Bugun 19 iyun, 2025 yil, payshanba.

  • Klublar o‘rtasida JCh
      • 18.06.2025 04:00
      • Ulsan Xyonde
      • 0:1
      • Mamelodi Sandauns
      • 18.06.2025 06:00
      • Monterrey
      • 1:1
      • Inter
      • 18.06.2025 21:00
      • Manchester Siti
      • 2:0
      • Vidad
      • 18.06.2025 23:59
      • Real Madrid
      • 1:1
      • Al-Hilol
      • 19.06.2025 03:00
      • Pachuka
      • 1:2
      • Zalsburg
      • 19.06.2025 06:00
      • Al-Ayn
      • 0:5
      • Yuventus
  • O‘zbekiston kubogi
      • 18.06.2025 19:30
      • Qo‘qon-1912
      • 1:1
      • Bunyodkor
      • 18.06.2025 19:30
      • Sho‘rtan
      • 4:1
      • Aral
  • Superliga
      • 19.06.2025 20:00
      • So‘g‘diyona
      • -:-
      • Xorazm
      • 19.06.2025 20:00
      • Andijon
      • -:-
      • Qizilqum
      • 20.06.2025 20:00
      • Neftchi
      • -:-
      • Buxoro
      • 20.06.2025 20:00
      • Mash’al
      • -:-
      • Nasaf
«
»

Turnir jadvali

A - Guruhi

Jamoa O' O
1 Al-Ahli (Misr) 1 1
2 Inter Mayami 1 1
3 Palmeyras 0 0
4 Portu 0 0

B - Guruhi

Jamoa O' O
1 PSJ 1 3
2 Botafago 1 3
3 Sietl Saunders 1 0
4 Atletiko 1 0

C - Guruhi

Jamoa O' O
1 Bavariya 1 3
2 Benfika 1 1
3 Boka Xuniors 1 1
4 Oklend Siti 1 0

D - Guruhi

Jamoa O' O
1 Chelsi 1 3
2 Flamengo 1 3
3 Esperans 1 0
4 Los-Anjeles 1 0

E - Guruhi

Jamoa O' O
1 River Pleyt 1 3
2 Inter 1 1
3 Monterrey 1 1
4 Urava Reds 1 0

F - Guruhi

Jamoa O' O
1 Mamelodi Sandauns 1 3
2 Borussiya D 1 1
3 Fluminense 1 1
4 Ulsan Xyonde 1 0

G - Guruhi

Jamoa O' O
1 Yuventus 1 3
2 Manchester Siti 1 3
3 Vidad 1 0
4 Al-Ayn 1 0

H - Guruhi

Jamoa O' O
1 Zalsburg 1 3
2 Al-Hilol 1 1
3 Real Madrid 1 1
4 Pachuka 1 0

O'tgan o'yinlar.

1-тур Inter Mayami 0-0 Al-Ahli (Misr)
1-тур Bavariya 10-0 Oklend Siti
1-тур PSJ 4-0 Atletiko
1-тур Sietl Saunders 1-2 Botafago
1-тур Chelsi 2-0 Los-Anjeles
1-тур Boka Xuniors 2-2 Benfika
1-тур Flamengo 2-0 Esperans
1-тур Fluminense 0-0 Borussiya D
1-тур River Pleyt 3-1 Urava Reds
1-тур Ulsan Xyonde 0-1 Mamelodi Sandauns
1-тур Monterrey 1-1 Inter
1-тур Manchester Siti 2-0 Vidad
1-тур Real Madrid 1-1 Al-Hilol
1-тур Pachuka 1-2 Zalsburg
1-тур Al-Ayn 0-5 Yuventus

Navbatdagi o'yinlar.

16/06/25 Palmeyras - Portu

So'rovnoma

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 19.06.2025

      05:55 Новости футбола.
      06:00 Чемпионат Германии. "Айнтрахт Франкфурт" - "Хольштайн Киль".
      08:00 Новости футбола.
      08:05 Чемпионат Германии. "Фрайбург" - "Вердер Бремен".
      10:00 Новости футбола.
      10:05 Чемпионат Германии. Итоги сезона.
      11:35 Новости футбола.
      11:40 Чемпионат Германии. "Хольштайн Киль" - "Байер 04 Леверкузен".
      13:35 Новости футбола.
      13:40 Чемпионат Германии. "Боруссия Дортмунд" - "Унион Берлин".
      15:35 Новости футбола.
      15:40 Чемпионат Германии. "РБ Лейпциг" - "Хайденхайм 1846".
      17:40 Новости футбола.
      17:45 Чемпионат Германии. "Бавария Мюнхен" - "Айнтрахт Франкфурт".
      19:45 Новости футбола.
      19:50 Чемпионат Германии. "Хоффенхайм" - "Штутгарт".
      21:50 Новости футбола.
      21:55 Чемпионат Германии. "Фрайбург" - "Вердер Бремен".
      23:55 Новости футбола.
      00:00 Чемпионат Германии. "Хольштайн Киль" - "Байер 04 Леверкузен".
      02:00 Новости футбола.
      02:05 Чемпионат Германии. "Боруссия Дортмунд" - "Унион Берлин".
      04:00 Новости футбола.
      04:05 Чемпионат Германии. "РБ Лейпциг" - "Хайденхайм 1846".
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 19.06.2025

      05:20 Лёгкая атлетика. "Бриллиантовая лига". Этап 6 в Осло, Норвегия.
      07:30 "Лучшие из лучших".
      08:00 Боулинг. BetBoom Кубок КЛБ. Про-тур 3 в Сургуте, Россия.
      09:50 Д/ф "Дэвид Бекхэм. Одиозный".
      11:05 Бильярд. BetBoom Пул чемпионов в Москве. 1/2 финала.
      13:15 Лёгкая атлетика. "Бриллиантовая лига". Этап 6 в Осло, Норвегия.
      15:30 "Непридуманные истории". Волгоградская область.
      15:55 LIVE Прыжки в воду. Чемпионат России в Екатеринбурге. Синхронные прыжки. Женщины. Вышка. Прямая трансляция.
      16:45 "Страна спортивная".
      17:00 LIVE Прыжки в воду. Чемпионат России в Екатеринбурге. Синхронные прыжки. Мужчины. Трамплин 3 м. Прямая трансляция.
      18:25 "Формула-1. Гаснут огни".
      18:55 LIVE Прыжки в воду. Чемпионат России в Екатеринбурге. Синхронные прыжки. Смешанные пары. Вышка. Прямая трансляция.
      20:05 "Лучшие из лучших".
      20:30 "Что за спорт?". "Экстрим".
      20:55 LIVE Дзюдо. Чемпионат мира в Венгрии. День 7. Прямая трансляция.
      22:30 "Непридуманные истории". Волгоградская область.
      23:00 Боулинг. BetBoom Кубок КЛБ. Про-тур 4 в Тюмени, Россия.
      01:00 Бильярд. BetBoom Пул чемпионов в Москве. 1/2 финала.
      03:05 "Страна спортивная".
      03:20 Прыжки в воду. Чемпионат России в Екатеринбурге. Синхронные прыжки. Женщины. Вышка.
      04:15 Прыжки в воду. Чемпионат России в Екатеринбурге. Синхронные прыжки. Мужчины. Трамплин 3 м.
  • MATCH-TV
    • Sana: 19.06.2025

      05:55 Новости.
      06:00 Бокс. Кубок Победы. Этап 2 в Саранске, Россия. 1/2 финала.
      08:00 "Футбол на все времена".
      08:30 "Вид сверху".
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      11:00 Новости.
      11:05 Специальный репортаж.
      11:25 "Вопреки всему".
      12:30 Смешанные единоборства. UFC 283 в Рио-де-Жанейро, Бразилия. Гловер Тейшейра против Джамала Хилла.
      13:35 Все на Матч! Прямой эфир.
      14:35 Специальный репортаж.
      14:55 Новости.
      15:00 Есть тема! Прямой эфир.
      16:25 Автоспорт. G-Drive Российская серия кольцевых гонок. Этап 2 на автодроме "Игора Драйв".
      16:55 "Футбол на все времена".
      17:25 LIVE Прыжки в воду. Чемпионат России в Екатеринбурге. Синхронные прыжки. Мужчины. Трамплин 3 м. Прямая трансляция.
      18:25 LIVE Боулинг. BetBoom Кубок КЛБ. Про-тур 4 в Тюмени, Россия. Прямая трансляция.
      20:25 Все на Матч! Прямой эфир.
      20:55 LIVE Дзюдо. Чемпионат мира в Венгрии. День 7. Прямая трансляция.
      22:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      23:20 Наши в UFC.
      01:35 Все на Матч! Прямой эфир.
      02:30 Д/ф "Эпоха Романцева".
      03:35 "Что по спорту?". Чебоксары.
      04:05 Д/ф "Борис Беккер. Игрок с большой буквы".
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 19.06.2025

      05:00 Велоспорт. Тур Швейцарии. Этап 4.
      07:00 Автоспорт. Формула E. Этап 3 на трассе Джидда Корниш, Саудовская Аравия. Обзор.
      08:00 Автоспорт. Формула E. Этап 4 в Майами, США. Обзор.
      09:00 Велоспорт. Тур Швейцарии. Этап 4.
      10:30 Велоспорт. "Критериум Дофине" во Франции. Этап 8.
      11:30 Триатлон. T100 Triathlon World Tour. Этап 3 в Ванкувере, Канада. Обзор.
      12:30 Гольф. Тележурнал "Discovery Golf".
      13:00 Велоспорт. Тур Швейцарии. Этап 4.
      14:00 Автоспорт. Формула E. Этап 5 на трассе Монако, Монако. Обзор.
      15:00 Автоспорт. Формула E. Этап 6 в Токио, Япония. Обзор.
      16:00 Велоспорт. Тур Швейцарии. Этап 4.
      17:50 LIVE Велоспорт. Тур Швейцарии. Этап 5. Прямая трансляция.
      20:15 Маунтинбайк. Кубок мира. Этап в Леоганге, Австрия. Мужчины. Олимпийский кросс-кантри.
      21:30 Скалолазание. Кубок мира. Этап 8 в Берне, Швейцария. Мужчины. Болдеринг. Финал.
      23:00 Велоспорт. Тур Швейцарии. Этап 5.
      00:00 Автоспорт. WEC. Этап 4. "24 часа Ле-Мана" во Франции. Лучшие моменты.
      01:30 Велоспорт. Тур Швейцарии. Этап 5.
      03:00 Скалолазание. Кубок мира. Этап 8 в Берне, Швейцария. Женщины. Болдеринг. Финал.
      04:30 Олимпийский канал. "Сила Олимпиады".

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Otabek Samatov: «Bolalar futbolida kamchiliklar yetarli»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / PFL klublari / Navbahor
Rukn: Intervyular
A A A

Xabaringiz bor, 7 oktyabr kuni “Navbahor” uy uchrashuvlarini o‘tkazadigan Namangan shahridagi “Markaziy” o‘yingoh foyesida Namangan viloyati hokimi, viloyat futbol assosiasiyasi prezidenti Shavkat Shokirjanovich Abdurazzoqov “Navbahor” klubi rahbariyati, jamoa murabbiylar shtabi va futbolchilari bilan yig‘ilish o‘tkazib, bundan buyon “Navbahor”ning strategiyasi o‘zgarib, bolalar hamda yoshlar futboliga ko‘proq e’tibor qaratish lozimligini ta’kidladi. Shuningdek, ushbu yig‘ilishda “Navbahor” klubi rahbariyatida o‘zgarish yuz berib, Oybek Samatov o‘rniga akasi Otabek Arifovich Samatov klub vise-prezidenti etib tayinlandi.

Biz yangi klub vise-prezidentidan intervyu olib, unga o‘zimizni qiziqtirgan bir necha savollar bilan murojaat qildik.

— Otabek Arifovich, suhbatimiz avvalida sizni yangi lavozim bilan tabriklab, kelgusi faoliyatingizda omad yor bo‘lishini tilaymiz.
— Tabrik uchun rahmat. Fursatdan foydalanib, menga yuksak ishonch bildirib, mazkur lavozimga tayinlagan Namangan viloyati hokimi, viloyat futbol assosiasiyasi prezidenti Shavkat Shokirjanovich Abdurazzoqovga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman hamda bu ishonchni oqlash uchun qo‘limdan kelganicha harakat qilaman.

— Yangi lavozimdagi kelgusidagi rejalar qanday?
— Namangan viloyati hokimi Shavkat Shokirjanovich ta’kidlaganlaridek,endi “Navbahor”ning strategiyasi o‘zgarib, asosiy e’tibor bolalar va yoshlar futboliga qaratiladi.

Kelgusidagi rejalarimizdan “Navbahor” futbol akademiyasini tashkil etish,viloyatimizdagi iqtidorli futbolchilarni qo‘llab-quvvatlab, ularga yaxshi sharoitlar yaratib berib, “Navbahor”dan har yili kamida 2-3 nafardan yangi kashfiyotlarni kashf etish o‘rin olgan.

— Viloyatimizning sobiq hokimi, ayni paytda Farg‘ona viloyati hokimi lavozimida faoliyat olib borayotgan Xayrullo Hayitbayevich Bozorov ham Namangan futbolini rivojlantirish yo‘lida ko‘p xayrli ishlarni amalga oshirgandilar...
— Fikringizga qo‘shilaman. Xayrullo Hayitbayevich viloyatimiz futbolini rivojlantirish, jumladan, “Navbahor”ni oldingi mavqesini tiklash borasida ko‘plab ishlarni amalga oshirdilar. Aynan Xayrullo Hayitbayevichning sa’y-harakatlari va tashabbuslari evaziga “Navbahor” 2018 yili, 14 yillik tanaffusdan so‘ng, bronza medalini qo‘lga kiritgandi.

Fursatdan foydalanib, Xayrullo Hayitbayevichga sog‘lik – salomatlik hamda faoliyatlarida omad yor bo‘lishini tilayman.

— Viloyatimizdagi bolalar futbolining ayni paytdagi holati va ular bilan hamkorlik borasida nima deya olasiz?
— Afsuski, bu borada ijobiy fikr bildira olmayman. O‘zim ham sobiq futbolchiman hamda Namangan shahridagi sobiq futbol maktab – internati, ayni paytdagi Namangan viloyat 1-sonli bolalar-o‘smirlar mahorat maktabida tahsil olganman. Shuningdek, “Navbahor”ning o‘sha paytdagi o‘rinbosarlar, ayni paytdagi U-21 yoshlar jamoasi, bundan tashqari, Kosonsoyning “Kosonsoychi” jamoalarida o‘ynaganman. Shu bois, futbolni juda yaxshi tushunaman.

Viloyatimiz rahbari Shavkat Abdurazzoqov borasida ham shu fikrlarni ta’kidlashim mumkin. Shavkat Shokirjanovich hozir ham to‘p tepadilar va millionlar o‘yinini juda teran tushuna oladilar.

Ochig‘ini aytish kerak, viloyatimizdagi futbolga ixtisoslashtirilgan barcha maktablardagi murabbiylarning 80 foizining saviyasi talabga javob bermaydi. Shunga bo‘lsa kerak, iqtidorli futbolchilarning ota— onalari o‘z farzandlarini poytaxtimizdagi, shuningdek, Qarshidagi futbol akademiyalariga joylashtirishmoqda.

Vaholanki, viloyatimizdagi har qanday yosh va iqtidorli futbolchilar avvalo “Navbahor”da to‘p surishlari lozim. Bundan buyon viloyatimiz rahbari Shavkat Shokirjanovich aytib o‘tganlaridek, namanganlik har bir yosh hamda iqtidorli futbolchi “Navbahor” bilan shartnoma imzolaydi.

Har bir futbol maktablarida faoliyat yuritadigan murabbiy o‘z ustida ishlashi, bolalarga qanday yuklamalarni berishni juda yaxshi bilishi lozim. Endi asosiy urg‘uni bolalar futboliga qaratib, “Navbahor”ning bo‘lajak futbol akademiyasiga uch – to‘rt nafar bolalar futbolini yaxshi tushunadigan murabbiylarni jalb etamiz. Shuningdek, futboli rivojlangan mamlakatlar, masalan, Rossiyadagi klublarga ularni malaka oshirishga yuboramiz.

Shuningdek, murabbiylar bilan kelishgan holda, bolalar hamda yoshlar futbolini rivojlantirish bo‘yicha alohida dastur ishlab chiqamiz.

Masalan, “Nasaf” jamoasining o‘z futbol akademiyasi, alohida yo‘nalishi bor. Shuning uchun uchun qarshiliklar tarkibidan har yili kamida 2-3 nafar mavsum kashfiyotlari yetishib chiqadi.

Bizda esa go‘yoki “Navbahor” futbol klubi, Namangan viloyat bolalar – o‘smirlar futbol mahorat maktabi, 17-sonli “Navbahor — Umid” futbol maktabi, shuningdek, “Barkamol avlod” sport majmuasi alohida tashkilotdek, bo‘lingagn holda, ish yuritishadi. Endi bundan buyog‘iga viloyatimiz hokimi Shavkat Abdurazzoqovning tashabbuslari bilan viloyatimizdagi futbolga ixtisoslashgan barcha maktablar “Navbahor” tasarrufiga o‘tadigan bo‘ldi. Endi har bir futbol maktabi rahbarlarini chaqirib, ular bilan hamkorlikda faoliyat yuritamiz. Viloyatimizning futbolga ixtisoslashgan maktablaridagi eng iqtidorli futbolchilar “Navbahor”ga jalb etiladilar. Ular bilan ko‘p yillik shartnoma imzolanadi va keyinchalik ularga chet el klublaridan taklif bo‘lsa, mazkur futbolchilarning transfer narxlaridan yaxshigina mablag‘ ishlab olsa bo‘ladi.

Buning uchun birinchi navbatda halollik, shaffoflik lozim. Afsuski,hattoki, bolalar futbolida ham korrupsiya bor. Masalan, shunday murabbiylar borki, garchi iqtidori yo‘q bo‘lsa-da, birorta yosh futbolchining otasi boyvachcha bo‘lsa, o‘g‘lingizni o‘zimiz tarbiyalab olamiz, deb olib qoladi. Natijada ota futbol maktabidagi o‘qishi davrida o‘g‘li uchun o‘sha murabbiyga pul to‘lab yuradi. Bu holat malakasiz futbolchi asosiy tarkibdan joy olgunicha davom etadi. Asosiy tarkibda endi futbolchiga maosh to‘lanadi. Ammo shunday paytda o‘sha futbolchining mahoratsiz ekanligi bilinib qoladi.

Shuning uchun bundan buyog‘iga tanish-bilishchilikka, korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslikka intilamiz. Bu Namangandagi bolalar futbolidagi asosiy kamchiliklardan biri. Buni bartaraf etish uchun futbol maktablarini nazoratga olish, ular bilan hamkorlikda ishlash, kerak bo‘lsa, “Navbahor” bosh murabbiyi har bir yoshdagi futbolchilar uchun mashg‘ulot dasturi tayyorlab berishi lozim. Mazkur dastur 7 yoshdan 15-16 yoshgacha bolalarning mashg‘ulotlarini o‘z ichiga olgan bo‘lishi lozim.

Ammo ayni paytda futbolga ixtisoslashgan maktablarda tahsil olayotgan bolalarning aksariyati murabbiylar ko‘rsatmasi bo‘yicha maydonda harakat qila olmaydi. Ulardan eng mahoratli bo‘lgan bir – ikki nafari o‘zini ko‘rsatishi mumkin, lekin qolganlari buni eplay olishmaydi. Endi bunday holatlarga chek qo‘yish payti keldi.

Joriy mavsum arafasida “Navbahor” – U-21 yoshlar jamoamizga tanlov asosida, shaxsan o‘zimning tashabbusim va nazoratim ostida, ko‘plab murabbiylarning ko‘rsatmalari, shuningdek, ayni paytda “Navbahor” murabbiylar shtabida faoliyat yuritayotgan Sherzod Jo‘rayev va hozirda U-21 yoshlar jamoasida murabbiy sifatida faoliyat yuritayotgan Denis Toymensov bilan birgalikda tanlov asosida eng iqtidorli bolalarni saralab oldik. Ushbu jarayonning shaffof va halol tarzda o‘tishini o‘zim nazorat qildim. Ayni paytda amalga oshirilgan mazkur tanlov o‘z mevasini bermoqda hamda Denis Toymensov va keyinchalik jamoaga jalb etilgan, “Navbahor”ning sobiq futbolchisi Alisher Mahmudov murabbiylik qilayotgan yoshlar jamoamiz U-21 Birinchiligining turnir jadvalida 4-pog‘onada bormoqda.Mazkur yoshlar jamoamiz tarkibida o‘ynayotgan futbolchilarning ko‘pchiligi 18-19 yoshda. Ulardan 3-4 nafari Temur Kapadze murabbiylik qilayotgan O‘zbekiston – U-19 yoshlar terma jamoasiga nomzod.

Ular qatorida Islomjon Abdullaxonov, Sodiqjon Ortiqov,Ulug‘bek Aknazarov kabi futbolchilarni keltirish mumkin.

Umid qilamizki, yoshlar jamoamizdan yaqin yillar ichida mahoratli futbolchilar yetishib chiqib, “Navbahor”ning asosiy tarkibidan joy olishadi hamda jamoamizning g‘alabalariga o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shishadi.

Fursati kelganida yana shuni ta’kidlash joizki, ayni paytda ko‘plab namanganlik yosh va iqtidorli futbolchilar “Paxtakor”, “Bunyodkor” hamda “Nasaf” futbol akademiyalarida tahsil olishmoqda. Hattoki, “Paxtakor” futbol akademiyasida namanganlik 300 nafarga yaqin yosh futbolchilar borligini eshitganman. Bu nimadan dalolat? Bizda malakali murabbiylarning yo‘qligidan. Boisi, bizdagi futbol maktablaridagi sharoitlar ham aslida poytaxtnikidan qolishmaydi. Masalan, o‘zim tahsil olgan, sobiq Namangan viloyat futbol maktab— internati, ayni paytdagi 1-sonli viloyat bolalar – o‘smirlar futbol mahorat maktabi binosi yaqinda zamonaviy ko‘rinishda qayta ta’mirlanib, foydalanishga topshirildi.

Biroq bizda bolalar va o‘smirlar futboli bo‘yicha alohida strategiya yo‘q. Aksincha, iqtidorli futbolchilarning bizda iqtidori yuzaga chiqmaydi. Bunga esa murabbiylarning saviyasi ancha pastligi, o‘z ishining mutaxassisi emasligi sabab bo‘lmoqda. Chunki murabbiy o‘zi nimani bilsa, shogirdlariga ham shuni o‘rgatadi. Vaholanki, futbol yildan-yilga rivojlanib, taraqqiy etib bormoqda.

Oldin millionlar o‘yini jismoniy baquvvatlikka asoslangan bo‘lsa, endi ko‘proq texnikaga tayanilmoqda. Oldingi futbol bilan hozirgisining o‘rtasida osmon va yerchalik farq bor. Shuning uchun har bir murabbiy doimo o‘z ustida ishlashi, izlanishi lozim. Aks holda, malakali shogirdlar yetishtirib chiqara olmaydi.

Ta’kidlash joizki, hozirgi futbolda to‘pni nazorat qilish ustunlik qilmoqda. Masalan, Lionel Messi 2-3 nafar futbolchini bemalol aldab o‘tishi mumkin.U iqtidori evaziga shu darajaga erishgan bo‘lsa, Krishtianu Ronaldu o‘z mehnati, o‘z ustida tinimsiz ishlashi sababli, shu darajaga yetib keldi.

Bizning futbolchilar esa o‘z oldiga ulkan maqsad qo‘ymaydi. Ularning orzusi – “Navbahor”da o‘ynab, uyli, avtomashinali bo‘lib olish, xolos. Ular o‘z oldilariga chet el klublarida o‘ynash maqsadini qo‘yishlari shart, aslida.

Ayrim iqtidorli futbolchilar O‘zbekiston milliy terma jamoasidan bir-ikki marta taklif olsa olsa bo‘ldi, o‘z faoliyatini mamlakatimiz jamoalaridagi faoliyati bilan yakunlab qo‘ya qoladi. Vaholanki, bunday bo‘lmasligi, nafaqat viloyatimiz, balki yurtimiz faxri bo‘lgan Odil Ahmedov barcha futbolchilar uchun namuna, o‘rnak bo‘lishi lozim. U o‘z mehnati bilan shunday darajaga erishdi. Garchi yaqinda 33 yoshga to‘lsa-da, Odilning yuqori saviyada futbol namoyish etayotganligiga havas qilish mumkin.

Kezi kelganida ta’kidlash joizki, bundan buyon Odil Ahmedov bilan hamkorlik asosida, maslahatlashgan holda, faoliyat olib boramiz. Ahmedovning O‘zbekistonning ko‘plab viloyatlari, jumladan, Namanganda hamda Odil Junior futbol maktablari faoliyat yuritmoqda. Biz mazkur futbol maktablaridagi eng iqtidorli futbolchilarni “Navbahor”ga jalb etib, ular bilan ko‘p yillik shartnoma imzolaymiz.

Menimcha, Namanganga bolalar futbolini yaxshi tushunadigan saviyali mutaxassisni taklif etish lozim. U aynan bolalar bilan faoliyat yuritadigan murabbiylarni nazorat qilishi lozim. Shunda hozirgidek, har yili “Navbahor” uchun futbolchi qidirmaymiz. Aksincha, “Bunyodkor”, “Nasaf” klublariga o‘xshab, har yili “Navbahor” yoshlar jamoasidan 5-6 nafar futbolchi yetishib chiqadi. Bizda buning uchun sharoit ham, imkoniyat ham bor. Faqat buni amalga oshirish uchun yaxshi hamda malakali mutaxassislar kerak.

To‘g‘ri, asosiy e’tiborni yoshlarga qaratish darrov, bir-ikki yil ichida natija bermasligi mumkin. Lekin 3-4 yilda o‘z samarasini beradi. Mahoratli futbolchilar nafaqat “Navbahor”da o‘ynashadi, balki, ta’kidlaganimdek, keyinchalik xorij klublaridan taklif tushsa, ularning transfer narxlaridan ham yaxshigina mablag‘ ishlasa bo‘ladi.

Namanganda mahoratli futbolchilar ko‘p. Faqat ularning iqtidorlarini yuzaga chiqarish kerak, xolos. Har bir murabbiydan endi bir yillik hisobotni talab qilamiz, uning bir yil ichidagi ko‘rsatkichlariga qaraymiz. Mabodo ko‘rsatkich ijobiy bo‘lsa, u bilan hamkorlikni davom ettiramiz. Aks holda, xayrlashamiz. Shuningdek, har bir murabbiy o‘z shogirdlarining kundalik hisobotini olib borishi shart. Shuningdek, o‘sha shogirdining kamchiligini bartaraf etish, ularni dastur asosida shug‘ullantirishi lozim. Bizdagi bolalar futboli murabbiylari esa tezroq 5 yil o‘tsa-yu, shu shogirdlarimni eson-omon birinchi yoki Superliga jamoalariga joylab olsam, deyish bilan band. Bu bilan esa ish bitmaydi.

Mabodo birorta malakali futbol mutaxassisini Namanganga olib yelib, bolalar futboli murabbiylaridan test olinadigan bo‘lsa, menimcha, ularning 80 foizi testdan o‘tolmasa kerak. Sababi, ta’kidlaganimdek, ularning ko‘pchiligi o‘z ishining mutaxassislari emas.

Endi bolalar-o‘smirlar futboli murabbiylarini ham maxsus komissiya tashkil etgan holda, testdan o‘tkazamiz. Testdan o‘tgan murabbiylar o‘z faoliyatlarini davom ettirishadi, qolganlari bilan esa xayrlashamiz.

Ukam Oybek bilan “Navbahor” rahbariyatida faoliyat yuritayotganimizga bir yildan ziyod vaqt bo‘lgan bo‘lsa, shu paytgacha viloyatimizdagi birorta futbol maktabining rahbari oldimizga kelib, “Navbahor”ning strategiyasi qanday, bizda shuncha nafar mahoratli futbolchi bor, ularni murabbiylar bir sinab ko‘rishsin, demadi. Xuddiki, “Navbahor” alohida, boshqa futbol maktablari alohidadek.

Aslida, “Navbahor” hamda viloyatimizdagi barcha futbol maktablari piramida kabi bir yo‘nalida ish olib borishlari lozim. Ular “Navbahor” uchun futbolchi yetkazib berishlari, bir yoqadan bosh chiqarishlari lozim. Birgalikda ish olib borilmasa, bir yo‘nalishli tizim yo‘lga qo‘yilmasa, biz oldingi o‘ringa chiqa olmaymiz. Aksincha, viloyatimizdagi eng iqtidorli va mahoratli futbolchilar bir chetda qolib ketishadi.

Namangandagi ayrim futbol mutasaddilari o‘z manfaatlari yo‘lida yolg‘on ma’lumot berishdan ham toyishmayapti. Vaholanki, Namangandagi har qanday inson “Navbahor” uchun jon kuydirishi lozim.

Fursatdan foydalanib, shuni aytmoqchimanki, iqtidorli, ammo sharoiti bo‘lmagan, yosh futbolchilarni o‘z kafilligimga olaman va ularga qo‘limdan kelganicha yordam berishga tayyorman. Shunday mahoratli futbolchilarning ota-onalari bemalol menga murojaat qilishlari mumkin.

— Muxlislarga qanday tilaklaringiz bor?
— “Navbahor” ishqibozlari mamlakatimizda yagona. Ular doimo jamoamizni qo‘llab— quvvatlab turishadi. Fursatdan foydalanib, muxlislarga sog‘liq –salomatlik, uzoq umr tilayman. Umid qilamanki, “Navbahor” ularning ishonchlarini oqlaydi.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 07:33, 13.10.2020. O'qildi: 2491 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol qiroli Pele professional faoliyati davomida 1200dan ortiq gol urgan bo'lsada, ularning 757tasini rasmiy o'yinlarda nishonlagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Бавария Jamal Musiala 3
2 Ювентус Randal Kolo-Muani 2
3 Ювентус Fransisko Konseysao 2
4 Бавария Kingsli Koman 2
5 Бавария Maykl Olise 2
6 Бавария Tomas Myuller 2
7 Манчестер Сити Fil Foden 1
8 Реал Мадрид Gonsalo Garsiya 1
9 Пачука Brayan Gonsales 1
10 Зальцбург Oskar Gloux 1

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.