Bugun 28 may, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Borussiya D» murabbiyi haqida nimalarni bilasiz? – Terzich-Klopp shogirdi

Baho:
+ | -
YEVROPA / Murabbiylar / Tayinlovlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

“Ko‘pchilik meni chekka bir qishloq joyidan chiqqan tajribasizgina murabbiy deb o‘ylashadi. Aslida bunday emas. Men Dortmundning shundoqqina yonida, atigi 30 kilometr uzoqlikdagi shaharda dunyoga kelganman. «Signal Iduna Park»ka birinchi bor tashrif buyurganimda bor yo‘g‘i 9 yoshda edim. O‘shandayoq men sezganman – mening yuragim qayerda urayotganligini. Lekin ochig‘i, menga bunday sharafli lavozim taqdim etilishini o‘ylab ham ko‘rmaganman”.

Ushbu so‘zlar «Borussiya Dortmund»ning yangi tayinlangan bosh murabbiyi Edin Terzichga tegishli. Tashqi tomondan ancha kamtar ko‘ringan bu inson maydonda keskin qarorlar qabul qila olarmikan?! Rahbariyat eng og‘ir pallalarda klubning yordamchi mutaxassisiga imkon bermoqda va bu qanchalar o‘zini oqlashi barchaga qiziq.

Dortmundliklarda yaqin kunlar ichida vaziyat keskin jiddiylashib ketganidan xabaringiz bor. Jamoa Bundesliganing ketma-ket uch o‘yinida ochko yo‘qotdi. Ayniqsa, ularning so‘nggisida «Shtutgart»ga «Signal Iduna Park»da yirik hisobda imkoniyat boy berildi. Shundan so‘ng klub rahbariyati amaldagi bosh murabbiy Lyusen Favrga iste’fo berishga majbur bo‘ldi va uning yordamchisi Edin Terzich bosh lavozimga tayinlandi. Yangi murabbiyning ilk rasmiy o‘yinini esa muvaffaqiyatli boshlandi deb aytish mumkin – «Verder» maydonidan qiyinchilik biln bo‘lsada g‘alabaga erishildi. Biz esa ushbu mutaxassis haqida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.

Terzich Favr yonida 2018 yildan beri ishlab keladi. Jamoa bosh posti endi uning o‘ziga qolgach, mas’uliyatli lavozimni qanchalar eplab ketishiga yaqin oylar ichida guvoh bo‘lamiz. Har qalay hozir klubning yetakchi o‘yinchisi Erling Holand safda emas.

Murabbiylik havasi

Terzich yoshligidan futbol atrofida katta bo‘lishni yoqtirgan. Lekin ushbu mayl uning futbolchilik faoliyati haqidagi orzusiga deyarli bog‘liq bo‘lmagan. U bolaligidan o‘z oldiga murabbiy bo‘lish maqsadini qo‘yib katta bo‘lgan desak yangilishmaymiz. Terzich tug‘ilgan payti uning oilasi Yugoslaviyadan Germaniyaning g‘arbiy viloyati Menden shahriga ko‘chib o‘tishadi. Ushbu shahardan Dortmundgacha 30 daqiqalik masofa bor edi xolos. Natijada u dastlab o‘z shahri terma jamoasida oz muncha muddat o‘ynashga majbur bo‘ladi. Chunki futbolchi shuningdek, bir vaqtninng o‘zida Bochumdagi «Rur» universitetida ham tahsil olayotgan edi. Kontrakt pullarini esa yuqorida aytib o‘tilganidek, futbolchilik faoliyati orqali ishlab topgan.

Lekin bu ikki ish jarayonida u universitet darslariga muhimroq e’tibor qaratardi, chunki uning tabiati futbolning mahorat sirlarini o‘rgatishga moyilroq edi. Buni uning o‘zi ham ta’kidlab ketadi: “Dastlab Germaniya U-18 bosh murabbiyi Hayns Volf bilan tanishdim. Shu asnoda bir ikki oy UEFA ning maxsus litasenziyasiga ham o‘qidim. Keyin uning o‘zi meni Dortmund klubiga chaqirdi va men 2010 yildan boshlab endi u yerda yordamchi murabbiy edim. Shundan so‘ng futbol o‘ynashni yig‘ishtirganman". Ko‘rib turganingizdek, 28 yoshidayoq murabbiylik yo‘lidan ketgan Terzich shuncha vaqt mobaynida qunt bilan ushbu soha sirlarini o‘rganib keldi va bizningcha ham u endi katta sinovga tayyor.

Terzich – Klopp shogirdi

U «Borussiya» safida dastlab yordamchi murabbiy sifatida ish boshlagan paytlar klubning eng muvaffaqiyatli davrlari yaqinlashayotgan edi. Taniqli mutaxassis Yurgen Klopp 2008 yili jamoa bosh postini qabul qilib olgach, tarkibning har bir qatlamiga jiddiy e’tibor qaratdi va deyarli yangitdan jamoa shakllantirdi. O‘sha payti Terzichning lavozmi skautlikdan iborat bo‘lgan. U o‘zining keyinchalik bergan bir intervyusida vatandoshi Kloppdan o‘rgangan muhim qo‘llanmalari to‘g‘risida ham alohida to‘xtalib ketgan. To‘g‘ri, u o‘shanda Dortmundning asosiy klubida ishlamagan. 17, 19 va 23 yoshlilar jamoasidagi assistentlikdan ulkan tajribalarni orttirgan Terzich bir ikki yil mobaynida eski ustozi Volfining yonida malaka oshirib yurdi. Ular dastlab «Gamburg», keyinchalik «Shtutgart» klublarida ishlab ko‘rishdi. Uzoq vaqt mobaynida bu sohada toblangan yosh murabbiyning «Borusssiya» keyinchalik qo‘lga kiritgan qimmatli titullarida xizmati katta. U va ustozi Klopp boshchiligida jamoa 2010 va 2012 yillarda Bundesliga chempioni va mamlakat kubogini qo‘lga kiritdi. 2013 yilda YECHL finaligacha borildi.

Terzichda Premyer-liga tajribasi bor

Ushbu jarayonni bevosita mahhur xorvatiyalik murabbiy Slaven Bilich bilan bog‘lashimiz mumkin. Edin nihoyat U-16 jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangach, u rahbariyatga ushbu lavozimda uzoq qololmasligini aytadi. Uning onasi xorvat bo‘lganligi sababli har safar skoutlik ishlari bilan Xorvatiyaga borganida u yerni o‘z uyidek his qila boshlaydi va onasining qistovi evaziga o‘sha yerda ishlashga qaror qiladi, faqat bir voqea sodir bo‘lmaguncha. Sayohatlarining birida, tushlik qilib bo‘lgach unga bir agent murabbiy bo‘lib ishlayotgan akasini tanishtiradi. Uning ismi Slaven Bilich edi.

Keyinchalik ustoz-shogird an’analari ostida ularning yo‘llari birlashadi. Buni Edin quyidagi xotiralar bilan eslaydi: “Me bu uchrashuvni sira ham kutmagandim, Xorvatiyaning o‘yinlarini kuzatishga ham taklif qilinishim ancha kutilmagan voqelik edi (Bilich 2012 yilgi Yevropa chempionatida Xorvatiya usozi edi). Barchasi g‘aroyib sodir bo‘lgan. Menga telefon qo‘ng‘rog‘i bo‘lgan, ochig‘i dastlab unga javob bermagandim. Keyinchalik esa pochtamga xat kelib tushdi. Unda «iltimos, men bilan bog‘laning. Xurmat bilan Bilich» jumlalari bor edi. Bu men uchun katta yangilik hsioblangan. Shundan so‘ng biz Yevropa chempionatida yaxshilab tanishib oldik va bundan keyin u bilan uzoq yillar birga ishladim”, - deydi Edin. Ular birgalikda Premyer-liga klubi «Vest Hem»da 2015 va 2017 yillar mobaynida birgalikda faoliyat yuritishgan. Undan avval esa Edin «Beshiktosh»da ham bir muncha muddat ko‘rinish bergan.

Edin Terzich Favrdan farqli o‘laroq boshqa yangi qanday rejalar ishlab chiqayotganligi hozircha barchaga qorong‘u. Lekin dstlabki bahsidanoq nimalarga qodir ekanligiga biroz ishora bergandek bo‘ldi. Biz esa bundan keyin klubda qanday voqealar sodir bo‘lishidan qat’i nazar Terzichga katta missiya oldidan omad tilab qolamiz.

 

Yusufbek Saydaliyev tayyorladi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 23:50, 18.12.2020. O'qildi: 2843 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Krishtianu Ronaldu 15 yoshida yuragidagi muammolar sabab og'ir operasiyani boshidan kechirgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик