Bugun 14 may, 2026 yil, payshanba.

  • La-liga
      • 13.05.2026 00:30
      • Osasuna
      • 1:2
      • Atletiko
      • 13.05.2026 22:00
      • Espanyol
      • 2:0
      • Atletik Bilbao
      • 13.05.2026 22:00
      • Vilyarreal
      • 2:3
      • Sevilya
      • 14.05.2026 00:30
      • Alaves
      • 1:0
      • Barselona
      • 14.05.2026 00:30
      • Xetafe
      • 3:1
      • Malyorka
      • 14.05.2026 22:00
      • Valensiya
      • -:-
      • Rayo Valyekano
      • 14.05.2026 23:00
      • Jirona
      • -:-
      • Real Sosyedad
      • 15.05.2026 00:30
      • Real Madrid
      • -:-
      • Real Ovyedo
  • APL
      • 14.05.2026 00:00
      • Manchester Siti
      • 3:0
      • Kristal Pelas
      • 16.05.2026 00:00
      • Aston Villa
      • -:-
      • Liverpul
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 36 91
2 Real Madrid 35 77
3 Vilyarreal 36 69
4 Atletiko 36 66
5 Betis 36 57
6 Selta 36 50
7 Xetafe 36 48
8 Real Sosyedad 35 44
9 Atletik Bilbao 36 44
10 Rayo Valyekano 35 43
11 Sevilya 36 43
12 Osasuna 36 42
13 Valensiya 35 42
14 Espanyol 36 42
15 Alaves 36 40
16 Elche 36 39
17 Malyorka 36 39
18 Levante 36 39
19 Jirona 35 39
20 Real Ovyedo 35 29

O'tgan o'yinlar.

36-тур Selta 2-3 Levante
36-тур Betis 2-1 Elche
36-тур Osasuna 1-2 Atletiko
36-тур Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
36-тур Vilyarreal 2-3 Sevilya
36-тур Alaves 1-0 Barselona
36-тур Xetafe 3-1 Malyorka

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05/26 Jirona - Real Sosyedad
15/05/26 Real Madrid - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

O‘z yoshini kichraytirgan Superliga futbolchisi aniqlandi

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Oliy liga / https://stadion.uz/uz/news/sections/uzfootball/uzpfl/players
Rukn: Yangiliklar
A A A

Futbolda yosh kichraytirish bilan bog‘liq illat borligi sir emas. Bu nafaqat O‘zbekistonning tashqi imidjiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi, balki bir qator iqtidorli futbolchilarning millionlar o‘yinidan ko‘ngli sovub, keyinchalik uni tark etishga olib keladi. 

O‘zPFL yoshni kichraytirish bilan bog‘liq holatlarga jiddiy e’tibor qaratishni to‘g‘ri yo‘l deb biladi. Bunda qamrov doirasini kichraytirish uchun asosan 2000 yildan keyin tug‘ilgan futbolchilar masalasi o‘rganilmoqda. Boisi, shu yildan keyin tavallud topgan futbolchilar hozircha yirik xalqaro musobaqada ishtirok etib ulgurmadi. Ammo O‘zPFL tomonidan o‘tkaziladigan musobaqalarda ular faol ishtirok etmoqda.   

Bunday illatlarni yo‘qotish maqsadida FHDYO organlari tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida futbolchilarning hujjatlaridagi tug‘ilganlik haqidagi yozuvlarning haqiqiyligi o‘rganilmoqda. Mana shunday izlanishda Superliga klublarining birida to‘p suruvchi futbolchining tug‘ilganlik haqidagi dalolatnomasi va boshqa hujjatlari o‘rtasida tug‘ilgan yili bo‘yicha tafovut borligi aniqlandi. Ya’ni, Davlat xizmatlari agentligi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotnomaga muvofiq, uning tug‘ilganlik haqidagi dalolatnomasida tug‘ilgan yili 2002 yil etib ko‘rsatilgan, fuqarolik pasportida esa 2004 yil etib qayd qilingan. 

O‘zPFL futbol klubiga futbolchining hujjatlarida chalkashlik borligi aniqlangani, shundan kelib chiqib topshirilgan hujjatlarni qayta o‘rganib chiqishni so‘rab ikki marta rasmiy xat yubordi. Biroq futbol klubi tomonidan mazkur holat bartaraf etilmadi. 

Shundan so‘ng O‘zPFL holatga aniqlik kiritilishi va qonunbuzilish holatiga vakolati doirasida huquqiy baho berishini so‘rab viloyat prokuraturasiga murojaat qildi. Ma’lumotga asosan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi hamda futbolchinining yoshini kichraytirish bilan bog‘liq hujjatlarni rasmiylashtirgan shaxslar aniqlandi. 

Keyinchalik tuman prokuraturasining talabi bilan tumani IIB MvaFRB tomonidan futbolchi nomiga yoshi kichraytirilgan holda rasmiylashtirilgan fuqarolik pasporti va xorijga chiqish biometrik pasporti amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda bekor qilinib, uning nomiga haqiqiy tug‘ilgan yili bo‘yicha fuqarolik pasporti rasmiylashtirib berildi.

Bugun — 26 oktyabr kuni O‘zPFL futbolchi to‘p suradigan klubga bu borada ma’lumot taqdim etdi hamda futbolchining hujjatlarini asl tug‘ilgan yili bilan qayta rasmiylashtirish talabini qo‘ydi. Biz futbolchining karyerasiga salbiy ta’sir ko‘rsatish fikridan yiroqmiz. Ammo uning faoliyatini yolg‘onlardan boshlashga urinish prinsipiga qarshi kurashamiz. Barcha masala qonun doirasida to‘g‘ri hal etilsa, keyinchalik bundan O‘zbekiston milliy terma jamoasi ham manfaat ko‘radi, shuningdek, mana shunday holatlar kasriga qolib ketayotgan boshqa yosh futbolchilarda futbolga nisbatan qayta umid uyg‘onadi.

O‘zPFL o‘z farzandi kelajagi borasida qayg‘urayotgan ota-onalardan bu kabi illatlarga uchmasliklarini so‘raydi. Shuningdek, keyinchalik ham bu kabi holatlarga qarshi kurash olib boradi. Biz bu boradagi yordamlari uchun Davlat xizmatlari agentligi hamda prokuraturaga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 12:40, 26.10.2020. O'qildi: 5695 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Jon Terri APL tarixida eng ko'p gol urgan himoyachi hisoblanadi - 39ta gol.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 15
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик