Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 17 43
2 Real Madrid 17 39
3 Vilyarreal 15 35
4 Atletiko 17 34
5 Espanyol 16 30
6 Betis 16 25
7 Atletik Bilbao 17 23
8 Selta 16 22
9 Sevilya 16 20
10 Xetafe 16 20
11 Elche 16 19
12 Alaves 16 18
13 Rayo Valyekano 16 18
14 Malyorka 16 17
15 Real Sosyedad 16 16
16 Osasuna 16 15
17 Valensiya 16 15
18 Jirona 16 15
19 Real Ovyedo 16 10
20 Levante 15 9

O'tgan o'yinlar.

19-тур Barselona 3-1 Atletiko
19-тур Atletik Bilbao 0-3 Real Madrid

Navbatdagi o'yinlar.

14/12/25 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

O‘zPFL «Neftchi» — «Turon» uchrashuvi bo‘yicha bayonot berdi

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Birinchi liga / Umumiy
Rukn: Yangiliklar
A A A

Kecha — 1 dekabr kuni Pro liganing so‘nggi turi doirasida Farg‘onaning “Neftchi” hamda Yaypanning “Turon” klublari o‘zaro to‘qnash keldi. Mazkur bellashuv g‘olibi Superliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritishi kerak edi. Shundan kelib chiqib, uchrashuvning ahamiyati yuqori bo‘ldi va u futbol jamoatchiligida katta qiziqish uyg‘otdi.

O‘FA Hakamlar va nazoratchilar bo‘limi uchrashuvga tajribali Shavkat Nasibullayevni bosh hakam sifatida tanlab oldi. Unga qanotlarda Rishat Nugmanov hamda Doniyor Saylavov yordam berdi. Bellashuv hal qiluvchi ahamiyat kasb etayotgani, shuningdek, Pro liga g‘olibini taqdirlash zaruriyati bor ekanidan kelib chiqib, O‘zPFLning 8 nafar xodimlaridan iborat tarkibda ishchi guruh tashkil etilib, guruh o‘yinni yuqori saviyada o‘tkazish uchun Farg‘onaga yo‘l oldi. Shuningdek, O‘zPFL so‘rovi bilan O‘FA Hakamlar va nazoratchilar bo‘limi boshlig‘i ham o‘yinga jalb etildi.

“Neftchi” — “Turon” uchrashuvi kutilganidek shiddatli kechdi va unda mehmonlar 1:0 hisobida g‘olib chiqib, Superliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Murosasiz kechgan bahs yakunida hakamlarga nisbatan “Neftchi” futbol klubi futbolchilari hamda muxlislarining tajovuzkor hatti-harakatlari kuzatildi, maydonda tartibsizlik vujudga keldi. Ichki ishlar organlari xodimlarining sa’i-harakatlari sabab ko‘ngilsiz holat tezda bartaraf etildi.

Shu kuni bellashuvni tomosha qilish uchun Farg‘ona viloyati hokimi Xayrulla Bozorov, shuningdek, viloyatning bir qator mansabdor shaxslari “Istiqlol” stadioniga tashrif buyurishgandi. Ko‘ngilsiz voqeaning tezlikda bartaraf etilishida ularning hissasi katta bo‘ldi. Bellashuv yakunida viloyat hokimining o‘zi “Turon” futbolchilarini taqdirlash uchun maydonga chiqdi.

Bunga qadar tez tibbiy yordam uchrashuv hakamlariga yordam ko‘rsatdi hamda ularning holatlarini tekshiruvdan o‘tkazdi. Shu kuni hakamlar brigadasi va umuman uchrashuvda bevosita ishtirok etgan shaxslarning og‘ir tan jarohati olishi holati kuzatilmadi. Bugun — 2 dekabr kuni uchrashuv rasmiylari O‘zPFL vakillari bilan birgalikda Toshkentga qaytib keldi, ayni vaqtda ularning salomatliklari bilan bog‘liq muammolar yo‘q.

Bugunning o‘zida O‘FA Hakamlar va nazoratchilar bo‘limi ekspertlari uchrashuvni o‘rganib chiqdi. Uning burilish nuqtalari asosan uch vaziyatda yuz bergan:

 14-daqiqada bosh hakam mezbonlar darvozasiga penalti belgiladi. Mazkur vaziyatga hakam anchagina yaqin bo‘lgani uning yutug‘i bo‘ldi va u haqli ravishda 11 metrlik jarima zarbasi belgiladi;

 45-daqiqada to‘p “Turon” futbolchisining qo‘liga tekkandek tuyuldi, o‘rganishlar shuni ko‘rsatdiki, hakam jarima belgilamay, to‘g‘ri qaror qabul qilgan. Sababi to‘p futbolchining tana qismiga tekkan;

90-daqiqada to‘p yana bir bor “Turon” futbolchisining qo‘liga tekkandek tuyuldi. Takroriy lavha esa to‘p futbolchining ko‘krak va yelka qismiga tekkanini ko‘rsatdi, qolaversa, bu yerda himoyachining qo‘li tabiiy holatda turgandi. Hakamning bu qarori ham to‘g‘ri bo‘ldi.

Shundan kelib chiqib, uchrashuvni yaxshi boshqarib borgan hakam 8.3 ballga loyiq ko‘rildi, uning harakatlari yaxshi baholandi. O‘zPFL bellashuvdagi provakasion harakatlarga uchmay, murakkab o‘yinni boricha boshqarib borgan hakamlar brigadasiga o‘z minnatdorchiligini bildiradi. Shuningdek, bugun O‘zPFL mazkur ishni tegishli qo‘mitalarda o‘rganib chiqish hamda aybdorlarni jazolashni so‘rab, ishni O‘FAga oshirdi.

Kechagi kunning o‘zida O‘zPFL rasmiylari Farg‘ona viloyati IIBB vakillari bilan muloqotda bo‘ldi hamda qonunchilik asosida ularni qiziqtirgan barcha savollarga javob qaytardi. O‘yindan keyin o‘zini noprofessionallarcha tutgan mezbonlar vakillari va buning oqibatida taqiqlangan hududni kesib o‘tgan futbol muxlislari bilan viloyat IIBB shug‘ullanmoqda. Ayni vaqtda O‘FA tegishli qo‘mitasida ham, IIBBda ham ishni o‘rganish uchun yetarlicha dalillar mavjud.

O‘zPFL Pro liga uchrashuvlarini teletranslyasiya qilish orqali katta o‘sishga erishdi. Bu borada biz UzReport telekanali bilan katta hajmdagi ishni bajardik. Kechagi bellashuv muxlislar xotirasida uzoq vaqt saqlanib qolishiga shubha yo‘q. Biz futbol muxlislaridan biror-bir qaror chiqarishda shoshilmaslikni iltimos qilamiz.

Ayni kunlarda O‘FA Etika qo‘mitasi hamda Maxsus inspeksiyasi nohalol hakamlik masalasini ko‘rib chiqishda davom etmoqda. Mana shunday vaqtda hakamlar brigadasi ham mas’uliyatni his qilib turibdi. Jamoaning har qanday muvaffaqiyatsizligiga faqatgina hakamlar aybdor bo‘lavermaydi. Kechagi holat futbolda kam uchrasada, ammo uning bir qismi hisoblanadi. Uchrashuv avvalida ikki jamoa vakillari o‘zaro kelishib oladi, hakamlar u yoki bu jamoaga yon bosadi, viloyat rahbarlari mazkur ishga ta’sir o‘tkazadi kabi shubhalar o‘z tasdig‘ini topmadi. Shu kuni barchamiz murosasiz hamda keskin kurashlarga boy bo‘lgan ajoyib futbol uchrashuvi hamda muhitini tomosha qildik. Bundagi aybdorlar albatta o‘z jazosini oladi. IIB hamda O‘FA tegishli qo‘mitalari o‘z vakolatlari doirasida mazkur ishni o‘rganib chiqadi hamda aybdor shaxslarga nisbatan tegishli choralar ko‘radi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 20:23, 02.12.2020. O'qildi: 5551 marta. Fikrlar: 3 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 17
2 Барселона Ferran Torres 11
3 Мальорка Vedat Muriki 9
4 Барселона Robert Levandovski 8
5 Атлетико Xulian Alvares 7
6 Вильярреал Alberto Moleyro 6
7 Эльче Rafa Mir 6
8 Барселона Rafinya 6
9 Леванте Karl Etta-Eyong 6
10 Бетис Kucho Ernandes 6

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.