Bugun 26 may, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Maldini, Zidan Ronaldinyo... Yana kimlar «Manchester Yunayted» futbolchisi bo‘lishi mumkin edi?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Transferlar / Taxminlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Taniqli "Talk Sport" nashri Angliyaning «Manchester Yunayted» jamoasi muzokaralar olib borgan, biroq shartnoma imzolay olmagan futbolchilari ro‘yxatini e’lon qildi. Ushbu futbolchilardan tashkil topgan ramziy jamoani esa, stadion.uz e’tiboringizga havola etadi.

Darvozabon – Piter Chex

Chex «Chelsi» afsonasiga aylanishidan avval, 19 yoshida «Manchester Yunayted» futbolchisi bo‘lishi mumkin edi. Chexiyalik kiper «Renn» sharafini himoya qilib yurgan chog‘lari, Ser Aleksning shaxsan o‘zi uning o‘yinini tomosha qilish uchun stadionga tashrif buyurgan. Afsuski, o‘sha oqshom Chex qo‘pol xatoga yo‘l qo‘yadi. Ser Aleks esa, keyinroq Chexni aynan o‘sha xato tufayli sotib olish fikridan qaytganini tan olgan.

O‘ng qanot himoyachisi – Filip Lam

«Bavariya»ning sobiq yordamchi murabbiyi Herman Gerlandning aytishicha, Ser Aleks Filip Lamni o‘z jamoasida ko‘rishni juda istagan ekan. Nemis futbolchisi «Shtutgart» safida ijara asosida to‘p surib yurgan chog‘lari, «Manchester» Yunayted”ga qarshi uchrashuvda o‘zini ko‘rsata olgan shekilli, aynan o‘sha uchrashuvdan so‘ng «qizil iblislar» aloqaga chiqishgan. Shunga qaramay, Myunxen klubi Lam kelajak loyihasi sifatida klubda olib qolgan.

Markaziy himoyachi - Vensan Kompani

Aslida Vensan 18 yoshidayoq Manchesterga ko‘chib o‘tishi mumkin edi. Ser Aleks Ferdinandning o‘rnida belgiyalik futbolchini ko‘rishni istagan, biroq keyin fikrdan qaytadi. «Talk Sport»ning ma’lum qilishicha, shotlandiyalik murabbiy Kompaniga «Manchester Siti» singari ulkan shaxsiy shartnoma taklif eta olmagan.

Markaziy himoyachi- Paolo Maldini

Afsonaviy murabbiyning o‘zi Maldini transferi borasidagi quyidagicha fikr bildiradi:

“Uning otasi taklifimni eshitgach, “Mening otam, men va o‘g‘lim «Milan»chilardir. Uning «qizil iblis»ga aylanishini unuting!” To‘g‘risi uni o‘z jamoaga og‘dirishga bir necha bor urindim, biroq Chezare o‘z fikrida qat’iy turib oldi”.

O‘ng qanot himoyachisi – Biksan Lizarazyu

Biksan o‘z davrining eng kuchli fulbeklaridan biri bo‘lgan. Uni Ser Aleks jamoasida ko‘rishni istagani tabiiy hol. Shunday bo‘lsada, futbolda ayrim ishlarni amalga oshirishning iloji yo‘q. Futbolchining o‘zi 2001-2002 yillarda «Bavariya»ga bo‘lgan hurmati sababli klubini almashtirganini intervyularidan birida ma’lum qilgan edi.

Markaziy yarim himoyachi – Pol Gaskoyn

1987 yil. «Qizil iblislar» elitada jon saqlab qolish uchun kurash olib borayotgan «Nyukasl» bilan to‘qnash keladi. O‘sha uchrashuvda 20 yoshli Pol «MYU»ning markazini bir o‘zi sochib tashlaydi. O‘yindan so‘ng, Ser Aleks rahbariyatdan transfer uchun pul talab qiladi, biroq bu paytda «Tottenxem» Gaskoyning oilasi uchun Londondan uy sotib olib bo‘lgan edi...

Markaziy yarim himoyachi – Zidan

Zidanning «qizil iblis»ga aylanishiga boshqa bir Fransiyalik futbolchi yo‘l qo‘ymagan. Klubning Fransiyadagi iqtidorlarni aniqlash bo‘yicha mas’ul xodimi «Bordo»dagi Zidan haqida ma’lumot berganida, Fergi bobo Kantonaning statusi tushib ketmasligi uchun ham transferdan voz kechadi.

O‘ng qanot yarim himoyachisi – Aren Robben

Robben «Chelsi»ga o‘tishidan avval Manchester shahrida mehmon bo‘lganidan xabaringiz bormi? Gollandiyalik futbolchini shaxsan ser Aleks mehmonga chaqiradi va uni klub bazasi bilan tanishtiradi. Kechki tushlikdan so‘ng kelajak borasida suhbat quriladi. Keyin Robben Gollandiyaga qaytib ketadi. U yerda uni «Chelsi»dan tushgan fantastik summadagi shartnoma kutib turgan edi.

Chap qanot yarim himoyachisi – Ronaldinyo

Roni APLda ko‘rinish berishi mumkinligi haqida Pol Skoulz bir necha bor ma’lum qilgan. Uning aytishicha, 2003 yilda futbolchi deyarli «Manchester Yunayted» futbolchisiga aylanib bo‘lgan edi, biroq transfer oynasining so‘nggi soatlarida «Barselona» chaqqonlik namoyish etib PSJ futbolchisini ilib ketgan ekan.

Hujumkor yarim himoyachi – David Silva

Yana bir «Manchester Siti» afsonasi. Afsuski, Silva «Valensiya»da «javlon urayotgan» payda «qizil iblislar»allaqachon o‘yin modelini shakllantirib bo‘lgan edi. Bu modelda texnikasi kuchli bo‘lsada, nimjonroq futbolchiga joy bo‘lmagani uchun Silvadan voz kechiladi. Vaholanki, klub skauti yarim himoyachini naq 6 oy davomida kuzatib yurgan.

Hujumchi – Alan Shirer

Afsonaviy hujumchi «Blekbern»da to‘p tepayotgan chog‘idayoq ser Aleksning nishonida bo‘lgan. Afsuski, klubning o‘sha davrdagi egasi Jek Uoker transferni bloklab qo‘yish orqali Shirerni klubda olib qolmoqchi bo‘ladi. Boz ustiga, Uoker va Alan qalin do‘stlar bo‘lishgan va futbolchi do‘stlikka putur yetmasligi uchun ham «Manchester Yunayted»ning taklifini rad etadi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 15:13, 12.12.2020. O'qildi: 5592 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик