Bugun 22 may, 2026 yil, juma.

  • «A» Seriya
      • 22.05.2026 23:45
      • Fiorentina
      • -:-
      • Atalanta
      • 23.05.2026 21:00
      • Bolonya
      • -:-
      • Inter
      • 23.05.2026 23:45
      • Lasio
      • -:-
      • Piza
  • La-liga
      • 24.05.2026 00:00
      • Betis
      • -:-
      • Levante
      • 24.05.2026 00:00
      • Jirona
      • -:-
      • Elche
      • 24.05.2026 00:00
      • Xetafe
      • -:-
      • Osasuna
      • 24.05.2026 00:00
      • Malyorka
      • -:-
      • Real Ovyedo
      • 24.05.2026 00:00
      • Real Madrid
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 24.05.2026 00:00
      • Valensiya
      • -:-
      • Barselona
      • 24.05.2026 00:00
      • Alaves
      • -:-
      • Rayo Valyekano
      • 24.05.2026 00:00
      • Selta
      • -:-
      • Sevilya
      • 24.05.2026 00:00
      • Espanyol
      • -:-
      • Real Sosyedad
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 37 82
2 Manchester Siti 37 78
3 Man. Yunayted 37 68
4 Aston Villa 37 62
5 Liverpul 37 59
6 Bornmut 37 56
7 Brayton 37 53
8 Chelsi 37 52
9 Brentford 37 52
10 Sanderlend 37 51
11 Nyukasl 37 49
12 Everton 37 49
13 Fulhem 37 49
14 Lids 37 47
15 Kristal Pelas 37 45
16 Nottingem Forest 37 43
17 Tottenhem 37 38
18 Vest Xem 37 36
19 Byornli 37 21
20 Vulverhempton 37 19

O'tgan o'yinlar.

37-тур Aston Villa 4-2 Liverpul
37-тур Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
37-тур Everton 1-3 Sanderlend
37-тур Brentford 2-2 Kristal Pelas
37-тур Lids 1-0 Brayton
37-тур Vulverhempton 1-1 Fulhem
37-тур Nyukasl 3-1 Vest Xem
37-тур Arsenal 1-0 Byornli
37-тур Bornmut 1-1 Manchester Siti
37-тур Chelsi 2-1 Tottenhem

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Brayton - Man. Yunayted
24/05/26 Tottenhem - Everton
24/05/26 Sanderlend - Chelsi
24/05/26 Nottingem Forest - Bornmut
24/05/26 Manchester Siti - Aston Villa
24/05/26 Liverpul - Brentford
24/05/26 Fulhem - Nyukasl
24/05/26 Kristal Pelas - Arsenal
24/05/26 Byornli - Vulverhempton
24/05/26 Vest Xem - Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Kechagi iqtidor bugun ishsiz qolib ketishi mumkin?! Unga kim da’vogar?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Transferlar / Taxminlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Bundan bir necha yil ilgari Samuel sayyoramizning eng iqtidorli himoyachilaridan biri edi. Uning kelajagi porloq ekanligiga hech kim shubha qilmas, «Barselona» ham aynan shu maqsad bilan uning transferini amalga oshirgan edi. Stadion.uz amaldagi JCH g‘olibi tushib qolgan ahvol va uning navbatdagi klubi haqida fikr almashadi.

Yillar xuddi shamoldek uchmoqda. yaqindagina, ko‘plab grand klublar e’tibor markazidan bo‘lgan Umtiti deyarli keraksiz futbolchiga aylanmoqda. 2016 yilda fransuz uchun kuchli beshlikdagi barcha grandlar kurash olib borgani rost, biroq «Lion» futbolchisini Kataloniyaliklar ilib ketishdi. Tan olish lozim, Umtiti Kataloniyaga to‘liq shakllangan, yetuk futbolchi sifatida tashrif buyurdi. Allaqachon terma jamoada o‘zi uchun joy naqdlagan himoyachi uchun «Barselona» pul ayab o‘tirmadi.

E’tiborlisi shundaki, qahramonimiz Kataloniyadagi sarguzashtlarini juda yorqin boshladi. Debyut mavsumda Umtiti 43 ta o‘yinda maydonga tushgan bo‘lsa, keyingi mavsumda 40 o‘yinda ishtirok etdi. Ikki mavsumda ham bittadan gol kiritgan himoyachi bilan 2018 yilda «ko‘k-anorrangilar» shartnomani uzaytirishga qaror qildi. Aynan o‘sha, yili «Manchester Siti» Umtiti borasida bir necha bor «Barselona»ga rasmiy takliflar yubordi. Hatto 63 million funt ham taklif qildi, biroq «Barsa» barcha takliflarni rad etdi. Katta ehtimol bilan, klub bugun o‘sha taklifni qabul qilmagani uchun afsusda bo‘lsa kerak. Sababi, 2018 yildan boshlab Samuelni jarohatlar taqib qilishni boshladi.

«Barselona» juda ulkan klub. U o‘zi ishtirok etgan barcha musobaqalarda g‘olib chiqishni oldiga maqsad qilib qo‘yadi. Katta maqsadlar sari intilayotgan jamoaning markaziy himoyachisi safdan chiqishi mumkin emas. To‘xtovsiz bosim, zich taqvim, tinimsiz harakatda bo‘lish, parvozlar sababli o‘yin ritmini birdek ushlab qolish mushkul. Boz ustiga, og‘ir jarohatdan so‘ng yana safga qaytgan futbolchiga. «Barselona» esa, hech kimga ikki bor imkon bermaydigan jamoa. Umtiti o‘z imkoniyatiga ega bo‘ldi, biroq endi undan naf chiqishi dargumon. Shu sababli, «Barselona» endi undan qutilishga qaror qildi. Jamoa koronavirus sababli moliyaviy muammolarni hal etishga qaror qildi. Marca nashrining ma’lum qilishicha, klub Rakitich, Vidal, Todibo, Suares, va Umtitini boshqa klubga qo‘yib yuborish orqali ularning maoshlar uchun ajratiladigan puldan 100 million yevro tejab qolishni reja qilgan. Umtitining bir yillik maoshi 12 million yevroni tashkil etishini inobatga olsak, uni Kuman keraksiz futbolchi deb topganini tushunish mushkul emas. Katta maosh, va turli bonuslar yordamida Umtiti jamoa byudjetiga katta zarar keltirishi mumkin. Buni oldini olish maqsadida «Barselona» fransuz bilan kelishgan holda o‘rtadagi shartnomani bekor qilishi hech gap emas. Shunga qaramay, vaziyatni Umtitining o‘zi chigallashtirmoqda. himoyachi klubda yana bir mavsum qolishni, va asosiy tarkibdan o‘rin olishni istamoqda.

Afsuski, butun boshli tarkibni «tozalayotgan» klub jarohat olgan futbolchi uchun 12 million yevro to‘lamasligi aniq. Xo‘sh, agar Samuelga chiqish eshiklari ko‘rsatib yuborilsa, u qayerga yo‘l olishi mumkin? 26 yoshli futbolchi hali o‘z so‘zini aytmagan, shu bois unga bo‘lgan qiziqish Yevropada saqlanib turibdi.

«Manchester Yunayted»

«Qizil iblislar» so‘nggi paytda sifatli markaziy himoyachi yo‘q ekanligi uchun juda ko‘p jabr chekishdi. Ayni damda, klub ixtiyorida naqd 6 ta markaziy himoyachi mavjud. Hatto ular orasida 80 million Maguayerning bo‘lishi ham mudofaani kuchli bo‘lishini ta’minlay olmadi. Lindelofga stabillik yetishmaydi. Bayi klubga kelganidan beri turli-tuman jarohatlar olishdan bo‘shamayapti. Maguayer juda sekin harakat qiladi. Qarshi hujumlarni bartaraf etishda uning imkoniyatlari juda past. APLdek shiddatli musobaqada kuchli markaziy himoyachilarisiz hech narsaga erishib bo‘lmasligini «Siti» va «Liverpul» isbotlab berdi. «Qizil iblislar» Umtitini qo‘lga kiritsa, qahramonimiz klub uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochishi mumkin. Boz ustiga, o‘z faoliyatini ham qayta ishga tushirish uchun ajoyib imkoniyatga ega bo‘ladi.

«Inter»

Bu variant «Barselona»ga qo‘l kelishi mumkin. Sababi, jamoa Lautaroning transfer summasini kamaytirishda fransuzdan foydalanadi. Antonio Konte qo‘l ostida Umtiti o‘ziga bo‘lgan ishonchini tiklab olishi, yangicha uslubdagi himoyalanishdan xabardor bo‘lishi mumkin. Konte ko‘pincha 3 ta himoyachiga suyanadi. Bu esa, Samuelning avval ochilmagan qirralarini namoyish etish uchun ajoyib imkoniyat. Afsuski, bu transferning amalga oshish darajasi juda past. Shunday bo‘lsada, «Yuventus»ga qarshi jangga chiqqan milanliklar uchun Umtiti ajoyib tanlov vazifasini o‘tab berishi mumkin.

«Lion»

«Barselona» Depayni qo‘lga kiritish uchun turli uslublarni qo‘llab ko‘rmoqda. Memfis Ronald Kumanning rejalarini amalga oshirishda qo‘l kelishi aniq bo‘lgan figura. Samuel esa, aynan «taqachilar» akademiyasi tarbiyalanuvchisi sanaladi. Ortga bir qadam, oldinga ikki qadam tashlash imkoniyatini yaratib berishi mumkin. Agar Samuel nisbatan kuchsizroq birinchilikda sport formasini tiklab olsa, yana avvalgi darajasida to‘p surishi mumkin. hech qanday bosimsiz to‘p tepish zavqini Samuel sog‘ingan bo‘lsa, ajab emas. Tinimsiz tanqidlardan charchagan qahramonimiz Depay bilan o‘rin almashishi hech gap emas. «Lion» murabbiyi Rudi Garsiya ham o‘z intervyularida Umtitini jamoasida ko‘rishni istayotganini yashirib o‘tirmayapti. Murabbiy ochiq futbol namoyish etmaydi. Shu sababli, mudofaadagi futbolchilarning salohiyati unga juda muhim. Umtitining transferi Garsiyaga maydonning o‘zida bir nechta manyovrni amalga oshirish imkonini berishi turgan gap.

"Arsenal"

London klubi markaziy himoyani o‘z qo‘liga olishga qodir futbolchi izlashda davom etishmoqda. David Silva, Shkordan Mustafi, Sokratis singari futbolchilar "Arsenal"ning ishonchini oqlay olmadi. Vaholanki, ularning har biri o‘z jamoalarida yaxshigina "avtoritet"ga ega ijrochilar edi. Agar Samuel jarohatidan ertaroq forig‘ bo‘lsa, APLga ko‘chib o‘tishi mumkin. «Kononirlar» fransuzlarga o‘zgacha ehtirom ko‘rsatishadi. Bu Arsen Venger erasidan qolgan odat. Boz ustiga, Samuelning yoshlikdagi do‘sti va sobiq jamoadoshi - Aleksander Lyakazzet ham bugungi kunda «to‘pchilar» sharafini himoya qilmoqda. Bu omil, moslashuv jarayoning tezda o‘tishini ta’minlab berishi aniq.

«Renn»

Bu variant biroz g‘alati eshitilishi mumkin, biroq agar «Barselona» Umtiti bilan shartnoma bekor qilsa hamma narsa bo‘lishi mumkin. Boz ustiga, jarohatini davolash bilan band futbolchi uchun grandlar o‘z eshiklarini yopib olishi ham hech gap emas. Shunday ekan, «Renn»ni hali kurashdan chiqarib yuborishga erta. Katta ehtimol bilan, «Barselona»dan Umtitini klub sotib olishga qodir emas. Shu sababli, tomonlar kelishgan holda fransuzni ijaraga asosida «Renn»ga yuboradi. Umtiti sifatli mavsum o‘tkazish orqali o‘ziga bo‘lgan ishonchni va sport formasini tiklab olishi mumkin. U endigina 26 yoshda. Agar ishonchli mavsum o‘tkaza olsa, yana atrofida grand klublar «o‘ralashib» qolishi aniq.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 16:31, 24.09.2020. O'qildi: 10477 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 16
4 Челси Joao Pedro 15
5 Астон Вилла Olli Uotkins 14
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 14
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик