Chempionlar Ligasi 1/8 final bosqichi o‘z yakuniga yetdi. So‘nggi bellashuvda mezbon "Bavariya" mehmon "Lasio" bilan ro‘baru keldi. "Alyans-Arena" kechgan bahs, myuxenliklarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan nihoyalandi.
Dastavval, Levandovski golsiz sukunatni buzgan holda penaltidan hisobni ochdi. Ikkinchi taym o‘rtalarida esa, Shupo-Moting uni yana bittaga oshirib quydi. Rimliklar safidan Parolo kiritgan gol esa hatto durang uchun ham yetarli bo‘lmadi.
Shu tariqa, "Bavariya" ham boshqa raqobatchilari singari 1/4 finalga yo‘l oldi.
"Bavariya" Germaniya – "Lasio" Italiya 2:1 (1:0, 1:1)
18 marta, 01.00, «Alyans-Arena»
Gollar: 1:0 – 33, penalti Levandovski, 2:0 – 73 Shupo-Moting, 2:1 – 82 Parolo.
"Bavariya" – Nyubel, Pavar, Boateng (Zyule, 46), Lyuka Ernandes, Alaba, Gnabri, Kimmix (Xavi Martines, 77), Sane, Goretska (Devis, 64), Myuller (Musiala, 71), Levandovski (Shupo-Moting, 71).
"Lasio" – Reyna, Lassari (Parolo, 57), Radu, Acherbi, Marushich, Luis Alberto (Kataldi, 75), Eskalante (Akpa-Akpro, 84), Milinkovich-Savich, Fares (Lulich, 46), Korrea, Muriki (Pereyra, 56).
Ogohlantirishlar:
Radu (26), Acherbi (31), Milinkovich-Savich (39), Goretska (48), Korrea (70).