Transfermarkt portali 2021 yilda transfer qiymatida eng katta pasayish kuzatilgan futbolchilar reytingini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, «Barselona» himoyachisi Kleman Langle 2021 yilda eng katta qiymatga arzonlagan — 25 million yevro. Keyingi o‘rindan katalonlarning yana bir vakili Miralem Pyanich (-22 mln yevro) joy olgan.
Keyingi o‘rinlardagi 8 nafar futbolchining narxi 20 million yevroga kamaygan. Quyida ro‘yxat bilan tanishing:
1. Kleman Langle («Barselona»): - 25 million yevro (hozirgi narxi 25 million yevro);
2. Miralem Pyanich («Barselona»): - 22 mln yevro (28 mln yevro);
3. Eden Azar («Real»): - 20 mln yevro (40 mln yevro);
4. Filippe Koutinyo («Barselona»): - 20 mln yevro (40 mln yevro);
5. Antuan Grizmann («Barselona»): - 20 mln yevro (60 mln yevro);
6. Serj Gnabri («Bavariya»): - 20 mln yevro (70 mln yevro);
7. Joau Feliks («Atletiko»): - 20 mln yevro (80 mln yevro);
8. Lionel Messi («Barselona»): - 20 mln yevro (80 mln yevro);
9. Sadio Mane («Liverpul»): - 20 mln yevro (100 mln yevro);
10. Kevin de Bryuyne («Manchester Siti»): - 20 mln yevro (100 mln yevro).