Bugun 20 noyabr, 2025 yil, payshanba.

  • Superliga
      • 19.11.2025 16:00
      • Sho‘rtan
      • 1:1
      • Buxoro
      • 20.11.2025 16:00
      • Surxon
      • -:-
      • OKMK
      • 20.11.2025 18:15
      • Paxtakor
      • -:-
      • Nasaf
      • 21.11.2025 16:00
      • Mash’al
      • -:-
      • Navbahor
      • 21.11.2025 18:15
      • Andijon
      • -:-
      • Xorazm
      • 21.11.2025 18:15
      • Dinamo
      • -:-
      • Qo‘qon-1912
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 28 61
2 Nasaf 28 58
3 Dinamo 28 56
4 Paxtakor 28 56
5 Bunyodkor 28 46
6 OKMK 28 44
7 Navbahor 28 38
8 So‘g‘diyona 28 37
9 Qizilqum 28 35
10 Surxon 28 31
11 Qo‘qon-1912 28 30
12 Mash’al 28 29
13 Andijon 28 29
14 Buxoro 29 27
15 Xorazm 28 24
16 Sho‘rtan 29 16

O'tgan o'yinlar.

29-тур Sho‘rtan 1-1 Buxoro

Navbatdagi o'yinlar.

20/11/25 Surxon - OKMK
20/11/25 Paxtakor - Nasaf
21/11/25 Mash’al - Navbahor
21/11/25 Andijon - Xorazm
21/11/25 Dinamo - Qo‘qon-1912
22/11/25 So‘g‘diyona - Bunyodkor
22/11/25 Neftchi - Qizilqum

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 20.11.2025

      05:25 LIVE Чемпионат Бразилии. "Флуминенсе" - "Фламенго". Прямая трансляция.
      07:30 "Всё о главном". Андрей Мурнин.
      08:00 Чемпионат Бразилии. "Ред Булл Брагантино" - "Атлетико Минейро".
      10:00 Чемпионат Бразилии. "Палмейрас" - "Витория".
      12:00 Чемпионат Бразилии. "Ботафого" - "Спорт Ресифи".
      14:00 Чемпионат Бразилии. "Флуминенсе" - "Фламенго".
      16:00 Чемпионат Турции. "Фенербахче" - "Кайсериспор".
      18:00 Чемпионат Бразилии. "Палмейрас" - "Витория".
      20:00 Чемпионат Бразилии. "Ботафого" - "Спорт Ресифи".
      22:00 Чемпионат Бразилии. "Флуминенсе" - "Фламенго".
      23:55 LIVE Чемпионат Бразилии. "Жувентуде" - "Крузейро". Прямая трансляция.
      02:00 "Всё о главном". Дмитрий Гунько.
      02:30 Д/ф "Марадона. Лучший в истории".
      03:25 LIVE Чемпионат Бразилии. "Коринтианс" - "Сан-Паулу". Прямая трансляция.
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 20.11.2025

      05:55 Дзюдо. Мировой тур. Гран-при Загреба в Хорватии. День 1.
      07:30 "Непобедимый".
      08:00 Стрельба из лука. Кубок мира. Этап 1 в Оберндейле, США. Олимпийский лук. Команды.
      09:35 "География спорта". Выборг.
      10:05 Бильярд. BetBoom Кубок мира в Москве.
      11:40 Водно-моторный спорт. Аквабайк. Чемпионат мира. Гран-при Италии. Ski GP1, Sky ladies GP1.
      12:10 Художественная гимнастика. "Небесная грация" в Китае. Преюниорки.
      14:30 Театрализованное спортивно-гимнастическое шоу Алексея Немова "Легенды спорта. Наследие".
      16:00 "Формула-1. Гаснут огни".
      16:30 "Эволюция спорта".
      17:00 Дзюдо. Мировой тур. Гран-при Загреба в Хорватии. День 2.
      18:40 "Новый чемпион". Специальный репортаж.
      18:55 LIVE Плавание. Кубок сильнейших спортсменов (25 м) в Беларуси. Прямая трансляция.
      21:45 "Непобедимый".
      22:15 Стрельба из лука. Кубок мира. Этап 1 в Оберндейле, США. Олимпийский лук. Личное первенство.
      00:15 Водно-моторный спорт. Аквабайк. Чемпионат мира. Гран-при Италии. Runabout and freestyle.
      00:45 Художественная гимнастика. "Небесная грация" в Китае. Преюниорки.
      02:55 Плавание. Кубок сильнейших спортсменов (25 м) в Беларуси.
  • MATCH-TV
    • Sana: 20.11.2025

      05:55 Новости.
      06:00 Баскетбол. Единая лига ВТБ. "Уралмаш" (Екатеринбург) - "Локомотив-Кубань" (Краснодар).
      08:00 "Тайны звёзд спорта".
      08:30 "Вид сверху".
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      11:00 Новости.
      11:05 Специальный репортаж.
      11:25 "Эволюция спорта".
      12:30 Профессиональный бокс. "Лига Ставок. IBA. Pro 3". Артур Субханкулов против Ибрагима Баллы.
      13:35 Все на Матч! Прямой эфир.
      14:35 Специальный репортаж.
      14:55 Новости.
      15:00 Есть тема! Прямой эфир.
      16:25 "Век нашего спорта". "1955 - 1960 гг.".
      16:55 "Тайны звёзд спорта".
      17:25 Новости.
      17:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      19:05 Д/ф "Арсен Венгер. Непобедимый".
      21:15 LIVE Хоккей. ФОНБЕТ Чемпионат КХЛ. "Торпедо" (Нижний Новгород) - "Спартак" (Москва). Прямая трансляция.
      00:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      01:30 Евротур.
      02:25 Смешанные единоборства. UFC 322 в Нью-Йорке, США. Ислам Махачев против Джека Делла Маддалены, Валентина Шевченко против Чжан Вэйли.
      03:55 "Эволюция спорта".
      04:55 Д/ф "Сёстры Уильямс".
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 20.11.2025

      05:30 Прыжки на лыжах с трамплина. Чемпионат мира в Тронхейме, Норвегия. Мужчины. HS 102.
      07:30 Снукер. Riyadh Season Snooker Championship в Саудовской Аравии. Раунд 1.
      09:30 Прыжки на лыжах с трамплина. Чемпионат мира в Тронхейме, Норвегия. Мужчины. HS 138.
      10:30 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Леви, Финляндия. Мужчины. Слалом. 1-я попытка.
      11:30 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Леви, Финляндия. Мужчины. Слалом. 2-я попытка.
      12:30 Снукер. Riyadh Season Snooker Championship в Саудовской Аравии. Раунд 1.
      14:00 Триатлон. T100 Triathlon World Tour. Этап 8 в Дубае, ОАЭ. Обзор.
      15:00 Прыжки на лыжах с трамплина. Чемпионат мира в Тронхейме, Норвегия. HS 138. Смешанные команды.
      17:00 Конный спорт. Конкур. Кубок мира. Этап в Штутгарте, Германия.
      18:00 Конный спорт. Конкур. Кубок мира. Этап в Торонто, Канада.
      19:00 LIVE Снукер. Riyadh Season Snooker Championship в Саудовской Аравии. 1/4 финала. Прямая трансляция.
      23:00 Прыжки на лыжах с трамплина. Чемпионат мира в Тронхейме, Норвегия. Мужчины. HS 138.
      00:00 LIVE Снукер. Riyadh Season Snooker Championship в Саудовской Аравии. 1/4 финала. Прямая трансляция.
      04:00 Снукер. Riyadh Season Snooker Championship в Саудовской Аравии. 1/4 финала.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Qo‘qon-1912": "Yangi mavsum rejalari va maqsadlar qanday?"

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / PFL klublari / Qo‘qon-1912
Rukn: Yangiliklar
A A A

"Qo‘qon-1912" jamoasi matbuot xizmati boshlig‘i Akramjon Mamadaliyev jamoaning o‘tgan mavsumdagi ishtiroki hamda yangi yildagi rejalar xaqida "Muloqot" telekanali muxbiriga intervyu berdi.

1. 2020-yilgi mavsum yakunlari haqida ma’lumot bersangiz?

“Qo‘qon-1912” jamoasi 2020-yilgi superliga mavsumini ko‘tarinki ruhda o‘tkazib, yakunda superliga o‘yinlarida 26ta uchrashuvdan 42 ochko jamg‘ardi hamda turnir jadvalida 5-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Bu bilan jamoamiz O‘zbekiston chempionatlarida tarixidagi qo‘lga kiritgan eng yuqori natijasini takrorladi. Bundan 26 yil avval ya’ni 1994-yilgi O‘zbekiston oliy ligasida “Temiryo‘lchi” nomi ostida ishtirok etgan jamoa yakunda 5-o‘rinni qo‘lga kiritgan edi.

Mana oradan 26 yil o‘tib Baxtiyor Ashurmatov boshchiligidagi jamoamiz ana shu tarixiy natijani takrorlashdi. O‘zbekiston kubogi musobaqasida jamoamiz yarim finalga qadar yetib borishdi.

Yil davomida jamoa doim turnir jadvalining yuqori qismida bo‘ldi. Superligada medallar uchun kurashdagi intrigani saqlanib turishida “Qo‘qon-1912” jamoasining xissasi katta bo‘ldi.

Jamoamiz ayrim jamoalarni o‘z maydonida ham mehmonda ham mag‘lub qilishga erishdi. Masalan Surxon , Mash’al jamoalari bilan bu yil kubok o‘yinlarini ham hisobga olganda 3 martadan o‘ynadik va har uchchala o‘yinda ham g‘alaba qozondik. Ayniqsa Surxon bilan 3 ta o‘yinda ularning darvozalariga jami 8 ta gol urib, o‘z darvozamizdan bittayam to‘p olib chiqmadik. Nasaf hamda Paxtakor jamoalari bilan bo‘lgan o‘yinlarda garchi g‘alaba qozona olmagan bo‘lsakda o‘sha o‘yinlarda mutaxassis va muxlislar “Qo‘qon-1912” namoiysh qilgan o‘yinlarni yuksak baholashdi. 

Azaldan biz uchun qiyin bo‘ladigan o‘yinlar bu “vodiy derbi”lari hisoblanadi. Navbahor, Andijon jamolari bilan bo‘lib o‘tadigan o‘yinlar doim shiddatli kurashlar ostida o‘tadi. Bu o‘yinlarda hatto muxlislar o‘rtasida ham o‘zaro kurash avjiga chiqadi. “Qo‘qon-1912” jamoasi bu mavsumda vodiy derbilarida ham yuqori natijalarga erishdi. Andijon jamoasi uyda ham safarda ham mag‘lub etilgan bo‘lsa , Navbahor bilan esa bitta g‘alaba va bitta durang qayd etildi. Vodiy derbilarida jamoamiz yutqazmadi. 

Jamoamiz sardori Murod Xolmuhammedov o‘zining chiroyli o‘yinlari va urgan gollari bilan butun mavsum davomida mutaxassissu muxlislarning e’tiborida bo‘ldi. Murodjon mavsum davomida 12 marta raqiblar darvozasiga gol kiritib , to‘purarlar poygasida 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Superliganing mana-man degan xujumchilariyam buncha gol kirita olmadi. 
Biz chempionat yakunida 3-o‘rinni qo‘lga kiritish , O‘zbekiston kubogi musobaqasida esa finalga chiqishga juda yaqin edik. Mavsum so‘nggiga kelib ko‘plab futbolchilarimiz jiddiy jarohatlar olib mavsumni erta tugatishlariga to‘g‘ri keldi. Yetakchi o‘yinchilarimiz Suhrob Berdiyev, Shohnazar Norbekov, Ivan Yosovich, Xamiddilo Abduxamidov, Muzaffar Muzaffarov kabi futbolchilarning tarkibda yo‘qligi mavsum so‘nggidagi o‘yinlarimizda bilinib qoldi. Xatto shunday o‘yinlar bo‘ldiki, jaroxatlar va to‘planib qolgan kartochkalar tufayli jamoamiz zahirasida 2-3 ta futbolchi o‘tirdi.

2. 2020 yildagi natijalarga qanday erishildi?

Albatta bu natijalarda avvalo Baxtiyor Ashurmatov boshchiligidagi murabbiylar shtabining va jamoa tarkibidagi barcha futbolchilarning juda katta , mashaqqatli mehnatlari turibdi. O‘tgan yili yangi yil arafasida jamoani qabul qilib olgan Baxtiyor Ashurmatov qanday salohiyatga ega murabbiy ekanligini isbotlay oldi. Ashurmatov tarkibdagi barcha futbolchi va xodimlarni bir maqsad yo‘lida, bir oila qilib birlashtira oldi. Futbolda bosh murabbiyning o‘rni juda katta bo‘ladi. Chunki tarkibdagi 25 nafar futbolchi bo‘lsa , ularda 25 xil xarakter bo‘ladi. O‘shalarni ko‘nglidagi gapni topib gapirib, ularni o‘yinga har tomonlama puxta tayyorlash bu bosh murabbiyning mahoratiga bog‘liq. Bu borada Ashurmatovga tasanno aytsak arziydi. 

Jamoa ko‘rsatgan natijalar bevosita bog‘liq bo‘lgan yana bir jihat bor. Bu jamoaning superliga o‘yinlariga tayyorgarligi, mashg‘ulotlar o‘tkazishi, safarlarga borib-kelishi, futbolchi va murabbiylarning o‘z vaqtida maosh va mukofot pullarini olishi...Bu narsalar na faqat bizni jamoa , balki har qanday jamoaning natijalarida muhim o‘rin tutadi. Bu mavsumda klubimiz prezidenti Baxtiyor aka Tolipov rahbarligida futbolchilarga barcha sharoitlar a’lo darajada yaratib berildi desak xato bo‘lmaydi. 

Chunki futbolchi o‘z vaqtida maoshini olsa, mukofot pulini olsa , oilasida moliyaviy tomondan muammo bo‘lmasa, bor e’tiborini maydondagi o‘yinga qaratadi . Ayniqsa bu yilgi qiyin pandemiya sharoitida ko‘plab klublar juda qiyin ahvolga tushib qolishdi. Bizda esa rahbarimizning uddaburonligi va tinimsiz izlanishlari sabab barcha futbolchi va xodimlar karantin vaqtida ham maoshlarini vaqtida olib turishdi. Xatto shahrimizda qiynalib qolgan, boquvchisini yo‘qotgan oilalar va sharoiti og‘ir bo‘lgan muxlislarimizni surishtirib topib, ularga moddiy yordamlar ham ko‘rsatildi.

3.Qaysi futbolchilar bilan shartnomalar yakuniga yetgan va tarkibga yangi qo‘shiladiganlar futbolchilar kimlar?

Jamoamiz tarkibida ko‘plab mahalliy, ya’ni Qo‘qonlik bo‘lgan futbolchilar bor. Bular Muhammadanas Xasanov, Oybek Rustamov, Avazxon Mamatxo‘jayev, Iqbol Malikjonov darvozabonlar Islomjon Abdullayev, Muzaffar Abdullayev bularning barchalari bilan shartnomalar mavjud. Asosiy tarkib futbolchilarining ayrimlarida esa shartnomalar yakuniga 31-dekabr kunida o‘z yakuniga yetdi, lekin bu futbolchilar bilan yana yangi shartnoma imzolanishi borasida kelishib olingan. 

Yangi mavsumda asosiy tarkibning o‘zagi saqlangan holda tarkibimizda ayrim o‘zgarishlar bo‘ladi. Jamoamizni ba’zi futbolchilar tark etishadi. Tarkibga esa kimlardir qo‘shiladi. O‘tgan mavsumda tarkibimizda o‘ynagan Serbiyalik legioner futbolchilar Ivan Yosovich hamda Filip Rayevas, Kot-dIvuarlik Yakuba Bambalar bilan shartnomalar yakuniga yetgan va ular vatanlariga jo‘nab ketishgan. Aytishim mumkinki xujumchi Filip Rayevas hamda yarim himoyachi Yakuba Bambalar bilan xayrlashilgan. Markaziy himoyachi Ivan Yosovichga esa yangi shartnoma taklif qilindi. Ivan o‘zining shartlarini ma’lum qildi. Agar kelishuvga erishilsa Yosovich kelgusi mavsumda ham jamoamiz tarkibida bo‘ladi. Shuningdek tajribali yarim himoyachi Muzaffar Muzaffarov bilan ham do‘stona xayrlashilgan. Muzaffarov yangi mavsumni qo‘shnilarimiz bo‘lgan Yaypanning Turon jamoasida boshlashi ma’lum bo‘ldi. Tarkibimizga yangi qo‘shiladigan ikki nafar futbolchining ham nomlarini aytishim mumkin. O‘tgan mavsumda Andijon jamoasini superligada qolishida munosib hissasini qo‘shgan, ko‘plab o‘yinlarda Andijonliklarni sardor sifatida maydonga boshlab tushgan tanyach yarim himoyachi Farxod Bekmurodorov kelgusi mavsumni jamoamizda o‘tkazadi. Barcha muxlislarimizga yaxshi ma’lumki jamoamizning xujum chizig‘ida Shohnazar Norbekov jarohat olgach muammolar paydo bo‘ldi. Filip Rayevas mavsumni bir tekis o‘tkaza olmadi. Murabbiylarimiz xujum chizig‘ini kuchaytirish maqsadida Muborakning “Mash’al” jamoasidan xujumchi Mo‘min Meliyevni tarkibga chaqirishdi. Meliyev ham yangi mavsumda jamoamizda to‘p suradi. Umuman olganda seleksiya ishlari davom etmoqda. Yana boshqa futbolchilar bilan ham muzokaralar olib borilyapti, lekin hali hammasi aniq bo‘lmaguncha qaysi futbolchilar yana tarkibga qo‘shilishi mumkinligi haqida gapirmay turganimiz ma’qul. Mavsum boshlanguncha yana bir nechta o‘zgarishlar bo‘ladi. 

4. Kelgusi yil rejalari qanday? O‘quv yig‘inlari qachondan boshlanadi va qayerda o‘tkaziladi?

Kelgusi yil rejalari allaqachon murabbiylarimiz tomonidan ishlab chiqilgan. Jamoamizning qishki o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari to‘rt bosqichdan iborat bo‘ladi. “Qo‘qon-1912” jamoasi 2021-yildagi dastlabki o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini 4-yanvar kunidan Qo‘qon shahrida boshlaydi. Qo‘qonda bir hafta mashg‘ulot olib borilgach, 11-yanvardan mashg‘ulotlar Toshkent shahriga ko‘chiriladi. Toshkentdagi yig‘inimiz 25-yanvargacha cho‘zilishi reja qilingan. So‘ngra 26-yanvardan boshlab va fevral oyining dastlabki xaftasida Farg‘ona shahrida bo‘ladigan “Farg‘ona viloyati xokimi kubogi” musobaqasida ishtirok etamiz. Aynan mana shu yig‘inlar davomida tarkibimizga yangi qo‘shiladigan futbolchilar murabbiylarimiz ko‘rigidan o‘tishadi. So‘nggi yig‘in esa yana Toshkent shahrida o‘tkaziladi. Bu yig‘inda jamoaning to‘liq tarkibi deyarli aniq bo‘ladi.

5. Yangi mavsumda jamoa oldiga qanday maqsadlarni qo‘ygan?

Yakuniga yetgan mavsumda  “Qo‘qon-1912” jamoasi qanday potensialga ega ekanligini ko‘rsata oldi. Nimalarga qodirligimiz ancha ma’lum bo‘ldi. Kelgusi mavsumda albatta yanada yuqori natijalarni ko‘zlaganmiz. Mavsum boshlanishidan oldin viloyatimiz hamda shahrimiz rahbariyati bilan uchrashib aniq maqsad va vazifalar belgilab olinadi. Oldindan shuni aytishim mumkinki “Qo‘qon-1912” jamoasi kelgusi 2021 yilgi mavsumda medallar uchun kurashadi. Maqsadimiz ortda qolgan mavsumdagi natijani yanada yaxshilash, sovrinli o‘rinlardan birini qo‘lga kiritish.

Yangi yil tilaklaringiz.

Avvalo kirib kelgan yangi yil bilan barcha yurtdoshlarimizni , futbol muxlislarini avvalo o‘zim nomimdan , qolversa “Qo‘qon-1912” jamoasi rahbariyati, murabbiylar hamda futbolchilarimiz nomidan tabriklayman. Barchalarini xonadonlariga tinchlik, xotirjamlik tilayman. Butun dunyo halqini bezovta qilib turgan koronavirus kasalligini tezroq bartarf bo‘lishini, xech kim kasal bo‘lmasligin tilayman. Yana stadionlarimiz muxlislar bilan to‘lib-toshishini , jamoamiz muxlislari bilan ko‘plab xursandchiliklarni nishonlashini istayman. Yangi yil barcha yurtdoshlarimizga yangi zafarlar olib kelsin !

Manba: https://t.me/FCKOKAND
Kiritildi: 12:40, 02.01.2021. O'qildi: 2450 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, “Real”ning tirik afsonasi Raul Evropa Chempionlar ligasining ketma-ket 14 ta mavsumida gol ura olgan yagona futbolchi sanaladi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 18
2 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 16
3 Насаф Husayn Norchayev 14
4 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 10
5 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 9
6 ОКМК Xurshid G‘iyosov 9
7 Бунёдкор Imeda Ashortia 8
8 Нефтчи Zoran Marushich 8
9 Машъал Humoyun Murtazoyev 8
10 Бунёдкор Luis Kachorri 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.