Bugun 25 may, 2026 yil, dushanba.

  • La-liga
      • 24.05.2026 00:00
      • Betis
      • 2:1
      • Levante
      • 24.05.2026 00:00
      • Jirona
      • 1:1
      • Elche
      • 24.05.2026 00:00
      • Xetafe
      • 1:0
      • Osasuna
      • 24.05.2026 00:00
      • Malyorka
      • 3:0
      • Real Ovyedo
      • 24.05.2026 00:00
      • Real Madrid
      • 4:2
      • Atletik Bilbao
      • 24.05.2026 00:00
      • Valensiya
      • 3:1
      • Barselona
      • 24.05.2026 00:00
      • Alaves
      • 1:2
      • Rayo Valyekano
      • 24.05.2026 00:00
      • Selta
      • 1:0
      • Sevilya
      • 24.05.2026 00:00
      • Espanyol
      • 1:1
      • Real Sosyedad
      • 25.05.2026 00:00
      • Vilyarreal
      • 5:1
      • Atletiko
  • «A» Seriya
      • 24.05.2026 18:00
      • Parma
      • 1:0
      • Sassuolo
      • 24.05.2026 21:00
      • Napoli
      • 1:0
      • Udineze
      • 24.05.2026 23:45
      • Verona
      • 0:2
      • Roma
      • 24.05.2026 23:45
      • Cremonese
      • 1:4
      • Komo
      • 24.05.2026 23:45
      • Lechche
      • 1:0
      • Jenoa
      • 24.05.2026 23:45
      • Milan
      • 1:2
      • Kalyari
      • 25.05.2026 00:45
      • Torino
      • 2:2
      • Yuventus
  • APL
      • 24.05.2026 20:00
      • Brayton
      • 0:3
      • Man. Yunayted
      • 24.05.2026 20:00
      • Byornli
      • 1:1
      • Vulverhempton
      • 24.05.2026 20:00
      • Kristal Pelas
      • 1:2
      • Arsenal
      • 24.05.2026 20:00
      • Fulhem
      • 2:0
      • Nyukasl
      • 24.05.2026 20:00
      • Liverpul
      • 1:1
      • Brentford
      • 24.05.2026 20:00
      • Manchester Siti
      • 1:2
      • Aston Villa
      • 24.05.2026 20:00
      • Nottingem Forest
      • 1:1
      • Bornmut
      • 24.05.2026 20:00
      • Sanderlend
      • 2:1
      • Chelsi
      • 24.05.2026 20:00
      • Tottenhem
      • 1:0
      • Everton
      • 24.05.2026 20:00
      • Vest Xem
      • 3:0
      • Lids
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

"Man Siti" zabt etib bo‘lmas qalada. Ammo, "Liverpul" zaif jangchi

Baho:
+ | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Angliya Premyer-ligasi
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Chempionlik uchun kurash, yetakchilarning qoqilishi, seriyalar buzilishiyu, yangidan-yangidan rekordlarning qayd etilishi, tanaffusdan qaytgan “millionlar o‘yini“ o‘z ixlosmandlarini mana shunday voqeyliklar bilan xushnud etyapti. Kuchli beshlik chempionatlari ayniqsa, ramzida sher aks etgan Angliya premyer-ligasi tobora o‘zining qizg‘in pallasiga kirib bormoqda. Bir tomonda, eng kamida yevrokuboklar yo‘llanmasiga umid bog‘lagan, “Chelsi“ va “Everton“, ikkinchi tomonda barqarorligi o‘z shahri ob-havosi singari o‘zgaruvchan bo‘lgan Londonning ikki jamoasi “Arsenal“ va “Tottenxem“, boshqa tarafda, chempion unvonini qaytarib olish payida bo‘lgan “Lester“ hamda “Liverpul“.

Shu bilan birga premyer-liga karvoniga boshchilik qilayotgan Manchester shahrining, biri qizil, boshqasi havorang bo‘lgan ikki vakili. Bay-bay, bizni o‘ziga hos APL spektaklining qanday shavqli davomi kutib turibdi a?! Bugun esa, ushbu spektaklning bosh qahramonlaridan ikkitasi, yaqin yillar mobaynida har jihatdan o‘zaro prinsipial raqibga aylangan "Liverpul" hamda "Manchester Siti" jamoalari o‘rtasidagi murosasiz qarama-qarshilikning shohidi bo‘lamiz.

“Manchester Siti“

2 yillik chempionlikdan so‘ng, bir mavsum tanaffus olgan ispaniyalik mutaxassis boshchiligidagi jamoa yana, bosh sovrin uchun da’vogarlik qilmoqda. Aslini olganda, o‘tgan mavsumda chempionlik boy berilgan bo‘lsada, jamoa sovrindorlar qatoridan o‘rin oldi va garchi omadsiz ishtirok bilan bo‘lsa ham muntazam ravishda xalqaro maydon yo‘llanmasiga ega chiqdi. Nafaqat ushbu faktor, balki butun boshli tizim, o‘yin uslubi va natijalardagi yuqori o‘sishga erishildi. Tabiiyki, mana shu omillar Pepning o‘tgan yili “shaharliklar“ bilan shartnomasini 2 yilga uzaytirilishiga sabab bo‘ldi. Ajab emaski, tabiati jihatidan maksimalist hisoblangan murabbiy ushbu bildirilgan ishonchga bir nechta titullar bilan javob qaytarishni maqsad qilgan bo‘lsa.

Albatta, asosiy e’tibor chempionlar ligasiga qaratiladi ammo, unutmaslik kerakki, ikkinchi muhim front milliy chempionatdir. Bu yerda har bir ochko uchun jiddiy kurashish kechishi ma’lum. Bugun, mana shunday kurashda Manchesterliklar vakillari, Kevin De-Bryuyne, Serxio Aguero va Natan Akelar jarohat sabab ishtirok eta olmaydi. Hech istisnosiz aytish mumkinki, “Man Siti“ning joriy mavsumdagi ishlari anchayin tobida. Jamoa, ushbu mavsum 14 o‘yinda g‘alaba qozongan. Qolgan yettitasida esa 2 mag‘lubiyat, 5 durang qayd etilgan. Ushbu ko‘rsatgichlar natijasi o‘laroq, 47 ochko bilan turnir jadvali peshqadamiga aylangan.

“Liverpul“

Yaqin ikki yil ichida, bosqichma-bosqich katta va asosiy sovrinlarni “Enfild“ga olib kelgan mersisaydliklarda bu yog‘iga erishilajak natijalar mashqqati uchun biroz ishtiyoq kamdek, nazdimizda. Jamoaning ushbu mavsumdagi ishlarini unchalik ham yaxshi deb bo‘lmaydi. Bunga yagona sabab sifatida tarkibdagi yirik va davomli tarzda yuz bergan yo‘qotishlarni keltirish mumkin. Ayniqsa, mudofaa chizig‘ini jiddiy talafot ko‘rgani, Van Deyk, Jo Gomes, Matip hamda kabi futbolchilarning ma’lum muddatga jarohat olgani va ba’zilarining hali hamon safga qaytmagani Klopp rejalariga va jamoa o‘yiniga katta ta’sir o‘tkazgani shubhasiz.

Natijada, ko‘rsatgichlar qoniqarsiz holga kelgani esa, “Liverpul“ni chempionlik kurashida biroz zaif jangchi qifoyasida gavdalantirdi. Hatto bugun xam yuqorida nomi keltirilganlardan tashqari Diyego Jota xamda Nabi Keytalar xam jamoasiga yordam bera olmaydi. Jamoa, mavsum avvalidan buyon, 11 uchrashuvda g‘alaba qozondi. 4 o‘yinda mag‘lubiyatga uchrab, qolgan yettitasida durang qayd etgan va o‘tkazilgan 22 o‘yindan so‘ng, 40 ochko to‘plagan holda turnir jadavlining to‘rtinchi pog‘onasida bormoqda. Ammo, biz bilamiz va o‘rganib ham qolganmizki, bunday o‘yinlarda har qanday faktor chetga suriladi va ikkala tomon ham g‘alaba uchun jon-jahdi bilan kurashadi.

Murabbiylar fikrlari

Xosep Gvardiola

"Liverpul" har doim juda kuchli jamoa bo‘lgan. Bu ajoyib tarixga, ajoyib futbolchilarga, yuqori darajali murabbiy va xodimlarga ega yaxshi. Ular himoya va hujumda nima qilish kerakligini bilishadi va bu borada kerakli ko‘nikmalarga ega. Bunday xavfli raqibga qarshi o‘ynash har doim qiyin. Biz bilan o‘yinda esa ular har qachongidan ham tajovuzkor bo‘lishadi. "Liverpul" "Brayton" bilan uchrashuvdan so‘ng tiklanishiga va tayyor bo‘lishiga ishonaman. Albatta, bu chempionlik uchun kurashdagi eng muhim uchrashuvlardan biri bo‘ladi"

Yurgen Klopp

"Albatta, bu - "Enfild" Shu bilan birga, shogirdlarimning ham potensialini unutganim yo‘q. O‘z kyimizda o‘ynash har doim yoqimli bo‘lgan. Ammo, so‘nggi ikki o‘yinda mag‘lubiyatga uchraganimiz muxlislarni ancha ranjitdi. 68 o‘yinlik mag‘lubiyatsiz seriyaning buzilishi kimga ham yoqadi deysiz?! "Siti" peshqadam, bizga hamisha munosib raqib bo‘lgan. Yana qaytadan chempionlik poygasiga qo‘shilib olish uchun bu ajoyib imkoniyat"

Raqamlar

Tomonlar o‘zaro, APLda 47 marotaba ro‘baru kelishgan bo‘lib, shundan 20 uchrashuvda “Liverpul“ zafar quchgan bo‘lsa, 10 o‘yin “Man Sitining“ g‘alabasi bilan yakunlangan.
Mersisaydliklar so‘nggi 5 uchrashuvning ikkitasida g‘alaba, ikkitasida mag‘lubiyat va bittasida durang qayd etishgan bo‘lsa, manchesterliklar so‘nggi 5 o‘yinning barchasida g‘alaba qozonishgan.

Shu o‘rinda “shaharlik“larning mudofaa qo‘rg‘onini ham ham alohida ta’kudlab o‘tish joiz. Ruben Diash hamda Jon Stouns juftligi, qolaversa darvozabon Edersonning ishonchli va sermahsul o‘yini natijasida “Man Siti“ chempionatdagi eng kam, ya’ni o‘n uchta gol o‘tkazib yuborgan jamoa bo‘lib turibdi. Yana bir qiziq jihat shundaki, “Man Siti“ “Enfild“ deb atalmish qal’ada so‘nggi 39 yil ichida bor yo‘g‘i 1 marotaba g‘alaba nashidasini surgan xolos. Xo‘sh, bugun, bu an’anaga barham beriladimi?

 

Dadajon Foziljonov tayyorladi

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 20:39, 07.02.2021. O'qildi: 4677 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, “Real”ning tirik afsonasi Raul Evropa Chempionlar ligasining ketma-ket 14 ta mavsumida gol ura olgan yagona futbolchi sanaladi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик