Bugun 29 sentyabr, 2026 yil, seshanba.

«
»

Aichi-Nagoya-2026

№ Davlat Jami
1 Xitoy 134 53 45 232
2 Yaponiya 41 68 63 172
3 Janubiy Koreya 21 26 44 91
4 O‘zbekiston 12 17 13 42
5 Tailand 10 8 12 30
6 Qozog‘iston 9 13 23 45
7 Bahrayn 9 3 3 15
8 Eron 8 15 10 33
9 KXDR 7 5 5 17
10 Malayziya 6 4 9 19

Turnir jadvali

№ Jamoa O' O
1 Neftchi 22 51
2 Paxtakor 22 49
3 Navbahor 22 44
4 OKMK 22 35
5 Lokomotiv 22 35
6 Buxoro 22 34
7 Nasaf 22 34
8 Andijon 22 30
9 Dinamo 22 30
10 Qizilqum 22 29
11 So‘g‘diyona 22 28
12 Surxon 22 26
13 Bunyodkor 22 22
14 Xorazm 22 21
15 Qo‘qon-1912 22 20
16 Mash’al 22 4

O'tgan o'yinlar.

22-тур Navbahor 3-2 Dinamo
22-тур Mash’al 1-2 Paxtakor
22-тур Bunyodkor 2-1 Buxoro
22-тур Andijon 1-4 Nasaf
22-тур Surxon 1-0 Qo‘qon-1912
22-тур So‘g‘diyona 1-2 OKMK
22-тур Lokomotiv 0-1 Neftchi
22-тур Xorazm 1-3 Qizilqum

So'rovnoma

  • Joze Mourinyoning "Real"ga qaytishi muvaffaqiyatli bo‘ladimi?

  • Natijalar | Jami ovoz: 1893 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • Sizningcha, 2026-yil yozida amalga oshirilgan eng ajoyib transfer qaysi?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2150 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 29.09.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 29.09.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • MATCH-TV
    • Sana: 29.09.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 29.09.2026

      06:00 Велоспорт. Монреаль. Женщины.
      08:00 Олимпийские игры. Зал славы: Афины-2004.
      09:00 Снукер. Второй раунд.
      11:00 LIVE Снукер. Второй раунд. Прямая трансляция.
      14:00 Велоспорт. Монреаль. Женщины.
      15:30 Снукер. Второй раунд.
      16:30 LIVE Снукер. Третий раунд. Прямая трансляция.
      19:30 Маунтинбайк. Женщины. Скоростной спуск. Вистлер. Кубок мира.
      20:15 Маунтинбайк. Мужчины. Скоростной спуск. Вистлер. Кубок мира.
      21:00 Велоспорт. Монреаль. Женщины.
      22:00 Скалолазание. Мужчины и женщины. Лазание на трудность. Финал. Мировая серия. Копер.
      23:00 Снукер. Третий раунд.
      01:00 Автогонки на выносливость. FIA WEC. 6 часов Фудзи. Обзор.
      02:00 Трейлраннинг.
      03:00 Скалолазание. Мужчины и женщины. Лазание на скорость. Финал. Мировая серия. Гуйян.
      03:45 Скалолазание. Мужчины и женщины. Финал. Мировая серия. Гуйян.
      04:30 Снукер. Третий раунд.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Boshlanayotgan yangi kurashlar, mavsum voqeligi va tur qahramonlari bilan “sovuq qotgan“ tur yakunlari

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
A A A

Pandemiya tufayli yakuni biroz keyinga surilgan O‘zbekiston chempionati o‘zining eng qizg‘in pallasiga kirgan. Boisiki, turnir jadvalida yuqori pog‘onalarni band qilgan jamoalar sovrinli o‘rinlar uchun kurashga jiddiy kirishgan bo‘lsa, quyi pog‘onadagilar keyingi mavsumda ishtirok etish uchun ham ham asosiy ligada jon saqlab qolish ilinjida.

FIFA kunlaridagi kichik tanaffusdan so‘ng, milliy birinchiliklar qatorida Superliga bahslari ham yana davom ettirildi. 19-20 noyabr kunlariga belgilangan qarama-qarshiliklar Toshkent, Bekobod, vodiy hamda Jizzax vohasida bo‘lib o‘tdi. Dastlab, “Sog‘lom avlod“o‘yingohida “Mash’al“ni mehmon qilgan “Andijon“ joriy mavsumdagi ikkinchi g‘alabasini qayd etdi. Dastlabki daqiqalarda, Xushnudbek Avilovning goli evaziga oldinga chiqib olgan mezbonlar, raqiblari safidan Sirojiddin Qo‘ziyevning sayi-harakatlari sababli o‘z darvozalaridan to‘p olib chiqishga majbur bo‘lishdi. Ammo, so‘nggi daqiqalarga qadar hukm surgan durang hisobini, Qahramon Bahodirov o‘z goli bilan yo‘qqa chiqardi 2:1. Shu tariqa vodiyliklar o‘zlari uchun muhim bo‘lgan natijani qayd etishdi va ayni paytda turnir jadvalida 16 ochko jamg‘arib, 13 o‘rindan joy olishgan. Ishlari yurishmayotgan muborakliklar, 20 ochko bilan 11 o‘rinni band etishgan. Ushbu tur ob-havoning injiqliklari sababli, barchaga birdek biroz noqulayliklar tug‘durdi. Ikkala jamoa murabbiylari ham shu jihatga to‘xtalishdi. Debyuti omadli o‘tgan, o‘zi va futbolchilari o‘rtasida o‘zaro ishonchni yuzaga keltira olgan Otabek G‘ulomxo‘jayev, shogirdlari faqat raqib bilan emas, maydon bilan ham kurash olib borganini ta’kidladi. Nafaqat o‘yin, balki moliyaviy tomondan ham qiyinchiliklarga duch kelayotgan “Mash’alʼʼ ustozi Dilyaver Vaniyev o‘yin uchun tuzilgan rejalarga noqulay ob-havo salbiy ta’sir o‘tkazganlini aytib o‘tdi.

Shu kuni Muborakdagi “Bahrom Vafoyev“ stadionida “Buxoro“ “Qizilqum“ni qabul qildi. Maydon egalari, Behruz Sadulloyevning goli evaziga hisobda oldinga chiqib olishdi. Keyinchalik esa, navoiyliklar tarkibida Vohid Shodiyev muvozanatni tikladi, 1:1. Uchrashuv so‘nggiga qadar tablodagi hisob o‘zgarmadi va jamoalar murosa ko‘chasini tanlashdi. Shu tariqa, 13 ochko bilan eng quyi o‘rinda borayotgan, Jamshid Saidov murabbiyligidagi buxoroliklarning chempionatda qolish “missiya“si davom etadi. Hamidjon Aktamov shogirdlari esa 20 ochko to‘plagan holda, xavfli hududdan teparoqda, 10 pog‘onadan joy olishgan.

Payshanbadagi futbol kuni, Toshkentda kechgan, “Lokomotiv“ va AGMK jamoalari o‘rtasidagi tomoshabop o‘yin bilan yakunlandi. Bir muncha teng kurashlar asosida o‘tgan to‘qnashuvning birinchi bo‘limida Elguja Grigalashvilining goli, olmaliqliklarga vaqtinchalik ustunlikni taqdim etgan bo‘lsa, Marat Bikmayev qayd etgan “dubl“ “temiryo‘lchilar“ uchun g‘alabani ta’minladi, 2:1. Yakunda, Mirjalol Qosimov boshchiligidagi jamoa muhim ochkolarni yo‘qotdi va hozircha 42 ochko jamg‘argan holda 3 o‘rinda bormoqda. Temur Kapadze shogirdlari esa 31 ochko bilan, 9 pog‘onaga joylashishdi.

Juma kunida, “Bunyodkor“ Bekobodga safar qildi. Aleksandr Lobanov qo‘riqlayotgan darvoza, mehmonlar vakillari, Xurshid G‘iyosov tomonidan bir marta, Mirjahon Mirahmadov tomonidan ikki marta ishg‘ol etildi. Mezbonlar esa, so‘nggi daqiqalarga kelib jonlashdi va raqiblariga Shahzod Ubaydullayev va Zohid Abdullayevlarning ikkita goli bilan javob qaytara olishdi. Yakunda “qaldirg‘ochlar“ g‘alabani saqlab qoldi, 2:3.

O‘yindan so‘ng, “Metallurg“ 33 ochko bilan, 8 o‘rinni band etdi. Vadim Abramov shogirdlari esa 39 ochko jamg‘arib, “kuchli uchlik“ka kirish payida, AGMKni ta’qib etishmoqda. Ushbu bahsga parallel ravishda kechgan Jizzaxdagi qarama-qarshilik muxlislarga bu mavsumning muhim voqeligini taqdim etdi. “Nasaf“, “So‘g‘diyona“ga imkoniyatni boy berdi va shu bilan chempionlik kurashi barham topdi.

O‘yinda mezbonlar hujumchisi Shoxruz Norxonov hisobni ochgan bo‘lsa, raqiblardan Bobur Abduxoliqov tenglashtirdi. Keyinchalik, maydon egalari, Javohir Qahramonov va Bahodir Nasimovning gollariga qarshiliklar javob qaytara olishmadi, 3:1. Shu tariqa, ayni paytda 34 ochko to‘plab, 6 o‘rinda borayotgan, butun mavsum mobayanida “sherlar“ni mag‘lub eta olgan ikki jamoaning biri bo‘lib turgan “So‘g‘diyona“ “Paxtakor“ning chempionligini paysalga solib o‘tirmadi. Ikkinchi o‘rinni band etgan Ro‘ziqul Berdiyev jamoasi esa, 46 ochko jamg‘argan holda, xalqaro maydon yo‘llanmasi uchun kurashni davom ettiradi.

Shu kuni Namanganda “Navbahor“ “Surxon“ga ro‘baru keldi. Deyarli butun o‘yin mobaynida ko‘plab xavfli vaziyatlar yaratib, ustunlikni o‘z qo‘liga olgan mezbonlarga Zabixullo O‘rinboyev yagona va g‘alaba golini taqdim etdi, 1:0. Natijada, namanganliklar 33 ocho bilan 7 pog‘onadan joy olishdi. Bugungacha, 16 ochko yig‘gan “Surxon“ esa, pro liga shamoli esadigan hududda.

Markaziy o‘yingohiga rasmiy chempion sifatida tushib kelgan “Paxtakor“ “Qo‘qon-1912“ jamoasini taslim etdi. Garchi, o‘yinning kechishi, vaziyatlar yaratishda tenglik, hatto, mehmonlar ustunlik qilishgan bo‘lsada, mezbonlar raqibning yo‘l qo‘ygan xatolaridan unumli foydalana olishdi. Toshkentliklar safida Dostonbek Hamdamov hamda Dragan Cheranlarning goliga qo‘qonliklar a’zosi Murod Xolmuhammedov bir marotaba javob qaytara oldi xolos. Hisob, 2:1. Bahsdan so‘ng, bugungi o‘yin va joriy mavsumning g‘olib murabbiyi Shota Alveradzi klub ichida va uning tashqarisida mehnat qilgan barchadan, qo‘llab quvvatlab turgan jamiyki muxlislardan minnatdor ekanligini ta’kidlab, jamoa qolgan turlarda, kubok bahslarida ham maksimallik namoyish etishini aytib o‘tdi. Vodiy jamoasi ustozi Baxtiyor Ashurmatov ham mamlakat bosh jamoasini chempionlik bilan qutlab, o‘z jamoasidagi, vaziyatlardan foydalana olmaslik va himoyada yo‘l qo‘yilgan xatolar haqida gapirdi. Shuningdek, mutaxassis kelgusidagi har bir o‘yin qiyin bo‘lishi va ularning barchasida faqat g‘alaba haqida o‘ylanayotgani haqida ham fikr bildirdi. Hozirgacha, 38 ochko jamg‘arib, 4 o‘rinda borayotgan qo‘qonliklar yetakchi o‘rinlar uchun da’vogarlar qatorida.

Ayni paytda, poytaxt jamoasi hisobida esa, 59 ochko mavjud.

Ortda qolgan tur qahramonlari:

Murabbiy: Ulug‘bek Baqoyev(So‘g‘diyona) mutaxassis so‘nggi 4 uchrashuvda 3 g‘alaba 1 durang qayd etib, kichik mag‘lubiyatsiz seriya namoyish etmoqda. Shuningdek, ushbu turda jiddiy raqib ustidan ishonchli g‘alabaga erishilishi va “Nasaf“ni 2008 yildan beri yana, aynan Jizzaxda mag‘lub etilishida o‘z hissasini qo‘shdi.

Darvozabon: Eldor Suyunov(Paxtakor) qarshilik posbon, “Qo‘qon-1912“ga qarshi kechgan qiyin uchrashuvda garchi, himoyachilarning xatosi orqali yuzaga kelgan penaltidan gol o‘tkazgan bo‘lsada, bir emas, bir necha marotaba golli vaziyatlarni bartaraf etib, o‘z darvozasi dahlsizligini ta’minladi va chempionlik o‘yinidagu g‘alabaga o‘z hissasini qo‘shdi.

Futbolchi: Marat Bikmayev (Lokomotiv) gollarini otasiga bag‘ishlagan hujumchi, o‘yinning borishi bir muncha qiyin kechayotgan, jamoasi mag‘lubiyatga uchrab turgan paytda zahiradan maydonga tushgan holda ikkita gol urib, jiddiy raqib ustidan muhim g‘alabaning qayd etilishiga sababchi bo‘ldi.

Kelgusi 24 turda Namangan “lochinlari“ Muborakka parvoz qiladi. AGMK o‘z imkoniyatlarini yaxshilash ilinjida “Andijon“dan ochko tortib olishga urinadi. “Qizilqum“ Bekobodda mehmon bo‘lsa, Termizda “Surxon“ hamda “Buxoro“ o‘rtasidagi autsayderlar to‘qnashuvi yuzaga keladi. “Temiryo‘lchilar“ning navbatdagi bekati Qo‘qon.

Ahamiyatini yo‘qotgan markaziy qarama-qarshilikda, “Nasaf“ning “Paxtakor“ga aytar so‘zlari bordir, ehtimol. Birinchi davrda 3 tadan gol urib, shou namoyish etgan “Bunyodkor“ va “So‘g‘diyona“ esa Toshkentda bahsga kirishadi.

Dadajon Foziljonov tayyorladi

Kiritildi: 17:18, 21.11.2020. O'qildi: 2721 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

№ Futbolchi Gol
1 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 14
2 Нефтчи Stipe Perisa 12
3 Локомотив Temurxo‘ja Abduxoliqov 11
4 Насаф Bobur Abduxoliqov 9
5 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 9
6 Бухоро Sherzod Esanov 9
7 Навбаҳор Husayn Norchayev 8
8 Пахтакор Chinedu Stefan 8
9 Пахтакор Doston Hamdamov 8
10 Нефтчи Alisher Odilov 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик