Bugun 23 fevral, 2026 yil, dushanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 25 61
2 Real Madrid 25 60
3 Vilyarreal 25 51
4 Atletiko 25 48
5 Betis 25 42
6 Selta 25 37
7 Espanyol 25 35
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Sevilya 25 29
12 Xetafe 25 29
13 Jirona 24 29
14 Rayo Valyekano 24 26
15 Alaves 24 26
16 Valensiya 25 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 25 24
19 Levante 25 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 0-0 Elche
25-тур Betis 0-0 Rayo Valyekano
25-тур Atletiko 0-0 Espanyol
25-тур Selta 0-0 Malyorka
25-тур Xetafe 0-0 Sevilya
25-тур Vilyarreal 0-0 Valensiya
25-тур Barselona 0-0 Levante
25-тур Osasuna 0-0 Real Madrid
25-тур Real Sosyedad 0-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Tuxel va Sulsher yana uchrashmoqda, yoxud "Manchester Yunayted" Londonda "Chelsi" bilan uchrashadi (prevyu)

Baho:
+ | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Angliya Premyer-ligasi
Rukn: Sharhlar va Anonslar
A A A

Yevropa milliy chempionatlari ham tobora qizg‘in pallaga kirib bormoqda. Bugun ham Angliya Premer Ligasining o‘yinlar taqvimidan joy olgan eng markaziy uchrashuv sifatida qaralayotgan «Chelsi» va «Manchester Yunayted» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Ushbu qarama-qarshilik haqida o‘rtasidagi uchrashuv har doim o‘z jozibasi va murosasizligi bilan e’tibor markazida bo‘lib kelgan. «Chelsi» rahbariyati Tomas Tuxel bilan shartnoma imzolagandan so‘ng, londonliklar yana kuchli uchtalikka kirishga asosiy davogar sifatida qaralayapti. Ayni paytda jamoa 5 - o‘rinda joylashgan bo‘lib, ulardan bir pog‘ona yuqorida joylashgan «Vest Xem» jamoasidan ikki ochko ortda qolmoqda. Agar bugun manchesterliklar ustidan g‘alaba qozonsa, «Chelsi»da kuchli to‘rttalik orasiga suqilib kirishi mumkin. Chunki, "taqachilar" kecha kecha o‘z o‘yinini "Manchester Siti"ga qarshi o‘tkazib, 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lishgan.
O‘z navbatida, "Manchester Yunayted" so‘nggi olti uchrashuvda atigi ikkita g‘alabani qo‘lga kirita olganligi sababli yetakchi "Man Siti" jamoasidan ancha orqadaa qolib ketdi. "Qizil iblislar"ning muntazam ochko yo‘qotishidan raqib jamoalar foydalanib qolishdi va ochko to‘plash bo‘yicha manchesterliklarga yetib olishdi. Agar, bugun yana raqibiga ochko ulashishga majbur bo‘ladigan bo‘lsa, Sulsher shogirdlari ancha qiyin ahvolga tushib qolishadi. Ular nafaqat ortda borayotgan jamoalar bilan oradagi farqni kamaytirib qo‘yishi mumkin, qolaversa hozirda joylashgan o‘rnini ham "Lester"ga topshirishi mumkin. Shuning uchun ham bugungi Londonda kechadigan uchrashuvda "mankunianlar" ochko yo‘qotishga haqlari yo‘q.
Hozir esa sizlarga mazkur jamoalar haqidagi shu kabi va boshqa qiziqarli ma’lumotlardan tashkil topgan prevyuni taqdim etamiz.

"Chelsi"


Tomas Tuxel jamoaga kelgandan so‘ng, "Chelsi"ning o‘yinida sezilarli darajada o‘zgarishlar bo‘ldi. Jamoa germaniyalik mutaxasis qo‘l ostida barcha musobaqalar doirasida 8ta o‘yin o‘tkazgan bo‘lsa, shularning hech qaysida mag‘lubiyatga uchramadi. Qolavesa, o‘tgan haftada Chempionlar Ligasi doirasida "Atletiko" ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng, jamoaning o‘yini haqiqatdan ham yaxshi tomonga o‘zgarganini namoyon etdi. Tuxel "Chelsi"ga o‘tgan keyin, birinchi navbatda o‘yin sxemasini boshqatdan tuzib chiqdi. Jamoa Lempard qo‘l ostida ko‘pincha 4-3-3 taktik sxemada harakat qilardi. Ammo nemis mutaxasisi londonliklarni 3ta himoyachi narsa bu sxemani o‘zgartirish edi. Lempard qo‘l ostida londonliklar ko‘pincha 4-3-3 o‘ynagan, Tuxel esa uning jamoasi uchta himoyachi bilan o‘ynash tartibini kiritdi. "Aristokratlar" ayni paytda ko‘plab sxemalarda o‘ynab ko‘rmoqda, xususan 3-4-1-2, 3-4-2-1, 3-5-2 kabi taktik sxemada harakat qilmoqda.
Jamoaga yangi kelgan murabbiylarning o‘yinga kiritgan bu kabi o‘zgarishlari, ko‘pincha futbolchilarning taqdiriga ta’sir qiladi. Misol uchun, Lempard qo‘l ostida Ryudiger asosiy futbolchi hisoblanmagan, ammo Tuxel tuzgan jamoada nemis futbolchisi, deyarli maydonda to‘liq harakat qilmoqda. Bundan tashqari, "PSJ" jamoasining sobiq murabbiyi londonliklar ruliga kelishi, Sezar Aspilikueta uchun ham omadli bo‘ldi. Ispaniyalik himoyachi oxirgi o‘yinlarda, maydonda to‘liq harakat qilmoqda, hatto bir gol urishga ham erishdiga nasib etdi.
Bugungi uchrashuv avvalida londonliklar safida bittagina yo‘qotish majud. Braziliyalik himoyachi Tiago Silva bugun jamoasiga yordam bera olmaydi.

«Manchester Yunayted»


«Manchester Yunayted» APLda eng yaxshi 6ta klubga qarshi o‘yinda qiyinchiliklarga duch kelishmoqda. «Qizil iblislar» chempionlik poygasidan uzoqlashib ketishiga ham aynan «Manchester Siti», «Lester», «Arsenal», «Tottnxem», «Liverpul» va «Everton» kabi jamoalarga qarshi o‘yinlarda ochko yo‘qotishgan. Bu holat esa, albatta chempionlikni maqsad qilgan jamoa uchun yaxshi ko‘rsatkich emas. Ammo, jamoa «Chelsi»ga qarshi ajoyib natija qayd etishgan. Sulsher shogirdlari «Stemford Brij»da kechgan oxirgi 3 uchrashuvdan beri g‘alaba qozonib kelishmoqda.
Biz allaqachon «Manchester Yunayted» nomi bilan birgalikda, Bruno Fernadesh ismini ham qo‘shib aytishga odatlanib qoldik, chunki portugaliyalik futbolchi Manchester jamoasining haqiqiy yetakchisiga aylanib oldi. Ammo, bu futbolchining ham yuqorida sanab o‘tgan 6ta jamoaga qarshi statistikasi yaxshi emas. Portugaliyalik Angliyaning Top-6 klublari bilan kechgan uchrashuvlarda ikkita gol urishga erishgan. Ulardan bittasi esa penaltidan darvozaga kiritilganini, aytib o‘tish zarur.
Ole-Gunnar Sulsher va Tomas Tuxel qarama-qarshiligiga oldin ham guvoh bo‘lganimizni ko‘pchilik muxlislar eslashsa kerak. Ikki yil oldin Chempionlar Ligasida bo‘lib o‘tgan ushbu duelda norvegiyalik mutaxasisning qo‘li baland kelgan («PSJ» - «Manchester Yunayted» 1:3). Demak, bugungi uchrashuv orqali nemis mutaxasisi raqibidan qasos olish imkoniyati ham bor.
Bugungi uchrashuv oldidan, «mankunianlar» tarkibida bir nechta jiddiy yo‘qotishlar mavjud. Fil Jones, Xuan Mata, Pol Pogba kabi o‘yinchilar «Sterford Brij»da kechadigan uchrashuvni o‘tkazib yuborishadi. Qolaversa, Maktominey, Kavani, Daniyel Jeyms va Donni Van de Beklar bugungi uchrashuvda maydonga tushushi so‘roq ostida bo‘lib turibdi. Agar, «qizil iblislar» bugun mazkur futbolchilarsiz maydonga tushadigan bo‘lsa, jamoa juda qiyin ahvolga tushib qolishi mumkin.

Ehtimoliy tarkiblar


«Chelsi» (3-4-2-1): Mendi, Ryudiger, Kristensen, Aspilikueta, Alonso, Kovachich, Jorjinyo, Xadson-odoi, Verner, Maunt, Jiru.


«Manchester Yunayted» (3-4-1-2): De Xea, Maguayr, Lindelyof, Bayi, Shou, Fred, Matich, Van-Bissaka, Fernandesh, Reshford, Marsyal.

Xulosa o‘rnida shuni aytishimiz mumkinki, Tomas Tuxel jamoa boshqaruviga kelganiga uncha ko‘p bo‘lmadi, ammo oz vaqt ichida londonliklarni optimal shaklga keltira oldi. Demak, nemis murabbiyini yana bir sinov kutib turibdi.
Sulsher shogirdlari ham ikkinchi o‘ringa mustahkam joylashib olishi uchun bugungi uchrashuvda g‘alaba qozonishga haraka qilishadi. Shu sababli, bugungi uchrashuv qiymati baland. Mazkur uchrashuv Toshkent vaqti bilan 21:30da boshlanadi.

 

Jamshidjon Mahmudov tayyorladi

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 19:46, 28.02.2021. O'qildi: 3338 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Krishtianu Ronaldu 15 yoshida yuragidagi muammolar sabab og'ir operasiyani boshidan kechirgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 12
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Атлетико Aleksandr Serlot 9
10 Вильярреал Alberto Moleyro 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.