Bugun 27 may, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Angliya ulardan voz kechgan edi: Tadichdan, Moratagacha

Baho:
+ | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Angliya Premyer-ligasi
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Stadion.uz APL voz kechgan, biroq boshqa chempionatda o‘zini ko‘rsata olgan hujumchilar haqida fikr almashadi. Morata, o‘z vaqtida «Chelsi»da faoliyat olib borgan, ammo bu davrni omadli deb bo‘lmaydi. Qahramonimiz Ispaniyaga qaytgach, o‘z imijini ancha tiklab oldi. «Yuventus»ga o‘tgach esa, tempni yanada oshirdi.

Bundan ko‘rinib turibdiki, APL barcha hujumchilarni ham qabul qilavermaydi. Bugungi qahramonlarimiz ham aynan shunday voqeani boshdan kechirganlar. Keling, hozir Turin super klubida fantastic o‘yin namoyish etayotgan Moratadan boshlaymiz. 

Alvaro Morata 

Ispaniyalik hujumchilar borasida negadir «Chelsi»ga ko‘pincha omad kulib boqmaydi. Ayniqsa, ular qimmatga xarid qilingan bo‘lsa. O‘z vaqtida Torres transferi omadsizlikka uchragan bo‘lsa, keyinroq bu ishni Morata takrorladi. E’tiborlisi shundaki, «Chelsi» Morata uchun naqd 60 million yevrodan voz kechgan edi. Afsuski, Alvaro 46 ta uchrashuvda atigi 16 bor gol kiritdi xolos. Bu summadagi futbolchi uchun bu statistikani mos deb bo‘lmaydi. Tan olish lozim, Moratadan «Chelsi» muxlislari ko‘proq narsa kutgan edi. Oqibatda, jamoa hujumchini bir mavsumga ijara asosida “Atletiko”ga qaytarib yuboradi. «Matraschilar» safida qahramonimiz ancha o‘zini tiklab oldi va mavsumni 16+3 bilan yakunladi. Keyin yana Turinga ko‘chib o‘tdi va gollar seriyasini boshlab yubordi. Hozirda aynan u “A ceriya”ning to‘purarlaridan biri sanaladi. 

Diyego Forlan

Tan olishi lozim, Forlan Angliyada hech narsa qila olmadi. Urugvaylik hujumchi “qizil iblislar safidagi o‘zining birinchi golini kiritish uchun 23 ta o‘yinni sarf etib yuborganida ham hech kim undan xafa bo‘lgani yo‘q. Afsuski, sermahsullik bobida unga «tumanli albion»da nimadir yetishmadi. «Vilyareal»ga o‘tishga qadar qahramonimiz yana 9 ta gol kiritdi, ammo hozir buni hech kim eslay olmaydi. Qahramonimiz, Ispaniyaga qaytgach, birinchi mavsumdayoq 25 ta gol bilan «oltin butsa»ni o‘ziniki qilib oldi. E’tiborlisi shundaki, bu Forlanning formasi pik darajaga ko‘tarilmagan chog‘lar edi. Uning eng «gullagan» davri “Ateletiko” safida o‘tdi. 198 ta o‘yin, 96 ta gol. JAR mamlakatida bo‘lib o‘tgan JCHda aynan uni musobaqaning eng yaxshi futbolchisi deb e’tirof etishadi. Ochig‘i, Forlan singari super forvard nima uchun Angliyada, yana Ser Aleks Fergusson qo‘l ostida o‘zini ko‘rsata olmagani katta jumboqligicha qolmoqda.

Andrey Kramarich

2015 yilda «Lester» xorvatiyalik hujumchini qo‘lga kiritish uchun «Chelsi» bilan raqobatga kirishdi va 9 million yevro evaziga kurashda g‘olib chiqdi. Bu o‘sha paytlarda «tulkilar» uchun rekord summadagi transfer edi! E’tiborlisi shundaki, Kramarich o‘zining Angliyadagi birinchi mavsumidayoq APL oltin medallariga ega chiqdi. Afsuski, xorvat chempionatning atigi 2 ta o‘yinida ishtirok etdi va hatto medalsiz qolib ketdi. 9 millionlik hujumchi effekt bermagach, uni arzimagan pul evaziga «Xoffenxaym»ga jo‘natib yuborishadi. E’tiborlisi shundaki, hujumchi Bundesligani tezda o‘ziniki qilib oladi. 156 ta o‘yin 78 ta gol! Bu mavsum esa, uning uchun chinakam sermahsul boshlandi. Ilk 6 ta turda maydonga tushgan Andret naqd 9 ta gol kiritishga ulgurdi! Ayniqsa, sentyabr oyida uning dubli yengilmas «Bavariya»ni qoqilishga majbur qilgani ko‘pchilikning e’tiboriga tushdi. Arsenalida hujumchilar uchun kerakli barcha narsasi mavjud yigit nima sababdan Angliyada o‘zini ko‘rsata olmagani esa ochiq savolligicha qolmoqda. 

Boshko Balaban

Xorvatiyalik forvardlar haqida gap ketar ekan, yaqin o‘tmishga nazar solishimiz shart! 2001 yilda “Aston Villa” Balaban uchun o‘sha paytlardag rekord summa – 5,8 million yevro sarflashgan edi. Boshka Angliyaga super hujumchi maqomida tashrif buyuradi. Qahramonimiz o‘zining ilk mavsumida negadir atigi 9 ta o‘yinda ishtirok etadi va ijara asosida Zagrebning «Dinamo»siga qaytarib yuboriladi. Balaban, ortga qaytgach, mavsumni 15 ta gol bilan yakunlaydi. So‘ng, uni Belgiyaning «Bryugge» klubi sotib oladi. Belgiyada hujumchi o‘zining to‘purarlik mahoratini shu qadar namoyish etadiki, unga mahalliy muxlislar «super Boshka» laqabini berishadi Inglizlar esa, Birmingem jamoasida shunday familiyadagi futbolchi bo‘lganini hozir eslay olmasalar kerak. Yana kim biladi deysiz?!

Yon Dal Tomasson

Aslida, Yon «Nyukasl»ga 1997 yilda hujumkor yarim himoyachi sifatida jalb qilingan edi. Klub shu yo‘sinda, Alan Shirrarga yordam bermoqchi edi. Kutilmaganda, Shirrar jarohat oladi. Bu paytda Les Ferdinand boshqa jamoaga ravona bo‘lgan edi. Murabbiylar noilojlikdan Tomassonni markazga ko‘chiradi. Qahramonimiz o‘zini yangi ampluada juda yomon his etadi. 35 ta o‘yin 4 ta gol! Dahshatli omadsizlikdan so‘ng, klub uni «Feynoord»ga ijara asosida jo‘natib yuboradi. U yerda, daniyalik hujumchi o‘zini ko‘rsatishni boshlaydi. 4 mavsum davomida futbolchi 71 ta gol kiritadi va mahalliy muxlislar yoqimtoyiga aylanadi. Aynan uning xizmatlari evaziga «Feynoord» 2002 yilda UYEFA kubogida zafar quchgani muxlislar yodidan ko‘tarilmagan bo‘lsa, ajam emas. 

Memfis Depay

Lui Van Gal «qizil iblislar» rahbariyatini yosh gollandiyalik futbolchi uchun 25 million yevro sarflashga ko‘ndiradi. Afsuski, Memfis kutilgan darajada porlay olmadi. 53 ta o‘yin va atigi 7 ta gol. 7-raqamning yangi egasi uchun yarashmaydigan statistika! Izidan chiqqan karyerasini tiklash maqsadida, Depay 2017 yilda «Lion» bilan shartnoma imzolaydi. E’tiborlisi shundaki, «Lion»da qahramonimiz o‘zini ancha erkin his etishni boshladi. U allaqachon fransuz jamoasi safida 53 ta gol kiritdi va terma jamoaning asosiy quroliga aylandi. Boz ustiga, bugungi kunda «Barselona»ning birinchi raqamli nishoni bo‘lib turibdi. 

Yago Aspas

«Liverpul»ning ashaddiy muxlislari ham Aspas qachonlardir «Mersisaydliklar» sharafini himoya qilganini eslay olmasa kerak. Vaholanki, «qizillar» o‘z vaqitida ispan uchun 9 million funtdan voz kechishgan edi. O‘zining ilk mavsumida Aspas birorta ham gol kirita olmadi va 2014 yilda Ispaniyaga qaytarib yuborildi. Qahramonimiz «Selta»ga o‘tgach, o‘zini namoyish etishni boshladi. «La Liga»dagi 6 ta mavsumda qahramonimiz 93 ta gol kiritdi va terma jamoadan muntazam chaqiruv oldi. Ikkinchi Torres bo‘lishi taxmin qilingan yigitni negadir Angliya qabul qilishni istamadi. 

Dushan Tadich

“Ayaks” safida tezkor va texnikasi kuchli Tadichning o‘yinlariga e’tibor berar ekansiz, shu yigit qachonlardir Angliyada omadsizlikka uchraganiga ishonish qiyin. Dushan o‘zining APLdagi eng yaxshi mavsumida ham 7 tadan ko‘p gol kiritmagan. «Sautgempton» safida o‘rtamiyona forvard sifatida qaralgan futbolchiga Gollandiyada ikkinchi yoshlikni taqdim etishdi. 2018 yilda inglizlar Tadichni shunchaki qo‘yib yuborishdi. Keyin fantastik mavsum boshlandi. Qahramonimiz bir mavsum davomida barcha musobaqalarni qo‘shib hisoblasak naqd 62 (!) ta gol kiritishni uddaladi. Ayniqsa, «Real»ga qarshi o‘yinlardagi ikkita gol futbolchining naqadar yuqori saviyada ekanligini ko‘rsatib berdi. Dushanda bunday o‘yinlar soni juda ko‘p, ammo ularning birortasi ham Angliya maydonlarida o‘tmagan.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 14:04, 24.11.2020. O'qildi: 4563 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик