Bugun 19 may, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 37 94
2 Real Madrid 37 83
3 Vilyarreal 37 69
4 Atletiko 37 69
5 Betis 37 57
6 Selta 37 51
7 Xetafe 37 48
8 Rayo Valyekano 37 47
9 Valensiya 37 46
10 Real Sosyedad 37 45
11 Espanyol 37 45
12 Atletik Bilbao 37 45
13 Alaves 37 43
14 Sevilya 37 43
15 Osasuna 37 42
16 Elche 37 42
17 Levante 37 42
18 Jirona 37 40
19 Malyorka 37 39
20 Real Ovyedo 37 29

O'tgan o'yinlar.

37-тур Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
37-тур Atletiko 1-0 Jirona
37-тур Osasuna 1-2 Espanyol
37-тур Atletik Bilbao 1-1 Selta
37-тур Elche 1-0 Xetafe
37-тур Levante 2-0 Malyorka
37-тур Real Sosyedad 3-4 Valensiya
37-тур Sevilya 0-1 Real Madrid
37-тур Real Ovyedo 0-1 Alaves
37-тур Barselona 3-1 Betis

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Betis - Levante
24/05/26 Selta - Sevilya
24/05/26 Alaves - Rayo Valyekano
24/05/26 Valensiya - Barselona
24/05/26 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05/26 Malyorka - Real Ovyedo
24/05/26 Xetafe - Osasuna
24/05/26 Jirona - Elche
24/05/26 Espanyol - Real Sosyedad
25/05/26 Vilyarreal - Atletiko

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Yozda qaysi futbolchilar grandlar uchun «go‘sht»ga aylanadi?

Baho:
+1 | -
YEVROPA / Transferlar / Taxminlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Bu mavsum ayrim futbolchilarning klubi tuzilgan shartnomasi o‘z yakuniga yetadi Shu bois, ular yozda o‘zlari istagan klub bilan shartnoma imzolashi va klubni erkin agent sifatida tark etish huquqiga egalar. Bugun ana shunday imkoniyatga ega eng mashhur futbolchilar bilan tanishtirib o‘tamiz. 

Riki Puch - «Barselona»

Tan olish lozim, Riki Puchning klub bilan shartnomasi yakunlanayotganiga ishonish qiyin. Sababi Ronald Kuman kelgach, tarkibda yosh futbolchilar ko‘proq ko‘rinish berishni boshladi. Puchdan tashqari Pedri, Fati va boshqa yosh futbolchilar uchun asosiy tarkibga yo‘l ochildi. Kataloniya klubi o‘zi uchun yangi rejalarni tuzayotgan bir paytda, kelajakda katta naf keltirishi anqi bo‘lgan Rikini tekinga qo‘yib yuborish hech qanday mezonlarga to‘g‘ri kelmaydi.

Ispan nashrlarining ma’lum qilishicha, Kataloniya klubi o‘z akademiyasidan chiqqan futbolchi bilan shartnomani uzaytirmoqchi emas. Katta ehtimol bilan, Puchning keyingi klubi Ispaniyaning o‘rtamiyona jamoalaridan biri bo‘ladi. shuningdek, Germaniya klublaridan ham takliflar mavjud.

Anxel Di Mariya - PSJ

Argentinalik futbolchining imkoniyatlariga hech kim shubha qilmayapti, faqat u 32 yoshni «urib» qo‘ydi. Shu bois, Parij klubi futbolchi bilan yangi shartnoma imzolash borasida biroz o‘ylanib qolgan. Klub yoshroq ijrochiga asosiy tarkibdan o‘rin berish borasida bosh qotirmoqda.

Xo‘sh, futbolchining keyingi manzili qayer bo‘ladi? «Manchester Yunayted»dagi omadsizlikdan so‘ng, u APLga qaytmasligi aniq. «Real» va «Barselona» uchun endi qarilik qiladi. Endi faqat «A ceriya» klublari varianti qolmoqda. Taxminlarga ko‘ra, uning keyingi klubi «Inter» yoki «Yuventus» klublaridan biri bo‘lishi mumkin.

Florent Toven - «Marsel»

Bugungi kundagi «Marsel»ning eng yorqin yulduzlaridan biri sanalgan Toven ham tez orada o‘zi uchun klub qidirishga majbur bo‘lishi aniq bo‘lib bormoqda. 27 yoshli futbolchi yarim himoyada hamma narsaga qodir. U uzun va qisqa paslarda, maydonni ko‘rish va o‘yinni boshqarish borasida benazir. Shuningdek, qanotlarda ham to‘p surishga qodir.

Tovening ishonchli o‘yinlari sababli bir necha yillardan beri grand klublarni uni o‘z safida ko‘rishni istadi. Avvaliga, «Siti» keyin «Barselona» va hatto «Milan» ham taklif bilan chiqdi. «Marsel» esa, oxirigacha uni qo‘yib yuborishni istamadi. Endi katta ehtimol bilan tekinga qo‘yib yuborishga majbur bo‘lmoqda. Tovenning bugungi kundagi taxminiy transfer summasi 30-40 million yevroga baholanmoqda.

Veynaldum - «Liverpul»

Jini Veynaldum qishdayoq boshqa klubga o‘tib ketishi mumkin. Uni shaxsan Ronald Kuman o‘z tarkibida ko‘rishni istamoqda. Boz ustiga, futbolchining «Liverpul» bilan o‘rtadagi shartnomasi yil oxirida yakuniga yetadi. Bunday vaziyatdan foydalanish uchun gollandiyalik futbolchiga yaxshigina shaxsiy shartnoma taklif qilishning o‘zi kifoya qilishi mumkin.
Veynaldum hujum chizig‘i bilan birgalikda, tayanch zonasida ham juda ishonchli o‘yin ko‘rsatishga qodir futbolchi. Jini tarkibga Minamino va Jota kelib qo‘shilgach, ancha ortga chekinishga majbur bo‘ldi. Balki, ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun ham futbolchi Ispaniyaga ko‘chib o‘tishni tanlar?! Bunisi endi vaqt ko‘rsatadi?!

«Liverpul» negadir yarim himoyachi bilan yangi shartnoma borasida harakat qilishga shoshilmayapti. Balki, bu borada klubning o‘z rejalari bordir. Shunisi aniqki, Veynaldum singari futbolchini erkin agent sifatida qo‘yib yuborish juda achinarli holat.

Serxio Aguero - «Manchester Siti»

Kun Aguero «Siti» klubi afsonasi desak, adashmagan bo‘lamiz. Jamoa tarixidagi eng yaxshi to‘purar bo‘libgina qolmay, u klubning chinakam ramziga aylanib ketgan futbolchilardan biri sanaladi. Shunday bo‘lsada, so‘nggi mavsumlarda uning sport formasi avvalgi darajada emasligi sezilib qolmoqda.

Zaxira o‘rindig‘idagi Jezuz esa, sekin-astalik bilan uning o‘rnini egallab bormoqda. Futbolchi «Manchester Siti» bilan shartnomani uzaytirmoqchi emas. Ingliz nashrlarining ma’lum qilishicha, u ortga Argentinaga qaytib ketmoqchi. «Siti» jamoasi esa, o‘z hujumchisi bilan shartnomani uzaytirmoqchi emas. Ular Agueroning o‘rnini to‘ldirishga qodir yangi hujumchi izlashni boshlab yuborishgan.

David Alaba - «Bavariya»

Deyarli 6 oydan beri Alabaning «Bavariya» bilan yangi shartnoma borasida kelishuvni amalga oshirmagani muhokama bo‘lmoqda. Futbolchi klubdan yiliga 15-20 million yevro maosh ko‘rsatilgan yangi shartnoma talab qilmoqda.

Klub safida 10 yil to‘p surganiga qaramay, avstriyalik futbolchi boshqa jamoaga o‘tishga qarshi emas. U bilan «Real» «Barselona» singari grand jamoalari qiziqib qolgan. Shuningdek, «Chelsi» va «Manchester Yunayted» ham Alaba bilan shartnoma imzolash orzusida.

Leo Messi - «Barselona»

Afsuski, «Barselona» jamoasining barcha zamonlardagi eng yaxshi futbolchisining ham sarguzashtlari oxirlab qoldi. Xorij nashrlari bergan ma’lumotlarga qaraganda, Messi «Barselona»ni mavsum so‘nggida tark etadi.

Shunday bo‘lsada, klubga yangi prezidenti saylanishi vaziyatni tubdan o‘zgarib ketishiga olib kelishi mumkin. Bugungi kunda Leoni o‘z safida ko‘rishni istagan jamoalar orasida «Manchester Siti» va PSJ asosiy da’vogar bo‘lib turibdi. Hammasi Leo qabul qiluvchi so‘nggi qarorga bog‘liq. U qanday bo‘lishini esa, ko‘p o‘tmay bilib olishimiz mumkin.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 18:24, 20.12.2020. O'qildi: 13521 marta. Fikrlar: 4 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 16
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик