Bugun 2 fevral, 2026 yil, dushanba.

  • «A» Seriya
      • 01.02.2026 00:45
      • Kalyari
      • 4:0
      • Verona
      • 01.02.2026 16:30
      • Torino
      • 1:0
      • Lechche
      • 01.02.2026 19:00
      • Komo
      • 0:0
      • Atalanta
      • 01.02.2026 22:00
      • Cremonese
      • 0:2
      • Inter
      • 02.02.2026 00:45
      • Parma
      • 1:4
      • Yuventus
      • 03.02.2026 00:45
      • Udineze
      • -:-
      • Roma
  • La-liga
      • 01.02.2026 01:00
      • Elche
      • 1:3
      • Barselona
      • 01.02.2026 18:00
      • Real Madrid
      • 2:1
      • Rayo Valyekano
      • 01.02.2026 20:15
      • Betis
      • 2:1
      • Valensiya
      • 01.02.2026 22:30
      • Xetafe
      • 0:0
      • Selta
      • 02.02.2026 01:00
      • Atletik Bilbao
      • 1:1
      • Real Sosyedad
      • 03.02.2026 01:00
      • Malyorka
      • -:-
      • Sevilya
  • APL
      • 01.02.2026 01:00
      • Liverpul
      • 4:1
      • Nyukasl
      • 01.02.2026 19:00
      • Man. Yunayted
      • 3:2
      • Fulhem
      • 01.02.2026 19:00
      • Nottingem Forest
      • 1:1
      • Kristal Pelas
      • 01.02.2026 19:00
      • Aston Villa
      • 0:1
      • Brentford
      • 01.02.2026 21:30
      • Tottenhem
      • 2:2
      • Manchester Siti
      • 03.02.2026 01:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Byornli
  • Futzal. Osiyo chempionati
      • 01.02.2026 13:00
      • Yaponiya
      • 2:1
      • O‘zbekiston
      • 01.02.2026 13:00
      • Tojikiston
      • 0:1
      • Avstraliya
      • 01.02.2026 17:00
      • Eron
      • 5:2
      • Afg‘oniston
      • 01.02.2026 17:00
      • Saudiya Arabistoni
      • 6:1
      • Malayziya
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 22 55
2 Real Madrid 22 54
3 Atletiko 22 45
4 Vilyarreal 21 42
5 Betis 22 35
6 Espanyol 22 34
7 Selta 22 33
8 Real Sosyedad 22 28
9 Osasuna 22 26
10 Alaves 22 25
11 Atletik Bilbao 22 25
12 Jirona 22 25
13 Elche 22 24
14 Sevilya 21 24
15 Xetafe 22 23
16 Valensiya 22 23
17 Rayo Valyekano 22 22
18 Malyorka 21 21
19 Levante 21 18
20 Real Ovyedo 22 16

O'tgan o'yinlar.

22-тур Espanyol 1-2 Alaves
22-тур Real Ovyedo 1-0 Jirona
22-тур Osasuna 2-2 Vilyarreal
22-тур Levante 0-0 Atletiko
22-тур Elche 1-3 Barselona
22-тур Real Madrid 2-1 Rayo Valyekano
22-тур Betis 2-1 Valensiya
22-тур Xetafe 0-0 Selta
22-тур Atletik Bilbao 1-1 Real Sosyedad

Navbatdagi o'yinlar.

19/02/26 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Laporte qaytib keldi yoxud "Barsa"ning 21 asrdagi prezidentlari

Baho:
+ | -
YEVROPA / Murabbiylar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Yaqinda Joan Laporta rasman "Barselona" prezidenti lavozimini egalladi. U keyingi bir necha oylardan beri ketma-ket va’dalar bermoqda va keyingi rejalari bilan o‘rtoqlashdi. U aytdiki: "harakat qilish vaqti keldi". Ronald Kuman klub bosh murabbiyi bo‘lib qoladimi, Erling Holand Kataloniyaga ko‘chib o‘tadimi, Joan klubning qarzdorligini qanday qilib uzadi. Biz bu savollarning barchasiga javobni yaqin olti oy ichida bilib olamiz. Hozir esa biz sizlar bilan "Barsa"ga so‘nggi 20 yil davomida rahbarlik qilgan prezidentlari haqida suhbatlashamiz. Qiziq tomoni Laporta klubga ikkinci marta prezident bo‘lib saylanganidir.

2003 yil iyun. Joan Laporta.

"Ajoyib muammo"

Biz yana Laportga qaytamiz. U 2003 yilda 52,6% ovoz to‘plab, "Barselona" prezidenti bo‘ldi. Saylovoldi dasturi Great Challange*ning bir qismi edi. Bu dasturning asosi klubni iqtisodiy jihatdan mustahkamlash va jahon futbolida hukmronlik qiladigan jamoaga aylantirish. Laporta klubning boshqarish uslubini o‘zgartirdi - "Barselona" boshqaruvida birinchi marta biznes va marketing bo‘yicha mutaxassislar ishtirok etishdi, ularning bilimlari va tajribalari klubni tiklashga yordam berdi.

Joanning biznes strategiyasi ijobiy aloqa tizimini amalga oshirdi. Unda bir sohada yaxshi ishlash boshqasiga ijobiy ta’sir qiladi va natijada muvaffaqiyatga erishadi.

 

Laportaning o‘zgartirishlari

Keyinchalik Ferran Soriano kataloniyaliklarning moliyaviy direktori bo‘ldi, u klubning dahshatli iqtisodiy holatini to‘g‘irlashni o‘z zimmasiga oldi. Klubning o‘tgan yilgi zarari 73 million yevroni tashkil qilardi. Ferrand o‘z vazifasini ajoyib tarzda uddaladi - besh yildan so‘ng sof daromad 92 million yevroni tashkil etdi.

Bosh murabbiy Frank Riykard etib tayinlandi va uning qo‘l ostida "Barselona" ikkinchi mavsumning o‘zida Chempionlar Ligasida g‘alaba qozonishni uddaladi.

Transferlar


Laporta jamoada ish boshlagandan keyin, "Barsa" tarixidagi eng yorqin transferlardan birini amalga oshirdi. 2003 yilning yozida "PSJ"dan 32 million yevro evaziga sehrgar Ronaldinyo bilan besh yillik shartnoma imzoladi.

Shuningdek, Joan Yoxan Kroyffni klubga qaytarib, uni eng yaqin maslahatchisi qildi. Yana bir qiziq ma’lumot. O‘sha paytda prezident Laportaning hamkori Sandro Rosel istagandek Luis Felipe Skolari emas, balki "Barselona" bosh murabbiylik kursisiga Frank Raykard o‘tirgan. Bunda esa Kroyfning yordami juda katta bo‘lgan.
Chiki Begiristayn Kataloniya jamoasi sport direktori bo‘ldi. Ushbu mutaxasis rahbariyatga Ronaldinyo sotib olishga e’tibor qaratishni taklif qildi. Birinchi yili Chiki 11 futbolchidan iborat transferlarni amalga oshirdi. Ronnidan tashqari eng ko‘zga ko‘ringan xaridlar Rafa Markes va Rikardo Kuarejma edi.

"Juda qisqa vaqt ichida ular katta yutuqlarga erishdilar", deydi kataloniyalik yozuvchi Anxel Iturriaga. - "Strategik shartnomalar tuzish orqali ular jamoaga muvaffaqiyat keltirdilar va yulduzlarni olib kelinishi klubni homiylar va biznes sheriklari uchun yanada jozibador bo‘lishiga yordam berdi. Bu esa klubni moliyaviy jihatdan tiklashga yordam berdi."

Natija


Qisqa vaqt ichida Laporta klubdagi moliyaviy ahvolni ijobiy tomonga o‘zgartira olganligi, boshqaruvda ajoyib jamoa yig‘ilganligi va yaxshi futbolchilar sotib olganligi haqida aytib o‘tdik. Ushbu kuchli start natijasida, klub 12 ta sovrinni qo‘lga kiritishni uddaladi. Keyinchalik, "Barselona" tarixidagi eng yaxshi murabbiylardan birini tayinlanishini ham ushbu mutaxasisilar tashkil qilishdi. 2008 yilda Xosep Gvardiola Kataloniya jamoasi bosh murabbiy etib tayinlandi. To‘g‘ri, iqtisodiy tarkibiy qism bilan hamma narsa yaxshi natija bermadi - Laporta hukmronligi oxiriga kelib klub qarzi 422 million yevroni tashkil qildi.

 

Iyul 2010. Sandro Rosel.

Sandro Rosel "Barselona"ning prezidenti bo‘lishni orzu qilar edi va 2010 yilgi saylovda katta farq bilan g‘alaba qozonib, o‘z maqsadiga erishdi. Sandro 61,5% ovoz oldi, bu ayni paytgacha rekord ko‘rsatkich hisoblanadi. Rozsel hokimiyat tepasiga kelgandan so‘ng, "Biz hammamiz" Barsa " degan shiorni ilgari surdi. Yangi prezident avvalgi rahbariyatning bir qator xatolarini tuzatish zarurligini ta’kidladi. Bu esa klubning katta qarzdorligi muammolarini hal qilish uchun birinchi narsa - "Barsa" formasida birinchi marta homiy paydo bo‘lishiga olib keldi. Klub "Qatar Foundation" kompaniyasi bilan shartnoma imzoladi. Rocel eng zo‘r ishbilarmon sifatida birinchi navbatda "ko‘k-anorranglilar"ning moliyaviy farovonligi zarurligiga e’tibor qaratdi. Sandro hech qachon oldingi shtabni tanqid qilmadi. Xususan, Laporte, David Vilyaning transferi, moliyaviy firibgarliklar va klubni siyosiylashtir haqida.

Jamoada ro‘y bergan o‘zgarishlar


Sandro Rosel klub boshqaruviga kelgandan so‘ng, Yoxan Kroyff bir zumda faxriy prezident unvonidan mahrum qilindi. "Barselona" prezidenti Rosel ekan, uning oyoqlari "Kamp Nou"da bo‘lmaydi" deb klubda ketkizib yuborishdi.

Xosep Bartomeu Sport bo‘yicha vise-prezident etib tayinlandi. Garchi, Sandro kelgandan keyin, moliyaviy ahvol yaxshilangan bo‘lsa-da, sovrin yutish bo‘yicha natijalari pasayib ketdi. 2011/12 yilgi mavsumda kataloniyaliklar faqat Ispaniya kubogini qo‘lga kiritishgan bo‘lsa, 2014 yilda ular hech qanday sovrinsiz qolishdi.

Klub sport drektorligi kursini Andoni Subisarettani egalladi. Ushbu mutaxasis boshchiligida jamoaga Xavyer Maskerano, Xordi Alba va boshqa ko‘plab futbolchilar klubga jalb qilindi.

Rosel boshchiligidagi birinchi asosiy xaridi "Liverpul"dan 26 million yevroga sotib olingan Xavyer Maskerano va "Sevilya" dan 20 millionga sotib olingan Adriano edi. Ukrainalik futbolchi Dmitriy Chigrinskiyni 15 million yevroga sotib yuborishdi. Bu transfer bilan Sandro ba’zi narsalarni hal qilmoqchi edi. Ya’ni moliyaviy muammolarni. Gvardiola Dmitriyga biroz oldinroq o‘yin amaliyotiga va’da bergan edi, ammo yangi prezident Pepdan maslahat so‘ramadi ham. Ushbu holatdan keyin, murabbiy va prezident o‘rtasida ziddiyatlar yuzaga keldi, natijada Gvardiola jamoada ortiq ishlamasligini aytdi.

Natija

Sandro Rozel boshchiligida klub o‘z tarixidagi eng ajoyib iqtisodiy davrlardan birini boshdan kechirdi - qarzdorlikni kamaytirdi, daromadlarni ko‘paytirish uchun turli kompaniyalar bilan hamkorlik qildi. Ko‘proq iqtisodiy qismga juda katta e’tibor berildi. Lekin bu holat sportga e’tibor kamayishiga olib keldi. Yutgan sovrinlari ham shunga yarasha. La Ligada 2 marta g‘olib bo‘lishdi. Shuningdek, 2011 yilda Chempionlar Ligasida zafar quchishdi.

2014 yil yanvar. Xosep Mariya Bartomeu.


2014 yil yanvar oyida Sandro Rosel Neymar transferi jarayoni tufayli "Barselona" prezidenti lavozimidan ketishga majbur bo‘ldi. Klub rahbariyati vise-prezident Xosep Bartomeu qo‘liga o‘tdi. "Barsa uchun barchasi yaxshi" - bu Bartomeuning klub  boshqaruviga kelgandan keyingi shiori.
Yangi prezident uchun birinchi navbatda klubning moliyaviy rivojlanishini yaxshilashni maqsad qilgandi. Xosep jamoaning yillik daromadi bir milliard yevroni tashkil qilishi haqida o‘ylardi. Shuning uchun birinchi qilgan ishi - "Qatar Airways" bilan 2013 yilda Rosel tomonidan tuzilgan shartnomani uzaytirish bo‘ldi. Bartomeu uzoq muddatli sport loyihasi bilan qiziqmagan. "Barselona"ni jozibali brendga, moliyaviy kuchga aylantirish uchun, u tezkor muvaffaqiyatga erishishni maqsad qilgan, bu esa o‘z navbatida yaxshi bitimlarga olib kelardi.

Yangi prezident - yangi o‘zgarishlar.

Sandro Rosel jamoadan ketgandan so‘ng, "Barselona" bosh direktori Antoni Rossich darhol ishdan bo‘shatildi - rasmiy ravishda direktorlar kengashiga salbiy ta’sir ko‘rsatgani uchun deb aytilgan, lekin, buning asosiy sababi Bartomeu bilan o‘rtadagi ziddiyat tufayli edi. Uning o‘rniga Ignasi Mestre ushbu lavozimni egalladi.

Bartomeu davrining dastlabki olti oyi ichidagi asosiy transferlar 123 million yevroga sotib olingan Mark-Andre ter Shtegen, Ivan Rakitich, Klaudio Bravo va Luis Suares edi.

Iyun oyida jamoaning murabbiyligidan ketgan Xerardo Martino o‘rnini Luis Enrike egalladi. Luis qo‘l ostida birinchi mavsumning o‘zida "Barsa" trebl qayd yetishdi.  Umuman olganda, uning rahbarligida jamoa uch mavsumda to‘qqizta kubokni qo‘lga kiritishdi.

Natija

Olti yil davomida "Barselona" boshqaruvida bo‘lgan Bartomeu hech qachon milliardlab dollar daromadga erisha olmadi, aksincha, Xosep hukmronligi oxirida klubning umumiy qarzlari bir milliarddan oshdi. Maosh jamg‘armasi klub umumiy byudjetining 61 foizini (525 million yevro) tashkil etdi va transfer bozori faqat futbolchining nomi sabab juda katta summaga transferlar amalga oshirdi - kelajakdagi daromad uchun Barsa katta qarzlar va xarajatlarga duch keldi, xolos. Xosep Mariya Bartomeu hukmronligi to‘liq muvaffaqiyasizlik bilan yakunlandi.

 

Aynan shu paytda davra yopilib, bizning eski do‘stimiz Joan Laporta prezidentlikka qaytdi. Eng qiziqarli vaqtda va katta qarzi bor paytda keldi Hozirda "Barselona" jamoasi butunlay qayta tuzilishi kutilmoqda.


Jamshidjon Mahmudov tayyorladi

Kiritildi: 12:10, 26.03.2021. O'qildi: 6575 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Krishtianu Ronaldu 15 yoshida yuragidagi muammolar sabab og'ir operasiyani boshidan kechirgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 22
2 Мальорка Vedat Muriki 14
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 10
5 Барселона Robert Levandovski 9
6 Барселона Lamin Yamal 9
7 Вильярреал Alberto Moleyro 8
8 Барселона Rafinya 8
9 Бетис Kucho Ernandes 8
10 Сельта Borxa Iglesias 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.