Bugun 24 fevral, 2026 yil, seshanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 25 61
2 Real Madrid 25 60
3 Vilyarreal 25 51
4 Atletiko 25 48
5 Betis 25 42
6 Selta 25 37
7 Espanyol 25 35
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Jirona 25 30
12 Sevilya 25 29
13 Xetafe 25 29
14 Alaves 25 27
15 Rayo Valyekano 24 26
16 Valensiya 25 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 25 24
19 Levante 25 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 2-1 Elche
25-тур Real Sosyedad 3-3 Real Ovyedo
25-тур Betis 1-1 Rayo Valyekano
25-тур Osasuna 2-1 Real Madrid
25-тур Atletiko 4-2 Espanyol
25-тур Xetafe 0-1 Sevilya
25-тур Barselona 3-0 Levante
25-тур Selta 2-0 Malyorka
25-тур Vilyarreal 2-1 Valensiya
25-тур Alaves 2-2 Jirona

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Serxio Ramos: «6ta Mundialda qatnashishni istayman»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

«Real» sardori amaldagi shartnomasi muddatini hali uzaytirganicha yo‘q. Demakki, hozircha uning yaqin kelajagi xususida aniq ma’lumot yo‘q. Serxio yaqinda, o‘zi va muhabbati haqida olingan serial taqdimoti arafasida buni alohida ta’kidladi, u shuning barobarida yana kamida 5 yil yuqori darajada o‘ynashga tayyorligini ham qo‘shimcha qildi. 9 aprel kuni Ispa­niyada «Serxio Ramos haqida afsona» filmi ekran yuzini ko‘radi. Serialning jahon miqyosidagi premyerasi esa 18 iyunga belgilangan. Ramos serial taqdimoti oldidan bergan qiziqarli intervyusi bilan unga qiziqishni yanada oshirdi. Ya’ni maydonda chinakam jangchidek o‘zini «o‘tga ham, cho‘qqa ham» otadigan himoya­chi eng sara jamoadoshlari, raqiblari, shuningdek, faoliyatidagi muhim voqealar to‘g‘risida bafurja gapirib berdi. Bunday ochiqlik - sport olamida oltin. Binobarin, futbolchilar odatda nafaqaga chiqqach, shu darajada oshkora gapirishlari mumkin, Ramos esa mutlaqo boshqacha...

«Madrid»da qoldirgan merosi

- Qariyb 16 yildan buyon «Real»da o‘ynayapman, ammo bu bilan hammani aqldan ozdirganim haqida tasavvur yo‘q. Barchaga birdek yoqish ilojsiz. Shuning barobarida inkor etish mushkul bir haqiqat bor: ortda qolgan vaqtda jamoa g‘alabalariga bevosita ko‘p xizmatim singdi. Istagim bitta - odamlar barchasini eslab, meni «Real»ga jonini bergan haqiqiy fidoiy sifati eslab qolishsa, bas. Hozir og‘ir palla, lekin haqiqat men tomonda ekanligiga aminman. Tabiatan halol, kamtarin va mehnatsevar yigitman. Meni shunday eslashlarini xohlayman. Yo‘q, bu gaplarim futbol bilan xayrlashayotganimni anglatmaydi. O‘ylaymanki, jarohatlar xalaqit bermasa, yana 5 yil yuqori darajada o‘ynay olaman. Bunga mentalitetim va irodam yordam beradi.

Ronalduga qaratilgantanqidlarga munosabat

- Futbol ko‘tarilish va pastlashishlardan iborat. Ha, «Yuventus» CHLdan tushib ketdi va Krishtianu nega bu qadar tanqid qilinayotganini tushunaman: u jamoaning haqiqiy yetakchisi, hamisha diqqat markazida. Men esa Madridda xuddi shunday vaziyatdaman: nimadir o‘xshamasa, avvalo, murabbiy va sardorga qaraladi. Futbolchi bunga tayyor turishi kerak. Menimcha, Krishtianu bunday vaziyatlarda o‘zini qanday tutishni yaxshi biladi, tanqidlar bilan uni sindirish mumkin emas.

Krishtianuning «Real»dan ketishi...

 - Ronalduning ketishidan hamma yutqazdi: «Madrid» ham, uning o‘zi ham. Agar vakolat menda bo‘lganida, Krishni hech qachon «Real»dan qo‘yib yubormasdim, chunki bizni hamisha aynan u g‘alabalarga yaqinlashtirardi. Bunday futbolchilar sayyoramizda sanoqli. Ronaldu «Madrid»ga qorishib ketishi va bu yerda abadiy qolishi kerak edi...

Shaxsiy mentalitetining shakllanishi

- Bolaligimdan juda o‘jar edim, otam va akam esa hech qachon kibrlanishimga yo‘l qo‘ymadilar. Ular meni to‘g‘ri tarbiyalashdi va doimo kurashish, yuqoriga intilishga undashdi. Oddiy aytganda, sabrli, qat’iyatli va kuchli bo‘lish uchun harakat qilishni o‘rgatishdi. Bu hozirgacha katta yordam beryapti. Doimiy parvozlar, mehmonxonalar, sport zalidagi tinimsiz mashg‘ulotlar... Futbolchi uchun yaqinlaridan uzoqlashish oson emas, ammo menga ayni shu qiyinchiliklar CHL finalida o‘ynashdek takrorlanmas daqiqalarni tortiq etdi. Har kuni nima uchun kurashishim kerakligini yaxshi bilaman. «G‘alaba» iborasi miyamga to‘liq muhrlangan.

«El-klasiko» sehri

- Albatta, «El-klasiko» atalmish o‘yinlarda turli lahzalarni boshdan kechirdim: ajoyib g‘alabalar, alamli muvaffaqiyatsizliklar... Bularning hech biri meni ortiqcha ajablantirmaganini tasdiqlolmayman. Chunki «El-klasiko»da qandaydir sehr bor, dunyo futbolida bunday ajoyib qarama-qarshilikka o‘xshashi yo‘q. Undagi g‘alaba zavqi butun yilga tatishi mumkin, urilgan gol esa umrbod yodda qoladi. Deylik, joriy mavsum «Kamp Nou»da gol urdim - chinakam sehrli tuyg‘u!

«Barselona» bilan

«katta urush»

- Mourinyo davrida «El-klasiko» haddan ziyod qizidi va futbolcha sog‘lom fikr ostonasidan chiqib ketgandik. Keyin «Barselona» vakillari bilan alohida uchrashdik, o‘zaro munosabatlarimiz yovvoyilashib borayotganini muhokama qildik. Bu xuddiki tajovuzkorlikka chek qo‘yish to‘g‘risida bitim bo‘ldi. Mou urushni xohlardi, lekin o‘zimiz kataloniyaliklarni hech qachon dushman o‘rnida ko‘rmaganmiz. Axir bizni bitta terma jamoa bog‘lab turadi. Xullas, «Barsa» vakillari bilan uchrashib, juda to‘g‘ri ish qilganimizga aminman.

Ibrat ko‘rsatgan kumirlar

- Fernando Yerro va Paolo Maldini menga har doim suyanch nuqtasi sifatida xizmat qilishgan. Shuningdek, bolaligimda «Sevilya»ning bir qator futbolchilariga alohida havas bilan qaraganman. Endi o‘zim ko‘pchilik uchun namunali o‘yinchiman, ammo buni anglash va ayrim lahzalarda murosaga kelish juda ko‘p vaqt talab etdi. O‘ylaymanki, namuna bo‘lish missiyasini yaxshi bajardim. Qolaversa, barchasini yanada takomillashtirish uchun hali imkoniyat bor.

Eng iste’dodli sherik va raqib

- «Real»da Ronaldo va Ronaldu, Bekxem va Roberto Karlos kabi megayulduzlar bilan o‘ynash baxtiga muyassar bo‘ldim. Terma jamoada esa Xavi, Inyesta va Puyol bilan yelkama-elka to‘p surdim. Ularning har biridan nimadir olganim aniq, ammo kimnidir alohida ajratib ko‘rsatishim mumkin emas. Eng kuchli raqibni aytish esa juda oson - Gvardiolaning «Barselona»si. Gap tarixdagi eng yaxshi «Barsa» haqida ketmoqda, o‘sha tarkib butun bir davrni belgilab berdi. Ochiq tan olaman, o‘sha «Barsa» biz uchun hayotni juda qiyinlashtirib yuborgan ayovsiz raqib edi.

Hakamlik ishi

- Vaqtida menga nimadir yoqmasa, hakamlik haqida bamaylixotir qo‘pol ohangda gapirardim. Keyinchalik gohida jim turish va chetda qolish yaxshiroq ekanligini angladim. Birinchidan, ming gapirganingiz bilan qaysidir voqeani o‘zgartirolmaysiz, ikkinchidan, hakam ham oddiy odam va u biz - futbolchilar kabi xato qilishi mumkin. Hozir VAR tomonidaman, chunki bu tizim futbolni ancha halollashtirdi. Umuman, hakamlar futbolning ajralmas guruhi, ular hurmatga loyiqlar.

Zlatan Ibragimovich fenomeni

- Zlatanning faoliyati - fantas­tika va unga hurmatim baland. Ajoyib futbolchi, haqiqiy «qotil hujumchi». Ibra shu yoshida barcha futbolchilar uchun haqiqiy o‘rnakdir. Yosh va qari futbolchilar yo‘q, balki yaxshi va yomonlari bor. Ibragimovich esa  shubhasiz, eng yaxshilaridan biri.

Himoya bo‘yicha eng yaxshi sherik

- Vaqtida Pike va Pepe bilan juda yengil o‘ynardim, endi Rafael Varan markaziy himoyada ajo­yib sherigimga aylandi.

«Real»dagi Lionel Messi...

- Uning faoliyatidagi eng yaxshi davrga bevosita guvoh bo‘ldim. Rostini aytsam, Leo futboldan ketishiga qadar bizni qiynasa kerak. Har holda, hali ko‘p vaqt millionlarni hayratga solishda davom etadi, menimcha. Agar Messining «Real»ga kelishi ehtimoli mavjud bo‘lganida, uni klubda ham, uyimda ham shaxsan o‘zim samimiy kutib olardim.

«Barcelona» bilan shartnoma imzolash imkoniyati

- O, bu masalada zarracha imkoniyat yo‘q. Laportani hurmat qilaman, u bilan bir marta uchrashganman va bundan chuqur taassurot qolgan. Ammo hayotda shunday narsalar borki, ularning oldida pul yoki boshqasi o‘z ahamiyatini butkul yo‘qotadi. Xullas, Ramos «Barselona»da - buning umuman iloji yo‘q.

Mbappe va Xolandga e’tibor

- Aslida har ikkisini «Madrid»da ko‘rishni istardim. Ammo bugun tezkor qaror qabul qilish talab etilsa, Xolandni sotib olish osonroq, menimcha. Har holda, Mbappening transferi moliyaviy tomondan qiyinroq, juda qimmat. Umuman, Xoland gollar va sovrinlarga och va u - «Real» uchun munosib nomzod. Ayniqsa, tezligi va bosiqligi hayratlanarli. O, Erlingni «Santyago Bernabeu»da ko‘rish qanday yaxshi...

Eng g‘alati jamoadosh

- Albatta, Julyen Fober. U zaxira o‘rindig‘ida uxlab qolganida, rosa kulgandim. Fransiyadan kelib, vaqt tavofutiga moslashishga ulgurmagan bo‘lsa kerak...

Kelajak rejalari

- Butun hayotimni futbol ichida o‘tkazdim - 34 yoshga to‘lgan bo‘lsam, shundan 28 yilni shu o‘yinga bag‘ishladim. Hali ham o‘zimni jismoniy tomondan 100 foiz tetik his qilyapman. Shunday ekan, futboldan ketishimga faqat ruhiy muammolar sabab bo‘lishi mumkin, xolos! Nafaqat Qatar-2022 mundiali, balki 2026 yili Meksika, Kanada va AQSHda o‘tkaziladigan JCHda ham qatnashishni xohlayman. Shunda 6ta mundialda ishtirok etgan tarixdagi birinchi futbolchi sifatida rekordchiga aylanardim.

M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 23:33, 27.03.2021. O'qildi: 4975 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 12
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Атлетико Aleksandr Serlot 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.