Bugun 30 mart, 2026 yil, dushanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 29 73
2 Real Madrid 29 69
3 Vilyarreal 29 58
4 Atletiko 29 57
5 Betis 29 44
6 Selta 29 41
7 Real Sosyedad 29 38
8 Xetafe 29 38
9 Atletik Bilbao 29 38
10 Osasuna 29 37
11 Espanyol 29 37
12 Valensiya 29 35
13 Jirona 29 34
14 Rayo Valyekano 29 32
15 Alaves 29 31
16 Sevilya 29 31
17 Elche 29 29
18 Malyorka 29 28
19 Levante 29 26
20 Real Ovyedo 29 21

O'tgan o'yinlar.

29-тур Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
29-тур Elche 2-1 Malyorka
29-тур Espanyol 1-2 Xetafe
29-тур Levante 4-2 Real Ovyedo
29-тур Osasuna 1-0 Jirona
29-тур Sevilya 0-2 Valensiya
29-тур Barselona 1-0 Rayo Valyekano
29-тур Selta 3-4 Alaves
29-тур Atletik Bilbao 2-1 Betis
29-тур Real Madrid 3-2 Atletiko

Navbatdagi o'yinlar.

04/04/26 Rayo Valyekano - Elche
04/04/26 Real Sosyedad - Levante
04/04/26 Malyorka - Real Madrid
04/04/26 Betis - Espanyol
05/04/26 Atletiko - Barselona
05/04/26 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04/26 Valensiya - Selta
05/04/26 Real Ovyedo - Sevilya
06/04/26 Alaves - Osasuna
07/04/26 Jirona - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Real»ning ijaradagi futbolchilarda nima gaplar?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Transferlar / Rasman tasdiqlangan
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Stadion.uz «Qirollik klubi»ning ijara asosida boshqa klublarda to‘p surayotgan futbolchilari qanday ahvolda ekanligi bilan qiziqib ko‘radi. Bugun transfer huquqi «Real Madrid»ga tegishli bo‘lgan futbolchilarning boshqa jamoalardagi sarguzashtlari bilan qisqacha tanishib o‘tamiz.

Braim Dias «San Siro»ni «yondirmoqda»

Ushbu ro‘yxatimizdagi eng omadli mavsum o‘tkazayotgan futbolchilardan biri aynan Dias desak, adashmagan bo‘lamiz. Qahramonimiz 21 yoshda va u uning uchun o‘yin amaliyoti barcha narsadan muhim. Shu bois, Braim mavsum boshida boshqa klubga ijara asosida yuborishlarini o‘zi iltimos qilgan edi. «Qirollik klubi» futbolchini o‘sishdan to‘xtab qolmasligi uchun ham «Milan»ga ijara asosida jo‘natib yubordi. To‘g‘ri, Pioli Diasni “A seriya”ning barcha o‘yinlarida ham asosiy tarkibda maydonga tushirmayapti, biroq Yevropa Ligasi musobaqasida u chinakamiga porlamoqda. Dias bu mavsumda allaqachon 3 ta gol va 2 ta assistni amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldi. Bu mavsumda Dias 547 daqiqa maydonda to‘p surishga ulgurdi. Bu uning Madriddagi o‘tgan mavsumdagi natijasidan 10 barobar yaxshiroq degani.

Takefusa Kubo Yevropa e’tiborida

Kuboning ketishi ikki tomonga ham foydali bo‘ldi. Qahramonimiz «Vilyareal» safida o‘zini sekin-asta erkin his qilib bormoqda. Unay Emiri yaponiyalik futbolchining imkoniyatlarini kashf etib bormoqda. Murabbiy Kuboga ayrim o‘yinlardagina ishonch bildirmoqda, biroq yarimta imkoniyatdan yosh futbolchi unumli foydalanishni uddalamoqda. Ayniqsa, Turkiyaning «Sivasspor» klubi bilan o‘yin alohida e’tirofga loyiq. O‘sha bahsda, Kubo bitta gol va ikkita assist qayd etdi va o‘yining eng yaxshi futbolchiga aylandi. Milliy chempionat o‘yinlarida esa, Emiri Kuboga faqat «Kadis»ga qarshi o‘yindagina maydonga tushish imkonini yaratdi. Kuboning maydondagi daqiqalari ko‘proq bo‘lishi mumkin edi, ammo «Valenmiya»ga qarshi o‘yindagi qizil kartochka pand berib qo‘ydi. Shunga qaramay, ortda qolgan davr mobaynida Kubo 12 bor maydonda ko‘rinish berdi va umumiy hisobda 426 daqiqa to‘p surdi.

Dani Sebalos Londonda «Rivojlanmoqda»

Sebalos boshqa ijaradagilardan farqli o‘laroq, Londonda asosiy tarkib futbolchiga aylandi. Shu bois, uning maydonda o‘tkazgan daqiqalari soni (610) qolganlarnikidan ancha ko‘p. Vaholanki, o‘tgan mavsumda Dani Emirini ishontira olmagan va ketish uchun jomadonlarini yig‘ib qo‘ygan edi. Mikel Artetaning klub tepasiga kelishi Sebalosga ikkinchi imkoniyatni taqdim etdi. Bu mavsumda «to‘pchilar» 14 bor yashil maydonga chiqib kelgan bo‘lsa, shu o‘yinlarining 11 tasida qahramonimiz ishtirok etdi. APLning ortda qolgan 8 turi davomida Sebalos 4 bor asosiy tarkibda edi. Sebalos «Real»da o‘z kelajagini ko‘rmayapti. Shu bois, mavsum so‘nggida uning transferini “Arsenal” sotib olishi ham hech gap emas.

Xesus Valexo

Xesus qolganlardan farqli o‘laroq, oldiga u qadar katta maqsadlar qo‘ymaydigan «Granada»ga o‘tdi. Bir qarashda zerikarli, ammo aynan shu klub Xesusga barcha narsa berdi. Jamoa Zidan shogirdi uchun 810 daqiqa maydonda harakat qilish, o‘zini klubning muhim a’zosi sifatida his qilish maydon bo‘ylab to‘liq erkinlikni taqdim etdi. Ayniqsa, uning jarohatlardan to‘liq forig‘ bo‘lgani o‘zini yaxshiroq namoyish etishi uchun imkon yaratmoqda. Aslida, uni terma jamaoga ham chaqirishgan edi, biroq unda COVID-19 aniqlangani bois ikkita bahsda ham ishtirok eta olmadi.

Garet Beyl

Atmosferaning o‘zgarishi ham hozircha Beylga yordam bermayapti. Qahramonimiz Londonga jarohat bilan yetib keldi va ilk 6 ta turni o‘tkazib yubordi. Joze bugungi kunda uelslik futbolchidan faqat Yevropa Ligasidagina foydalanmoqda. Ilk 3 ta turning barcha o‘yinlarida Beyl ishtirok etishga muvaffaq bo‘ldi. APL da esa, faqat bir bor uni asosiy tarkibda o‘yinga tashladi. Umumiy hisobda Beyl APLning 6 ta o‘yinida ko‘rinish berdi. Uning aktivida esa, 1 ta gol va yana shuncha assist mavjud. Maydonda o‘tkazilgan 301 daqiqasi ko‘p narsani hal etmasligi aniq. Shunday bo‘lsada, oldinga tashlangan qadam hozircha mavjud. Afsuski, dunyo darajasidagi yulduzdan bundan ko‘prog‘ini kutishgan edi.

Borxa Mayoral

«Roma» Mayoralni ijara olganida, ko‘pchilik uning asosiy tarkibda ko‘rinish berishiga ishongan edi. Negadir «bo‘rilar» futbolchini “A seriya”ning faqat birigina bahsida sinab ko‘rishdi xolos. Eldor Shomurodovning jamoasiga qarshi bahsning 62 daqiqasida maydonga tushirilgan futbolchi asosan Yevropa Ligasida ishonchli ko‘rinmoqda. Mayoral bu mavsumda «Real» tarkibida o‘yin o‘tkazishga ulgurgan yagona ijaradagi futbolchi sanaladi.

Reynar o‘yin amaliyotsiz qolmoqda

Ijaradagi yigitlar orasida Reynarning negadir omadi kelmadi. Klub ham undan xavotirda. 30 million evaziga qo‘lga kiritilgan futbolchini «Borussiya Dortmund» o‘yin amaliyoti bilan ta’minlamayapti. Vaholanki, nemis klubi yoshlarga imkon berishi bilan boshqalardan farq qilar edi. Reynar bor yo‘g‘i 105 daqiqa to‘p surdi xolos. Boz ustiga, biror marotaba ham asosiy tarkibda ko‘rinish bergani yo‘q. Qahramonimiz eng ko‘p kubogi bahsida – «Duysburg»ga qarshi to‘p tepdi. Mayoral singari uning ham ijara muddati ikki mavsumni tashkil etadi. Shu bois, Madrid klubi o‘z qarorini mavsum so‘nggida qayta ko‘rib chiqishi mumkin.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 22:28, 18.11.2020. O'qildi: 6881 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 18
3 Барселона Lamin Yamal 14
4 Осасуна Ante Budimir 14
5 Барселона Ferran Torres 12
6 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 12
7 Барселона Robert Levandovski 11
8 Барселона Rafinya 11
9 Сельта Borxa Iglesias 11
10 Реал Мадрид Vinisius Junior 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик