Bugun 20 may, 2026 yil, chorshanba.

  • APL
      • 19.05.2026 00:00
      • Arsenal
      • 1:0
      • Byornli
      • 19.05.2026 23:30
      • Bornmut
      • 1:1
      • Manchester Siti
      • 20.05.2026 00:15
      • Chelsi
      • 2:1
      • Tottenhem
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 37 94
2 Real Madrid 37 83
3 Vilyarreal 37 69
4 Atletiko 37 69
5 Betis 37 57
6 Selta 37 51
7 Xetafe 37 48
8 Rayo Valyekano 37 47
9 Valensiya 37 46
10 Real Sosyedad 37 45
11 Espanyol 37 45
12 Atletik Bilbao 37 45
13 Alaves 37 43
14 Sevilya 37 43
15 Osasuna 37 42
16 Elche 37 42
17 Levante 37 42
18 Jirona 37 40
19 Malyorka 37 39
20 Real Ovyedo 37 29

O'tgan o'yinlar.

37-тур Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
37-тур Atletiko 1-0 Jirona
37-тур Osasuna 1-2 Espanyol
37-тур Atletik Bilbao 1-1 Selta
37-тур Elche 1-0 Xetafe
37-тур Levante 2-0 Malyorka
37-тур Real Sosyedad 3-4 Valensiya
37-тур Sevilya 0-1 Real Madrid
37-тур Real Ovyedo 0-1 Alaves
37-тур Barselona 3-1 Betis

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Betis - Levante
24/05/26 Selta - Sevilya
24/05/26 Alaves - Rayo Valyekano
24/05/26 Valensiya - Barselona
24/05/26 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05/26 Malyorka - Real Ovyedo
24/05/26 Xetafe - Osasuna
24/05/26 Jirona - Elche
24/05/26 Espanyol - Real Sosyedad
25/05/26 Vilyarreal - Atletiko

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Gvardiola - futboldagi ko‘zbo‘yamachi. Uning «fokuslar»i siri nimada?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Murabbiylar / Voqealar
Rukn: Yangiliklar
A A A

«Manchester Siti» ayni dam turnir jadvalida eng yaqin ta’qibchisi va hamshaharidan naq 10 ochko ilgarilab ketgani holda yaqqol peshqadamlikni o‘z qo‘liga olgan. «Shaharliklar» dastlab yo‘qotilgan qimmatli ochkolari xunini g‘alabali seriyalar rekordi bilan misqollab yig‘ib bormoqda. Bizningcha ham endi bu klubga APL chempionligi yo‘lida hech qanday to‘siq g‘ov bo‘la olmaydi.

Yaqinda jamoa «Arsenal» ustidan qozonilgan g‘alabasidan so‘ng ushbu musobqadagi muvaffaqiyatli yurishini 13 taga yetkazib oldi. Bu ko‘rsatkich barcha turnirlarda esa 18 taga yetgan. Xo‘sh, Gvardiolaning bir tekisda erishib kelayotgan muvaffaqiyat siri nimada?

Quyida ushbu savolga javobni jamoaning «Tottenhem» bilan kechgan bahsi (3:0) misolida ko‘rib chiqamiz. Ushbu uchrashuv zamonaviy «Man Siti»ning taktikasini chuqurroq ilg‘ab yetishga imkon beradi.

«Man Siti»ning bugungi uslubida har bir raqibga o‘zgacha yondashuv jarayoni sezilib turadi. Gvardiola shogirdlari to‘pni yo‘qotishgan taqdirda ko‘pincha 4-3-3 sxemasiga o‘tib olgan holda harakatlanadi. Jamoaning pressing jarayoni ham asosan markazga yo‘naltirilgan.

Ushbu fikrni to‘liq yakunlab olish uchun quyidagi epizodni ko‘rib chiqish kifoya qiladi. Garchi ushbu hujum gol bilan yakunlamagan bo‘lsada, oxirgi lahzalarigacha mehmonlarni haqiqiy sarosimada ushlab tura olgan. Bu yerda «Siti» jarima maydonchasi yonida ustunlikni qo‘lga olish maqsadida jamoaning 4 futbolchisi «devor» uslubidan foydalanmoqda. Bundan chalg‘ib qolgan raqib himoyachilari esa Kanselu hamda Zinchenkoga ochiq zona taqdim etishgan. Birinchi bo‘lim davomida bu kabi rang-barang hujumlar London jamoasini ancha esankiratib qo‘ygani barcha muxlislarning yodidan chiqmagan bo‘lsa kerak.

Yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, «Man Siti» harakat qiladigan asosiy sxema markaziy zonaga keng urg‘uni qaratadi. Bu yerda hujumni tashkil etuvchi 4 nafar o‘yinchi o‘zaro joy almashgan holda aylanma tartibda harakat olib borishadi. To‘pni qabul qiluvchi zonada ham kamida to‘rt futbolchi bo‘lishini bosh murabbiy belgilab qo‘ygan. Ammo bu yerda ham o‘yinchilarning   bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Zero Gvardiolaning o‘zi ham mashg‘ulotlar jarayonida buni ko‘p bora ta’kidlagan: «Hujumni yakunlovchi qismga istalgan futbolchi qo‘shilishi mumkin. Faqat jarima maydoni ichida ularning muttasil qolib ketishi mumkin emas. Gvardiolaning "Barsa"sida chalg‘ituvchi o‘yinchi rolini Messi bajargan bo‘lsa, "Bavariya"da bu vazifa aksincha markaziy himoyachilar David Alaba hamda Filipp Lamlarga topshirilgan. Hozirda esa "Siti"da ushbu missiya anchayin rang-barang tarzda bajarilmoqa. Bernardu hamda  Gyundoganga hujumning asosiy "yuk"i tushirilgan.

Umuman olganda «Siti» o‘yinchilarining asosiy quroli - bu markazga egalik qilish. Ular shu yo‘l orqali raqibni o‘zlariga chorlashadi va baribir bo‘sh zonalar ochilib qolaveradi. Natijada Pepga xos pozision hujum quyidagi tartibda shakllanadi. Raqibning 4nafar himoyachisi 5 nafar manchesterlikni kutib olmoqda, aniqrog‘i ular bunga majbur bo‘lishmoqda. Bu yerda esa tabiiyki mezbonlarda turli variantlar yuzaga keladi.

O‘yinchilarning samaradorlik darajasiga ko‘ra hech bir jamoa «Man Siti»ning oldiga tusha olmasa kerak. Deyarli har bir «shaharlik» o‘yindan o‘yinga «ochilib» bormoqda. Ayniqsa so‘nggi uchrashuvlarda Sterling hamda Gyundoganning klubiga ko‘proq foydasi tegyapti. «Liverpul» bilan kechgan bahsda Rahim Trent Arnoldni o‘z pozisiyasida ancha qiynab qo‘ygan edi. Bu safar esa u o‘z qanotida Tangangaga umuman imkon qoldirmadi. Rahimning foydali o‘yinini juda tez ilg‘agan Pep undan unumliroq foydalanishni boshladi, ikkinchi bo‘lim boshida Gvardiola Sterlingni o‘ng qanotga - Ben Devis zonasiga tashlab ko‘rdi. Ushbu qarordan so‘ng jamoaning hujumlarida rang-baranglik anchayin oshdi. Ayniqsa, bu Sterlingning Gyundogan bilan uyushtirgan o‘zaro samarali kombinasiyalarida yaqqol bilinib turdi.

Nemis futbolchisi maydon markazidagi dominatorlik qobiliyati bilan barchaga mashhur. U joriy mavsum «Man Siti»ga eng ko‘p foydasi tekkan o‘yinchilardan biri hisoblanadi. Gyundogan 2021 yilning o‘zida naq 9 ta gol urdi va bu borada u kuchli beshlik chempionatlari bo‘yicha olinganda yaqqol to‘purar bo‘lib turibdi. Bejizga nemis futbolchisiga yanvar oyining eng yaxshilari qatoridan bosh sovrin berilmadi. Ilkayda to‘pni his qilish qobiliyati o‘ta kuchli shakllangan. Yuqorida ta’kidlanganidek, ayniqsa, uning Jezus bilan amalga oshiriladigan hujumlar yakunda samarali natija bilan tugaydi.

Gvardiola tanlagan taktikani uzoq mavsumlargacha mo‘ljallab tuzilganini anglash qiyin emas. Zero, u o‘zi o‘ylagan rejani amalga oshirish uchun tarkibga jalb etilgan futbolchilarning yetilish jarayonini uzoq muddat kutishga tayyor. Faktlar bo‘yicha oladigan bo‘lsak ham Pep hech bir jamoada «Siti»chalik ko‘p mavsum ishlamagan. Bizningcha ham u endi kutilgan rejani silliq ravishda amalga oshirish bosqichiga yetib keldi. Vaziyat shunday holatga kelganki, hozir Gvardiolaning tarkibi oyog‘i osmondan qilib sochib yuborilsa ham futbolchilar maydonning istalgan zonasida erkin o‘ynay oladilar:

«Bizda ayni dam muxlislarimiz kutgan markaziy hujumchi mavjud emas. Yo‘q, bu pandemiya va lazaret bilan bog‘liq holat ham emas. Shunchaki men jamoani shunga ko‘niktirdim. Endi futbolchilar o‘z pozisiyalarini almashtirib bemalol o‘ynayverishadi. Jezus chalg‘ituvchi strayker. Hatto, himoyachilar ham o‘ziga vaziyat yarata olishsa jarima maydonchasi ichiga siljishlari mumkin. Pressingga tayangan hujum jarayonida bu zonaga 5-6 ta o‘yinchi kirishi biz uchun odatiy hol», - deydi murabbiy.

Yuqoridagi misollar albatta bitta uchrashuv xulosasi o‘laroq tahlil qilinmadi. Joriy mavsum, ayniqsa uning ikkinchi qismida «Manchester Siti» darhaqiqat chempion jamoaga xos o‘yin namoyish etmoqda. Buning APLda raqobatbardosh klublar ko‘paygan yillari sodir bo‘layotgani ham voqeaga o‘zgacha chiroy bag‘ishlaydi. To‘g‘ri, Pepning o‘z jamoasini chempionlik poygasi yo‘lidagi balandparvoz gaplari anchayin g‘alati eshitilgan bo‘lishi mumkin.

Chunki bu kabi fikrlar uning azaliy raqibi Mourga ko‘proq yarashadi. Biroq, vaziyatga real ko‘z bilan qarashga majburmiz. «Man Siti» bu mavsum o‘z imkoniyatlarini to‘g‘ri baholamoqda, raqiblarning kutilmaganda qoqilishidan unumli foydalanyapti va muhimi, Gvardiolaning ham ko‘z ostiga olib qo‘ygan rejalari sekin-asta pishib yetilmoqda. Buyog‘i nima bo‘lishini esa birgalikda kuzatamiz.

 

Yusufbek Saydaliyev tayyorladi

Kiritildi: 23:52, 21.02.2021. O'qildi: 5070 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Braziliya — futbol bo'yicha barcha JCHlarida ishtirok etgan yagona davlat.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 16
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик