Bugun 11 iyun, 2026 yil, payshanba.

  • JAHON CHEMPIONATI
      • 11.06.2026 23:59
      • Meksika
      • -:-
      • JAR
      • 12.06.2026 07:00
      • Janubiy Koreya
      • -:-
      • Chexiya
      • 12.06.2026 23:59
      • Kanada
      • -:-
      • Bosniya-Gertsegovina
«
»

Turnir jadvali

A - Guruhi

Jamoa O' O
1 Chexiya 0 0
2 Janubiy Koreya 0 0
3 JAR 0 0
4 Meksika 0 0

B - Guruhi

Jamoa O' O
1 Bosniya-Gertsegovina 0 0
2 Kanada 0 0
3 Qatar 0 0
4 Shveysariya 0 0

C - Guruhi

Jamoa O' O
1 Braziliya 0 0
2 Gaiti 0 0
3 Marokash 0 0
4 Shotlandiya 0 0

D - Guruhi

Jamoa O' O
1 AQSh 0 0
2 Avstraliya 0 0
3 Paragvay 0 0
4 Turkiya 0 0

E - Guruhi

Jamoa O' O
1 Ekvador 0 0
2 Germaniya 0 0
3 Kot-d'Ivuar 0 0
4 Kyurasao 0 0

F - Guruhi

Jamoa O' O
1 Niderlandiya 0 0
2 Shvesiya 0 0
3 Tunis 0 0
4 Yaponiya 0 0

G - Guruhi

Jamoa O' O
1 Belgiya 0 0
2 Eron 0 0
3 Misr 0 0
4 Yangi Zelandiya 0 0

H - Guruhi

Jamoa O' O
1 Ispaniya 0 0
2 Kabo-Verde 0 0
3 Saudiya Arabistoni 0 0
4 Urugvay 0 0

I - Guruhi

Jamoa O' O
1 Fransiya 0 0
2 Iroq 0 0
3 Norvegiya 0 0
4 Senegal 0 0

J - Guruhi

Jamoa O' O
1 Argentina 0 0
2 Avstriya 0 0
3 Iordaniya 0 0
4 Jazoir 0 0

K - Guruhi

Jamoa O' O
1 Kolumbiya 0 0
2 Kongo DR 0 0
3 O‘zbekiston 0 0
4 Portugaliya 0 0

L - Guruhi

Jamoa O' O
1 Angliya 0 0
2 Gana 0 0
3 Panama 0 0
4 Xorvatiya 0 0

Navbatdagi o'yinlar.

11/06/26 Meksika - JAR
12/06/26 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06/26 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06/26 AQSh - Paragvay
13/06/26 Qatar - Shveysariya
14/06/26 Braziliya - Marokash
14/06/26 Gaiti - Shotlandiya
14/06/26 Avstraliya - Turkiya
14/06/26 Germaniya - Kyurasao
15/06/26 Niderlandiya - Yaponiya
15/06/26 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06/26 Shvesiya - Tunis
15/06/26 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06/26 Belgiya - Misr
16/06/26 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06/26 Eron - Yangi Zelandiya
16/06/26 Fransiya - Senegal
17/06/26 Iroq - Norvegiya
17/06/26 Argentina - Jazoir
17/06/26 Avstriya - Iordaniya
17/06/26 Portugaliya - Kongo DR
18/06/26 Angliya - Xorvatiya
18/06/26 Gana - Panama
18/06/26 O‘zbekiston - Kolumbiya

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

AFSUNGAR

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Bugun 21 mart. Yurtimiz daholaridan biri Abdulla Oripov tavallud topgan kun. Buyuk shoir. Futbol maydonining ham bir shoiri borki, u bugun qirq birga to‘ladi.
Ronaldinyo.

Men bu yigitni haqiqiy braziliyalik, rosmana braziliyalik yulduz deya olaman. Braziliya futboli deganda ko‘proq mana shu yigitni tushunishimiz shart. Chunki Rivaldoning o‘yin uslubi qaysidir mamlakatda ulg‘aygan yigitda shakllanishi mumkindir, Ronaldoning goleadorligi ham tom ma’noda braziliyaliklarning o‘zlariga xos jihat emas, Roberto Karlosning zarbalari siri ham Kopakabana plyajlarining qumliklariga yashirinmagan - boshqa joyda ham topilib qolishi mumkin yodgorlik... Ammo Ronaldinyoning maydondagi o‘yini, xatti-harakati, gol urishi, fintlari va hattoki to‘psiz turishlari ham Braziliya futbolining milliy ifodasidir. Bu fe’lni, bu fitratni faqat o‘sha diyor yetishtirib chiqaradi. Boshqa mamlakatda bu kabi elastik harakatlar muallifi bo‘lib ulg‘ayish imkonsiz.

Ronaldinyo yuqori formada nari borsa besh yil o‘ynadi. Biroq, ana shu besh yil ichida u yashil maydonda raqsga tushdi. Haligacha Muhammad Alining 10-raundda, raqibi butunlay holdan toygan paytda raqsga tushib yurganiga hayron qolishadi. Ronaldinyo ham shunday o‘yinchi edi. U futbolchi emas, o‘yinchi edi.

Haligacha yechilmagan bir muammo saqlanib qolgan: Ronaldinyo dunyoning eng yaxshi futbolchisi bo‘lib turgan paytlari “Barselona”ni tark etdi va Messi atalmish dahoga o‘z taxtini bo‘shatib ketdi. Leo va uning mitti jamoasi Ronaldinyodek dahoning ketganiga qaramay, katta natijalar qayd etib, kataloniyaliklar braziliyalik yulduzni ketkazib to‘g‘ri qilishganini isbotlashdi go‘yo. Ammo Barsa shu qarori bilan baribir boshqa bir narsani yo‘qotgandi o‘sha kuni. Jamoaga natijalar keltirgan va dunyoga tiki-taka atalmish mashhur uslubni taqdim etgan jamoa bir o‘yinchi ijrosidagi estetik zavqdan ayrilib qolgandi.

Messi va uning do‘stlari jamoaviy o‘yin bilan raqiblarini yer bilan bir qilib tashlayotgan paytlari eski kataloniyalik ishqibozlar maydonda bir kemtik o‘rinni ilg‘ab qolaverishdi. Bu kemtik o‘rin Ronaldinyo o‘zidan keyin tashlab ketgan zargarona harakatlar edi.

Yillar o‘tib Ronaldinyoga o‘xshashga intilganlar keldi. Ular ham braziliyalik, ularda ham Ronaldinyoning ba’zi harakatlariga intilishlar kuzatiladi. Biroq, Roni bu uslubning original egasi bo‘lgani uchun ulardagi sun’iylik sezilib qolaverdi. Qahramonimiz shu uslub bilan tug‘ilgan edi, u bu uslubga intilmasdi, balki shu uslub bilan yashab kelayotgan edi.

“Milan”dagi Ronaldinyoni afsusu nadomatlar bilan eslashadi. Lekin bilasizmi, inson baribir o‘zligini hech qayerda yo‘qotmaydi. Hozirda youtube tarmog‘ida braziliyalik afsungar ijrosidagi chiroyli fintlarni izlasangiz, uning bu harakatlari barcha o‘ynagan jamoalari libosida chiqib kelaveradi. Ya’ni, o‘sha oqsoqlanib qolganida ham, qay bir kuni o‘zining Ronaldinyo darajasida o‘ynab bergan bo‘ladi u. O‘sha uslub uning qoniga singib ketganidan dalolat bu.

Yillar o‘tadi, yaqin o‘tmish va hozirgi avlod futbolchilari kelajak tomonidan tahlil qilinganida, aniqki, Ronaldinyoning harakatlariga kelganida, insofli muxlis to‘xtaydi. Bu qanaqasi, deydi. Bu nimalar qilyapti, deydi. Bu qadar go‘zallikni odam o‘zida qanday jamlashi mumkin, deydi. Shu bois, hozirda yetti-sakkiz yoshga kirgan bolangizga yaqin o‘tmishda o‘ynagan futbol yulduzlarining roliklarini qo‘yib berayotganingizda, Ronaldinyonikini qo‘ymay turinglar, aks holda, uning harakatlari ko‘zni qamashtirib, Oltin to‘pni ko‘proq olgan va natijalari kattaroq yulduzlarni ko‘rmay qolishi mumkin bolangiz.

Manba: https://t.me/xayrulla_hamidov
Kiritildi: 15:19, 21.03.2021. O'qildi: 4109 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик