Bugun 24 oktyabr, 2025 yil, juma.

  • OChL-2
      • 23.10.2025 15:00
      • Tay Po
      • 3:3
      • Beyjing Guoan
      • 23.10.2025 15:00
      • Kaya–Iloilo
      • 0:2
      • Pathum Yunayted
      • 23.10.2025 15:00
      • Tampines Rovers
      • 1:0
      • Poxang Stilers
      • 23.10.2025 17:15
      • Kongan Hanoi
      • 1:1
      • Makartur
      • 23.10.2025 17:15
      • Bangkok Yunayted
      • -:-
      • Lion Siti Seylors
      • 23.10.2025 17:15
      • Persib
      • 2:0
      • Selangor
  • Superliga
      • 23.10.2025 18:00
      • Xorazm
      • 0:1
      • Paxtakor
      • 23.10.2025 18:30
      • Buxoro
      • 2:0
      • So‘g‘diyona
      • 24.10.2025 19:00
      • Qizilqum
      • -:-
      • Dinamo
      • 25.10.2025 16:30
      • Sho‘rtan
      • -:-
      • Neftchi
      • 25.10.2025 19:00
      • Qo‘qon-1912
      • -:-
      • Navbahor
  • «A» Seriya
      • 24.10.2025 23:45
      • Milan
      • -:-
      • Piza
      • 25.10.2025 18:00
      • Parma
      • -:-
      • Komo
      • 25.10.2025 18:00
      • Udineze
      • -:-
      • Lechche
      • 25.10.2025 21:00
      • Napoli
      • -:-
      • Inter
      • 25.10.2025 23:45
      • Cremonese
      • -:-
      • Atalanta
  • APL
      • 25.10.2025 00:00
      • Lids
      • -:-
      • Vest Xem
      • 25.10.2025 19:00
      • Chelsi
      • -:-
      • Sanderlend
      • 25.10.2025 19:00
      • Nyukasl
      • -:-
      • Fulhem
      • 25.10.2025 21:30
      • Man. Yunayted
      • -:-
      • Brayton
      • 26.10.2025 00:00
      • Brentford
      • -:-
      • Liverpul
  • La-liga
      • 25.10.2025 00:00
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Sevilya
      • 25.10.2025 17:00
      • Jirona
      • -:-
      • Real Ovyedo
      • 25.10.2025 19:15
      • Espanyol
      • -:-
      • Elche
      • 25.10.2025 21:30
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Xetafe
      • 26.10.2025 00:00
      • Valensiya
      • -:-
      • Vilyarreal
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Nasaf 25 56
2 Neftchi 25 54
3 Paxtakor 26 52
4 Dinamo 24 47
5 Bunyodkor 25 43
6 OKMK 25 40
7 Navbahor 25 37
8 So‘g‘diyona 26 31
9 Qizilqum 25 29
10 Andijon 24 28
11 Qo‘qon-1912 25 26
12 Surxon 25 25
13 Xorazm 26 24
14 Buxoro 26 24
15 Mash’al 25 23
16 Sho‘rtan 25 12

O'tgan o'yinlar.

26-тур Xorazm 0-1 Paxtakor
26-тур Buxoro 2-0 So‘g‘diyona

Navbatdagi o'yinlar.

24/10/25 Qizilqum - Dinamo
25/10/25 Sho‘rtan - Neftchi
25/10/25 Qo‘qon-1912 - Navbahor
26/10/25 OKMK - Nasaf
26/10/25 Bunyodkor - Mash’al
27/10/25 Surxon - Andijon

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 7206 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2720 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

APL tarixidagi eng tezkor gollar (top-10)

Baho:
+ | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Angliya Premyer-ligasi
Rukn: Yangiliklar
A A A

Futbol dunyodagi eng ommabop va eng ko‘p tomosha qilinadigan sport turidir. Undagi nafaqat taktikalardan tashkil qilinadigan futbol, driblinglar, o‘z tezligi orqali golli vaziyatlarini yaratayotgan futbolchilar ham o‘yin taqdirini hal qilishi mumkin. Bularning hammasi azal-azaldan muxlislar qalbidan joy olib kelmoqda. Futbolda gol urish uchun atigi bir soniya kerak bo‘lishi mumkin, ba’zan esa 90 daqiqa yetarli bo‘lmay qoladi. O‘tgan yillar davomida gol urish bo‘yicha ko‘plab rekordlar amalga oshirilgan. Ayni paytda biz Angliya Premyer-ligasi doirasidagi o‘yin boshlangani haqidagi hushtak chalingandan so‘ng, bir necha soniyalar ichida urilgan gollar haqida to‘xtalamiz. Ya’ni eng tez urilgan gollar top-10 haqida.

10. Asmir Begovich



"Bornmut" darvozaboni Asmir Begovich 2013/14 yilgi mavsumda "Stok Siti" safida "Sautgempton" darvozasiga supergol urgan. O‘yinning 13-soniyasida 91.9 metr masofadan urilgan goli eng uzoq masofadan kiritilgan gol sifatida Ginneslar rekordi kitobidan joy olgan. Begovich Angliya premer-ligasida gol urgan beshinchi darvozabon bo‘ldi. Ilgari Piter Shmeyxel (2001 yil, oktyabr), Bred Fridel (2004, fevral), Pol Robinson (2007, mart) va Tim Xovard (2012, yanvar) kabi darvozabonlar buni amalga oshirdilar. Bundan tashqari, Begovichning goli Premyer-liga tarixidagi eng tezkor gollardan biri bo‘ldi.

9. Jeyms Bitti.



2004/05 yilgi mavsumda "Chelsi" Yevropadagi eng kuchli himoya vakillariga ega jamoa hisoblangan. Ammo bu himoya Jeyms Bitti va “Sautgempton”ni qo‘rqitmadi. "Chelsi" va "Sautgempton" jamoalari qarama-qarshiligida 13.52 soniyada hisob ochiladi va bu gol APL tarixidagi eng tez urilgan gollar qatoridan joy olishga muvaffaq bo‘lgan. "Aristokratlar" jarima maydonchasi yaqinida Jo Koulning noto‘g‘ri pasi Bittiga kelib qoladi. "Avliyolar" futbolchisi 25 metrdan Petr Chex darvozasini ishg‘ol qildi. "Chelsi" mazkur o‘yinda g‘alaba qozondi, shuningdek ular mavsum oxirida Premyer-liga chempionligini qo‘lga kiritishgan, shuning uchun "Chelsi" a’zolari bu antirekorddan juda xafa bo‘lmasalar kerak.

8. Kevin Nolan.



​"Bolton" 2004-yil yanvar oyida "Blekbern Rovers" ustidan 4:3 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritgan. Kevin Nolan uchrashuvning 13.48 soniyasida o‘yindagi hisobni ochishga erishgan. Qanotdan uzatib berilgan to‘pni darvoza to‘riga joylab qo‘ygan. Biroq Vratislav Gresko bir daqiqadan so‘ng hisobni tenglashtiruvchi golni urishga erishgan, boltonliklar golni nishonlashga arang ulgurib qolishdi, xolos. Juda zo‘r o‘yin. Ammo, Nolanning goli mazkur uchrashuvdagi eng esda qolarli vaziyat bo‘lgan.

7. Kris Satton.



Kris Satton Angliya Premyer-ligasidagi faoliyati davomida turli xil voqealarni boshdan kechirdi, ammo 1994/95 yilgi mavsum uning uchun eng esda qolarli mavsum bo‘lgan, chunki u uchrashuv boshlangandan so‘ng, bir necha soniyadan keyin hisobni ochishga erishgan. U to‘p tepadigan "Blekbern" jamoasi "Everton"ga qarshi to‘qnash kelgandi. Uchrashuv boshlanadi, Alan Shirerning uzatmasi Sattonga kelib tushadi va futbolchi xotirjamlik bilan "irislar" darvozasini ishg‘ol etadi. Hali muxlislar o‘z o‘rnini topib ulgurmasdan, o‘z jamoasiga hisobda oldinga olib chiqishga yordam beradi. Kris Satton mazkur golini 1-daqiqaning 12.94 soniyasida kiritgan.

6. Duayt York.



Premyer-liga tarixidagi eng tez gollar ro‘yxatini e’lon qilganda, Duayt Yorkning bir golini eslamaslikning iloji yo‘q. U "Aston Villa" jamoasi safida to‘p tepib yurgan paytda, uchrashuvning bor-yo‘g‘i 12-soniyasida hisobni ochishga erishgan. Yan Teylorning ajoyib uzatmasini, boshi bilan "Koventri Siti" darvozasiga yo‘llab qo‘ygan. Dastlabki daqiqalardan raqiblari ustidan yetakchilikni taqdim etgan bu gol chiroy bo‘yicha ham ko‘rishga arziydigan gollar qatorida e’tirof etilishi mumkin. York o‘sha yili, "Manchester Yunayted"ga o‘tishdan oldin, "Aston Villa" jamoasiga UEFA kubogi yo‘llanmasiga ega chiqishida ham yordam bergan.

5. Mark Viduka.



"Lids Yunayted" 2000/01 yilgi mavsumda Chempionlar Ligasi saralashidan o‘ta olmagan bo‘lishi mumkin, ammo Mark Viduka bundan xafa bo‘lmasa kerak. Chunki u o‘sha mavsumda "Charlton Atletik" jamoasi darvozasiga urgan goli hali hamon eng tez urilgan gollar o‘ntaligining qatoridan tushganicha yo‘q. Uning jamoasi "Charlton Atletik" jarima maydonchasi ichiga uzun pas orqali to‘pni uzatadi va Alan Smit to‘pni Viduka tomon to‘pni balandlatib uzatib beradi, Mark esa to‘pga ikki teginish orqali darvozani ishg‘ol etadi. Mazkur gol uchrashuv boshlangandan so‘ng, atigi 11.90 soniya ichida urilgan.

4. Kristian Erikson.



Yana bir kombinasion hujum erta gol urilishiga sababchi bo‘lgan. Bu gol 2018-yilda "Tottenxem" jamoasi "Manchester Yunayted" bilan to‘qnash kelganda yuz bergan. Uchrashuv boshlanish hushtagi chalingandan so‘ng londonliklar hujumga otlanishadi. Harri Keynning oldinga uzatgan pasi jarima maydonchasi yaqinida Dele Alliga kelib tushadi, u to‘pni oldinga qarab ketayotgan Eriksenning yo‘liga uzatib beradi, Kristian esa darvozabon bilan birga-bir vaziyatda ajoyib gol uradi. Ushbu hujumni tashkil etishga "shporlar"ga bor-yo‘g‘i 10.54 soniya yetarli bo‘ldi. Bu gol Eriksonning tarixdagi eng tez goli bo‘lishi mumkin, ammo "Tottenxem"ning emas...

3. Alan Shirer.


"Nyukasl Yunayted"ning afsonaviy menejeri Kevin Kigan 2003-yil boshida "Sent-Jeyms" stadioniga qaytgan, ammo bu safar "Manchester Siti" jamoasi murabbiyi sifatida. Alan Shirer esa uning qaytishiga ajoyib "sovg‘a" tayyorlab qo‘ygan edi. Mazkur qarama-qarshilik boshlangandan so‘ng, "Siti" himoyachilari to‘pni darvozaboni Karlo Nashga uzatadi. To‘pni qabul qilishda xatoga yo‘l qo‘ygan Nash sirg‘alib tushadi. Bu holat Alan Shirerni darvozabonga bosim o‘tkazishga yetarli edi. Shirer to‘pni manchesterliklarning bo‘sh darvozasiga kiritib qo‘yish uchun 12.52 soniya vaqt sarfladi, xolos. O‘sha uchrashuvda, Piter Shmeyxelning jarohati sabab maydonga tushgan Nash bekorga zaxira darvozaboni emasligini isbotlab qo‘ygan bo‘lsa, ajabmas.

2. Ledli King.



Yuqorida keltirilgan barcha gollar, dastlabki 10 soniya ichida kiritilmagan bo‘lsa, Ledli Kingning goli 9.58 soniyada darvoza to‘ridan joy olgan. 2000-yilning dekabr oyida "Tottenxem" jamoasi "Bredford Siti" ustidan g‘alaba qozonadi. Ledli King esa uchrashuvdagi dastlabki golni urishga erishgan. U maydon tashqarisidan to‘pni qabul qilib oldi va oldinga bir necha qadam tashlab, kuchli zarb bilan to‘pni darvoza tomonga tepdi. To‘p havoda yo‘nalishini o‘zgartiradi va bu darvozabonni chalg‘itib qo‘yadi. Bu "shporlar"ning chempionatdagi eng tezkor goli hisoblanadi. Mazkur gol 19 yil davomida Premyer-ligadagi eng tezkor gol bo‘lgan, ammo hozir bunday emas...

1. Sheyn Long.



Ledli Kingga tegishli rekordni 19 yil davomida hech kim yangilay olmadi. Sheyn Long "Uotford"ga qarshi o‘yinini ajoyib boshlagan. Bu tabloda aks etardi. "Sautgempton" atigi 7-soniya ichidada gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Aniqrog‘i, 7.69-soniyalar atrofida. Tarixiy golga 32 yoshli hujumchi Sheyn Long mualliflik qildi. Irlandiyalik futbolchi uchun bu mavsumdagi 4-gol edi. Ammo qanday ajoyib gol! Darhaqiqat, golning o‘zi ham ajoyib edi. Bir nechta aldamchi harakatlar, parashyut shaklda tepish va gol.... barcha holatlar juda tez amalga oshgan.

Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.

Kiritildi: 23:00, 08.02.2021. O'qildi: 6470 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Zlatan Ibrohimovich 47-o'lchamdagi oyoq kiyim kiyadi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 18
2 Насаф Husayn Norchayev 14
3 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 14
4 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 10
5 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 9
6 Бунёдкор Luis Kachorri 8
7 ОКМК Xurshid G‘iyosov 8
8 Навбаҳор Ruslan Jiyanov 8
9 Бунёдкор Imeda Ashortia 7
10 Машъал Humoyun Murtazoyev 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.