Bugun 22 may, 2026 yil, juma.

  • «A» Seriya
      • 22.05.2026 23:45
      • Fiorentina
      • -:-
      • Atalanta
      • 23.05.2026 21:00
      • Bolonya
      • -:-
      • Inter
      • 23.05.2026 23:45
      • Lasio
      • -:-
      • Piza
  • La-liga
      • 24.05.2026 00:00
      • Betis
      • -:-
      • Levante
      • 24.05.2026 00:00
      • Jirona
      • -:-
      • Elche
      • 24.05.2026 00:00
      • Xetafe
      • -:-
      • Osasuna
      • 24.05.2026 00:00
      • Malyorka
      • -:-
      • Real Ovyedo
      • 24.05.2026 00:00
      • Real Madrid
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 24.05.2026 00:00
      • Valensiya
      • -:-
      • Barselona
      • 24.05.2026 00:00
      • Alaves
      • -:-
      • Rayo Valyekano
      • 24.05.2026 00:00
      • Selta
      • -:-
      • Sevilya
      • 24.05.2026 00:00
      • Espanyol
      • -:-
      • Real Sosyedad
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 37 82
2 Manchester Siti 37 78
3 Man. Yunayted 37 68
4 Aston Villa 37 62
5 Liverpul 37 59
6 Bornmut 37 56
7 Brayton 37 53
8 Chelsi 37 52
9 Brentford 37 52
10 Sanderlend 37 51
11 Nyukasl 37 49
12 Everton 37 49
13 Fulhem 37 49
14 Lids 37 47
15 Kristal Pelas 37 45
16 Nottingem Forest 37 43
17 Tottenhem 37 38
18 Vest Xem 37 36
19 Byornli 37 21
20 Vulverhempton 37 19

O'tgan o'yinlar.

37-тур Aston Villa 4-2 Liverpul
37-тур Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
37-тур Everton 1-3 Sanderlend
37-тур Brentford 2-2 Kristal Pelas
37-тур Lids 1-0 Brayton
37-тур Vulverhempton 1-1 Fulhem
37-тур Nyukasl 3-1 Vest Xem
37-тур Arsenal 1-0 Byornli
37-тур Bornmut 1-1 Manchester Siti
37-тур Chelsi 2-1 Tottenhem

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Brayton - Man. Yunayted
24/05/26 Tottenhem - Everton
24/05/26 Sanderlend - Chelsi
24/05/26 Nottingem Forest - Bornmut
24/05/26 Manchester Siti - Aston Villa
24/05/26 Liverpul - Brentford
24/05/26 Fulhem - Nyukasl
24/05/26 Kristal Pelas - Arsenal
24/05/26 Byornli - Vulverhempton
24/05/26 Vest Xem - Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Messining «kumiri» kim? Ibrahimovichnikichi?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Mashhurlar / Iqtiboslar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Stadion.uz futbol olamidagi eng mashhur futbolchilarning yoshlikdagi «kumirlari» bilan yaqindan tanishtirib o‘tadi.

Bugungi kunda dunyo futbol muxlislarining ko‘nglidan joy egallagan futbolchilarga havas qilmaydigan yosh futbolchilar bo‘lmasa kerak. Vaholanki, o‘z vaqtida bugungi yulduzlar ham yashil maydondagi futbolchilarga havas qilishgan va maydonda ularning harakatlarini takrorlashga urinishgan. Sababi, yosh futbolchilar doimo kimgadir o‘xshashga intilishadi. Xo‘sh, zamonamizning eng afsonaviy futbolchilari yoshlikda qaysi yulduzlarning o‘yinidan zavqlanishgan? Qaysi futbolchilar ularni ilhomlantirgan? Bugun ushbu savolga atroflicha javob berib o‘tamiz.

Leonel Messi – Pablo Aymar

Bunga ishonish qiyin, ammo sayyoramizning eng kuchli ikkita futbolchisidan biri kamtarin Aymarning o‘yinlarini yoshlik chog‘larida sevib tomosha qilgan ekan. Ko‘pchilik, Messining kumiri barcha argentinalik bolakaylar singari Maradona deb o‘ylagan bo‘lishi mumkin, biroq aslida Leo «Valensiya» bilan «mo‘’jiza» ko‘rsatgan Pabloning personal muxlisi bo‘lgan ekan.

Messi Aymarni bejizga o‘zi uchun «ilhom parisi» etib tanlamagan. Gap shundaki, Pablo «River Pleyt» safida Argentina chempionatida o‘zining chaqqonligi bilan barcha raqiblarni dog‘da qoldirish orqali dong taratgan. O‘sha chog‘larda, Leo endigina katta futbolga kirib kelayotgan bolakay edi. Keyinroq Aymar Yevropaga yo‘l oldi, biroq kutilganidek super yulduz darajasiga chiqa olmadi. Messi esa, yoshlikdagi «qahramonini» unutib yubormadi.

“Agar hozir qaysi futbolchilarning o‘yinlarini tomosha qilganimni so‘rasangiz eslay olmasligim aniq. Agar mendan faqat birgina ismni aytishimni talab qilsangiz, hayolimga birinchi bo‘lib Pablo Aymar keladi. Men uning o‘yinlarini tomosha qilib katta bo‘lganman.”

Afsuski, Aymar turli jarohatlar va boshqa muammolar sababli yuqori darajada uzoq to‘p sura olmadi. O‘z vataniga qaytdi va ikki mavsum Argentina klublarida harakat qildi. Keyin butsalarini mixga ilib yuboradi. Uning katta arenalarni tark etganini birov bildi, birov esa bilmay qoldi.

Serxio Ramos – Paolo Maldini

Ispaniyalik futbolchi o‘zi aslida tirik afsona sanaladi. Shunga qaramay, uning ham o‘z qahramoni mavjud. Ispaniya futbolida yuzlab super futbolchilar bo‘lishiga qaramay, Ramos o‘zi uchun Paolo Maldinini «kumir» deb tanlab olgan. Paolo nafaqat «Milan», balki butun boshli Italiya futbolining ramzi sanalgan O‘tgan asr oxiri va yangi asr boshida Maldini qanotda va markazda super ishonchli o‘yinni bilan millionlab bolakaylarda himoyachi bo‘lishga ishtiyoq uyg‘otgan.

E’tiborlisi shundaki, Ramos o‘z qahramoni bosib o‘tgan yo‘ldan adashmay kelmoqda. U ham Maldini singari faoliyatini qanot himoyasida boshlagan va 30 yoshdan keyin markazda to‘p surdi. Ramos ham Maldini singari o‘z jamoasining sardori va barcha zamonlardagi eng yaxshi himoyachisiga aylandi. Eng muhimi esa, Ramos ham Maldini singari o‘z jamoasining yetakchisiga aylandi. Uning so‘zlari ham jamoadoshlari uchun qonunga aylanadigan bo‘ldi.

Futbolchi o‘zining ijobiy xislatlarining ko‘pini Paolodan olganini yashirib o‘tirmaydi. Bu mavzu haqida uning fikriga e’tibor qarating:

“Men ham «Real»da Paolo «Milan»da ijro etgan rolda bo‘lishni istayman. Bu men uchun juda katta sharaf. Maldini doimo men uchun maydondagi o‘rnak va namuna bo‘lgan. Buni hech qachon yashirmaganman. U men ko‘rgan himoyachilar ichida eng zo‘ri. “

Zlatan Ibrahimovich – Ronaldo

O‘z ramziy jamoasida naqd 11 ta Zlatanni maydonga tashlagan egoist futbolchining "kumiri" bor ekanligini juda ko‘pchilik uchun yangilik bo‘lishi mumkin. Shved 15 yildan beri o‘zining nimalarga qodir ekanligi haqida so‘zlashdan charchamayapti.

Hademay 40 yoshni qarshi oluvchi futbolchining maydondagi harakatlariga qoyil qolmaslikning imkoni yo‘q. Ibra shu yoshida ham o‘sishdan, o‘rganishdan, moslashishdan to‘xtamayapti. Xo‘sh, uni bolalikda qaysi futbolchi o‘z o‘yinlari bilan zavqlantirgan? Ibra kimga o‘xshashga intilgan?

“Men bolalik paytlarimda Ronaldoga o‘xshashni juda istaganman. Uning maydondagi harakatlari sehrli edi go‘yo. Men uning o‘yinlarini tomosha qilar ekanman, futbolchi bo‘lishga qaror qilganimni sezmay ham qolganman. Ayniqsa, 1998 yildagi JCH finali xotiramda yaxshi saqlanib qolingan. O‘shanda, Men sevgan Ronaldo va Zidan maydonda to‘qnash kelgan edi. Bunday sportchilarning maydondagi harakatlarini tomosha qilish barchaga ham nasib etavermaydi.”

Ibrahimovichning faoliyatini kuzatib bormaydiganlar uchun bu ma’lumot yangilik bo‘lgan bo‘lsa, ajab emas. Har xolda, Ibra-Kadabra ham kimgadir o‘xshashga harakat qilgani juda qiziq. Tan olish lozim, Ronaldo nafaqat o‘z zamonasining, balki barcha zamonlarning eng yaxshi hujumchisi edi. Ibrahimovichning didiga qoyil qolmaslikning imkoni yo‘q.

Eden Azar – Zayniddin Zidan

Juda ko‘plab yosh futbolchilar orzu qilishni yaxshi ko‘rishadi. Ushbu orzularning eng yetib bo‘lmasi esa, o‘z "kumiri" bilan bir jamoada to‘p surish yoki uning qo‘l ostida mashg‘ulot o‘tkazish desak, adashmagan bo‘lamiz. Eden Azar sportchilar oilasida tavallud topgani bois, professional sportchilarni erta taniy boshlagan.

Uning aytishicha, otasi ham Zidanning personal muxlisi bo‘lgan ekan. E’tiborlisi shundaki, qahramonimiz «Real»ga o‘tishidan avval ham Zidanni o‘zi uchun ideal futbolchi deb tanlab olganini bir necha bor ta’kidlagan va u bilan birga ishlash orzusi ekanligini ma’lum qilgan edi. Taqdirning sovg‘asini qarang-ki, Eden «Real Madrid»da Zidan bilan uchrashishga muyassar bo‘ldi.

Afsuski, bu uchrashuv hozircha omadli chiqmoqda deb bo‘lmaydi. Sababi, Eden o‘z «kumiri»ning ishonchini oqlay olganicha yo‘q.Hozir e’tiboringizga Eden Azarning «Chelsi»dagi ilk intervyularidan birini taqdim etamiz.

“Qachonlardir men ham u singari ajoyib futbolchi bo‘lib yetishishi istayman. Uning maydonda fikrlashi, qaror qabul qilishi va ijro etishi fantastik darajada! Men Zidanni juda ham hurmat qilaman. U mening yoshligimdagi va bugungi kundagi ideal futbolchi sifatida xotiramda abadiy qoladi.


Andres Inesta – Pep Gvardiola

Yoshligidagi orzusiga erishgan yana bir tirik afsonani eslab o‘tish lozim. 2008 yilda Pep Gvardiola «Barselona» bosh murabbiy sifatida tanishtiriladi. Pep yosh va hali tajribasiz bo‘lgani uchun undan juda ko‘p narsa kutishmagan edi,biroq sobiq futbolchi fantastik natijalar bilan barchani hayratda qoldirishga muvaffaq bo‘ldi.

Andres Inyesta esa, futbolchilar ichida barchadan ko‘proq xursand bo‘ldi desak, adashmagan bo‘lamiz. U yoshligidan Pep Gvardiolaning o‘yinlarini ko‘rib katta bo‘lgan, aynan u singari yarim himoyachi bo‘lishga qaror qilgan edi.

“Biz «La Masiya»da unga juda havas qilar edik. U tug‘ma yetakchi va chinakam «jangchi». Afsuski, u bilan birga uzoq muddat to‘p surmoqchi edim, bu orzuyim amalga oshmadi. Shunga qaramay,uning qo‘l ostida katta mashg‘ulot o‘tkazish baxtiga muyassar bo‘ldim. U mening yoshligim va bugungi kunimning qahramoni.”

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 17:33, 09.11.2020. O'qildi: 16018 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 16
4 Челси Joao Pedro 15
5 Астон Вилла Olli Uotkins 14
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 14
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик