Bugun 23 fevral, 2026 yil, dushanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 25 61
2 Real Madrid 25 60
3 Vilyarreal 25 51
4 Atletiko 25 48
5 Betis 25 42
6 Selta 25 37
7 Espanyol 25 35
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Sevilya 25 29
12 Xetafe 25 29
13 Jirona 24 29
14 Rayo Valyekano 24 26
15 Alaves 24 26
16 Valensiya 25 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 25 24
19 Levante 25 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 0-0 Elche
25-тур Betis 0-0 Rayo Valyekano
25-тур Atletiko 0-0 Espanyol
25-тур Selta 0-0 Malyorka
25-тур Xetafe 0-0 Sevilya
25-тур Vilyarreal 0-0 Valensiya
25-тур Barselona 0-0 Levante
25-тур Osasuna 0-0 Real Madrid
25-тур Real Sosyedad 0-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Zoirbek Jo‘raboyev: “Tojikistonda ham “Navbahor” muxlislari ko‘p”

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Xorijiy legionerlar / O‘ynayotgan futbolchilar
Rukn: Yangiliklar
A A A

2018 yili “Metallurg”dagi qisqa faoliyati davomida ko‘pchilikda iliq taassurot qoldirgan Tojikiston milliy terma jamoasi a’zosi Zoirbek Jo‘raboyevdan “Interfutbol” gazetasi muxbiri intervyu oldi.

Suhbat davomida tojikistonlik futbolchi yurtimiz futboli, shuningdek,  “Navbahor” va unda to‘p surayotgan vatandoshi, jamoamizning mahoratli yarim himoyachisi Ehsoni Panshanbe borasida ham to‘xtalib o‘tdi.

Ta’kidlash joizki, Zoirbek “Navbahor”da 2019-2020 yillarda o‘ynagan Amirbek Jo‘raboyevning ukasi.   

Quyida o‘sha suhbatni e’tiboringizga havola etamiz.

- O‘tgan yil sizni Istiqlol safida ko‘rdik. Bilishimizcha, hozir ham dushanbeliklar bilan birgasiz, shundaymi?

- Ha, hamon “Istiqlol”daman. Jamoa bilan yana 1 yillik shartnomam bor. Bizda 11 fevral kuni futbol federasiyasi kubogi start oldi va ayni payt mazkur musobaqada ishtirok etyapmiz. Shuning barobarida mavsumoldi yig‘inlari ham reja asosida davom etyapti. Yaqin orada mashg‘ulotlar Turkiyaga ko‘chadi. Maqsad - OCHLga puxta tayyorgarlik ko‘rish.

- Karantin sharoitida o‘tgan 2020 yilgi mavsum shaxsan siz uchun qanday kechdi?

- Umumiy xulosa chiqarganda, hammasi yaxshi bo‘ldi. Zero, “Istiqlol” bilan chempionlikni tantana qildik, o‘zim yetarlicha o‘yinlarda maydonga tushdim. Biroz yoqmagan tomoni - bu o‘yinlarning muxlislarsiz o‘tkazilgani. Lekin ijobiy voqeliklar ham talaygina. Masalan, karantin tufayli ko‘plab milliy chempionatlar to‘xtab qoldi, bizda esa o‘yinlar davom ettirildi. Natijada hattoki, Yevropa mamlakatlarida ham Tojikiston futbolini kuzatishdi.

- Istiqlolning OCHL-2021 guruh bosqichidagi raqiblari ancha jiddiy. Bo‘lajak uchrashuvlar haqida nima deya olasiz?

- Ha, nihoyatda kuchli jamoalar bilan bir guruhga tushdik. Misol uchun, Saudiyaning “Al-Hilol” klubi OCHLning doimiy favoriti hisoblanadi. “Shabab Al-Ahli” ham tarkibini saviyali futbolchilar bilan boyitib bormoqda. Jumladan, yaqinda hamyurtingiz Jaloliddin Masharipov, qolaversa, qit’amizdagi yana bir nomdor futbolchi Umar Abdulrahmon hisobiga kuchaydi. Guruhdagi 4-raqib saralash bosqichidan keyin ma’lum bo‘ladi - AGMK yoki “Al-Garafa”. Shaxsan men guruhimizga Olmaliq klubi qo‘shilishi tarafdoriman. Zero, OCHLda Markaziy Osiyodan qancha ko‘p jamoa qatnashsa, shuncha yaxshi - bu mintaqa futboli rivojiga qo‘shimcha turtki berishi tayin.

- 2018 yili Metallurgda chakki o‘ynamadingiz. O‘shanda mutaxassislar o‘zbek futbolida uzoq vaqt qolishingizni taxmin qilishgandi. Biroq keyingi mavsum Istiqlolga qaytdingiz. Bunga biror jiddiy sabab bormidi yoki...?

- To‘g‘risi, masala mohiyatini ipidan ignasigacha aytolmayman. O‘ylashimcha, “Metallurg”da darhaqiqat, yaxshi o‘ynaganman. Hattoki, 2019 yilgi mavsumga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida klubning Turkiyadagi yig‘inida ham ishtirok etdim. Biroq u yerda ayrim masalalarda muammolar yuzaga keldi va jamoa rahbariyati amaldagi shartnomani bekor qilish taklifini o‘rtaga tashladi. Yashirmayman, oldimda O‘zbekistonning boshqa klublariga o‘tish varianti ham bor edi, ammo yangi uylanganimni o‘ylab, barcha takliflarga rad javobi berdim. Qisqasi, “Istiqlol”ga aynan oilaviy sabab bilan qaytdim.

- Metallurgdagi faoliyatingiz davomida o‘zbek futboli bilan yaqindan tanishdingiz. Aytingchi, ikki mamlakat futbolidagi asosiy farq nimalarda ko‘zga tashlanadi?

- Tan olish kerak, hozircha o‘zbek futboli nisbatan oldinda. Muhimi, Tojikiston futboli ham oxirgi yillarda yaxshigina oldinga siljidi. Buni milliy jamoamiz qayd etayotgan natijalar ham ko‘rsatib turibdi.

- Tojikiston termasi vakili Ehsoni Panshanbe Navbahorda munosib to‘p surmoqda. Mamlakatda u va Navbahor haqida qanday fikrdalar?

- Ha, “Navbahor” so‘nggi ikki yildan buyon tojikistonlik futbolchilarga e’tibor qaratmoqda. Buning samarasi o‘laroq, tojikistonlik muxlislarda “Navbahor”ga qiziqish ancha ortdi, hamyurtlarim jamoa o‘yinlarini kuzatib borishmoqda. O‘tgan yil Namanganda akam Amirbek Jo‘raboyev ham to‘p surdi. Endi Ehsoni chakki taassurot qoldirayotgani yo‘q. Unga va jamoasiga yangi mavsumda omad tilayman, albatta, “Navbahor”ni kuzatishda davom etamiz.

- Bilishimizcha, Ehsoni bilan yaxshi munosabatda ekansiz. Xo‘sh, uning Navbahordagi faoliyatini qanday baholaysiz?

- Ha, Ehsoni eng yaqin do‘stlarimdan biri, ikkimiz juda yaxshi chiqishamiz. Deylik, u bilan muntazam ravishda gaplashib turibman. Terma jamoamizning oxirgi yig‘inida ham vaqtni asosan birga o‘tkazdik. Shaxsiy fikrimcha, Ehsoni “Navbahor” safiga qo‘shilib, to‘g‘ri qildi. Har holda, uning o‘yinida yaqqol o‘sish sezildi. O‘ylaymanki, do‘stim yangi mavsumda yanada kuchliroq o‘ynab, jamoasi yetakchilari qatoriga kiradi.

- Bu yil O‘zbekiston vakillaridan Nasaf yoki AGMK OFK kubogida Tojikistonning Xo‘jand klubi bilan bitta guruhda bahs olib boradi. Bu jamoa haqida kengroq ma’lumot bera olasizmi?

- “Xo‘jand” so‘nggi 3-4 yilda milliy birinchilikda sovrinli o‘rinni egallamoqda. OFK kubogida ishtirok etish tajribasi ham yetarli. Adashmasam, “Xo‘jand” mazkur turnirda jami 6 marta qatnashgan. Jamoa bu yil ham tarkibini ancha kuchaytirib oldi nazarimda. Umuman, o‘ylaymanki, xo‘jandliklar xalqaro turnirda duch kelgan raqibga munosib qarshilik ko‘rsata olishadi.

- O‘zbek tilida juda ravon gaplashyapsiz. Bu tilni qachon o‘rgangansiz?

- Menimcha, Tojikiston aholisining chamasi 30 foizini o‘zbeklar tashkil etishadi. Jumladan, biz ham o‘zbeklar oilasidanmiz. Ajdodlarimiz bu yerga taxminan 100 yil oldin ko‘chib kelishgan ekan. Xullas, o‘zbek tilini bilishimning g‘ayrioddiy tomoni yo‘q.

- Hozir Tojikiston milliy jamoasini hamyurtimiz Usmon Toshev boshqarmoqda.  Aytingchi,  uning  faoliyati vatandoshlaringizni qanoatlantiryaptimi, muxlislarning umumiy munosabatlari qanday?

- Muxlislar qarashi hamisha bir xil - jamoa g‘alaba qozonsa, murabbiy yaxshi, aks holda, u yomon... Shaxsiy fikrimga kelsak, terma jamoamiz Usmon Toshev qo‘l ostida o‘sishga erishdi. To‘g‘ri, o‘rtoqlik uchrashuvlarida mag‘lubiyatlar kuzatildi, lekin raqiblar kuchli edi. Masalan, oxirgi uchrashuvlarda BAA, Bahrayn va Iordaniya termalari bilan o‘ynadik.

- Umuman olganda, Toshev Tojikiston termasida nimalarni o‘zgartirdi, mahalliy murabbiylardan farqli tomonlari bor ekanmi?

- Usmon aka jamoaga total futbol uslubini singdirishga urinmoqda. Demoqchimanki, u jamoa o‘yiniga yangicha uslub olib kirdi. Aynan Toshev qo‘l ostida asosan uzatmalar orqali o‘ynashni yanada yaxshiroq o‘zlashtirdik. Bundan tashqari, murabbiyimiz qaysi raqibga duch kelishdan qat’iy nazar, o‘z o‘yinimizni ko‘rsatishimizni talab qilmoqda va bu borada ham ijobiy o‘zgarish yo‘q emas.

- Metallurgning o‘tgan yilgi o‘yinlarini kuzatdingizmi? Sobiq jamoangiz haqida fikringiz qanday?

- “Metallurg”dan ketganimga ancha bo‘lganiga qaramay, hamon jamoa natijalarini imkon qadar kuzatib boryapman. Adashmasam, “Metallurg” qatorasiga 2 yil 5-o‘rinni egalladi. Shuni nazarda tutsak, o‘tgan yilgi natija biroz pasaydi. Har holda, men o‘ynagan davrda jamoa oldiga kamida kuchli oltilikka kirish vazifasi qo‘yilardi. O‘tgan mavsum esa jamoa buni uddalolmadi.

- O‘zbek futbolida sizga yoqmagan jihatlar ham bo‘lganmi?

- Yo‘q, bunday holatlarga duch kelmaganman, to‘g‘risi, eslolmayman. Menimcha, hammasi joyida edi.

- O‘zbek muxlislariga tilaklaringiz...

- Ularga aytadiganim - xoh terma jamoa, xoh klub bo‘lsin, yaxshi-yomon kunlarda futbolchilarni birdek qo‘llab-quvvatlashsin. Zero, har bir futbolchi avvalo, muxlislarni quvontirish uchun o‘ynaydi va ularning daldalariga ehtiyoj sezadi.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 17:30, 28.02.2021. O'qildi: 3063 marta. Fikrlar: 5 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 12
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Атлетико Aleksandr Serlot 9
10 Вильярреал Alberto Moleyro 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.