Bugun 16 iyun, 2026 yil, seshanba.

  • JAHON CHEMPIONATI
      • 15.06.2026 01:00
      • Niderlandiya
      • 2:2
      • Yaponiya
      • 15.06.2026 04:00
      • Kot-d'Ivuar
      • 1:0
      • Ekvador
      • 15.06.2026 07:00
      • Shvesiya
      • 5:1
      • Tunis
      • 15.06.2026 21:00
      • Ispaniya
      • 0:0
      • Kabo-Verde
      • 15.06.2026 23:59
      • Belgiya
      • 1:1
      • Misr
      • 16.06.2026 03:00
      • Saudiya Arabistoni
      • 1:1
      • Urugvay
      • 16.06.2026 06:00
      • Eron
      • -:-
      • Yangi Zelandiya
      • 16.06.2026 23:59
      • Fransiya
      • -:-
      • Senegal
      • 17.06.2026 03:00
      • Iroq
      • -:-
      • Norvegiya
      • 17.06.2026 06:00
      • Argentina
      • -:-
      • Jazoir
      • 17.06.2026 09:00
      • Avstriya
      • -:-
      • Iordaniya
      • 17.06.2026 22:00
      • Portugaliya
      • -:-
      • Kongo DR
«
»

Turnir jadvali

A - Guruhi

Jamoa O' O
1 Meksika 1 3
2 Janubiy Koreya 1 3
3 Chexiya 1 0
4 JAR 1 0

B - Guruhi

Jamoa O' O
1 Bosniya-Gertsegovina 1 1
2 Kanada 1 1
3 Qatar 1 1
4 Shveysariya 1 1

C - Guruhi

Jamoa O' O
1 Shotlandiya 1 3
2 Braziliya 1 1
3 Marokash 1 1
4 Gaiti 1 0

D - Guruhi

Jamoa O' O
1 AQSh 1 3
2 Avstraliya 1 3
3 Turkiya 1 0
4 Paragvay 1 0

E - Guruhi

Jamoa O' O
1 Germaniya 1 3
2 Kot-d'Ivuar 1 3
3 Ekvador 1 0
4 Kyurasao 1 0

F - Guruhi

Jamoa O' O
1 Shvesiya 1 3
2 Niderlandiya 1 1
3 Yaponiya 1 1
4 Tunis 1 0

G - Guruhi

Jamoa O' O
1 Belgiya 1 1
2 Misr 1 1
3 Eron 0 0
4 Yangi Zelandiya 0 0

H - Guruhi

Jamoa O' O
1 Saudiya Arabistoni 1 1
2 Urugvay 1 1
3 Ispaniya 1 1
4 Kabo-Verde 1 1

I - Guruhi

Jamoa O' O
1 Fransiya 0 0
2 Iroq 0 0
3 Norvegiya 0 0
4 Senegal 0 0

J - Guruhi

Jamoa O' O
1 Argentina 0 0
2 Avstriya 0 0
3 Iordaniya 0 0
4 Jazoir 0 0

K - Guruhi

Jamoa O' O
1 Kolumbiya 0 0
2 Kongo DR 0 0
3 O‘zbekiston 0 0
4 Portugaliya 0 0

L - Guruhi

Jamoa O' O
1 Angliya 0 0
2 Gana 0 0
3 Panama 0 0
4 Xorvatiya 0 0

O'tgan o'yinlar.

1-тур Meksika 2-0 JAR
1-тур Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
1-тур Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
1-тур AQSh 4-1 Paragvay
1-тур Qatar 1-1 Shveysariya
1-тур Braziliya 1-1 Marokash
1-тур Gaiti 0-1 Shotlandiya
1-тур Avstraliya 2-0 Turkiya
1-тур Germaniya 7-1 Kyurasao
1-тур Niderlandiya 2-2 Yaponiya
1-тур Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
1-тур Shvesiya 5-1 Tunis
1-тур Ispaniya 0-0 Kabo-Verde
1-тур Belgiya 1-1 Misr
1-тур Saudiya Arabistoni 1-1 Urugvay

Navbatdagi o'yinlar.

16/06/26 Eron - Yangi Zelandiya
16/06/26 Fransiya - Senegal
17/06/26 Iroq - Norvegiya
17/06/26 Argentina - Jazoir
17/06/26 Avstriya - Iordaniya
17/06/26 Portugaliya - Kongo DR
18/06/26 Angliya - Xorvatiya
18/06/26 Gana - Panama
18/06/26 O‘zbekiston - Kolumbiya

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 16.06.2026

      06:00 Чемпионат Испании. Сегунда. Плей-офф. Финал. "Малага" - "Альмерия". 1-й матч.
      08:00 Д/ф "Двенадцатый игрок".
      10:00 Чемпионат Бразилии. "Гремио" - "Витория".
      12:00 Чемпионат Испании. Сегунда. Плей-офф. Финал. "Малага" - "Альмерия". 1-й матч.
      14:00 Чемпионат Турции. "Фенербахче" - "Фатих Карагюмрюк".
      16:00 Чемпионат Бразилии. "Шапекоэнсе" - "Коринтианс".
      18:00 Чемпионат Турции. "Коньяспор" - "Бешикташ".
      20:00 Чемпионат Испании. Сегунда. Плей-офф. Финал. "Малага" - "Альмерия". 1-й матч.
      22:00 Чемпионат Бразилии. "Ред Булл Брагантино" - "Ботафого".
      00:00 Чемпионат Турции. "Трабзонспор" - "Эюпспор".
      02:00 Чемпионат Бразилии. "Флуминенсе" - "Атлетико Минейро".
      04:00 Чемпионат Турции. "Галатасарай" - "Гёзтепе".
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 16.06.2026

      05:20 Художественная гимнастика. "Evgeniya Cup" в Омске, Россия. Юниорки.
      07:30 "Вопреки всему".
      08:00 Плавание. Чемпионат России в Казани.
      10:35 Стрельба из лука. Кубок мира. Этап 3 в Анталье, Турция. Блочный лук. Индивидуальное первенство.
      12:50 "Формула-1. Гаснут огни".
      13:15 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Этап 2 на автодроме "КазаньРинг Каньон". SMP TCR.
      13:45 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Этап 2 на автодроме "КазаньРинг Каньон". SMP GT4. Гонка 2.
      15:00 "Непобедимый".
      15:30 Художественная гимнастика. "Evgeniya Cup" в Омске, Россия.
      17:45 Плавание. Чемпионат России в Казани.
      20:25 "Вопреки всему".
      20:55 LIVE Лёгкая атлетика. Золотой континентальный тур. Ostrava Golden Spike в Остраве, Чехия. Прямая трансляция.
      23:00 Стрельба из лука. Кубок мира. Этап 3 в Анталье, Турция. Блочный лук. Индивидуальное первенство.
      01:10 "Непобедимый".
      01:35 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Этап 2 на автодроме "КазаньРинг Каньон". SMP TCR.
      02:05 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Этап 2 на автодроме "КазаньРинг Каньон". SMP GT4. Гонка 2.
      03:15 Лёгкая атлетика. Золотой континентальный тур. Ostrava Golden Spike в Остраве, Чехия.
  • MATCH-TV
    • Sana: 16.06.2026

      05:40 LIVE Футбол. Чемпионат мира 2026. Иран - Новая Зеландия. Прямая трансляция.
      08:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      11:30 Футбол. Чемпионат мира 2026. Испания - Кабо-Верде.
      13:40 LIVE Улётный футбол. Прямой эфир.
      14:30 Футбол. Чемпионат мира 2026. Обзор.
      15:00 Новости.
      15:05 Футбол. Чемпионат мира 2026. Саудовская Аравия - Уругвай.
      17:15 Футбол. Чемпионат мира 2026. Бельгия - Египет.
      19:25 Футбол. Чемпионат мира 2026. Обзор.
      19:55 Новости.
      20:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      20:50 Футбол. Чемпионат мира 2026. Иран - Новая Зеландия.
      23:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      23:40 LIVE Футбол. Чемпионат мира 2026. Франция - Сенегал. Прямая трансляция.
      02:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      02:40 LIVE Футбол. Чемпионат мира 2026. Ирак - Норвегия. Прямая трансляция.
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 16.06.2026

      05:15 Маунтинбайк. Кубок мира. Этап в Леоганге, Австрия. Женщины. Даунхилл.
      06:00 Скалолазание. Кубок мира. Этап 5 в Праге, Чехия. Мужчины. Болдеринг. Финал.
      07:30 Маунтинбайк. Кубок мира. Этап в Леоганге, Австрия. Женщины. Олимпийский кросс-кантри.
      08:30 Маунтинбайк. Кубок мира. Этап в Леоганге, Австрия. Мужчины. Олимпийский кросс-кантри.
      09:30 Снукер. German Masters в Берлине. Финал. Сессия 2.
      11:30 Маунтинбайк. Кубок мира. Этап в Леоганге, Австрия. Мужчины. Даунхилл.
      12:30 Маунтинбайк. Кубок мира. Этап в Леоганге, Австрия. Женщины. Даунхилл.
      13:30 Маунтинбайк. Кубок мира. Этап в Леоганге, Австрия. Женщины. Олимпийский кросс-кантри.
      14:30 Маунтинбайк. Кубок мира. Этап в Леоганге, Австрия. Мужчины. Олимпийский кросс-кантри.
      15:30 Автоспорт. WEC. Этап 3. "24 часа Ле-Мана" во Франции. Лучшие моменты.
      18:30 Велоспорт. Женщины. Гонка "Копенгаген Спринт" в Дании.
      19:30 Велоспорт. Гонка "Копенгаген Спринт" в Дании.
      20:30 Велоспорт. "Велошоу".
      21:00 LIVE Пауэрлифтинг. Чемпионат мира по классическому троеборью в Друскининкае, Литва. День 1. Прямая трансляция.
      00:00 Автоспорт. WEC. Этап 3. "24 часа Ле-Мана" во Франции. Обзор.
      01:00 Автоспорт. Ралли-рейд. Чемпионат мира. Этап 3. "Desafio Ruta 40 YPF" в Аргентине. Обзор.
      02:00 Фехтование. Чемпионат Европы в Антони, Франция. Рапира. Женщины. Финал; Сабля. Мужчины. Финал.
      04:00 Велоспорт. "Велошоу".
      04:30 Велоспорт. Тур Овернь-Рона-Альпы во Франции. Этап 8.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Krishtianu Ronalduni "Yuve"dan haydash kerak?

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

«Yuventus»ning sobiq prezidenti Jovanni Kobolli Jili jamoa rahbariyatini bosh yulduz Krishtianu Ronalduni tarkibdan haydashga chaqirmoqda. Qarang-a, g‘alati, juda g‘alati emasmi? Har holda, portugaliyalik yulduz hozir ham «keksa sinyora» yetakchisi sanaladi. Lekin sobiq rahbar o‘z gapini kuchli dalil bilan asosladi - uning iddaosiga ko‘ra, Krishtianuning 1ta goli 1 million yevroga tushayotgan ekan. Shundan so‘ng tahlilchilar darrov tekshirib ko‘rishdi va Jilining gapi deyarli to‘g‘ri chiqdi...

Ronaldu juda qimmat...

«Yuventus» Yevropa Chempionlar Ligasi 1|8 finalida nisbatan «yumshoq»roq tuyulgan raqibga duch kelganiga qaramay, musobaqadan chiqib ketdi. Ya’ni turinliklar 2ta o‘yinning umumiy natijasiga ko‘ra, kamtarin «Portu»ga yo‘l bo‘shatishdi. Shu bilan Krishtianu Ronalduning «keksa sinyora» bilan CHLdagi uchinchi urinishi ham omadsiz xotima topdi. «Real»ning ketma-ket «shalpangquloq» olishiga katta hissa qo‘shgan portugaliyalik yulduz 3 mavsum davomida «byankonerlar» bilan Yevropa klub futbolining eng nufuzli turnirida loaqal yarim final yuzini ham ko‘rgani yo‘q. «Yuventus» 2019 yili chorak finalda yosh va jasur «Ayaks» tomonidan to‘xtatilgan bo‘lsa, CHLning o‘tgan mavsumida Italiya grandi yo‘liga «Lion» to‘siq qo‘ydi. Mana, endi Serjiu Konseysao boshqaruvidagi «ajdarlar» ham «Ayaks» va «Lion»dan kam emasliklarini isbotlashdi. Avvalgi mavsumlar «pley-off» bosqichida «Yuve» safida faqat Ronaldu gol urgandi, bu safar u «Portu» darvozasini nishonga olish mis­siyasini bajarolmadi. Turin klubining 2ta o‘yindagi 4ta golidan 3tasi Federiko Kyeza, yana biri Adrian Rabyo hisobiga yozildi.

Xullas, jamoa CHL ilk «pley-off» raundidan keyinoq chetga chiqqach, eng jiddiy tanqidlar aynan Ronalduga qaratildi. Ko‘pni ko‘rgan mutaxassislar hattoki, «Yuventus» rahbariyatiga 36 yoshli portugaliyalik bilan tezroq xayrlashish kerakligini uqtirishmoqda. Ya’ni bu ishni kelasi yozdan keyinga qoldirmaslik kerak emish. Xususan, «Yuventus»ning sobiq prezidenti Jovanni Kobolli Jili barchasini qo‘polroq ohangda bayon etdi. U Ronaldu transferini «juda qimmatga tushgan xato» sifatida baholadi va buni tezroq tuzatish shartligini alohida ta’kidladi.  «Aslida Ronaldu bilan shartnoma tuzish mutlaqo noto‘g‘ri bo‘ldi. Krishtianu Turinga kelgan kuniyoq bu haqda baralla gapirgan edim. Ha, bilaman, Ronaldu - qoyilmaqom chempion. Ammo u juda qimmatga tushadi. Endi hammasi «Yuventus»ga bog‘liq. Axir klub Ronalduning 1ta goliga 1 million yevrodan to‘lamoqda. Andrea Anyelli o‘ziga tanqid ko‘zi bilan qarasin, uning atrofida munosib mutaxassislar yo‘q. Hozirgi omadsizliklarda Pirloni aslo ayblamayman, o‘zim ham vaqtida tajribasiz Ferrarani ishga yollagan edim. Ushbu tayinlovimga ijobiy baho berish mushkul. Anyelli ham tavakkal qilib ko‘rdi. Chunki Sarrini jamoada ortiq ko‘rishni istamadi va Pirlo variantiga ko‘ndi. Bilishimcha, Paratichi va Nedved uni bu ish berishiga qat’iy ishontirishgan. Endi «Yuventus» tezroq tiklanishi kerak. O‘yindan keyin Nedvedning asabiy holda jazavaga tushgani? Uni buyuk chempion sifatida bilardim, ammo ayon bo‘ldiki, «Yuventus» vise-prezidenti lavozimiga munosib emas ekan. Qisqasi, rahbariyat Pavelning klubdagi rolini obdon o‘ylab ko‘rishi kerak. Deylik, Nedved sobiq murabbiy Allegri ishtirokidagi so‘nggi matbuot anjumaniga tashrif buyurmadi va bunday munosabat menga sira yoqmadi. Bilaman, ikkisi uncha chiqisholmasdi, ammo klubga katta xizmati singgan kishiga hurmat bajo keltirish kerak, baribir. Pavel o‘sha payt chet elda bo‘lganini aytib, o‘zini oqladi, ammo bu yolg‘on: u Italiyada edi. Menimcha, Nedved «Yuventus» uslubi va nufuziga muvofiq emas.

Asosiy xulosa bitta - klub mavsum oxirida Ronalduni sotishi va Paratichini ham ishdan bo‘shatishi kerak. Ehtimol, Anyelli uni keyinchalik chetlash uchun atayin lavozimini ko‘targandir... Bunday ssenariy chindan ham, haqiqatga yaqin», - dedi Jili.


1ta goli chindan ham, 1 million yevromi?

Keling, endi Jili janoblari haqiqatni gapiryaptimi yoki raqamlarni bo‘rttirib yuborgan - shuni aniqlaylik. Krishning «Yuve»dagi yillik maoshi 31 million yevroni tashkil qiladi. 2,5 mavsum davomidagi statistikasi - 121ta o‘yinda 92ta gol (oxirgi 2ta o‘yindagi natijasi qo‘shilmagan). Turin klubi bu davrda Ronalduga jami 73,7 million yevro miqdorida maosh bergan (darvoqe, portugaliyalik futbolchi o‘tgan yilning mart oyida yuzaga kelgan COVID-19 pandemiyasi bilan bog‘liq in­qiroz tufayli ish haqini kamaytirishga rozi bo‘lib, 3,8 million yevrodan voz kechgan va bu umumiy summaga kiritilmagan). Xullas, qolgani matematikaning ishi - 73,7ni 92ga bo‘lamiz va 0,8 million yevro kelib chiqishini ko‘ramiz. Qisqasi, «Yuventus» CHL-2020|2021dan tushib ketgan vaqtgacha Krishtianuga har bir goli uchun to‘lagan summa shu. Demakki, Jovanni Kobolli Jili raqamlarni birozgina oshirib ko‘rsatgan bo‘lsa-da, fikrida jon bor: Ronaldu haqiqatan ham, «keksa xonim» uchun haddan tashqari qimmatbaho «o‘yinchoq»dek ko‘rinmoqda. Har holda, unga tikilgan mablag‘ natija bobida o‘zini oqlamadi. Zero, portugaliyalikni jamoani aynan Chempionlar Ligasi «pley-off» bosqichlarida o‘z ortidan ergashtirishi uchun xarid qilishgan. Binobarin, «Yuve» ichki birinchilikda uningsiz ham maqsadga erishardi katta ehtimol. Biroq Krish amalda faqat «Atletiko» bilan qarama-qarshilikda o‘z darajasini ko‘rsatdi, ke­yin sukunat domiga cho‘mdi...

Krishtianu Ronaldu va «Yuventus» o‘rtasida rasmiylashtirilgan 4 yillik shartnoma 2022 yilning yozida yakuniga yetadi. Ehtimolki, futbolchining o‘zi yana bir yil Turinda qolishni xohlar - bu uning uchun yakuniy urinish. Har holda, Krish «byankonerlar» bilan ham «shalpangquloq» kubokni yutish asnosida butun dunyoga buyuk ekanligini yana bir marta isbotlashni xohlaydi. Biroq tanganing ikkinchi tomonini ham unutmaslik kerak - Anyelli ehtimolki, allaqachon hammasini hal qilib qo‘ygandir. Binobarin, uning yaqin kelajakda klubda global qayta qurish ishlarini boshlashi haqida gap-so‘zlar tez-tez quloqqa chalinmoqda...

A.AHMEDOV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 14:50, 01.04.2021. O'qildi: 23268 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Швеция Yasin Ayyari 2
2 АҚШ Folarin Balogan 2
3 Германия Kay Xavers 2
4 Тунис Omar Rekik 1
5 Швеция Viktor Dyokeresh 1
6 Швеция Mattias Svanberg 1
7 Германия Jamol Musiala 1
8 Германия Nataniel Braun 1
9 Германия Deniz Undav 1
10 Қатар Bualem Xuxiy 1

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик