancha orqada qolib ketdi.

Grizmandan so‘ng, gollar soni bo‘yicha Arturo Vidal turibdi. Kataloniya klubi chililik yarim himoyachini «Inter»ga qo‘yib yubordi. Shuningdek, Ansu Fati ham oldingi chiziqda o‘ynashga qodir, ammo u ham markaziy hujumchi emas. Bundan ko‘rinib turibdiki, «Barselona»da Suaresdan boshqa markaziy hujumchi qolmadi. Endilikda, Luisni Bartameo faqatgina “Atletiko”ni kuchaytirmaslik uchun olib qolishi mumkin.

Ayni damda, klub moliyaviy muammolar ichida qolgan. Shu sababli yangi markaziy hujumchi sotib olish g‘oyasi amalga oshmasligi aniq.

Luis Turinda nega qolmadi?

Ronaldu va Pirlo Suaresning «Yuventus»ga ko‘chib o‘tishni istagani rost. Sababi juda oddiy. Gollandiya, Angliya, Ispaniyada o‘zini ko‘rsata olgan hujumchi ortiqcha muammosiz “A Seriya”ni zabt etishi mumkin. Pavel Nedved Suaresni tekinga qo‘lga kiritish ilinjida edi, ammo keyin voqealar rivoji kutilmagan tomonga burilib ketdi.

Suares Italiya pasportini olishi lozim edi. Sababi, u Yevropa Ittifoqiga a’zo davlat fuqarosi sifatida klub a’zosiga aylanishi ko‘zda tutilgan edi. Janubiy Amerikaliklar uchun ortiqcha kvota bo‘lmagani uchun Nedved Luisga Italiya fuqaroligini taklif etgan bo‘lsa, ajab emas. E’tiborlisi shundaki, urugvaylik futbolchida hatto Ispaniya fuqaroligi ham yo‘q ekan. Shu bois, Suaresning imtihondan qanday o‘tgani ko‘pchilikda qiziqish uyg‘otdi. Italiya huquqni himoya qilish organlari surishtiruv ishlarini boshlab yubordi. Ayrim manbalarning yozishicha, urugvaylik futbolchi imtihon javoblarini sotib olgan emish. Bunday holat, Yevropada tez-tez uchrab turadi. Umuman olganda, Suaresning transferi to‘liq barbod bo‘ldi.

Oqibatda, Krishtianu endi o‘zi uchun eng noqulay variant sanalgan Morata bilan tandemda harakat qilishga majbur.

Morata Ronaldu bilan befoyda futbolchiga aylanadi

Alvaroda stabillik doimo birinchi plandagi muammo sanalgan. Qahramonimiz «Chelsi»da, «Real Madrid»da ham aynan shu kamchiligi sababli safdan chiqib qolgan desak, adashmagan bo‘lamiz. To‘g‘ri, o‘z vaqtida Morata «Yuventus» safida ajoyib o‘yinlar o‘tkazgan, biroq endi vaziyat tamomila o‘zgacha. Jamoada Ronaldu bor, klub 3-5-2 sxemasidan voz kechgan. Bu o‘zgarishlar 28 yoshli hujumchining oldingi darajasiga qaytishiga to‘sqinlik qilishi aniq.

Aslida, Nedved hamyonbop hujumchilar izladi. Shu sababli, Suares, Jeko singari variantlar ustida ish olib borildi. Ikki hujumchini ham maoshini to‘lab berish evaziga klubga jalb qilish mumkin edi. Shuningdek, bugungi kunda klubsiz qolib ketayotgan Edinson Kavani bilan ham muzokaralar olib borildi. Urugvaylik hujumchi «Napoli» klubiga bo‘lgan hurmati evaziga Turinga ko‘chib o‘tishdan bosh tortdi.

Achinarlisi shundaki, Morata majburiy tanlovga aylandi. Tan olish lozim, agar Morata kelajagi porloq hujumchi bo‘lganida, uni Semione hech qachon qo‘yib yubormagan bo‘lar edi. Quvonarlisi shundaki, «zebralar» Alvaro uchun 60 million yevro to‘lamadi. Shunchaki, uni 10 million evaziga ijaraga olishdi.

Ushbu transfer naf berishi uchun Pirlo to‘liq yangi o‘yin uslubini kashf etishi lozim. Shu o‘rinda qiziq fakt! 2014 yildan boshlab, Alvaro kiritgan gol jamoasiga 3 million yevroga tushgan! 3 million yevro! «Zenit» hujumchisi Serdar Azmunning yillik maoshi 3 million yevroni tashkil etadi. Ushbu summa evaziga Azmun bemalol bir mavsum «Yuventus» sharafini himoya qilishi mumkin.

Messi o‘zi bilan to‘p surgan eng zo‘r hujumchidan ayrilishi mumkin

Tan olish lozim Leo Suaressiz hujum markazida qiynaladi. Sababi, Suares istalgan soniyada Leoni qulayroq vaziyatga olib chiqishi, zarba yo‘llashi uchun imkon yaratishi, standart vaziyatlardagi uzatmalarini darvozaga joylab qo‘yishi bilan boshqalardan ajralib turadi. Afsuski, urugvaylik hujumchiga qo‘ng‘iroq orqali Kuman chiqish eshiklarini ko‘rsatib yubordi.

Agar Luis Madridga ko‘chib o‘tsa, Messi Bretueyt va Grizmanlardan birini tanlashiga to‘g‘ri keladi. Bu yigitlarning hech biri raqib jarima maydonchasi ichida Messi bilan tandem hosil qilishga moslashmagan. Hatto Depayning transferi ham Leoni muammodan xalos etmaydi. Kavanini erkin agent sifatida qo‘lga kiritish variantini esedan chiqarsa ham bo‘ladi.

Sababi, urugvaylik hujumchi katta maosh evaziga atigi bir mavsumli shartnoma imzolash niyatida. Bunday qisqa muddat ichida yangilanayotgan «Barselona»ga  transfer naf keltirishning imkoni yo‘q.

«Barselona» Suaresning o‘rnini bosishga qodir Obomeyang va Lautarolarni qo‘ldan chiqarib yuborgach, Messi qiyin ahvolda qoldi. Katta ehtimol bilan, Kike Setyen singari Kuman ham Grizmanni markaziy hujumga ko‘chiradi.Gollandiyalik murabbiy Grizmanni markaziy hujumchi sifatida ko‘rayotganini yashirib o‘tirmayapti. Kike Setyen bunga urinib ko‘rgan, biroq natija qoniqarsiz. Balki, Kumanning omadi kelar?!

Ikki afsona yana «joker»siz qolib ketdi

Suares va Iguainlarning jamoadan ketishi «Yuve» va «Barsa» uchun og‘ir zarba bo‘lgani yo‘q. Ulardan farqli o‘laroq, Messi va Ronaldu uchun ularning o‘rnini to‘ldirishga qodir yangi futbolchilar xarid qilinmadi. Mana muammo nimada! Morataning transferi qanday naf berishi dargumon. Kataloniyaliklar esa, hujumchi izlashni ham to‘xtatib qo‘ydi. Achinarlisi shundaki, bu klublarga o‘tgan mavsumda nafaqat kuchli murabbiy, balki sifatli markaziy hujumchilar ham yetishmadi. Aynan shu ikki omil sababli «Yuventus» va «Barselona» YECHLdagi yurishini erta to‘xtatishga majbur bo‘lgan edi. Agar qishki transfer oynasida mo‘jiza sodir bo‘lmasa, bu klublar YECHLda (bu mavsumda) zafar quchishi juda mushkul

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 18:34, 23.09.2020. O'qildi: 13086 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Xerar Pike “Manchester Yunayted”da dastlab hujumchi sifatida to'p surgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 13
2 Барселона Robert Levandovski 7
3 Атлетико Xulian Alvares 7
4 Леванте Karl Etta-Eyong 6
5 Мальорка Vedat Muriki 6
6 Барселона Ferran Torres 5
7 Бетис Kucho Ernandes 5
8 Сельта Borxa Iglesias 5
9 Реал Мадрид Vinisius Junior 5
10 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 5

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.