Bugun 28 may, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Ro‘ziqul Berdiyev: «Chempiondan ustun harakat qildik»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Oliy liga / Matbuot anjumanlari
Rukn: Reportajlar
A A A

Superliga 24-turdan o‘rin olgan «Nasaf» — «Paxtakor» uchrashuvidan so‘ng qarshiliklar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev bo‘lib o‘tgan uchrashuv haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

— Chempionni mag‘lubiyatga uchratib medallarga egalik qilish ikki hissa yoqimli. Faqat qaysi medalga ega chiqishimizni keyin ikki tur hal qiladi. Barchani g‘alaba bilan tabriklayman. Futbolchilar katta mehnat qilishdi, buning uchun ularga katta rahmat aytaman. O‘ylaymanki, bugun o‘yinda to‘liq ustunlik qildik. Vaziyatlarni hisobga olsak ham bu yaqqol namoyon bo‘ladi. Ushbu uchrashuvga yigitlar ruhan juda yaxshi tayyorgarlik ko‘rishgandi. Medallar yutish o‘z qo‘limizda edi. O‘tgan turdagi mag‘lubiyatdan keyin bugun muxlislarimiz ko‘z o‘ngida munosib va chiroyli o‘yin ko‘rsatishimiz kerak edi. Jamoamiz mahorat ham ishtiyoq ko‘rsatdi va tartibli o‘ynadi. »Paxtakor” jamoasi chempion. Ular bunga haqli ravishda erishdi. Lekin bugun o‘yinda biz chempiondan ustun harakat qildik.

— Agar Jizzaxda kerakli natija qayd etilganida shunday natija bo‘larmidi?
— «Sug‘diyona» bilan o‘yindan oldin 10ta uchrashuvda mag‘lub bo‘lmagan edik. Nega shunday savol bermadingiz? (kuladi). Bitta mag‘lubiyatga uchraganimizga darhol shu savolni berdingiz. Albatta bu hazil. Mag‘lubiyatni jiddiy qabul qildik. G‘alabadan xursandmiz. Mag‘lubiyat bugungi o‘yinga motivasiya bergandir. Jizzaxdagi mag‘lubiyatning o‘ziga yarasha sabablari bor edi. Oraliqdagi katta tanaffusdan so‘ng o‘yin o‘tkazdik. Terma jamoa futbolchilari o‘yin kuni yetib kelgan edi. Jarohatlar ham ta’sir qildi. Bu bahona emas.

— Raqib bosh murabbiyi «Nasaf»ning barcha futbolchilari yoqqanini aytdi. Bu xavotirli javob emasmi?
— O‘ylantirib qo‘ydingiz. Rahbariyat bilan gaplashib jamoani o‘zagini saqlab qolishga harakat qilamiz. Orada 1-2 yil o‘tdi va yana jamoamiz shakllanib oldi. Yigitlar o‘sishda davom etmoqda. O‘ziga bo‘lgan ishonchi ortmoqda. Shu futbolchilarni saqlab qolib yana bir nechta tajribali futbolchilarni qo‘shsak katta maqsadlarni qo‘ya olamiz. Hech bir futbolchida pasayish ko‘rmadim.

— Moliyaviy qiyinchiliklar bartaraf etildimi?
— Qisman bartaraf etilmoqda. Bu muammo o‘z yechimini topadi.

— «Nasaf» yana bitta g‘alaba qozonsa, ikkinchi o‘rinni naqd qiladi. Lisenziyalash jarayoni qanday ketmoqda?
— Biz boshqatdan kerakli hujjatlarni taqdim qilishimiz kerak bo‘ladi. Bu borada jamoamizga topshiriq berilgan, zarur hujjatlarni taqdim etishimiz lozim. Chunki bizda barcha sharoitlar bor. Qayerdadir e’tiborsizlik bo‘lgan. Bu narsani o‘zim ham kutmagan edim. Boisi har yili birinchilardan bo‘lib lisenziyalash hujjatlarini topshirar edik. Lekin bu yil e’tiborsizlik yuz berdi. Tasavvur qiling, yosh jamoamiz OCHLda o‘ynasa bu katta tajriba bo‘lardi.

— Bugun uch nafar himoyachi bilan jamoangiz harakat qildi. Bu ikki o‘yindan beri kuzatilmoqda. Qay darajada o‘xshamoqda?
— Maydonda uchta markaziy himoyachi borligiga qaramasdan 4-3-3 sxemasida o‘ynadik. Bu joylashtirishga bog‘liq. Jizzaxda 3-4-3 sxemasida o‘yinimiz qovushmadi. Bugun esa markaziy himoyachi rolida to‘p tepadigan G‘olib G‘aybullayevni qanotga qo‘ydik. Qanotda o‘ynaydigan futbolchilarimiz jarohati sabab ayrim o‘zgarishlarga qo‘l urdik. Jo‘rabek Mannonov bugun munosib to‘p tepdi. Mashg‘ulotlarimiz ko‘proq kombinasion futbolga asoslangan. Yaxshi maydonda o‘ynayapmiz, balki shu sababli sifatsiz maydonlarda harakatlarimiz o‘xshamayotgan bo‘lsa kerak.«Mash’al» maydonida ikki bor o‘ynadik natija ijobiy bo‘lmadi. Faysal Traorening bugun tug‘ilgan kuni ekan. Shu sababli u bilan birga golni nishonlashdi. Oxirgi paytlarda belidagi jarohati sabab o‘yinlarni o‘tkazib yuborayotgan edi.

Manba: fcnasaf.uz
Kiritildi: 20:42, 25.11.2020. O'qildi: 2899 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик