Bugun 22 noyabr, 2024 yil, juma.

  • Superliga
      • 21.11.2024 18:00
      • Paxtakor
      • 0:2
      • OKMK
      • 22.11.2024 16:00
      • Neftchi
      • 2:0
      • Nasaf
      • 22.11.2024 18:15
      • Qizilqum
      • 1:5
      • Navbahor
      • 23.11.2024 15:00
      • Olimpik
      • -:-
      • Bunyodkor
      • 23.11.2024 17:15
      • Andijon
      • -:-
      • Dinamo
  • La-liga
      • 23.11.2024 01:00
      • Xetafe
      • -:-
      • Valyadolid
      • 23.11.2024 18:00
      • Valensiya
      • -:-
      • Betis
      • 23.11.2024 20:15
      • Atletiko
      • -:-
      • Alaves
      • 23.11.2024 22:30
      • Las-Palmas
      • -:-
      • Malyorka
      • 23.11.2024 22:30
      • Jirona
      • -:-
      • Espanyol
  • APL
      • 23.11.2024 17:30
      • Lester
      • -:-
      • Chelsi
      • 23.11.2024 20:00
      • Bornmut
      • -:-
      • Brayton
      • 23.11.2024 20:00
      • Arsenal
      • -:-
      • Nottingem Forest
      • 23.11.2024 20:00
      • Aston Villa
      • -:-
      • Kristal Pelas
      • 23.11.2024 20:00
      • Everton
      • -:-
      • Brentford
      • 23.11.2024 20:00
      • Fulhem
      • -:-
      • Vulverhempton
      • 23.11.2024 22:30
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Tottenhem
  • «A» Seriya
      • 23.11.2024 19:00
      • Verona
      • -:-
      • Inter
      • 23.11.2024 22:00
      • Milan
      • -:-
      • Yuventus
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Nasaf 25 52
2 OKMK 25 44
3 Navbahor 25 42
4 So‘g‘diyona 24 40
5 Neftchi 25 40
6 Paxtakor 25 38
7 Surxon 24 33
8 Dinamo 24 29
9 Qizilqum 25 27
10 Andijon 24 26
11 Olimpik 24 25
12 Bunyodkor 24 24
13 Lokomotiv 24 21
14 Metallurg 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Paxtakor 0-2 OKMK
25-тур Neftchi 2-0 Nasaf
25-тур Qizilqum 1-5 Navbahor

Navbatdagi o'yinlar.

23/11/24 Olimpik - Bunyodkor
23/11/24 Andijon - Dinamo
24/11/24 Metallurg - Surxon
24/11/24 So‘g‘diyona - Lokomotiv

So'rovnoma

  • O‘zbekistonning qayeridansiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2226 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 22.11.2024

      05:55 Новости футбола.
      06:00 Чемпионат Бразилии. "Баия" - "Палмейрас".
      08:00 Новости футбола.
      08:05 Чемпионат Бразилии. "Васко да Гама" - "Интернасьонал".
      10:00 Новости футбола.
      10:05 Чемпионат Бразилии. "Ред Булл Брагантино" - "Сан-Паулу".
      12:00 Новости футбола.
      12:05 Чемпионат Бразилии. "Баия" - "Палмейрас".
      14:00 Новости футбола.
      14:05 Чемпионат Бразилии. "Васко да Гама" - "Интернасьонал".
      16:00 Новости футбола.
      16:05 Чемпионат Бразилии. "Атлетико Минейро" - "Ботафого".
      18:05 Новости футбола.
      18:10 "Всё о главном". Николай Гонтарь.
      18:40 Криштиану Роналду. Единственный и неповторимый.
      19:45 Новости футбола.
      19:50 Чемпионат Бразилии. "Васко да Гама" - "Интернасьонал".
      21:50 Новости футбола.
      21:55 Чемпионат Германии. Перед туром.
      22:25 LIVE Чемпионат Германии. 2-я Бундеслига. "Падерборн 07" - "Нюрнберг". Прямая трансляция.
      00:25 LIVE Чемпионат Германии. "Бавария Мюнхен" - "Аугсбург". Прямая трансляция.
      02:25 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      03:25 Чемпионат Германии. 2-я Бундеслига. "Падерборн 07" - "Нюрнберг".
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 22.11.2024

      05:15 Художественная гимнастика. Кубок "Небесная грация" в Катаре. Индивидуальная программа.
      07:30 "Кто кого?".
      08:00 Бокс. Женщины. Чемпионат России в Серпухове.
      10:20 "Формула-1. Гаснут огни".
      10:45 Сквош. Чемпионат России в Екатеринбурге. Мужчины. Финал.
      11:40 LIVE Художественная гимнастика. Кубок "Небесная грация" в Катаре. Группы. Прямая трансляция.
      13:45 LIVE Художественная гимнастика. Кубок "Небесная грация" в Катаре. Финалы в отдельных видах. Прямая трансляция.
      19:10 Лыжные гонки. ФосАгро Гонка Звёзд в Кировске, Россия.
      19:45 LIVE Художественная гимнастика. Кубок "Небесная грация" в Катаре. Гала-концерт. Прямая трансляция.
      21:00 Биатлон. Альфа-Банк Кубок Содружества. Этап 2 в Ханты-Мансийске. Женщины. Спринт.
      22:00 Биатлон. Альфа-Банк Кубок Содружества. Этап 2 в Ханты-Мансийске. Мужчины. Спринт.
      23:15 "Кто кого?".
      23:45 Бокс. Женщины. Чемпионат России в Серпухове.
      02:00 Плавание. Чемпионат России в Санкт-Петербурге.
      03:25 "Тайны звёзд спорта".
      03:50 Художественная гимнастика. Кубок "Небесная грация" в Катаре. Группы.
  • MATCH-TV
    • Sana: 22.11.2024

      05:00 "Лига героев".
      07:00 "Жизнь после спорта".
      07:30 "География спорта". Калуга.
      08:00 "Вопреки всему".
      08:30 "Большой хоккей".
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      10:30 LIVE Биатлон. Альфа-Банк Кубок Содружества. Этап 2 в Ханты-Мансийске. Женщины. Спринт. Прямая трансляция.
      11:55 LIVE Художественная гимнастика. Кубок "Небесная грация" в Катаре. Прямая трансляция.
      13:15 "Небесная грация".
      13:35 LIVE Биатлон. Альфа-Банк Кубок Содружества. Этап 2 в Ханты-Мансийске. Мужчины. Спринт. Прямая трансляция.
      15:25 Новости.
      15:30 LIVE Художественная гимнастика. Кубок "Небесная грация" в Катаре. Прямая трансляция.
      18:25 Все на Матч! Прямой эфир.
      19:45 LIVE Художественная гимнастика. Кубок "Небесная грация" в Катаре. Гала-концерт. Прямая трансляция.
      21:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      21:55 LIVE Баскетбол. Fonbet Кубок Дружбы в Москве. Россия - Тунис. Прямая трансляция.
      23:55 Все на Матч! Прямой эфир.
      00:25 LIVE Футбол. Чемпионат Германии. "Бавария Мюнхен" - "Аугсбург". Прямая трансляция.
      02:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      03:15 "Центральный круг".
      03:45 Плавание. Чемпионат России в Санкт-Петербурге.
      04:55 Новости.
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 22.11.2024

      05:30 Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Англии в Брентвуде, Великобритания. Финал.
      07:30 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Сезон 2023/24. "Турне 4-х трамплинов" - этап 7 в Инсбруке, Австрия. HS 128.
      08:30 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Сезон 2023/24. "Турне 4-х трамплинов" - этап 8 в Бишофсхофене, Австрия. HS 142.
      09:30 Триатлон. PTO T100 Triathlon World Tour. Финальный этап в Дубае, ОАЭ. Мужчины.
      11:00 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Леви, Финляндия. Мужчины. Слалом. 2-я попытка.
      11:40 LIVE Фигурное катание. Гран-при ISU. Кубок Китая в Чунцине. Танцы на льду. Ритм-танец. Прямая трансляция.
      13:05 LIVE Фигурное катание. Гран-при ISU. Кубок Китая в Чунцине. Женщины. Короткая программа. Прямая трансляция.
      14:55 Фигурное катание. Гран-при ISU. Кубок Китая в Чунцине. Танцы на льду. Ритм-танец.
      15:50 LIVE Фигурное катание. Гран-при ISU. Кубок Китая в Чунцине. Мужчины. Короткая программа. Прямая трансляция.
      17:30 LIVE Фигурное катание. Гран-при ISU. Кубок Китая в Чунцине. Пары. Короткая программа. Прямая трансляция.
      19:00 Фигурное катание. Гран-при ISU. Кубок Китая в Чунцине. Танцы на льду. Ритм-танец.
      20:00 LIVE Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Этап 1 в Лиллехаммере, Норвегия. HS 140. Смешанные команды. Прямая трансляция.
      21:45 Фигурное катание. Гран-при ISU. Кубок Китая в Чунцине. Мужчины. Короткая программа.
      22:55 "Минута".
      23:00 Велотрек. Лига чемпионов. Обзор сезона 2023.
      00:00 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Этап 1 в Лиллехаммере, Норвегия. HS 140. Смешанные команды.
      01:00 Фигурное катание. Гран-при ISU. Кубок Китая в Чунцине. Женщины. Короткая программа.
      02:00 Фигурное катание. Гран-при ISU. Кубок Китая в Чунцине. Пары. Короткая программа.
      02:55 "Минута".
      03:00 Триатлон. PTO T100 Triathlon World Tour. Финальный этап в Дубае, ОАЭ. Обзор.
      04:00 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Леви, Финляндия. Женщины. Слалом. 2-я попытка.
      04:45 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Этап 1 в Лиллехаммере, Норвегия. HS 140. Смешанные команды.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Abdumavlon Abdujalilov: «Biz darvozabonlar — «antifutbol» kishilarmiz»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / PFL klublari / Lokomotiv
Rukn: Yangiliklar
A A A

“Lokomotiv” yangi mavsum oldidan o‘z safini bir nechta futbolchi bilan to‘ldirib oldi. Shulardan biri – iste’dodli darvozabon Abdumavlon Abdujalilov. Xabaringiz bor, Abdumavlon “temiryo‘lchilar” safiga “Bunyodkor”dan ko‘chib o‘tdi.

Uning yangi jamoa tarkibida shug‘ullanishni boshlaganiga bir oydan oshdi. Bu orada o‘ziga yarasha taassurotlar olgan bo‘lishi tabiiy. Shu bois yosh posbondan intervyu oldik.

–  Abdumavlon, “Lokomotiv”ga o‘tish qanday yuz berdi?
–  “Lokomotiv” o‘tgan yil O‘zbekiston Kubogida oxirgi uchrashuvini o‘tkazganidan so‘ng klub rahbariyatidan taklif tushdi. Menga Yevropadan yangi murabbiy kelayotgani hamda jamoa oldiga yuqori maqsadlar qo‘yilishini aytishdi. “Lokomotiv” darvozabonlar murabbiyi Daniel Chabrera bilan ko‘rishib gaplashdim, u menga o‘yinim ma’qul kelgani, “temiryo‘lchilar” safiga o‘tsam bundan xursand bo‘lishini aytdi. Shundan so‘ng “Bunyodkor” murabbiylari bilan maslahatlashdim. Bilasiz, o‘sha payt “Bunyodkor”da muammolar ko‘p bo‘lib, futbolchilar bilan shartnoma haqida gaplashadigan rahbar yo‘q edi. Uydagilardan maslahat olganimda “Lokomotiv”ga o‘tsam hammasi yaxshi bo‘lishini aytishdi. Natijada erkin agent sifatida “Bunyodkor”ni tark etib, “temiryo‘lchilar” bilan shartnoma imzoladim.

–  Bu o‘rinda “Lokomotiv”ning o‘tgan yil 9-o‘rinni olgani ham o‘ylantirmadimi?
–  Yo‘q. Chunki futbolda yuqori ko‘tarilish bilan birga pastga tushish ham uchrab turadi. “Loko” bungacha ketma-ket uch yil chempionlikni qo‘lga kiritdi. Lekin o‘tgan yil omadsiz kelib, 9-o‘rinni egalladi. Hamma yaxshi biladiki, “Lokomotiv” – kuchli klub va o‘zbek futbolida o‘z o‘rniga ega. O‘tgan mavsum karantin ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi, jamoaning birinchi davrada omadi kelmadi. Ammo ikkinchi davrada ko‘rdikki, “Loko” o‘ziga qaytdi.

–  Uydagilar yangi jamoaga o‘tishingizga qanday munosabat bildirdi?
–  Dadam professional futbol o‘ynamagan bo‘lsalar ham, yoshlar va o‘smirlar jamoasida to‘p tepganlar. Shu bois birinchi murabbiyim ham dadam hisoblanadi. O‘yinim borasida dadamdan ko‘p fikr olib turaman. “Lokomotiv”ga kelishdan oldin maslahat so‘raganimda, to‘g‘ri variantni tanlaganimni aytdilar.

–  “Bunyodkor” shartnomani uzaytirishga harakat qilib ko‘rdimi?
–  O‘sha payt vaziyat qaltis edi. Chunki biz bilan shartnoma tuzadigan odamning o‘zi yo‘q edi. Nafaqat men, balki Islom Qobilov bilan Sanjar Qodirqulovda ham shunga o‘xshash vaziyat yuzaga keldi. Biz nima qilishni bilmay qolgandik. Bu sharoitda yaxshi klubdan taklif tushsa tezda qabul qilish haqida o‘ylaysiz. Shu bois oldinga qadam tashlash uchun “Lokomotiv”ni tanladim. O‘tgan yil Ulug‘bek aka Mirzayev bilan gaplashib, shartnomani uzaytirngandim, lekin bu yil uchun hech kim biz bilan gaplashmadi.

–  “Lokomotiv”da sizni qanday kutib olishdi?
–  Jamoadagi muhit juda yaxshi ekan. “Bunyodkor”da ham kollektiv zo‘r edi, bu yerda ham shunday. Futbolimizda hamma bir-birini taniydi. Meni iliq qabul qilishdi.

–  Jamoaga to‘liq kirishib ketdingizmi?
–  Ishonch bilan kirishib ketdim deya olaman. To‘g‘risi, menga yangi jamoani bilib olish uchun 20 kun yetarli bo‘ldi. Bu yerda  hamma bir-biri bilan yaxshi munosabatda. Guruh-guruh bo‘lib yurish yo‘q, shu ham meni xursand qildi.

–  Keling, endi qisqa savollar bilan biroz sinab ko‘rsak. Sizningcha, “Lokomotiv”da eng hazilkash futbolchi kim?
–  Marat Bikmayev.

–  Eng jiddiy?
–  Shuhrat Muhammadiyev bilan Sherzod Fayziyev bo‘lsa kerak.

–  Eng kamgap?
–  Kim bo‘lishi mumkin? Menimcha, Dilshod Komilov.

–  Eng sergap?
–  Hozircha mening bilishim bo‘yicha, Xurshid Muxtorov.

–  Eng yaqin do‘stingiz?
–  To‘g‘risi, xarakterimga ko‘ra yaqin do‘st orttirishim juda qiyin. Chunki do‘st bu – sizning ikkinchi yarmingiz degani. Do‘stga hamma gapni ishonib aytasiz, u sirdoshingiz bo‘ladi. “Lokomotiv”ga kelib hali do‘st orttirmadim, balki tez orada shunday bo‘lib qolar.

–  Jamoada siz eng ko‘p gaplashadigan futbolchi?
–  Ko‘pincha “Bunyodkor”dan men bilan birga o‘tgan Qodirqulov va Qobilov bilan gaplashib turaman.

–  Hozir ispaniyalik murabbiy Daniel Chabrera qo‘l ostida shug‘ullanyapsiz. Uning ish uslubi haqida nima deya olasiz?
–  Chabrera bilan ishimiz yaxshi ketyapti. Uning mashg‘ulotlaridan o‘zim uchun kutilmagan yangilik oldim ayta olmayman. Biz bunday mashqlarni akademiyada o‘qib yurgan kezlarim ko‘p marta bajarganmiz. Lekin shunisi aniqki, Daniel Chabreraning mashg‘ulotlarida o‘yinda bo‘ladigan holatlar ustida ishlash ko‘proq bo‘lyapti. Hozirgi futbolda darvozabonlarning o‘rni juda yuqori. Chunki darvozabon bitta xato qilsa ham darhol ko‘zga tashlanadi. Maydondagi o‘yinchilar uch-to‘rtta xato qilishi, lekin bu unchalik e’tiborga olinmasligi mumkin. Ammo darvozabonlar haqida bunday deb bo‘lmaydi. Ispaniyalik murabbiy bir qarashda bizga oddiy narsalarni o‘rgatayotgandek ko‘rinadi, biroq shuni unutmangki, o‘yinda mana shu oddiy holatlar kuzatiladi. Yoshlikda bir muddat shularni o‘rganib, keyin bajarmay qo‘ygan bo‘lishimiz mumkin. Endi esa har kuni shunday mashqlarni takrorlayapmiz. Avvallari darvzabonlar uchun oyoqda o‘ynash unchalik muhim emasdi, lekin hozir futbol o‘zgarib darvozabondan ham oyoqda o‘ynash bo‘yicha futbolchidek harakat qilish talab qilinyapti. Ispaniyalik murabbiy bizga shularni ham astoydil o‘rgatmoqda.

–  Ya’ni, bevosita o‘yinga boshliq mashg‘ulotlar, shundaymi?
–  Ha, xuddi shunday. Maydonga chiqib faqat mashg‘ulot qilishimiz kerak bo‘lgani uchun shug‘ullanayotganimiz yo‘q, balki murabbiyning har o‘yinga tayyorgarlik dasturi bor va shu dastur asosida shug‘ullanib kelyapmiz.

–  O‘zaro tushunish qanday ketyapti?
–  Bu o‘rinda ingliz tilini o‘rganganim qo‘l kelyapti. Har holda murabbiyning mendan nima xohlayotganini tushunyapman.

–  Turkiya yig‘ini haqida fikrlaringiz?
–  Oldin qishki yig‘in deganda ko‘pchilik og‘ir mashg‘ulotlar va jismoniy yuklamalarni tushunardi. Lekin bu yig‘inda ko‘rdikki, fizikaga ishlaydigan o‘ta murakkab mashg‘ulotlar bo‘lmadi. Aslida zamonaviy futbolning talabi ham shu, jamoalar mavsumga tayyorgarlik chog‘ida o‘yin uslubini shakllantirish ustida ish olib borishyapti. Shu bois taktika birinchi planga chiqdi. Biz faqat koordinasiyani ushlab turish uchun har kuni ertalab zalda mashq qildik. Jamoada portugaliyalik murabbiy ish boshlagach, e’tiborni avvalo barcha futbolchilar bilan yaqindan tanishishga hamda o‘yin uslubini shakllantirishga qaratib kelmoqda. Turkiya yig‘ini yaxshi o‘tdi, ko‘pchilik ijobiy fikrda va eng asosiysi murabbiylar ishimizdan qoniqdi.

–  Yangi mavsumga oz qoldi. Javohir Ilyosov bilan bo‘ladigan raqobat haqida nima deya olasiz?
–  Men o‘zimga ishonganim uchun ham “Lokomotiv”ga o‘tdim. Javohir Ilyosov juda yaxshi darvozabon va yaxshi inson. U bejizga milliy terma jamoaga chaqirilayotgani yo‘q. Endi raqobat hamma joyda bo‘ladi. O‘z navbatida men ham, u ham o‘zimizni ko‘rsatishga harakat qilyapmiz. To‘g‘risi, raqobatdan hech qachon qo‘rqmaganman. Samimiy raqobat bor joyda doim xursand bo‘laman.

–  Birga ishlagan darvozabonlarga hamkasb sifatida qaraysizmi yoki raqobatchimi?
–  Maydon tashqarisida hamma bilan yaxshi munosabatdaman. Biz bitta jamoamiz va maqsad sari hammamiz bir bo‘lib intilamiz. Mashg‘ulot paytida boshqalar kabi men ham raqobatchimdan yaxshiroq ishlashga va o‘zimni ko‘rsatishga harakat qilaman. Bu esa ishga professional qarash deyiladi. To‘g‘risini aytaman, menda hech qachon sherigim xato qilsa keyin menga ham imkoniyat beriladi degan fikr bo‘lmaydi. Bu g‘arazgo‘ylikdan boshqa emas. Qaytanga darvozadan men turmasam ham, jamoamiz o‘yinda yutsa  xursand bo‘laman. Raqobatdoshim kim bo‘lishidan qat’iy nazar, har doimni o‘zaro hurmatni saqlayman va shu bilan birga mashg‘ulotlarda o‘zimni ko‘rsatishga harakat qilaman.

–  Siz birga o‘ynashni havas qilgan, lekin shu paytgacha amalga oshmagan darvozabon bormi?
–  To‘g‘risi, bunaqa fikr hali bo‘lmagan ekan. O‘z paytida Ignstiy Nesterovga havas qilganim rost. Men “Paxtakor” maktabida shug‘ullanib yurgan kezlarim, Nesterovning o‘yinlarini ko‘rib unga o‘xshashni niyat qilardim. Shu o‘rinda aytib ketay, men “Paxtakor” tarbiyalanuvchisiman, 2014 yil o‘rinbosarlardan “Neftchi”ga ketganman. Bir yil jarohat olib futbol o‘ynay olmagan paytim Marat aka Galimov katta yordam bergandi. Professional darajaga chiqishimda ham Marat Galimovning qo‘shgan hissasi katta.

–  Boshidan darvozabonlikni tanlaganmisiz?
–  Endi hammada har xil bo‘ladi. Kimdir maydonda to‘p tepgisi keladi, biroq qaysidir futbolchi kelmay qolsa murabbiy uni darvozaga qo‘ydi va shu bilan darvozabon bo‘lib ketadi. Menda darvozabon bo‘lish qonda bor, chunki o‘z vaqtida dadam ham darvozabon bo‘lganlar. Yoshlikda dadamning qo‘lqop kiyib tushgan suratlarini ko‘rsam, men ham dadamga o‘xshashga qiziqardim. Bilasiz, hammaning o‘z otasiga havasi keladi. “Paxtakor” mashg‘ulotiga birinchi marta kelganimda Aleksey Yevstafeyev kim bo‘lmoqchisan deb so‘ragan, men esa o‘ylab o‘tirmay darvozabon deb javob bergandim. Ishonasizmi, umuman maydonda to‘p tepgan emasman, faqat darvozada turganman.

–  Professional darvozabon bo‘lganingizdan beri bir yilda nechta qo‘lqop almashtirasiz?
–  Mashg‘ulotda kiyiladigan qo‘lqoplar ko‘pga bormaydi va ikki yarim – uch oyda almashtirib turaman. O‘yinda kiyiladigan qo‘lqop  ancha chidamli bo‘ladi va ikki juft qo‘lqop menga bir mavsumga yetadi deb o‘ylayman. Umumiy hisobda bir yilda o‘ntaga yaqin qo‘lqop ketadi.

–  Javohir Ilyosovning qo‘lqopida 35 raqami bilan Ilyosov yozuviga ko‘zim tushdi. Keyin so‘rasam, u faqat o‘sha firma bilan shartnoma imzolagan ekan. Sizda ham shunaqami?
–  Men ko‘pincha eksperiment qilaman. Chunki hozir ko‘p firmalar qo‘lqoplarni xuddi butsiga o‘xshab har xil chiqaryapti. Masalan, bitta joydan qo‘lqop olsangiz va keyinroq yana olaman desangiz, boshqacha bo‘ladi. Men hech qachon brendga qiziqmaganman, muhimi qo‘limga qulay tursa bo‘lgani. Hammaning qo‘li har xil, kimgadir og‘ir, kimga yengil qo‘lqoplar yoqadi. Men o‘yin payti ko‘proq yuqaroq, mashg‘ulotlarda esa qalin qo‘lqoplardan foydalanaman.

–  Qo‘lqoplarning narx-navosi qanaqa?
–  O‘rtacha narxi 70 dollar. Sifatiga qarab 150-200 dollargacha bor. Shunisi aniqki, sifati yaxshi qo‘lqoplar ko‘pga chidamaydi, tez yirtiladi.

–  Terma jamoamiz darvozabonlar murabbiyi Denis Ivankov bilan gaplashganimda, “Darvozabonlarning o‘z olami bor, ularni har kim ham tushunmaydi” degandi. Bu fikrga qanday qaraysiz?
–  Juda to‘g‘ri aytilgan gap. O‘ylab ko‘rsak, biz “antifutbol” kishilarmiz, ya’ni aytmoqchi bo‘lganim muxlis stadionga kelganidan keyin chiroyli gollar ko‘rgisi keladi. Darvozabonlar esa aksincha gol o‘tkazmaslikka harakat qiladi. Shu bois bizning dunyomiz boshqacha, formamiz rangi ham, tuzilishi ham boshqa. Darvozabon ehtimol o‘yin payti kam yugurar, lekin mas’uliyat har doim yuqori bo‘ladi. Darvozabonlarga eng kerakli xislat bu – o‘ziga bo‘lgan ishonch. Qolaversa gol o‘tkazganidan keyin bahona ham ketmaydi. Ko‘ziga qo‘yosh tushdi, shamol bu tomonga esdi, futbolda bunday gaplar ham bo‘ladi, lekin darvozabon gol o‘tkazdimi, baribir aybdor bo‘ladi. Aytib o‘tganimdek, mas’uliyat va talab juda yuqori. Keyin e’tibor bersangiz, ko‘p darvozabonlar o‘zini og‘ir-bosiq va vazmin tutadi.

–  Quyosh va shamolga qarshi o‘ynash qanchalik ta’sir qiladi?
–  Endi baribir ta’siri bor. Masalan, himoyachi to‘pga sakraganda quyosh nuri ko‘zga tushib to‘pga yetmay qolsa yoki qaytara olmasa, buni hamma tushunadi. Lekin darvozabon bilan shunday holat yuzaga kelsa, odamlar boshqacha qaraydi. To‘g‘risi, quyosh ko‘zga tik tushgan mahal havodan kelayotgan to‘pni ilg‘ab olish oson emas. Ba’zan to‘pni ko‘rmay qolasiz, xuddi nuqtaga o‘xshab ko‘rinadi. Lekin aytib o‘tganimdek, shamol va quyosh professional darvozabon uchun sabab bo‘lmasligi kerak.

–  Ma’lumki, o‘yindan oldin jamoa sardorlari o‘yinni kim boshlashi va maydon qismini tanlashadi. Siz uchun maydonning qaysi tomonida o‘yinni boshlash muhimmi?
–  Bu ham rol o‘ynaydi, albatta. “Bunyodkor”da o‘ynagan paytim Abdusattor aka Rahimov quyosh yo‘q joyni tanla derdilar. Lekin men maydonning falonchi qismini tanlab yoki bo‘lmasa doim bir qo‘lqopda o‘ynab irim qilmayman.

–  Siz uchun eng noqulay zarba?
–  Ko‘p narsa to‘pning qandayligiga bog‘liq. Hozirgi ko‘p to‘plar havodan kelayotganda o‘ynab o‘z trayektoriyasini o‘zgartiradi. Bu esa darvozabonlar uchun noqulayliklarni keltirib chiqaryapti. Masalan, o‘tgan yil Superligada o‘ynalgan to‘plar menga yoqmadi.

–  Siz uchun eng alamli gol o‘tkazish?
–  Iloji boricha jarima maydonchasi tashqarisidan gol o‘tkazmaslikka harakat qilaman. Chunki ko‘pchilik aytadi, jarima maydonchasi tashqarisidan tepilgan to‘pni qaytarishing shart deb.

–  Hozirgacha siz uchun eng noqulay hujumchi?
–  Noqulay deya olmayman-u, lekin “qo‘pol” hujumchi bor, bu – “Metallurg”dagi Zohid Abdullayev. Menimcha, unga qarshi o‘ynash hech bir darvozabonga yoqmasa kerak.

–  Sizga eng ko‘p yordam bergan himoyachi?
–  “Bunyodkor”da paytim Anvar aka Gʻofurovdan ko‘p narsa o‘rgandim. Gʻofurov o‘z paytida terma jamoada va Osiyo chempionlar ligasida o‘ynagan, tajribasi ham yuqori. Shu bois u kishining maslahatlariga amal qilganman.

–  Faraz qiling, ertaga muhim o‘yin bor. Bo‘lajak bahsga qanday tayyorlanasiz?
–  O‘zimni xotirjam tutishga harakat qilaman. Lekin o‘ta jiddiy bo‘lib oshib yuborishni ham xohlamayman. Eng muhimi, miya tayyor bo‘lishi, chunki fizikani bir hafta ichida olib bo‘lgan bo‘lasiz. O‘yin kuni stadionga borguncha musiqa eshitmayman, nonushtadan keyin uxlab olishga hamda o‘yin kuni ko‘p ovqat yemaslikka harakat qilaman. Darvozabonlar uchun e’tiborli bo‘lish juda muhim, shuning uchun qorinni to‘ydirib olmayman.

–  Rejimga qanchalik amal qilasiz?
–  Har kuni kechqurun 22:00da uxlash oson emas, lekin kechasi bir-ikki ham bo‘lib ketmaydi. Imkon qadar o‘rtasini olaman. Nonushtani har doim uydagilar bilan birga, oila davrasida qilamiz.

–  Ko‘chada yurganda gazli ichimliklar va fast-fud bemalolmi?
–  To‘g‘risi, fast-fud menga yoqadi, lekin juda kam iste’mol qilaman. Menda semirishga moyillik yo‘q, ko‘p ovqat yesam ham o‘zgarmayman. Gazli ichimliklarni esa unchalik xushlamayman.

–  Siz uchun O‘zbekistondagi eng kuchli darvozabon kim?
–  Ignatiy Nesterov. Men ko‘rgan darvozabonlar orasida Nesterov shubhasiz eng zo‘ri. Shuningdek, Temur Jo‘rayevga ham havas qilganman. Lekin Temur aka kam o‘ynadi.

–  Jahonda kim?
–  Men uchun Iker Kasilyas, uni juda hurmat qilaman. Birinchi futbolkam ham Kasilyasniki bo‘lgan.

–  Qaysi darvozabon bilan uchrashishni orzu qilasiz?
–  Manuel Noyer bilan.

–  Siz uchun jahon va O‘zbekistondagi eng kuchli uchta darvozabon?
–  Xo‘sh, jahon darvozabonlaridan Yan Oblak, Tibo Kurtua va Alisson Bekkerni hozirgi paytda eng kuchlilari deb bilaman. O‘zimizdagi posbonlardan O‘tkir Yusupov, Eldor Suyunov va Javohir Ilyosov.

–  Siz yoshsiz, shunga qaramay darvozabon bo‘lmoqchi bo‘lgan bolakaylarga maslahatingiz?
–  Birinchi navbatda aytadigan gapim – hamma narsani ham yurakka yaqin olavermang. Ko‘p tushkunlikka tushish ham faqat zararga ishlaydi. Ishtiyoqni esa umuman yo‘qotib qo‘yish kerak emas.

–  Oilangiz haqida gapirib bersangiz.
–  Dadam o‘z paytida Jismoniy tarbiya instituti bilan Moliya universitetini tugatganlar. Hozir firmada ishlaydilar. Onam – uy bekasi, oldin maktabda adabiyotdan dars berganlar. Bitta opam bor, Jahon tillari universitetida ingliz tilidan dars beradi. 2019 yil uylanganman. Hozircha bir nafar farzandim bor, o‘g‘lim Abubakir bir yoshga to‘ldi.

–  Suhbatimiz oxirida “Lokomotiv” muxlislariga tilaklaringiz?
–  Birinchi navbatda hammaga sog‘lik tilayman. Keyin esa ko‘plab g‘alabalarni.

–  Abdumavlon, suhbat uchun rahmat. “Temiryo‘lchilar” safidagi faoliyatingiz yorqin bo‘lishini tilab qolamiz.

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 12:03, 22.02.2021. O'qildi: 2570 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Agar Eybar va Vilyarreal shaharlari aholisini qo'shib "Kamp Nou"ga joylashtirsa, stadionda yana 20 mingdan ortiq bo'sh joy qoladi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Paxtakor Dragan Cheran 13
2 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 10
3 So‘g‘diyona Lupche Doriev 10
4 Навбаҳор Toma Tabatadze 9
5 Nasaf Zoran Marushich 9
6 Qizilqum Elguja Lobjanidze 8
7 Динамо Kojo Joel 7
8 Нефтчи Nsungusi Effiong 7
9 So‘g‘diyona Vladimir Jovovic 7
10 Динамо Xislat Halilov 6

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.