Bugun 27 dekabr, 2025 yil, shanba.

  • APL
      • 27.12.2025 01:00
      • Man. Yunayted
      • 1:0
      • Nyukasl
      • 27.12.2025 17:30
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Manchester Siti
      • 27.12.2025 20:00
      • Arsenal
      • -:-
      • Brayton
      • 27.12.2025 20:00
      • Brentford
      • -:-
      • Bornmut
      • 27.12.2025 20:00
      • Byornli
      • -:-
      • Everton
      • 27.12.2025 20:00
      • Liverpul
      • -:-
      • Vulverhempton
      • 27.12.2025 20:00
      • Vest Xem
      • -:-
      • Fulhem
      • 27.12.2025 22:30
      • Chelsi
      • -:-
      • Aston Villa
      • 28.12.2025 19:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Lids
      • 28.12.2025 21:30
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Tottenhem
  • «A» Seriya
      • 27.12.2025 16:30
      • Parma
      • -:-
      • Fiorentina
      • 27.12.2025 19:00
      • Lechche
      • -:-
      • Komo
      • 27.12.2025 19:00
      • Torino
      • -:-
      • Kalyari
      • 27.12.2025 22:00
      • Udineze
      • -:-
      • Lasio
      • 28.12.2025 00:45
      • Piza
      • -:-
      • Yuventus
      • 28.12.2025 16:30
      • Milan
      • -:-
      • Verona
      • 28.12.2025 19:00
      • Cremonese
      • -:-
      • Napoli
      • 28.12.2025 22:00
      • Bolonya
      • -:-
      • Sassuolo
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 17 39
2 Manchester Siti 17 37
3 Aston Villa 17 36
4 Chelsi 17 29
5 Man. Yunayted 18 29
6 Liverpul 17 29
7 Sanderlend 17 27
8 Kristal Pelas 17 26
9 Brayton 17 24
10 Everton 17 24
11 Nyukasl 18 23
12 Brentford 17 23
13 Fulhem 17 23
14 Tottenhem 17 22
15 Bornmut 17 22
16 Lids 17 19
17 Nottingem Forest 17 18
18 Vest Xem 17 13
19 Byornli 17 11
20 Vulverhempton 17 2

O'tgan o'yinlar.

18-тур Man. Yunayted 1-0 Nyukasl

Navbatdagi o'yinlar.

27/12/25 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12/25 Arsenal - Brayton
27/12/25 Brentford - Bornmut
27/12/25 Byornli - Everton
27/12/25 Liverpul - Vulverhempton
27/12/25 Vest Xem - Fulhem
27/12/25 Chelsi - Aston Villa
28/12/25 Sanderlend - Lids
28/12/25 Kristal Pelas - Tottenhem

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Kuchli beshlik»da nimalar bo‘lyapti?!

Baho:
+ | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Statistikalar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Stadion.uz Yevropaning eng kuchli birinchiliklaridagi yetakchilar bilan tanishtirib o‘tadi. 

Ayni damda, Angliya, Italiya, Ispaniya, Germaniya va Fransiya chempionatlarida kutilmagan voqealar sodir bo‘lmoqda. Oktyabr oyi bo‘lishiga qaramay, chempionlik uchun asosiy da’vogar bo‘lib turgan klublar turnir jadvalidagi o‘rni biroz boshqacharoq ko‘rinish olmoqda. Kuchli beshlikda kimlar peshqadamlik qilmoqda?

APL

«Tumanli albion» o‘zining shiddatli o‘yinlari bilan boshqa chempionatlardan tubdan farq qiladi, biroq mavsum oldidan «Everton»ning bu qadar ishonch bilan kurashga kirishini hech kim taxmin qilmagan edi. Karlo Anchelotti shogirdlari mavsumni juda yaxshi boshlashdi. To‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan seleksiya va murabbiy faktori sekin-asta yuzaga chiqib kelmoqda. 5 ta turdan so‘ng, musobaqa jadvalini boshqarib borish hech narsani anglatmaydi, biroq «Everton»ning o‘yinlarida mazmun va oldindan o‘ylagan reja shundoqqina ko‘rinib turibdi.

Bu quvonarli albatta. Sababi, barcha mavsum boshida «Liverpul» va «Siti» o‘rtasidagi navbatdagi kurashni kutgan edi. «Everton» esa bunga qarshi ekanligini darrov namoyish etdi. Shuningdek, "Aston Villa" klubini ham alohida e’tirof etish lozim. Birmingem klubi o‘tgan mavsumda APLda zo‘rg‘a jon saqlab qolgan edi. Endi esa, 4 ta turda 4 ta g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘lmoqda. Boz ustiga, zaxirasida ham bitta o‘yin mavjud.Grilish boshchiligidagi jamoa «Liverpul» va «Lester»ga qarshi nimalar namoyish etganini barchamiz ko‘rdik. 

Grandlarga nima bo‘ldi? «Siti» o‘z uyida «Lester»dan 5 ta gol o‘tkazib yuborgan bo‘lsa, «Manchester Yunayted» «Tottenhem» oldida tiz cho‘kishga majbur bo‘ldi. «Chelsi» hali shakllanmagan proyekt ekanligini ko‘rinib turibdi. "Arsenal« va »Tottenhem" yaxshi boshladi, biroq ochko yo‘qotishni kanda qilmayapti. Umuman olganda, APL bu mavsum o‘zgacha o‘yinlarga boy o‘tishi turgan gap.

«Liga 1»

Fransiya birinchiligida ko‘pchilikning e’tibor markazida turuvchi «Lion», «Marsel» va PSJ negadir sust harakat qilmoqda. O‘tgan mavsumda YECHLning yarim finalida to‘p surgan klublar ochki yo‘qotishni ancha erta boshlab yuborgani bor gap. E’tiborlisi shundaki, «Liga 1 da yetakchilik ularga nasib etganicha yo‘q.

Vaholanki, musobaqaning 7 ta turi ortda qoldi. Turnir jadvalida »Lill« yaqqol peshqadamlik qilmoqda. 5 ta g‘alaba va ikkita durang sababli klub PSJdan oldinda bormoqda. E’tiborlisi shundaki, »Lill"ning g‘alabalarida turk futbolchilarining hissasi ulkan. Zeki Chelik, Yusuf Yazidji va Burak Yilmazlar jamoaning asosiy futbolchilari sanaladi. To‘purarlar poygasida Burak 7 ta gol bilan peshqadamlik qilmoqda.

«La Liga»

«Real» Sosyedad«ni o‘tgan yili deyarli bir o‘zi tortib yurgan Martin Edegor »Real«ga o‘tgach, ko‘pchilik mutaxassislar jamoa o‘yinida pasayish kuzatilishini taxmin qilgan edi.

Kutilmaganda, klub David Silva bilan shartnoma imzoladi va avvalgi tempni ushlab oldi. Tog‘ri Ispaniyada 6 tur davomida 6 bor peshqadam nomi o‘zgardi, ammo grandlar ham ishonchli o‘yin namoyish etmayapti. »Valensiya«da kadrlar muammosi mavjud, »Barselona« Messini katta ehtimol bilan qishda boy beradi. »Real" esa, avlodlar almashinuvini boshidan o‘tkazmoqda. Boz ustiga, Madrid klubi mavsumni transferlarsiz boshladi.

Bundesliga

Bu yerda ham Yevropa chempionlar Ligasida zafar quchgan «Bavariya»ni birinchi pog‘onada ko‘rmaysiz. Shunga qaramay, ular «RB Leypsig»dan atigi 1 ochko ortda kelishmoqda. Bu kichik farqdek ko‘rinar, ammo trebldan so‘ng, Myunhen klubida motivasiya biroz kamayib qolgandek go‘yo. Ayniqsa, «Xoffenxaym»dan uchragan yirik mag‘lubiyat so‘zimizga isbot bo‘la oladi.

«Bavariya» YECHLdan so‘ng, deyarli dam olgani yo‘q. Shu bois, mavsum boshida ko‘p ochko yo‘qotishi mumkin. Bu esa, ancha tajriba to‘plab olgan «buqalar»ga yakunda qo‘l kelishi hech gap emas. Shunday ekan, Germaniya birinchiligini tomosha qilishda davom etamiz. Orda qolgan 4 ta turdan so‘ng, «Bavariya» ortda bormoqda.

"A seriya"

«Milan» 21 asrdagi eng yaxshi startini amalga oshirdi. E’tiborlisi shundaki, «Rossonerilar» so‘nggi bor 1995 yilda ketma-ket 4 ta turdagi g‘alaba bilan chempionatni boshlagan edi. Boz ustiga, 4-turda azaliy raqib «Inter» dog‘da qoldirildi. Ketma-ket «Skudetto»ni o‘ziniki qilib borayotgan «Yuventus»ning ahvoliga havas qilib bo‘lmaydi. Turinb super klubi ketma-ket ikkita durang qayd etdi va musobaqa jadvalida «Napoli» bilan 5-o‘rinni bo‘lishib turibdi.

E’tiborlisi shundaki, agar «Napoli» «Yuventus»dan texnik mag‘lubiyat qabul qilib olmaganida, turnir jadvali boshqacha ko‘rinish olgan bo‘lar edi. Agar ushbu 3 ochko «Yuve»ga olib berilmaganida, Turin super klubi ayni damda 11-pog‘onada borayotgan bo‘lar edi.

O‘tgan mavsumda ahvol qanday edi?

O‘tgan mavsumning 19 oktyabr sanasida Angliyada «Liverpul» raqiblaridan 6 ochkoga ilgarilab ketgan va turnir jadvalida yakka peshqadam edi. Ispaniyada esa, «Barselona» va «Real Madrid» qolgan raqiblaridan o‘zib ketgancha birinchi o‘rinni bo‘lishib turar, eng yaqin raqib "Atletiko« bilan farq ikki ochkoni tashkil etgan edi. Italiyada allaqachon »skudettoni« »Yuventus«ga topshirib bo‘lishgan bo‘lib, jamoa barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratishga ulgurgan edi. Fransiyada esa, PSJ »Marsel«dan 5 ochko ilgarilab ketgancha chempionlik uchun dadil qadam tashlagan edi. Germaniyada esa, »Borussiya M« birinchi pog‘onani egallab turgan. Bu Niko Kovachning »Bavariya«sidagi muammolar sababli yuzaga kelgan vaziyat. Klub tepasiga Xans Ditter Flik kelgach, nemis mutaxassisi tezda vaziyatni o‘z holiga qaytargani ko‘pchikning yodidan ko‘tarilmagan bo‘lsa, ajab emas.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 16:20, 20.10.2020. O'qildi: 7014 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, “Real”ning tirik afsonasi Raul Evropa Chempionlar ligasining ketma-ket 14 ta mavsumida gol ura olgan yagona futbolchi sanaladi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 19
2 Брентфорд Igor Tiago 11
3 Ливерпуль Yugo Ekitike 8
4 Борнмут Antuan Semenyo 8
5 Тоттенхэм Risharlison 7
6 Астон Вилла Morgan Rodjers 7
7 Брайтон Denni Uelbek 7
8 Манчестер Сити Filip Foden 7
9 Ньюкасл Nik Voltemade 7
10 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.