Bugun 20 may, 2026 yil, chorshanba.

  • APL
      • 19.05.2026 00:00
      • Arsenal
      • 1:0
      • Byornli
      • 19.05.2026 23:30
      • Bornmut
      • 1:1
      • Manchester Siti
      • 20.05.2026 00:15
      • Chelsi
      • -:-
      • Tottenhem
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 37 94
2 Real Madrid 37 83
3 Vilyarreal 37 69
4 Atletiko 37 69
5 Betis 37 57
6 Selta 37 51
7 Xetafe 37 48
8 Rayo Valyekano 37 47
9 Valensiya 37 46
10 Real Sosyedad 37 45
11 Espanyol 37 45
12 Atletik Bilbao 37 45
13 Alaves 37 43
14 Sevilya 37 43
15 Osasuna 37 42
16 Elche 37 42
17 Levante 37 42
18 Jirona 37 40
19 Malyorka 37 39
20 Real Ovyedo 37 29

O'tgan o'yinlar.

37-тур Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
37-тур Atletiko 1-0 Jirona
37-тур Osasuna 1-2 Espanyol
37-тур Atletik Bilbao 1-1 Selta
37-тур Elche 1-0 Xetafe
37-тур Levante 2-0 Malyorka
37-тур Real Sosyedad 3-4 Valensiya
37-тур Sevilya 0-1 Real Madrid
37-тур Real Ovyedo 0-1 Alaves
37-тур Barselona 3-1 Betis

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Betis - Levante
24/05/26 Selta - Sevilya
24/05/26 Alaves - Rayo Valyekano
24/05/26 Valensiya - Barselona
24/05/26 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05/26 Malyorka - Real Ovyedo
24/05/26 Xetafe - Osasuna
24/05/26 Jirona - Elche
24/05/26 Espanyol - Real Sosyedad
25/05/26 Vilyarreal - Atletiko

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Bugun Zidan xarakter ko‘rsata oladimi?! Madrid derbisi oldidan prevyu

Baho:
+ | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Ispaniya La-ligasi
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Bugun Ispaniya La Ligasi 11-turi doirasidagi markaziy bahs Madriddagi «Alfredo di Stefano» o‘yingohida bo‘lib o‘tadi. Unda mezbon jamoa vakillari o‘z hamshaharlari «Atletiko»ni qabul qiladi. Klublarning holatiga to‘xtaladigan bo‘lsak, «matraschilar» ushbu uchrashuvga kichik ustunlik bilan tashrif buyurayotgandek taassurot paydo bo‘lishi mumkin. Har qalay ularning turnir jadvlida egallab turgan o‘rinlari o‘zlarining darajasiga nisbatan ancha qoniqarli. Bunday deyishimizga ayni paytda bir qator sabablar ham yetarli. Avvalo, ular yangi mavsumga ko‘rilgan a’lo darajadagi tayyorgarlik va amalga oshirilgan aqlli transferlar siyosati tufayli ham bugun birinchi o‘rinni ishonchli tarzda egallab turishibdi. Lekin, mamlakat ikki bayroqdor klublarining kerakli pallalarda qoqilishlarga uchrayotganligi nuqtayi nazaridan ham buni shartli jarayonga yo‘yish ham mumkin. «Real» hozirda peshqadamdan 6 ochkoga orqada bormoqda. Lekin o‘z navbatida «matraschilar»da bitta zaxiradagi o‘yin ham mavjudligini unutmaslik kerak. Muammoli holatlardan sekin-asta chiqib borayotgan «qaymoqranglilar»ni kuchli sinovdan qanday o‘tib olishini kuzatish albatta qiziq.


«Real Madrid». Zidan uchun muhim bahs

Shubhasiz, ushbu qarama-qarshilikdagi g‘alabani «qaymoqrang» libos a’zolaridan ham ko‘ra bosh murabbiyning o‘zi ko‘proq istayotgan bo‘lsa ajab emas. Madridning asosiy klubida hozir ishlar bir maromda ketyapti deb bo‘lmaydi. Asosiy muammo esa barcha taxmin qilganidek hujum zonasi bo‘lib qolmoqda. Furbolchilar deyarli har bir uchrashuvda xavfli vaziyatlarni yakunlashda jiddiy muammolarga duch kelishyapti. Boshqa pozisiya vakillari asta-sekinlik bilan o‘z formalariga qaytishayotgan bir paytda old chiziq o‘yinchilarining oqsayotgani albatta alam qilarli holat. Zidanning haligacha Ronaldu – Azar – boshqalar nomi ostida kechayotgan chigal mushkilotni yechish borasida boshi qotayotgani sezilmoqda. Benzema bilan tandem hosil qiluvchi stabil futbolchini tanlashda ikkilanishlar kuzatilyapti. Mana endi uning bir qarorga kelib olishi uchun ayni qulay payt. U o‘ziga yuklatilayotgan chuqur ishonchni derbida isbotlashga urinib ko‘radi. Bu yerda boshqacha bo‘ishi ham mumkin emas aslida. «Real» – bu tijoriy klub, ular rahbariyatdan maksimal darajadagi natijani talab qilishadi, o‘z navbatida rahbariyat ham bosh murabbiydan. Albatta, bu yerda Zidanning kuchli mutaxassisligiga hech kim shubha bilan qaramaydi. Lekin klubning xalqaro maydonlardagi omadi kelavermagach u ham aslida jamoa uchun bir mehmonga aylanib qolishi hech gap emas.

Hozircha YECHLdagi missiya arang uddalanib turibdi. Jamoa guruh bosqichida birinchi o‘rinni egallab o‘z ishini oz bo‘lsada yengillashtirib oldi. Kelasi bosqichda tushishi mumkin bo‘lgan qaysidir kuchsizroq raqib Zidan uchun bitta plyus. Biroq, hali pley-off o‘yinlari boshlanguncha u ichki chempionatdagi ishlarini izga tushirib olishi talab etiladi. La Ligada jamoaning ketma-ket ravishda uchta o‘yinda ochko yo‘qotishi muxlislarning keskin noroziligini keltirib chiqargandi. Lekin, shundan so‘ng asosiy raqiblardan biri «Sevilya» mag‘lubiyatga uchratildi, ketidan xalqaro maydondagi muvaffaqiyatli yurish. Albatta shu shu kabi ba’zi bir kichik omillar Zidan va rahbariyat o‘rtasidagi muvozanatni bir tartibda ushlab turibdi. Lekin fransiyalik mutaxassis bir intervyusida o‘zining mavsum yakuniga yetgach ketishi mumkinligiga ishora qilib ketdi. Murabbiyning fikrlaridan shuni anglash mumkinki, u amaldagi tarkib bilan ikkala katta frontda o‘zi ko‘zlagan maqsadlariga yetisha olmaydi. Rahbariyat esa ayni paytdagi moliyaviy vaziyat tufayli mutaxassis xohlayotgan ba’zi bir transferlarni amalga oshirishdan yiroq. Shundan ham xulosa qilish mumkinki, Zidan hozir juda chalkash yo‘llar orasida qolgan. U ayni paytda o‘ziga berilgan vazifani mavsum oxiriga qadar deyarli maksimal yakunlab olishi uchun unda vaqt juda oz qolgan. La Liganig deyarli yarim yo‘liga qarab ketilyapti hamki, klub arang to‘rtlikka ilinib harakat qilmoqda. Bu kabi derbi o‘yinlari va Klassikolarda jamoa maksimal ravishda ochko yig‘ib ololmasa ayni paytdagi peshqadamlarning qoqilishini kutgandan foyda yo‘q. Shundan kelib chiqib ham bugungi bahsda futbolchilardan ham ko‘ra ko‘proq aynan Zidan o‘z xarakterini namoyish etishi kutilyapti. 

Taxmiiy tarkib: Kurtua; Karvaxal, Ramos, Varan, Mendi; Modrich, Kazemiro, Kros; Vinisius, Benzema, Asensio.

Ishtirok eta olmaydi: Luka Yovich, Eden Azar, Martin Edegor.

«Atletiko»

Albatta, ushbu qarama-qarshilikda Madridning nisbatan kattaroq jamoasi ko‘proq tilga olinadi. Ayni hozirggi paytdan kelib chiqsak ham «Real»da muammolar jiddiyroq va katta klubning kamchiliklari ham shunga yarasha yirikroq bolishi tabiiy hol. Biroq bugungi kundagi «Atletiko»ga, gigemon klubga to‘xtalmasdan iloj yo‘q. Ular o‘yindan o‘yinga ochilib, o‘z imkoniyatlari darajasini borgan sari kengaytirib olishmoqda. Mutaxassislarni ajablantirayotgan jihat ham ayni shunda. Klub joriy mavsum juda ko‘p o‘yinlarda o‘z uslubidan chekinib harakat qilmoqda, lekin maqsad o‘zgarmagan. Ayni paytdagi jamoaning umumiy holatida deyarli kamchiliklar kuzatilmayapti. Ular La Ligadagi peshqadamlikni o‘z o‘zidan kelib qolmaganini sermahsul natijalar va havas qilarli darajadagi statistikalar bilan isbotlashmoqda. Leki shu bilan birga himoya qo‘rg‘oni esdan chiqayotgani yo‘q. «Atletiko» ortda qolgan 10 ta turda atigi 2 ta gol o‘tkazib yubordi va bu eng yaqin ta’qibchi bo‘lib turgan «Real Sosiyedad»dan (5) yaxshiroq natija degani. Buning ustiga jamoa ketma-ket 7 ta o‘yinlik g‘alabali seriyani ham qayd etmoqda. YECHLda esa amaldagi chempion joy olgan guruhdan ikkinchi o‘rin bilan kelasi bosqichga yo‘l olish albatta, fojeali voqelik emas. Ushbu derbining «matraschilar» uchun muhimlik darajasi o‘ta yuqori. Ular qaysi pozisiyada ketayotganliklaridan qat’i nazar hamshaharlari bilan bo‘ladigan har qanday bahsga jiddiy tayyorgarlik ko‘rishadi.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra «Atletiko» so‘nggi besh o‘yindan buyon "Real”ni mag‘lub eta olmayapti. Hatto, 4 uchrashuvda raqiblari darvozasiga birorta ham gol ura olishmagan. So‘nggi g‘alaba esa 2018 yili UEFA superkubogida sodir etilgan. Demak, jamoada raqibinikidan qolishmaydigan darajada motivasiya topiladi. Bunining ustiga o‘zining formasini tiklab borayotgan «Real» osonlikcha taslim bo‘ladigan kayfiyatda emas. Ular kuchli klublar bilan qanday o‘ynashni yaxshi biladi. Yuqorida sanab o‘tilgan ko‘plab jihatlari bilan jamoalar bugun bizga yuqori intrigali futbolni taklif etishmoqda.


Taxminiy tarkib: Oblak; Savich, Felipe, Ermoso; Trippyer, Lyorente, Koke, Saul, Karrasko; Suares, Felish.

Ishtirok eta olmaydi: Xose Himenez, Diyego Kosta, Manu Sanches.

 

Yusufbek Saydaliyev tayyorladi

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 18:32, 12.12.2020. O'qildi: 3993 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, “Real”ning tirik afsonasi Raul Evropa Chempionlar ligasining ketma-ket 14 ta mavsumida gol ura olgan yagona futbolchi sanaladi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 16
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик