Bugun 6 may, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 35 76
2 Manchester Siti 34 71
3 Man. Yunayted 35 64
4 Liverpul 35 58
5 Aston Villa 35 58
6 Bornmut 35 52
7 Brentford 35 51
8 Brayton 35 50
9 Chelsi 35 48
10 Everton 35 48
11 Fulhem 35 48
12 Sanderlend 35 47
13 Nyukasl 35 45
14 Lids 35 43
15 Kristal Pelas 34 43
16 Nottingem Forest 35 42
17 Tottenhem 35 37
18 Vest Xem 35 36
19 Byornli 35 20
20 Vulverhempton 35 18

O'tgan o'yinlar.

35-тур Lids 3-1 Byornli
35-тур Vulverhempton 1-1 Sanderlend
35-тур Brentford 3-0 Vest Xem
35-тур Nyukasl 3-1 Brayton
35-тур Arsenal 3-0 Fulhem
35-тур Bornmut 3-0 Kristal Pelas
35-тур Man. Yunayted 3-2 Liverpul
35-тур Aston Villa 1-2 Tottenhem
35-тур Chelsi 1-3 Nottingem Forest
35-тур Everton 3-3 Manchester Siti

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

YECHL. «Real Madrid» Bergamoda «Atalanta»ga qarshi maydonga tushadi (prevyu)

Baho:
+ | -
YEVROPA / UYEFA chempionlar ligasi / Final pley-offlari
Rukn: Sharhlar va Anonslar
A A A

O‘tgan haftadan Yevropa Chempionlar Ligasi musobaqasi davom yetmoqda. Bugun ham ushbu musobaqa doirasidagi bir qancha uchrashuvlar  davom ettiriladi. Kunning eng markaziy uchrashuvlaridan biri bo‘lgan, «Atalanta» va «Real Madrid» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv atrofidagi qiziqarli ma’lumotlar, yo‘qotishlar va ehtimoliy tarkiblar haqidagi qisqacha prevyuni sizlaarga taqdim etamiz.

«Atalanta»


Bergamo klubi o‘z tarixida ikkinchi marta Yevropaning eng nufuzli musobaqasida qatnashmoqda. Ikkala mavsumda ham «Atalanta» musobaqaning pley-off bosqichiga yo‘l olishdi. Guruh bosqichida Gasperini shogirdlari ikkinchi o‘rinni egallab, mazkur bosqichga chiqishdi. Guruhdagi birinchi o‘rinni esa, Angliyaning «Liverpul» jamoasi qo‘lga kiritishgan. Bergamoliklar guruhdagi birgina uchrashuvda mag‘lub bo‘lgan bo‘lsa, ikki bahsda durang qayd etishdi va uchta o‘yinda g‘alaba qozongan holda 11 ochkoni qo‘lga kiritishgan.
Bergamoliklarining A seriyadagi ishlari biroz yaxshroq. Jamoa 23 o‘yindan so‘ng, 43 ochko bilan 5-o‘rindan joy olgan. O‘tgan turda ular o‘z maydonida «Napoli» jamoasini qabul qilib, 4:2 hisobidagi g‘alabani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan. Mazkur bahsda bir kishi kam bo‘lib ham ajoyib o‘yin ko‘rsatgan mezbonlar tarkibidan, Sapata, Gosens, Muriel, Romero o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘yishgan. Demak, «Atalanta» jamoasi bugungi, «Real»ga qarshi uchrashuvdan oldin, kayfiyati ancha yaxshiroq.
Ayni paytda «Atalanta»ning kuchi hujum va shaxsiy tarkibining barqarorligidadir. Gasperini jamoasi har bir o‘yinda o‘rtacha 2tadan ko‘p gol urmoqda. Qizig‘i shundaki, bu ko‘rsatkich borasida Bergamo jamoasini «Inter», «Milan» va «Yuventus» jamoalarini ham ortda qoldirgan. «Atalanta» nafaqat Chempionlar Ligasining 1/8 finaliga, qolaversa Italiya kubogi finaliga ham yo‘l olishdi.
Mazkur uchrashuv oldidan, «ko‘k-qoralar»da jarohat bilan bog‘liq muammo yo‘q. Faqatgina o‘ng qanot himoyachisi Xans Xateburda oyog‘idagi jarohati sabab mazkur o‘yinni o‘tkazib yuboradi. Ammo bu yo‘qotish bergamoliklar uchun jiddiy muammo tug‘dirmasa kerak. 

 

«Real Madrid»


«Real Madrid» o‘z guruhida «Shaxtyor», «Borussiya M» va «Inter» jamoalari bilan joy olgan edi. Umuman olganda, madridlik guruhda 1-o‘rinni egallagan bo‘lsada, ancha qiyinchilikka duch kelishgan. Ukrainaning «Shaxtyor» jamoasiga qarshi har ikkala bahsda ham mag‘lubiyatga uchrashdi, bu esa Madrid jamoasining guruhdan chiqish ehtimolini pasaytirib yubordi, lekin oxirgi turda «Borussiya M»ga qarshi uchrashuvdagi g‘alaba, madridlik uchun guruh bosqichini ijobiy yakunlashga imkoniyat yaratdi.
Hozirgi paytda tashqi tomondan Zidan jamoasining ishlari yaxshidek tuyulsa ham, ammo klubda  muammolar yetarlicha topiladi. Garchi, «Real» La Liga doirasidagi so‘ngi 4 uchrashuvdan beri g‘alaba qozonib kelayotgan bo‘lsada, jarohatlar bilan bog‘liq holat bugungi bahsda madridliklarning minus tomoniga ishlashi mumkin. Chunki, Ispan grandi ichki chempionat doirasidagi o‘tkazgan uchrashuvlarida, raqib jamoa hatto maydon markazidan ham o‘ta olmagani, muammoni yanada chigallashtiradi. Umuman olganda, bergamoliklar hujumni sevadigan jamoa hisoblanadi, «Real»ning esa himoyadagi yo‘qotishlari mehmonlar uchun yaxshi tomonga xizmat qilishi mumkin. Bergamoga safari oldidan Zinedin Zidan shogirdlari safarda «Valyadolid»ni 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratishdi. G‘alabaning minimal hisobda bo‘lganiga qaramay, bu muvaffaqiyat «Real Madrid»ga ajoyib kayfiyat va La Ligada ikkinchi o‘ringa chiqishiga zamin yaratgan. Bugungi bahsda Madrid jamoasida tarkib borasida juda katta yo‘qotishlar mavjud. Jarohat tufayli bugungi uchrashuvni hujumchilar Karim Benzema va Rodrigo, yarim himoyachilar Eden Azar, Federiko Valverde, himoyachilar Serxio Ramos, Dani Karvaxal, Marselo, Eder Militao va Alvaro Odriosola o‘tkazib yuborishadi. Benzemaning yo‘qligi bugungi bahsda yaqqol sezilishi mumkin, chunki Chempionlar Ligasining oldingi bahslarida, aynan fransuz futbolchisi 5ta o‘yinda, 4 marta raqiblar posponini xafa qilishga erishgan. Karimning jarohati joriy mavsum boshidan beri «qaymoqranglilar»ning 41-jarohati sifatida qayd etilgani va ularning 30tasi mushak bilan bog‘liqligi ham katta ahamiyatga ega. Bundan tashqari, Dani Karvaxalning jarohatining qaytalanishi jiddiyroq bo‘lib chiqdi va yana qaytishi bilan yana ikki oyga safdan chiqdi. Qolaversa, jamoa yetakchisi va sardorining ham yo‘qligi, jamoa a’zolarini va muxlislarning kaayfiyatini tushurishi mumkin. Chunki, «El-kapitano»ning maydonda bo‘lishi, jamoaga ruhan madad ham bo‘ladi. Shuning uchun madridlik muxlislarning xavotirini tushunish mumkin.

Ehtimoliy tarkib


«Atalanta» (3-4-2-1): Gollini, Toloi, Jimsiti, Romero, Gosens, Froyler, De Ron, Mexle, Malinkoviskiy, Ilichich, Muriel.


«Real Madrid» (4-3-3): Kurtua, Mendi, Nacho, Varan, Vaskes, Modrich, Kazemiro, Kross, Asensio, Vinisius, Junior, Mariano Dias,

«Atalanta» Italiya chempionatining «Napoli»ga qarshi o‘tkazgan so‘ngi tur uchrashuvida, ikkita hujumchi bilan o‘ynashdi. Umuman olganda, «qora-ko‘klar» so‘ngi o‘yinlarida 3-4-1-2 taktik sxemasidan foyfalanishmoqda. Oldinlari «Atalanta» tez-tez 3-4-2-1 sxemada o‘ynar edi. Ammo Ispaniya klubi bilan qarama-qarshilikning murakkabligi va uchrashuvning ahamiyatini inobatga olib, ushbu o‘yinda bergamoliklar katta ehtimol bilan ushbu sxemadan foydalanishadi.


Ushbu mavsumda «Real Madrid» futbolchilari Zinedin Zidan boshchiligida turli xil sxemalardan foydalanishdi. Jamoadagi yo‘qotishlar sabab, jamoa uchta markaziy himoyachi bilan o‘ynab kelayotgan edi. Ammo, «Atalanta» bilan o‘yindagi har bir xato, jamoaning mag‘lubiyatiga sabab bo‘lishi mumkin. Shuning uchun Zidan bugungi bahsda 4-3-3 taktik sxemadan foydalanishi mumkin.

Xulosa o‘rnida shuni aytishimiz mumkinki, Bergamoda kechadigan bugungi uchrashuv haqiqatdan ham qiziqarli o‘tishiga shubha yo‘q. Chunki, «Real Madrid» musobaqani ushbu bosqichda yakunlasa, mavsum so‘ngida jamoa murabbiyi ishdan ketishiga sabab bo‘lishi mumkin. Shuning uchun bugun tunda kechadigan bahsda, madridliklar maksimal natijani qo‘lga kiritishga harakat qiladi. Aksincha esa, «Atalanta» raqibi tarkibidagi yo‘qotishlardan unumli foydalanishga harakat qilib ko‘rishadi. Qolaversa, bugungi uchrashuvdagi g‘alaba har ikki jamoaga ham, javob uchrashuvi oldidan yuqori kayfiyatni ta’minlashi mumkin. Mazkur bahs, bugun tunda Toshkent vaqti bilan 01:00da boshlanadi.

Jamshidjon Mahmudov tayyorladi

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 21:17, 24.02.2021. O'qildi: 4135 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Anxel di Mariyaning umumiy transferlariga barchadan eng ko'p - jami 132.6 million funt sterling sarflangan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 25
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Челси Joao Pedro 15
4 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
5 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
6 Брайтон Denni Uelbek 13
7 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 13
8 Борнмут Eli Junior Krupi 12
9 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 12
10 Ман. Юнайтед Benyamin Sheshko 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик