Bugun 19 iyun, 2025 yil, payshanba.

  • Klublar o‘rtasida JCh
      • 18.06.2025 04:00
      • Ulsan Xyonde
      • 0:1
      • Mamelodi Sandauns
      • 18.06.2025 06:00
      • Monterrey
      • 1:1
      • Inter
      • 18.06.2025 21:00
      • Manchester Siti
      • 2:0
      • Vidad
      • 18.06.2025 23:59
      • Real Madrid
      • -:-
      • Al-Hilol
      • 19.06.2025 03:00
      • Pachuka
      • -:-
      • Zalsburg
      • 19.06.2025 06:00
      • Al-Ayn
      • -:-
      • Yuventus
  • O‘zbekiston kubogi
      • 18.06.2025 19:30
      • Qo‘qon-1912
      • 1:1
      • Bunyodkor
      • 18.06.2025 19:30
      • Sho‘rtan
      • 4:1
      • Aral
  • Superliga
      • 19.06.2025 20:00
      • So‘g‘diyona
      • -:-
      • Xorazm
      • 19.06.2025 20:00
      • Andijon
      • -:-
      • Qizilqum
      • 20.06.2025 20:00
      • Neftchi
      • -:-
      • Buxoro
      • 20.06.2025 20:00
      • Mash’al
      • -:-
      • Nasaf
«
»

Turnir jadvali

A - Guruhi

Jamoa O' O
1 Al-Ahli (Misr) 1 1
2 Inter Mayami 1 1
3 Palmeyras 0 0
4 Portu 0 0

B - Guruhi

Jamoa O' O
1 PSJ 1 3
2 Botafago 1 3
3 Sietl Saunders 1 0
4 Atletiko 1 0

C - Guruhi

Jamoa O' O
1 Bavariya 1 3
2 Benfika 1 1
3 Boka Xuniors 1 1
4 Oklend Siti 1 0

D - Guruhi

Jamoa O' O
1 Chelsi 1 3
2 Flamengo 1 3
3 Esperans 1 0
4 Los-Anjeles 1 0

E - Guruhi

Jamoa O' O
1 River Pleyt 1 3
2 Inter 1 1
3 Monterrey 1 1
4 Urava Reds 1 0

F - Guruhi

Jamoa O' O
1 Mamelodi Sandauns 1 3
2 Borussiya D 1 1
3 Fluminense 1 1
4 Ulsan Xyonde 1 0

G - Guruhi

Jamoa O' O
1 Manchester Siti 1 3
2 Al-Ayn 0 0
3 Yuventus 0 0
4 Vidad 1 0

H - Guruhi

Jamoa O' O
1 Al-Hilol 0 0
2 Pachuka 0 0
3 Real Madrid 0 0
4 Zalsburg 0 0

O'tgan o'yinlar.

1-тур Inter Mayami 0-0 Al-Ahli (Misr)
1-тур Bavariya 10-0 Oklend Siti
1-тур PSJ 4-0 Atletiko
1-тур Sietl Saunders 1-2 Botafago
1-тур Chelsi 2-0 Los-Anjeles
1-тур Boka Xuniors 2-2 Benfika
1-тур Flamengo 2-0 Esperans
1-тур Fluminense 0-0 Borussiya D
1-тур River Pleyt 3-1 Urava Reds
1-тур Ulsan Xyonde 0-1 Mamelodi Sandauns
1-тур Monterrey 1-1 Inter
1-тур Manchester Siti 2-0 Vidad

Navbatdagi o'yinlar.

16/06/25 Palmeyras - Portu
18/06/25 Real Madrid - Al-Hilol
19/06/25 Pachuka - Zalsburg
19/06/25 Al-Ayn - Yuventus

So'rovnoma

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 19.06.2025

      05:55 Новости футбола.
      06:00 Чемпионат Германии. "Айнтрахт Франкфурт" - "Хольштайн Киль".
      08:00 Новости футбола.
      08:05 Чемпионат Германии. "Фрайбург" - "Вердер Бремен".
      10:00 Новости футбола.
      10:05 Чемпионат Германии. Итоги сезона.
      11:35 Новости футбола.
      11:40 Чемпионат Германии. "Хольштайн Киль" - "Байер 04 Леверкузен".
      13:35 Новости футбола.
      13:40 Чемпионат Германии. "Боруссия Дортмунд" - "Унион Берлин".
      15:35 Новости футбола.
      15:40 Чемпионат Германии. "РБ Лейпциг" - "Хайденхайм 1846".
      17:40 Новости футбола.
      17:45 Чемпионат Германии. "Бавария Мюнхен" - "Айнтрахт Франкфурт".
      19:45 Новости футбола.
      19:50 Чемпионат Германии. "Хоффенхайм" - "Штутгарт".
      21:50 Новости футбола.
      21:55 Чемпионат Германии. "Фрайбург" - "Вердер Бремен".
      23:55 Новости футбола.
      00:00 Чемпионат Германии. "Хольштайн Киль" - "Байер 04 Леверкузен".
      02:00 Новости футбола.
      02:05 Чемпионат Германии. "Боруссия Дортмунд" - "Унион Берлин".
      04:00 Новости футбола.
      04:05 Чемпионат Германии. "РБ Лейпциг" - "Хайденхайм 1846".
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 19.06.2025

      05:20 Лёгкая атлетика. "Бриллиантовая лига". Этап 6 в Осло, Норвегия.
      07:30 "Лучшие из лучших".
      08:00 Боулинг. BetBoom Кубок КЛБ. Про-тур 3 в Сургуте, Россия.
      09:50 Д/ф "Дэвид Бекхэм. Одиозный".
      11:05 Бильярд. BetBoom Пул чемпионов в Москве. 1/2 финала.
      13:15 Лёгкая атлетика. "Бриллиантовая лига". Этап 6 в Осло, Норвегия.
      15:30 "Непридуманные истории". Волгоградская область.
      15:55 LIVE Прыжки в воду. Чемпионат России в Екатеринбурге. Синхронные прыжки. Женщины. Вышка. Прямая трансляция.
      16:45 "Страна спортивная".
      17:00 LIVE Прыжки в воду. Чемпионат России в Екатеринбурге. Синхронные прыжки. Мужчины. Трамплин 3 м. Прямая трансляция.
      18:25 "Формула-1. Гаснут огни".
      18:55 LIVE Прыжки в воду. Чемпионат России в Екатеринбурге. Синхронные прыжки. Смешанные пары. Вышка. Прямая трансляция.
      20:05 "Лучшие из лучших".
      20:30 "Что за спорт?". "Экстрим".
      20:55 LIVE Дзюдо. Чемпионат мира в Венгрии. День 7. Прямая трансляция.
      22:30 "Непридуманные истории". Волгоградская область.
      23:00 Боулинг. BetBoom Кубок КЛБ. Про-тур 4 в Тюмени, Россия.
      01:00 Бильярд. BetBoom Пул чемпионов в Москве. 1/2 финала.
      03:05 "Страна спортивная".
      03:20 Прыжки в воду. Чемпионат России в Екатеринбурге. Синхронные прыжки. Женщины. Вышка.
      04:15 Прыжки в воду. Чемпионат России в Екатеринбурге. Синхронные прыжки. Мужчины. Трамплин 3 м.
  • MATCH-TV
    • Sana: 19.06.2025

      05:55 Новости.
      06:00 Бокс. Кубок Победы. Этап 2 в Саранске, Россия. 1/2 финала.
      08:00 "Футбол на все времена".
      08:30 "Вид сверху".
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      11:00 Новости.
      11:05 Специальный репортаж.
      11:25 "Вопреки всему".
      12:30 Смешанные единоборства. UFC 283 в Рио-де-Жанейро, Бразилия. Гловер Тейшейра против Джамала Хилла.
      13:35 Все на Матч! Прямой эфир.
      14:35 Специальный репортаж.
      14:55 Новости.
      15:00 Есть тема! Прямой эфир.
      16:25 Автоспорт. G-Drive Российская серия кольцевых гонок. Этап 2 на автодроме "Игора Драйв".
      16:55 "Футбол на все времена".
      17:25 LIVE Прыжки в воду. Чемпионат России в Екатеринбурге. Синхронные прыжки. Мужчины. Трамплин 3 м. Прямая трансляция.
      18:25 LIVE Боулинг. BetBoom Кубок КЛБ. Про-тур 4 в Тюмени, Россия. Прямая трансляция.
      20:25 Все на Матч! Прямой эфир.
      20:55 LIVE Дзюдо. Чемпионат мира в Венгрии. День 7. Прямая трансляция.
      22:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      23:20 Наши в UFC.
      01:35 Все на Матч! Прямой эфир.
      02:30 Д/ф "Эпоха Романцева".
      03:35 "Что по спорту?". Чебоксары.
      04:05 Д/ф "Борис Беккер. Игрок с большой буквы".
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 19.06.2025

      05:00 Велоспорт. Тур Швейцарии. Этап 4.
      07:00 Автоспорт. Формула E. Этап 3 на трассе Джидда Корниш, Саудовская Аравия. Обзор.
      08:00 Автоспорт. Формула E. Этап 4 в Майами, США. Обзор.
      09:00 Велоспорт. Тур Швейцарии. Этап 4.
      10:30 Велоспорт. "Критериум Дофине" во Франции. Этап 8.
      11:30 Триатлон. T100 Triathlon World Tour. Этап 3 в Ванкувере, Канада. Обзор.
      12:30 Гольф. Тележурнал "Discovery Golf".
      13:00 Велоспорт. Тур Швейцарии. Этап 4.
      14:00 Автоспорт. Формула E. Этап 5 на трассе Монако, Монако. Обзор.
      15:00 Автоспорт. Формула E. Этап 6 в Токио, Япония. Обзор.
      16:00 Велоспорт. Тур Швейцарии. Этап 4.
      17:50 LIVE Велоспорт. Тур Швейцарии. Этап 5. Прямая трансляция.
      20:15 Маунтинбайк. Кубок мира. Этап в Леоганге, Австрия. Мужчины. Олимпийский кросс-кантри.
      21:30 Скалолазание. Кубок мира. Этап 8 в Берне, Швейцария. Мужчины. Болдеринг. Финал.
      23:00 Велоспорт. Тур Швейцарии. Этап 5.
      00:00 Автоспорт. WEC. Этап 4. "24 часа Ле-Мана" во Франции. Лучшие моменты.
      01:30 Велоспорт. Тур Швейцарии. Этап 5.
      03:00 Скалолазание. Кубок мира. Этап 8 в Берне, Швейцария. Женщины. Болдеринг. Финал.
      04:30 Олимпийский канал. "Сила Олимпиады".

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Dukichning dalilsiz diydiyosi yoxud serbiyalik murabbiyning intervyusiga «Navbahor»dan raddiya

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / PFL klublari / Navbahor
Rukn: Yangiliklar
A A A

20 mart kuni sports.uz saytida “Dukich Ro‘ziyevga javob qaytardi yoxud “Navbahor”dagi iste’fosini qanday qabul qildi?” sarlavhasi ostida intervyu chop etilgandi. Saytda yozilishicha, serbiyalik murabbiy Drajen Dukich “Navbahor” klubidan iste’foga chiqqani, “Navbahor” futbolchilaridan biri Quvondiq Ro‘ziyevning u haqida aytganlariga sports.uz orqali munosabat bildirishni xohlagan. Ammo mazkur intervyu bilan tanishish asnosida shu ma’lum bo‘lyaptiki, Dukich professionallikka zid ravishda, “Navbahor” professional futbol klubi faoliyati, uning rahbariyati, futbolchilari haqida haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan, dalilsiz ma’lumotlarni gapirib, bu bilan “Navbahor” PFK obro‘siga putur yetkazishga uringan.

Siz nimaga erishdingiz, janob Dukich?

Dukich gapining avvalida iste’fo murabbiylikning ajralmas qismi ekanligi va u kutilmagan vaziyatga doim tayyor turmog‘i kerakligini ta’kidlagan bo‘lsada, ilk turdan keyin iste’foga chiqishi yoqimsiz syurpriz bo‘lganini aytib, o‘zining gapiga qarshi chiqqan. Demak, u iste’foga tayyor turmagan, bu esa uning haqiqiy MURABBIY ekanligini shubha ostiga qo‘ymayaptimi?

Sayt muxbirining keyingi savoli “Navbahor”ning ilk turdagi mag‘lubiyati (“So‘g‘diyona” bilan, 0:1) va keyingi o‘yindagi g‘alabasi (Toshkentda “Lokomotiv” bilan, 2:1) sabablari haqida bo‘ldi. Dukichning bu savolga bergan javoblari ham uning haqiqiy MUTAXASSIS ekanligi borasida yana shubha uyg‘otdi. Xususan, “So‘g‘diyona” bilan o‘yin haqida gapirayotganda “ikki bor “So‘g‘diyona” darvozasi tomon penalti belgilanishi kerak edi”, deb bu borada hakamning qarorlariga e’tirozi borligini bildirgan. Vaholanki, buni “So‘g‘diyona” bilan o‘yindan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumani arafasida bosh murabbiy orqali jurnalistlarga yetkazganida, maqsadga muvofiq bo‘lardi.  

Qolaversa, “Navbahor”ning “Lokomotiv” ustidan erishgan g‘alabasi faqat o‘zi va No‘’mon Hasanovning ishlari samarasi ekanligi, bu yutuqqa yangi bosh murabbiyning aloqasi yo‘qligi, uning “bir kun ichida jamoani yaxshi tayyorlay olishi mantiqqa ham to‘g‘ri kelmasligi” haqida gapirib, bu bilan “Navbahor”ning hozirgi bosh murabbiyi Viktor Jalilovning mahoratiga shubha bilan qaragan. Sir emaski, Viktor Romanovich O‘zbekistonning tajribali, mahoratli, eng sovrindor murabbiylaridan biri hisoblanadi. U mamlakatimizning ko‘plab klublarida samarali faoliyat yuritib, ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritgan. “Navbahor” ham 1996 yilgi mavsumda aynan shu mutaxassis qo‘l ostida chempionlik unvoniga erishgani barchaga ma’lum. Shu o‘rinda haqli savol tug‘iladi: siz-chi, siz O‘zbekistondagi faoliyatingiz davomida nimaga erishdingiz, janob Dukich?

Boshqa tomondan, Viktor Jalilov bir kunda o‘zgartirish kirita olmadi, deyish ham noto‘g‘ri. “Lokomotiv”ga qarshi bahsda “Navbahor” futbolchilari ko‘zida “So‘g‘diyona” bilan o‘yinda yetishmagan narsa – olov ko‘rindi, qolaversa, yigitlarning kayfiyati ham ancha ko‘tarilgani, maydonda o‘zgacha shasht bilan to‘p tepishganini, futbolchilar bahsning boshidan oxirigicha bir xil tempni saqlab turishganini ko‘rdik. “Lokomotiv” bilan o‘yin payti o‘z vaqtida futbolchi almashtirilgani, aynan zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Slavisha Stoyanovich hamda Ehsoni Panshanbe birgalikda hujumni gol bilan yakunlab, uchrashuvdagi g‘alabaga katta hissa qo‘shishganini ham hamma ko‘rdi. Bularning bari bir kunlik mehnatlar samarasi emasmi? “Lokomotiv” bilan o‘yindan keyingi matbuot anjumanida Viktor Romanovich yuqoridagi gaplarni aytib maqtanishi mumkin edi, ammo buni o‘ziga ep ko‘rmadi, haqiqiy professionallarga xos tarzda ish ko‘rdi – No‘’mon Hasanov sha’niga iliq fikrlar bildirdi. Bu esa Viktor Jalilovning hamkasblarini hurmat qilishi, takabburlikdan yiroqligi va shu kabi boshqa ijobiy xislatlarga ega ekanligidan dalolatdir. Ammo Dukich kabi fikrlaydigan murabbiy buni tushuna olarmikan?

Klub rahbariyati bir kishidan iborat emas

Dukichning keyingi savolga bergan javobidan iqtibos keltiramiz: “Ular (“Navbahor” rahbariyati nazarda tutilmoqda, – “Navbahor”matbuot xizmati ) bosh murabbiy No‘’mon Hasanovning ishidan qoniqish hosil qilmayotgandilar. Keyin esa men birinchi yordamchi sifatida ishga keldim. Ular iste’foga chiqarish uchun qulay fursat yuzaga kelishini kutgandilar. Yana shuni aytishim kerakki, jamoada bosh murabbiy vazifasiga yana kimlarni olib kelish yuzasidan turli variantlar yo‘q emasdi. Ular bu xususida gapirardilar. Ammo muxlislar jamoa bosh murabbiyi rolida No‘’mon Hasanov qolishini istayotgandilar. Jumladan, Samvel Babayan o‘z yordamchilari bilan klubda ishlash uchun fursat tug‘ilishini kutayotgandi”.  E’tibor bersangiz, Dukichning yuqorida aytgan hech bir so‘zi aniq dalillarga ega emas, balki futbol olamida uchraydigan odatiy mish-mishlardan kelib chiqib bildirilgan fikrlardir. Agar klub No‘’mon Hasanovning ishidan qoniqmagan bo‘lsa, yordamchi murabbiylikka avvallari ham Hasanov bilan birga ishlagan Dukich tayinlanarmidi? Axir, bu mantiqqa zid emasmi? Agar Dukich haqiqiy professional bo‘lganida, OAV orqali munosabat bildirayotganda, muayyan shaxslar manziliga e’tiroz bildirganda, aniq dalil-isbotlarga tayangan holda ish ko‘rardi. Ammo ko‘rinib turibdiki, u bunday xususiyatga ega emas.

Dukichning keyingi so‘zlariga e’tibor bering: “Nima bo‘lgan taqdirda ham shuni aytishim kerakki, ancha tajribali mutaxassis sifatida chempionatning ilk turidan keyin bosh murabbiy iste’foga chiqarish mumkinligiga sira guvoh bo‘lmagandim. Yangi klub prezidenti (Otabek Samatov nazarda tutilmoqda, – “Navbahor” MX ) qo‘yilgan vazifani bajarish uchun tashkiliy ishlar yetarli darajada amalga oshmaganidan ko‘ngli to‘lmaganligini shu tarzda ifoda qilgan ko‘rinadi. Vaholanki, jamoa mavsumga yomon hozirlik ko‘rmagandi. Bu klubdagi odamlarning futbolni yaxshi tushunmasliklaridan dalolat beradi. Klub oldiga vazifa qo‘yishdan oldin shunga mos ravishda infratuzilmani ham shakllantirish kerak bo‘ladi. Klub prezidenti No‘’mon Hasanovning o‘yin borasidagi qarashlarini tushunmadi. Bir so‘z bilan aytganda, rahbariyat bizning jamoada ishlashimizni istamadi. Shu bois o‘zimiz ham iste’fo yuz berishi mumkinligini kuta boshlagandik. Ammo mavsum startidan keyinoq shu voqeaning sodir bo‘lishi...”

Drajen Dukichning ushbu gaplari bilan faqat bir kishi – ya’ni, klub prezidenti Otabek Samatovga ishora qilayotganidan kelib chiqsak, go‘yo bu shaxsga nisbatan shaxsiy adovati bordek tasavvur uyg‘onadi. Vaholanki, “Navbahor” professional futbol klubi yirik, nufuzli tashkilot hisoblanib, uning rahbariyati deganda faqat Otabek Arifovich tushunilishi (har holda, Dukichning tushunchasi shunday bo‘lib chiqmoqda) noto‘g‘ri, albatta. Zero, klub muayyan shaxsning xususiy mulki hisoblanmaydi va tabiiyki, seleksiya ishlari, murabbiylar tayinlovi va shu kabi boshqa masalalar mutasaddilar tomonidan atroflicha ko‘rib chiqilganidan keyingina amalga oshiriladi. Shunday ekan, Hasanov va Dukichning iste’fosi birgina klub prezidentining xohishiga ko‘ra sodir bo‘lgan, deb hisoblashning o‘zi noto‘g‘ri. 

Dukich “Navbahor” klubida ishlayotganlar (yana rahbariyatga ishora qilmoqda) futbolni tushunmasliklarini iddao qilgan. Ma’lumot o‘rnida keltirish joizki, Otabek Samatov Namangandagi futbol maktab-internatini tamomlagan, o‘z vaqtida professional darajada to‘p tepgan. U “Navbahor” PFK vise-prezidenti etib tayinlanganidan keyin klubda juda ko‘p ijobiy o‘zgarishlar kuzatildi. Birinchi navbatda, uning namanganlik iqtidorli yoshlarni tarbiyalab, ularni kashf etish maqsadida amalga oshirgan ishlarini e’tirof etish o‘rinli.

Xabaringiz bor, Namangan viloyati hokimi, viloyat futbol assosiasiyasi prezidenti Shavkat Shokirjanovich Abdurazzaqov tashabbusi bilan “Navbahor” klubi yangi strategiya asosida ish boshladi. Yosh futbolchilarga jiddiy e’tibor qaratish, ularni tarbiyalab, “Navbahor”ning asosiy jamoasi tarkibiga jalb etish maqsadida zarur choralar ko‘rilishi bosh maqsad sifatida belgilandi.

Otabek Samatov “Navbahor” rahbariyatida ish boshlaganidan buyon uning tashabbusi bilan:

- yoshlarni tarbiyalab, ularning kattalar futbolida o‘z o‘rinlarini topishda ko‘maklashish bo‘yicha katta tajribaga ega mutaxassislar – Viktor Jalilov, Usmonjon Asqaraliyev, Rashidjon G‘ofurov singari murabbiylar “Navbahor”ga taklif etildi;

- klub qoshida “Navbahor-farm” jamoasi tashkil etilib, uning O‘zbekiston chempionati Birinchi ligasidagi ishtiroki ta’minlandi. Bugungi kunda “Navbahor-farm”, “Navbahor-U-21”, “Navbahor-U-18” jamoalari tarkibida juda ko‘plab iqtidorlar to‘p tepishmoqda;

- ularning bosqichma-bosqich “Navbahor”ning asosiy jamoasi tarkibiga qo‘shilishlarini ta’minlash maqsadida maxsus tizim yo‘lga qo‘yildi, u hozir faol ishlamoqda;

- halollik asosida ish yuritish eng ustuvor maqsadga aylandi, tanish-bilishchilik va noqonuniy tarzda pul undirish asosida futbolchilarning jamoaga qabul qilinishiga qarshi kurashish ta’minlandi, ushbu masala qat’iy nazorat ostiga olindi;

- mahalliy iqtidorli bolalarning boshqa viloyatlarda emas, aynan Namanganda kamol topishlarini ta’minlash uchun zarur chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Endi o‘zingiz o‘ylab ko‘ring, Namangan futboli rivojini o‘ylab, shuncha ishlarni amalga oshirgan insonni futbolni tushunmaslikda ayblash mumkinmi? Otabek Arifovich vise-prezidentligi davrida amalga oshirilgan ijobiy o‘zgarishlar viloyat hokimining alohida e’tirofiga sazovor bo‘ldi, qolaversa, uning futbolni yaxshi tushunishi inobatga olingan holda, Otabek Samatov klub prezidenti etib tayinlandi.

Yuqoridagi ma’lumotlar ham ko‘rsatib turibdiki, ayni payt “Navbahor” PFKda futbol sohasida yetarlicha tajribaga ega bo‘lganlar, futbolni yaxshi tushunadigan mutaxassislar ishlashmoqda. Dukich singari mutaxassisligi shubha ostida bo‘lganlarga esa, tabiiyki, klubda joy yo‘q.

Bu - tuzliqqa tupurish

Dukich intervyu davomida bugungi rahbariyat kutilgan darajada ish olib bormayotganidan noligan. Sir emaski, butun dunyo futboli pandemiyadan aziyat chekmoqda, moliyaviy muammolar, hattoki, jahonning qudratli jamoalariga ham ta’sir o‘tkazmay qolmadi. Hamon davom etayotgan mazkur jarayon mamlakatimiz uchun ham mustasno bo‘lmadi, albatta. Shunga qaramay, “Navbahor” PFK 2021 yilgi mavsumga tayyorgarlikni yuqori saviyada tashkil etish uchun zarur barcha shart-sharoitlarni yaratib berdi, dastlab Namangan va Toshkentda, keyin esa Turkiyada o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari o‘tkazildi. Shuningdek, mavsumoldi taqdimot marosimi ham ko‘tarinki ruhda tashkil etildi. Lekin janob Dukich, agar o‘z ishining ustasi bo‘lganida, klub infratuzilmasini tanqid qilish chog‘ida “Navbahor” PFK rahbariyati tomonidan qilingan ezgu ishlarni ham e’tirof etardi. Biroq uning miyasiga faqat negativ fikrlar o‘rnashib qolgan chog‘i, klub haqida faqat salbiy munosabat bildirishga jazm etgan ko‘rinadi. Buni xalq tili bilan aytganda, “Tuzliqqa tupurish” deyiladi.

Quvondiq to‘g‘risini aytibdi-ku...

Dukichning navbatdagi javobi “Navbahor”dagi muhit va futbolchilar xususida bo‘ldi. Serbiyalik murabbiy klub tomonidan berilgan va’dalar bajarilmagani haqida gapirgan. Gap aynan qaysi va’dalar haqida borayotgani oshkor etilmagani esa, bu ayblovlar ham muayyan dalilga ega emasligidan dalolat bermoqda.

Dukichning aytishicha, klubdagilar serbiyalik legionerlardan norozi ekan. Jamoada Viktor Jalilov bosh murabbiy bo‘lganidan keyin “Navbahor” ikkita o‘yin o‘tkazdi va unda serbiyalik futbolchilar – Marko Putinchanin, Slavisha Stoyanovich hamda Nikola Tasich maydonga tushishdi. Umuman, mag‘lubiyatli o‘yindan keyin nafaqat legionerlar, balki mahalliy futbolchilardan ham ko‘pchilikning ko‘ngli to‘lmaydi. Bu – futbolda odatiy hol. “Lokomotiv” va “Nasaf”ga qarshi kechgan bahslarda murabbiylar shtabi ham, klub rahbariyati ham hech bir futbolchiga e’tiroz bildirmadi. Demak, mazkur holatda Dukich tomonidan berilgan yana bir ma’lumot haqiqatga zid bo‘lib chiqmoqda. Serbiyalik futbolchilardan ko‘ngil to‘q, aks holda, murabbiylar almashuvidan keyin o‘tkazilgan o‘yinlarda ular maydonga tushishmasdi...

Yaqinda aynan sports.uz saytida “Navbahor” yetakchilaridan biri Quvondiq Ro‘ziyevning intervyusi chop etilib, unda futbolchi, jumladan, No‘’mon Hasanov Dukichni yordamchilikka olib, katta xatoga yo‘l qo‘ygani haqida gapirgandi. Dukichning mazkur intervyudagi gaplarga munosabatiga e’tibor qarating: “...Quvondiq bergan intervyusida men haqimda haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan fikrlarni bildirgan. Agar u bu gaplarni ko‘zlarimga qarab turib aytgan taqdirda sira xafa bo‘lmasdim. Shunda haqiqiy erkakning ishini qilgan bo‘lardi. U yerdan ketganimdan so‘ng, Quvondiq o‘sha intervyuni berib, men haqimda turli bo‘lmag‘ur gaplarni aytdi. Albatta, har kimning o‘z qarashi bo‘ladi. Masalan, men Quvondiqni qanday saviyadagi futbolchi ekanligini bilaman. U doim ham aql bilan to‘p surmaydi. Ro‘ziyev har xil gaplar bilan futbolni tushunmaydigan kishilarni aldashi mumkin. Meni esa mutaxassis sifatida sira alday olmaydi. Hozir sizga intervyu berayotgan ekanman, Quvondiqqa shunday degan bo‘lardim: agar sen mard bo‘lganingda nima uchun men haqimdagi qarashlaringni o‘zimga aytmading?! U haqida yana ko‘p gaplarni aytishim mumkin edi. Lekin bunday qilmoqchi emasman”.

Birinchidan, Quvondiq Ro‘ziyevning qanday saviyadagi futbolchi ekanligini butun O‘zbekistonda futbolga oshno tutingan barcha biladi. U Qo‘qon va Toshkentda faoliyat yuritgan kezlari muntazam ravishda muxlisu mutaxassislar e’tirofiga sazovor bo‘lgan, hozir ham “Navbahor” ishqibozlarining yoqimtoy futbolchilaridan biri hisoblanadi. Darvoqe, janob Dukich Quvondiqning O‘zbekiston milliy terma jamoasida o‘ynaganidan ham bexabar ko‘rinadi. Demak, uning fikridan kelib chiqsak, Ro‘ziyevni terma jamoamizga jalb etgan murabbiy ham futbolni tushunmaydigan bo‘lib chiqyaptimi? Mazkur holatda Quvondiqning aybi bor gapni ro‘y-rost gapirganimi? Axir u to‘g‘risini aytibdi-ku. Serbiyalik murabbiyning nazdida, “Ro‘ziyevning aytganlari “erkaklik”ka to‘g‘ri kelmas” ekan, Dukichning chetdan turib “Navbahor” PFK haqida uydirmalar yog‘dirishi erkakning ishimi?

Xulosa

Aftidan, Drajen Dukich “Navbahor”da faoliyat yuritish asnosida, o‘zi bilgan futbolchilarni olib kelib, ular orqali mo‘may daromad orttirishni maqsad qilgan shekilli. Ammo klubning bugungi strategiyasi, jamoada bunday qing‘ir ishlarga qarshi kurashning nazoratga olingani uning rejalariga to‘sqinlik qilgan, niyatiga yetolmaganidan keyin unda klub rahbariyatiga nisbatan adovat kuchaygan ko‘rinadi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, futbol jamoatchiligidan “Navbahor” PFK manziliga, klub rahbarlari sha’niga yo‘llanayotgan bunday assosiz bo‘hton va uydirmalarga e’tibor qaratmaslikni so‘rab qolamiz. Zero, futbol olamida Drajen Dukich singari o‘zi va atrofdagilar hurmatini bilmaydigan, iste’foga chiqqanidan alamzada, muayyan shaxsga nisbatan adovati borlarning asossiz va yolg‘on diydiyolari orqali omma e’tiborini o‘ziga qaratishga intilishi ko‘p kuzatiladi. Shunisi aniqki, bunday uydirmalar “Navbahor” professional futbol klubini o‘z oldiga qo‘ygan yuksak maqsadlar sari intilishida aslo to‘siq bo‘lmaydi. Ishoning, bugungi “Navbahor” PFK boshqaruvi halollik asosiga qurilgan. Qing‘ir ishlar bilan daromad orttirishni ko‘zlaganlar, yoshlarni tarbiyalash strategiyasiga zid qarashlarga ega shaxslarga esa klubda o‘rin yo‘q. Jamoamiz tanlagan yo‘lidan dadil odimlashda davom etadi.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati. 

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 20:09, 21.03.2021. O'qildi: 4624 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Бавария Jamal Musiala 3
2 Бавария Kingsli Koman 2
3 Бавария Maykl Olise 2
4 Бавария Tomas Myuller 2
5 Челси Pedro Netu 1
6 Челси Enso Fernandes 1
7 Бенфика Nikolas Otamendi 1
8 Бока Хуниорс Migel Merentiel 1
9 Бока Хуниорс Rodrigo Battalya 1
10 Фламенго Jorjian De Arraskaeta 1

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.