Bugun 20 fevral, 2026 yil, juma.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 16 8 10 34
2 AQSh 9 12 6 27
3 Italiya 9 5 12 26
4 Fransiya 6 8 5 19
5 Niderlandiya 6 7 3 16
6 Shvesiya 6 6 3 15
7 Shveysariya 6 4 4 14
8 Germaniya 5 8 8 21
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
83 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 24 60
2 Barselona 24 58
3 Vilyarreal 24 48
4 Atletiko 24 45
5 Betis 24 41
6 Espanyol 24 35
7 Selta 24 34
8 Real Sosyedad 24 31
9 Atletik Bilbao 24 31
10 Osasuna 24 30
11 Xetafe 24 29
12 Jirona 24 29
13 Sevilya 24 26
14 Alaves 24 26
15 Valensiya 24 26
16 Elche 24 25
17 Rayo Valyekano 23 25
18 Malyorka 24 24
19 Levante 24 18
20 Real Ovyedo 23 16

O'tgan o'yinlar.

24-тур Elche 0-0 Osasuna
24-тур Espanyol 0-0 Selta
24-тур Rayo Valyekano 0-0 Atletiko
24-тур Sevilya 0-0 Alaves
24-тур Real Madrid 0-0 Real Sosyedad
24-тур Real Ovyedo 0-0 Atletik Bilbao
24-тур Xetafe 0-0 Vilyarreal
24-тур Levante 0-0 Valensiya
24-тур Malyorka 0-0 Betis
24-тур Jirona 0-0 Barselona
24-тур Jirona 2-1 Barselona

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Yevrohaftalikdagi eng muhim voqealar (Top 10)

Baho:
+ | -
YEVROPA
Rukn: Rasmiy xabarlar
A A A

Stadion.uz ortda qolayotgan evrohaftalikdagi eng ko‘zga ko‘rinarli voqealar bilan tanishtirib o‘tadi.

«Shaxtyor»ning qoqilishi

Ukraina klubi avvaliga Madridda «Real»ni mag‘lub etgan bo‘lsa, keyin «Inter» bilan durang natija qayd etdi. Donetsk klubi guruhdan keyingi bosqichga chiqishga loyiq jamoaligini isbotlagan bir paytda, «Borussiya» ukrainaliklarni Kiyevda 5 bor darvozadagidan to‘p olib chiqishga majbur etishdi. Luish Kashtru shogirdlari, avvalgi ikkita turdagi ajoyib natijalarini deyarli yo‘qqa chiqarishdi. Ushbu guruhda birinchi davradan so‘ng ajoyib vaziyat ko‘rinish olmoqda. Nemislar birinchi o‘rinda, «Real» va qahramonlarimiz ikkinchi o‘rinni bo‘lishib turishibdi. «Inter» esa, so‘nggi pog‘onada.

PSJ yana qoqildi

Parij super klubi o‘tgan mavsumda YECHL finaliga qadar yetib borgach, bu mavsumda juda ishonchli o‘yin ko‘rsatishi taxmin qilingan edi. Kutilmaganda, jamoa o‘z uyida «MYU»dan alamli mag‘lubiyat qabul qilib oldi. Keyin turk klubini mag‘lub etishgan bo‘lsa, uchinchi turda esa, «RB Leypsig» Parij klubini mag‘lubiyatga uchratdi. Boz ustiga, o‘yin davomida Gaye va Kimpembelar qizil kartochka olishdi. Endi ular nemislarga qarshi ikkinchi davradagi ilk o‘yinni o‘tkazib yuborishadi.

Jotani «eplab bo‘lmayapti»

«Liverpul» jamoasi YECHLda ideal start olishga muvaffaq bo‘ldi. Avvaliga "Ayaks« 1:0, keyin "Mityulland"ni 2:0 natijasi bilan mag‘lubiyatga uchratishdi. So‘nggi turda esa, "Atalanta"ga (5:0) yaxshigina dars o‘tildi. So‘nggi turdagi o‘yinda Jota xet-trik qayd etdi va klubdagi mavqeyini ancha yaxshilab oldi. To‘g‘risi, uning sermahsulligiga qoyil qolmaslikning imkoni yo‘q. Portugaliya termasi a’zosi yangi jamoasi safida 10 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 7 ta gol yozdirib qo‘ydi.

Rus klublariga «ko‘z tegdi»

RPL a’zolaridan naqd 4 ta klub xalqaro maydonda Rossiya sharafini himoya qilmoqda. Achinarlisi shundaki, ushbu jamoalar birgalikda 12 ta o‘yin o‘tkazishgan. Ularning hisobida 6 ta mag‘lubiyat va 6 ta durang natija mavjud. Afsuski, rus klublarida muammolar bir xil ekanligini darrov ko‘zga tashlanmoqda.

Yusuf Yazidji rekordchi

Turkiya terma jamoasi a’zosi Yusuf o‘zgacha rekordni qayd etishga muvaffaq bo‘ldi. Yusuf bir mavsum davomida Yevro kuboklar doirasida mehmonda ikki bor xet-trikni amalga oshirdi. «Doglar» avvaliga «Milan»ni, keyin «Sparta»ni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratishdi. Yusuf Yazdji esa, ikkita uchrashuvda ham o‘yinning eng yaxshi futbolchiga aylandi.

«MYU»dan sovg‘a

Angliya klubi YECHLni kutilmaganda muvaffaqiyatli boshladi. PSJ va «RB Leypsig» ustidan qozonilgan g‘alabalardan so‘ng, jamoa deyarli bir oyog‘i bilan pley-offda edi. Kutilmaganda, «Istanbul» jamoasi Sulsherni oyog‘idan pastga tortib qoldi. O‘yinning so‘nggi daqiqalarida Epunaroning darvoza chizig‘idan to‘pni olib chiqqani, uchrashuvning pik nuqtasiga aylandi.

Xoland bu borada Zidan, Ronaldo va Klozega etib oldi

20 yoshli norvegiyalik futbolchi «Bryugge» darvozasiga ikkita gol kiritgach, o‘zining YCHLdagi shaxsiy ko‘rsatgichlarini yaxshilab olishga muvaffaq bo‘ldi. Endi Xolandda 11 ta o‘yinda kiritilgan 14 ta gol mavjud. Tasavvur qiling! Xoland shu yoshida Ronaldo, Kloze va Zidanga etib oldi. Endilikda, Xoland musobaqa tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatidan o‘rin egallashi uchun yana ikkita gol kerak. Shunda u top 100 ga kirishi mumkin.

Marseldan anterekord

«Marsel» jamoasi guruh bosqichidagi 3 ta o‘yinni mag‘lubiyat bilan boshladi. Shu tariqa klub, mag‘lubiyatli o‘yinlar seriyasini 12 taga yetkazib oldi. Agar jamoa yana bir bor mag‘lub bo‘lsa, bu borada Belgiyanign "Anderlext« jamoasining rekordi yangilanadi va »Marsel« mutlaq »etakchi"ga aylanadi.

Fransuz klubi uchun qora chiziq 2011/12 yilgi mavsumdan boshlangan. Keyin klub 2013/14 yilgi mavsumda «Borussiya D», «Napoli» va "Arsenal" bilan bir guruhdan o‘rin egallaydi. Jamoa guruhdagi barcha 6 ta turni boy beradi va rekord uchun katta qadam tashlaydi.

«Milan»ning seriyasiga chek qo‘yildi

«Milan» jamoasi Yevropa Ligasining so‘nggi turida o‘z uyida «Lill»ni qabul qildi va kutilmaganda 0:3 hisobida yengildi. Bu jamoaning 24 ta o‘yindan beri davom etib kelayotgan mag‘lubiyatsiz seriyasining yakuni bo‘lib xizmat qildi. Ushbu seriya ichida «Milan» 18 ta g‘alaba va 6 ta durang qayd etgan edi.

Ramosdan rekord

Ikki mavsumdan beri «qirollik klubi» Yevropa Chempionlar ligasini og‘ir boshlamoqda. «Real» ilk turda «Shaxtyor»ga engildi. Keyin Germaniyada mag‘lubiyatdan arang qutilib qoldi. 3-turga kelib «Inter» katta mashaqqat evaziga mag‘lub etildi.

«Inter»ga qarshi uchrashuvda Rodrigo kiritgan gol g‘alaba keltirgan bo‘lsada, butun dunyo uchrashuvdagi Ramosning golini muhokama qildi. Gap shundaki, ispan o‘sha oqshomda o‘zining futbolchilik faoliyatidagi 100-golini urgan edi. E’tiborlisi shundaki, bu gollarning 55 tasi bosh bilan kiritildi. Endilikda, Ramos «Real»ning to‘purarlari ro‘yxatida 23-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 19:03, 06.11.2020. O'qildi: 4822 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, JCH faqat bir marta, 2002 yilda ikki davlat (YAponiya va Janubiy Koreya)da o'tkazilgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 11
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Вильярреал Jorj Mikautadze 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.