Bugun 3 iyun, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

La liga. "Real Madrid" - "Valensiya" (Prevyu).

Baho:
+ | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Ispaniya La-ligasi
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

"Real Madrid" va "Valensiya" jamoalari bugun Ispaniya La Ligasi 23-turi doirasidagi navbatdagi uchrashuvini o‘tkazadi. Madrid va Valensiya shaharlarining bu ikki jamoasi o‘rtasidagi uchrashuv har doim qiziqarliligi, hamda murosasizligi bilan e’tibor markazida bo‘lib kelgan. Ushbu jamoalar bugun yana "Alfredo di Stefano" stadionida uchrashishadi. Bugungi o‘yin odatdagidan ham qiziqarli bo‘lishi kutilmoqda, chunki mazkur jamoalarning birinchi davradagi "Mestalya" stadionida kechgan uchrashuvida "ko‘rshapalaklar" madridliklarni tor-mor qilishgan edi. Demak, qasos o‘tida yonayotgan "qaymoqranglilar"ni faqatgina g‘alaba qanoatlantirsa, valensiyaliklar esa jadvaldagi o‘rnini yaxshilab olish uchun maydonga tushishadi.

"Real Madrid"

Ushbu mavsumda "Real Madrid" jamoasi baqaror o‘yin namoyish eta olmayapti. Autsayder jamoalar bilan kechgan uchrshuvlarda ham ochko yo‘qotishmoqda. Joriy yilgi mavsumda madridliklar 22 o‘yindan so‘ng, 46 ochko to‘plab, turnir jadvalida 3-o‘rinda joylashgan. Ular bilan bir xil ochko to‘plaga "Barselona" jamoasi 2-o‘rinda bo‘lsa, hamshahari "Atletiko" jamoasi esa 54 ochko bilan turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda. Madridliklar bugungi uchrashuvda g‘alaba qozonishi talab etiladi, chunki har qanday mag‘lubiyat Zidanning iste’fosiga sabab bo‘lishi mumkin. Bugungi o‘yinda "Real" yetakchisi va sardori Serxio Ramos maydonga tushmaydi.

Umuman olganda, Chempionlar Ligasi yaqinlashgan sari, jarohat bilan bog‘liq muammo "qaymoqranglilar"da ko‘payib bormoqda. Eden Azar, Valverde, Marselo, Militao, Odriosola, Rodrigo kabi o‘yinchilar ham jarohat olganligi sababli bugungi uchrashuvda qatnasha olmaydi. Bu kabi yo‘qotishlar, ayniqsa yetakchi jamoalar bilan bo‘ladigan uchrashuvlarda sezilishi tayin. Ayni paytda "Real" himoyasida bir qancha muammolar bor. Dani Karvaxal ham bugungi uchrashuvda maydonga tushmasa kerak. Garchi, ispaniyalik himoyachini jarohatdan tuzaldi degan yangiliklar chiqqan bo‘lsa ham, fransiyalik mutaxasis YECHL oldidan tavakkal qilmasa kerak. Agar, yana jarohatini yangilab olsa, keyingi uchrashuvlarni o‘tkazib yuborishga to‘g‘ri kelishi mumkin. Hozirda Nacho, Varan va Mendi uchligidan tashkil topgan himoya qo‘rg‘oni madridliklar joniga oro kirmoqda. To‘g‘ri, bu uchlik eng ideal futbolchilardan tashkil topmagan, ammo Zidanning boshqa umid qiladigan o‘yinchisi yo‘q. O‘tgan turda ham aynan shu futbolchlardan himoya qo‘rg‘oni maydonga tushgan, ammo raqibning maydon markazidan o‘ta olmaganini hisobga olsak, himoya bilan bog‘liq muammo ancha murakkablashadi. Agarda bularning ham bittasi jarohat oladigan bo‘lsa, Zidan juda qiyin ahvolga tushib qoladi. O‘tgan turda "Xetafe"ga qarshi o‘yinda zaxiradan qo‘shilgan yosh himoyachi Viktor Chustda hali tajriba kamroq, shu sababli har qanday jarohat "Real Madrid"ning ishlarini orqaga ketishiga olib kelishi mumkin.

"Valensiya"

"Valensiya" jamoasi uchun ushbu mavsum ancha omadsiz kechmoqda. "Ko‘rshapalaklar" 22-turdan so‘ng 24 ochko bilan 12-o‘rinda ketmoqda. Mavsumni juda omadsiz boshlagan valensiyaliklar ketma-ket ochko yo‘qotishdi. Hozirga kelib, biroz o‘z o‘yinini topgan bo‘lsa ham yevrokuboklar zonasidan ancha uzoqlashib ketishgan. Bu yil ular katta ehtimol bilan mavsumni o‘rtamiyonalar qatorida tugatishsa kerak. "Valensiya" jamoasi yanvar oyi oxirrog‘ida Ispaniya kubogi musobaqasidan ham chiqib ketishdi va yevrokuboklarda ham qatnashmayotganini hisobga olsak, ular bor e’tiborini faqatgina La Liga bahslariga qaratishadi. 2021-yil boshlangandan so‘ng, chempionat bahslarida faqatgina bir marta mag‘lubiyatga uchrashdi. "Atletiko" maydoniga safar qilgan ’’ko‘rshapalaklar" 3:1 hisobidagi mag‘lubiyat bilan ortga qaytishgan, ular shundan boshqa hech qaysi uchrashuvda maydondanni ochkosiz tark etishmadi.

"Valensiya"ning ham tarkib bilan bog‘liq muammolari bor. Cherishev, Sillessen, Gilyamon kabi o‘yinchilari bugungi uchrashuvni o‘tkazib yuborishadi. Xavi Grasiya qishda jamoaga yangi qo‘shilganlarsiz, bugungi jamoasini tuza olmasligi aniq. Bugun katta ehtimol bilan qishda jamoaga qo‘shilgan portugaliyalik Ferroni maydonga tushirsa kerak. Portugaliyalik "Real Madrid’’ga qarshi o‘yinda Valensiya Gabriyel Paulista yonidan joy olishi kutilmoqda. "Ko‘rshapalaklar"da murabbiy bilan bog‘liq muammo ham bor. "Valensiya" ustozi "Real" bilan o‘yinni tribunadan kuzatishiga to‘g‘ri keladi, chunki La Liga 11-turi doirasidagi "Atletiko"ga qarshi o‘yinda, murabbiy Ugo Gilyamonga atayin sariq kartochka olishi haqidagi ko‘rsatma berganlikda ayblangan.

Qarama-qarshiliklar

"Real Madrid" to‘qqiz yildan beri uy uchrashuvlarida "Valensiya" jamoasi darvozasiga bittadan ko‘p gol urmoqda. Bu anana bugun ham davom etishi mumkin. "Valensiya" jamoasi yetakchilarga qarshi o‘yinda ajoyib o‘yin ko‘rsatib kelayotganini hisobga olsak bugungu o‘yin madridliklar uchun oson kechmasligi aniq. Umuman olganda, valensiyaliklar 2017-yildan beri madridliklar ustidan g‘alaba qozonolmay kelayotgan edi, ammo mazkur jamoalarning birinchi davradagi uchrashuvida ’’ko‘rshapalaklar’’ 4:1 hisobida g‘alaba qozonishib, bu ananaga chek qo‘yishgan edi. Bu jamoalar orasidagi eng yirik hisob 2011-yilda qayd etilgan bo‘lib, "Mestalya"da kechgan uchrashuvda madridliklar raqiblari ustidan 6:3 hisobida g‘alaba qozonishgan. Ikki jamoada ham himoya bilan bog‘liq muammo borligi sababli, bugungi o‘yin ham gollarga boy tarzda o‘tishi kutilmoqda.

Ehtimoliy tarkiblar

"Real Madrid" (3-4-3): Kurtua, Nacho, Varan, Mendi, Kazemiro, Kross, Modrich, Isko, Asensio, Junior, Benzema.

"Valensiya" (4-4-2): Domenik, Luis Gayya, Ferro, Paulista, Korrea, Guyedesh, Soler, Rachich, Vass, Valexo, Gomes.

Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 18:18, 14.02.2021. O'qildi: 2664 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, JCHlarining oltitasida mezbon davlat g'alaba qozongan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик