Bugun 13 may, 2026 yil, chorshanba.

  • APL
      • 12.05.2026 00:00
      • Tottenhem
      • 1:1
      • Lids
      • 14.05.2026 00:00
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Kristal Pelas
  • La-liga
      • 12.05.2026 00:00
      • Rayo Valyekano
      • 1:1
      • Jirona
      • 12.05.2026 22:00
      • Selta
      • 2:3
      • Levante
      • 12.05.2026 23:00
      • Betis
      • 2:1
      • Elche
      • 13.05.2026 00:30
      • Osasuna
      • 1:2
      • Atletiko
      • 13.05.2026 22:00
      • Espanyol
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 13.05.2026 22:00
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Sevilya
      • 14.05.2026 00:30
      • Alaves
      • -:-
      • Barselona
      • 14.05.2026 00:30
      • Xetafe
      • -:-
      • Malyorka
      • 14.05.2026 22:00
      • Valensiya
      • -:-
      • Rayo Valyekano
      • 14.05.2026 23:00
      • Jirona
      • -:-
      • Real Sosyedad
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 36 79
2 Manchester Siti 35 74
3 Man. Yunayted 36 65
4 Liverpul 36 59
5 Aston Villa 36 59
6 Bornmut 36 55
7 Brayton 36 53
8 Brentford 36 51
9 Chelsi 36 49
10 Everton 36 49
11 Fulhem 36 48
12 Sanderlend 36 48
13 Nyukasl 36 46
14 Lids 36 44
15 Kristal Pelas 35 44
16 Nottingem Forest 36 43
17 Tottenhem 36 38
18 Vest Xem 36 36
19 Byornli 36 21
20 Vulverhempton 36 18

O'tgan o'yinlar.

36-тур Liverpul 1-1 Chelsi
36-тур Fulhem 0-1 Bornmut
36-тур Brayton 3-0 Vulverhempton
36-тур Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
36-тур Manchester Siti 3-0 Brentford
36-тур Byornli 2-2 Aston Villa
36-тур Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
36-тур Kristal Pelas 2-2 Everton
36-тур Vest Xem 0-1 Arsenal
36-тур Tottenhem 1-1 Lids

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Bugun o‘z tug‘ilgan kunini nishonlayotgan Serxio Ramos haqida 25ta fakt

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Serxio Ramosning tarjimai holi


1. Serxio Ramos Garsiya 1986 yil 30 martda Ispaniyada tug‘ilgan.

2. Bo‘lajak futbol yulduzining otasi menejment bilan shug‘ullangan, onasi esa uy ishlari bilan shug‘ullangan. Bu oilada Serxiodan tashqari, yana ikkita farzandni tarbiyalagan.

3. Sportchining bo‘yi 183 santimetrga teng.

 

Serxio Ramosning faoliyati

4. Ramos o‘n besh yoshida "Sevilya" akademiyasiga keldi. U yerda o‘zini har tomonlama namoyish etgan futbolchi, tez orada klubning yoshlar jamoasida o‘ynashni boshladi.

5. 2003/04 yilgi mavsumda Ramos "Sevilya"ning asosiy tarkibida o‘ynashni boshladi va o‘sha mavsumning o‘zida 25 marta maydonga tushdi. Serxio 2004/05 yilgi mavsum oxiriga kelib, chempionatning eng yaxshi yangi futbolchisi deb tan olindi.

6. 2004 yilda Serxio boshchiligidagi Ispaniya yoshlar terma jamoasi Yevropa chempionatida g‘alaba qozondi. Ushbu musobaqada ko‘rsatgan ajoyib o‘yinlariidan so‘ng, asosiy terma jamoaga ham chaqiruv olishni boshladi. Ramos o‘n sakkiz yoshida ilk marta "qizil furiya" tarkibida debyut uchrashuvini o‘tkazgan. Hozirgacha milliy jamoasi tarkibida o‘ynayotgan futbolchi, Ispaniya termasining sardori hisoblanadi.

7. 2005 yilning yozida, "Sevilya" jamoasi Ramosni "Real Madrid" 27 million yevro evaziga sotib oldi. O‘sha paytda "El-kapitano"ni o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi bo‘lgan jamoalar talaygina edi, lekin Madrid jamoasi ushbu xaridni amalga oshirishda, qolganlariga qaraganda ilg‘orroq harakat qildi. Serxioning o‘zi aytganidek, transfer oynasi yopilishidan yarim soat oldin shartnoma imzolagan.

8. 2006 yilgi Jahon chempionatidan so‘ng futbolchi "Real Madrid" bilan birgalikda Ispaniya chempioniga aylanib, faoliyatidagi birinchi yirik sovrinni yutdi. Qolaversa, 2008 va 2012 - yilgi Yevropa chempionatida, shuningdek 2010 yilgi Jahon chempionatida Ispaniya termasi bilan bosh sovringa ega chiqqan.

9. Ramos 2012 yilda milliy chempionatdagi yubiley 250 uchrashuvini o‘tkazdi. Bu esa Ramosni Madrid klubining haqiqiy taniqli shaxsiga aylantirdi.

10. Ikki yildan so‘ng, Ramos Chempionlar Ligasi final o‘yinida jamoasini qutqardi. "Atletiko"ga qarshi o‘yinning 93 daqiqasida, bosh bilan zarba yo‘llab, hisobni tenglashtirgan. Keyinchalik, ekstra-taymlarda "Real" yana 3 marta hamshaharlarining darvozasini ishg‘ol qilib, "shalpangquloq" kubokni qo‘lga kiritgan.

11. 2015 yil yozida Ramosning "Real" bilan shartnoma o‘z nihoyasiga yetdi, ammo u boshqa klublarining ko‘plab foydali takliflarini rad etdi va Madrid klubi bilan shartnomani 2020 yilgacha uzaytirdi, yangi shartnomada uning yillik maoshi 10 million yevroni tashkil qiladi.

Serxio Ramosning shaxsiy hayoti

12. Futbolchi ko‘plab top-modellar bilan uchrashdi, lekin Ramos doimo ushbu qizlar faqat tashqi qiyofasi bilan o‘ziga jalb qilganini aytdi. Lara Alvares bilan bo‘lgan birinchi jiddiy romantikasi. Ular "Alma Foundation" fondi paytida uchrashishgan. Qorasoch qiz taniqli sportchi o‘zi bilan tanishishga qaror qilganini bildi va undan klub formasini esdalik sifatida sovg‘a qilishni so‘radi. Ularning sevgisi tez rivojlandi, shuning uchun Ramos modelga turmush qurishni taklif qildi. Ammo, shundan keyin ularning orasida kelishmovchiliklar boshlandi va tez orada ajralib ketishdi.

13. 2012 yildan beri Ramos o‘zidan 8 yosh katta Pilar Rubio bilan yashab keladi. 2013 yil oxirida bu juftlik farzand kutayotganlarini e’lon qilishdi. 2014 yilning bahorida ular o‘g‘il ko‘rdilar, bir yarim yildan keyin esa ikkinchi marta farzandli bo‘lganini aytishdi. Bundan tashqari, er-xotin hali ham norasmiy nikohda yashayotgani qiziq. Hozir 40 yoshda bo‘lgan, Pilarning ta’kidlashicha, to‘y haqida o‘ylashga vaqtlari yo‘q, chunki Serxio doimiy ravishda mashg‘ulotlarda bo‘lib, to‘y qilish uchun hali yetarli erta.

 

Boshqa qiziqarli ma’lumotlar

14. Ko‘pgina zamonaviy futbol yulduzlaridan farqli o‘laroq, Ramos ushbu sport turi bilan juda kech - 14 yoshidan shug‘ullana boshladi.

15. Ramos soch uslubini o‘zgartirishni yoqtiradi. Himoyachi deyarli har yili soch turmagini o‘zgartiradi.

16. Serxio turli pozisiyalarda ham yaxshi o‘ynaydi. Himoya, yarim himoya ba’zida hujumchi vazifasini ham bajarib turadi. Ramos ajoyib o‘yin texnikasiga ega va o‘yinni yaxshi o‘qiydi, yuzaga kelgan vaziyatlardan ajoyib tarzda foydalanadi.

17. "Real"ning hech qaysi futbolchisi Ramosdan ko‘proq qizil kartochka olmagan. Umuman olganda, ispaniyalik futbolchi yigirma 23 marta maydondan chetlatilgan.

18. Futbolchining tanasida ko‘plab tatuirovkalar mavjud. Masalan, sportchining qo‘lida "Unutmayman" deb yozilgan, shuningdek, uning eng yaqin qarindoshlarining bosh harflari yozilgan. Uning tanasida to‘rtinchi raqam shaklida tatuirovka ham bor. Bu raqam uning klubi bilan o‘yin paytida uning orqasidan ko‘rinadi. Uning tanasida omadli deb hisoblagan rimcha yetti raqami ham tasvirlangan. Uning qo‘lida tepada aniq chiziqlar va bezaklardan iborat xoch bor. Sportchining orqa tomonidagi rasm ham qiziqarli. Ushbu rasmda to‘pni qo‘lida ushlab turgan hayvonlar tasvirlangan. Ushbu tatuirovkaning aniq ma’nosi noma’lum.

19. Internet nashrlaridan biri, futbolchining soch turmagida navbatdagi o‘zgarishidan so‘ng, Ramosni Iosif Stalin bilan ajoyib o‘xshashligini qayd etdi.

20. U maktabni tugatganidan 10 yil o‘tgach, o‘rta ma’lumot to‘g‘risida guvohnoma olish uchun yakuniy sinovlardan o‘tdi. Qizig‘i shundaki, bo‘lajak Yevropa va Jahon chempioni "Sevilya" klubi bilan shartnoma imzolagandan so‘ng maktabga borishni to‘xtatdi. U shunchaki maktabga borishga vaqt topolmadi. Sportchi asta-sekin kerakli imtihonlarni topshirdi va 2014 yil boshida nihoyat maktabni rasmiy tugatish uchun so‘nggi sinovlardan o‘tdi, bu yigirma sakkiz yoshda sodir bo‘ldi.

21. "Barselona" futbolchisi Jerar Pike vaqti-vaqti bilan internetda "Real Madrid" futbolchilari to‘g‘risida postlar qo‘yib turadi va Ramos ularga javob berish imkoniyatini boy bermaydi, ammo uning o‘zi bu ikki futbolchi o‘rtasidagi munosabatlar har doim yaxshi bo‘lib kelgan, shuningdek Ramosning so‘zlariga ko‘ra, futbolchilar o‘rtasidagi do‘stlik mustahkamlanib bormoqda.

22. 2017 yilning yozida, UYEFA Chempionlar Ligasining yilning eng yaxshi himoyachisi deb topildi.

23. Ramos Rossiyadagi Jahon chempionatidan keyin, Ispaniya terma jamoasi safida o‘ynashda davom etishini aytib o‘tgan. Yaqinda JCH saralashi doirasida, Gresiyaga qarshi uchrashuvda, himoyachi "qizil furiya" tarkibidagi 179 uchrashuv o‘tkazdi.

24. Ramos - ijtimoiy tarmoqlarning faol foydalanuvchisi va bo‘lajak futbol musobaqalariga puxta tayyorgarlik ko‘ryotganiga qaramay, mashg‘ulotlardan yangi fotosuratlar va videolar bilan muxlislarni doimo quvontiradi. 

25. Ramos juda ko‘p mashhur futbolchilar bilan birga to‘p tepgan va o‘ynamoqda. Ular: Krishtianu Ronaldu, Karim Benzema, Garet Beyl, Marselo, Isko, Toni Kross, Rafael Varan, Raul, Zinedin Zidan, Bekxem, Roberto Karlos, Iker Kasilyas va boshqalar.

 

 

Mahmudov Jamshidjon tayyorladi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 11:34, 30.03.2021. O'qildi: 4715 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 26
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Челси Joao Pedro 15
4 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
5 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 13
7 Брайтон Denni Uelbek 13
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 13
9 Астон Вилла Olli Uotkins 12
10 Борнмут Eli Junior Krupi 12

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик