Bugun 3 yanvar, 2026 yil, shanba.

  • APL
      • 02.01.2026 01:00
      • Brentford
      • 0:0
      • Tottenhem
      • 02.01.2026 01:00
      • Sanderlend
      • 0:0
      • Manchester Siti
      • 03.01.2026 17:30
      • Aston Villa
      • -:-
      • Nottingem Forest
      • 03.01.2026 20:00
      • Brayton
      • -:-
      • Byornli
      • 03.01.2026 20:00
      • Vulverhempton
      • -:-
      • Vest Xem
      • 03.01.2026 22:30
      • Bornmut
      • -:-
      • Arsenal
      • 04.01.2026 17:30
      • Lids
      • -:-
      • Man. Yunayted
      • 04.01.2026 20:00
      • Everton
      • -:-
      • Brentford
      • 04.01.2026 20:00
      • Fulhem
      • -:-
      • Liverpul
      • 04.01.2026 20:00
      • Nyukasl
      • -:-
      • Kristal Pelas
      • 04.01.2026 20:00
      • Tottenhem
      • -:-
      • Sanderlend
      • 04.01.2026 22:30
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Chelsi
  • «A» Seriya
      • 03.01.2026 00:45
      • Kalyari
      • 0:1
      • Milan
      • 03.01.2026 16:30
      • Komo
      • -:-
      • Udineze
      • 03.01.2026 19:00
      • Sassuolo
      • -:-
      • Parma
      • 03.01.2026 19:00
      • Jenoa
      • -:-
      • Piza
      • 03.01.2026 22:00
      • Yuventus
      • -:-
      • Lechche
      • 04.01.2026 00:45
      • Atalanta
      • -:-
      • Roma
      • 04.01.2026 16:30
      • Lasio
      • -:-
      • Napoli
      • 04.01.2026 19:00
      • Fiorentina
      • -:-
      • Cremonese
      • 04.01.2026 22:00
      • Verona
      • -:-
      • Torino
  • La-liga
      • 03.01.2026 01:00
      • Rayo Valyekano
      • 1:1
      • Xetafe
      • 03.01.2026 18:00
      • Selta
      • -:-
      • Valensiya
      • 03.01.2026 20:15
      • Osasuna
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 03.01.2026 22:30
      • Elche
      • -:-
      • Vilyarreal
      • 04.01.2026 01:00
      • Espanyol
      • -:-
      • Barselona
      • 04.01.2026 18:00
      • Sevilya
      • -:-
      • Levante
      • 04.01.2026 20:15
      • Real Madrid
      • -:-
      • Betis
      • 04.01.2026 22:30
      • Malyorka
      • -:-
      • Jirona
      • 04.01.2026 22:30
      • Alaves
      • -:-
      • Real Ovyedo
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 19 45
2 Manchester Siti 19 41
3 Aston Villa 19 39
4 Liverpul 19 33
5 Chelsi 19 30
6 Man. Yunayted 19 30
7 Sanderlend 19 29
8 Everton 19 28
9 Brentford 19 27
10 Kristal Pelas 19 27
11 Fulhem 19 27
12 Tottenhem 19 26
13 Nyukasl 19 26
14 Brayton 19 25
15 Bornmut 19 23
16 Lids 19 21
17 Nottingem Forest 19 18
18 Vest Xem 19 14
19 Byornli 19 12
20 Vulverhempton 19 3

O'tgan o'yinlar.

19-тур Byornli 1-3 Nyukasl
19-тур Chelsi 2-2 Bornmut
19-тур Nottingem Forest 0-2 Everton
19-тур Vest Xem 2-2 Brayton
19-тур Arsenal 4-1 Aston Villa
19-тур Man. Yunayted 1-1 Vulverhempton
19-тур Kristal Pelas 1-1 Fulhem
19-тур Liverpul 0-0 Lids
19-тур Brentford 0-0 Tottenhem
19-тур Sanderlend 0-0 Manchester Siti

Navbatdagi o'yinlar.

03/01/26 Aston Villa - Nottingem Forest
03/01/26 Brayton - Byornli
03/01/26 Vulverhempton - Vest Xem
03/01/26 Bornmut - Arsenal
04/01/26 Lids - Man. Yunayted
04/01/26 Tottenhem - Sanderlend
04/01/26 Nyukasl - Kristal Pelas
04/01/26 Fulhem - Liverpul
04/01/26 Everton - Brentford
04/01/26 Manchester Siti - Chelsi

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

2020 yilda faoliyatini yakunlagan futbol yulduzlari.

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

2020 insoniyat uchun juda og‘ir keldi. Shu jumladn sportga ham. Ko‘p musobaqalar boshqa muddatga qoldirildi, yoki umuman to‘xtatish holati ham kuzatildi. Futbol ham bundan mustasno emas. Ammo biz hozir sizlar bilan bu haqida emas, balki o‘tgan yili katta futbol bilan xayrlashgan charm to‘p ustalari haqida suhbatlashmoqchimi. Umuman olganda, 2020 yilda butsasini mixga ilgan futbolchilar talaygina, lekin biz sizlarga maydonda ajoyib harakatlari bilan muxlislar yodida qolgan 10 nafari haqida hikoya qilmoqchimiz.

David Vilya

Ushbu reytingni Vilyadan boshlamoqchimiz. Chunki, bu ramziy ma’noga ega. Sababi, ispaniyalik futbolchi 2020 yilning, 1 yanvarida futbol bilan xayrlashishini e’lon qilgandi. Shu kuni David Yaponiyaning "Vissel Kobe" jamoasi bilan karerasidagi so‘nggi sovrinni, yani Imperator kubogini qo‘lga kiritgan edi. "Kashima"ga qarshi kechgan final uchrashuv, 38 yoshli ispaniyalikning faoliyatidagi so‘nggi o‘yin bo‘lib tarixda qoldi. Professional faoliyati davomida Vilya 644ta rasmiy o‘yin o‘tkazgan va ushbu bahslarda 327 marta gol urishga erishgan. Sobiq hujumchi "Sporting Xixon", "Saragoza", "Valensiya", "Barselona", "Atletiko", "Nyu-YOrk Siti", "Melburn Siti" va "Vissel Kobe" kabi jamoalarning sharafini himoya qilgan. David faoliyati davomida, deyarli barcha kubokni yutdi: La Liga, Qirol kubogi, Ispaniya Superkubogi, Chempionlar Ligasi, UYEFA Superkubogi, terma jamoa bilan Yevropa chempionati va Jahon chempionati. Ushbu futbolchining erishgan sovrinlariga, faqatgina havas qilish mumkin.

Iker Kasilyas

Kasilyas 2020 yilda faoliyatini tugatgan yana bir ispaniyalik buyuk futbolchi. Umuman olganda, Iker 2019 yilning may oyida futbolni tark etgandi. Chunki, o‘sha payt sobiq darvozabonda yurak xurujiga uchragan edi. Shundan so‘ng, ispaniyalik futbolchi boshqa maydonga qaytmadi. Rasman, faoliyatini tugatganini esa, o‘tgan yili , aniqrog‘i 2020 yilning 4 avgust oyida e’lon qildi. 39 yoshli futbolchining oxirgi jamoasi "Portu" bo‘ldi. Ammo sobiq darvozabonning faoliyatidagi asosiy klub Ispaniyaning "Real Madrid" jamoasi hisoblanadi. Iker madridliklar safida David Vilya singari hamma narsani yutdi. Kaslyas ham Ispaniya terma jamoasida, ham "Real" bilan muvaffaqiyatga erishgan kam sonli futbolchilardan biri hisoblanadi. Uning hisobida barcha turnirlar doirasidagi 1039ta uchrashuv va 24ta sovrin bor.

Xavyer Maskerano

Argentinalik futbolchi karerasini tugatishini - 2020 yilning, 16 noyabr kuni e’lon qildi. Maskerano faoliyatini davom ettirish uchun sabab topa olmadi. Qolaversa, karantindan keyin futbolchiga jismoniy tomondan o‘ynash ancha qiyin bo‘ldi. Xavyerning so‘nggi klubi argentinalik "Estudiantes" jamoasi bo‘lib, futbolchi 36 yoshida faoliyatini yakunladi. Bungacha Maskerano "River Pleyt", "Korintians", "Vest Xem", "Liverpul", "Barselona" va "Xeybey" kabi jamoalar tarkibida o‘ynagan. Kataloniyaliklar bilan Maskerano klub doirasidagi barcha sovrinlarga ega chiqdi. 8 yil davomida "ko‘k-anorranglilar" safida ajoyiib mavsumlarni o‘tkazgan. Argentina terma jamoasi bilan Xavyer Olimpiadada ikki marta g‘olib chiqdi, ammo Jahon chempionati va Amerika kubogida umuman omadi kelmadi. Futbolchi Jahon Chempionati finalida 1 marta, Kopa Amerika musobaqasi yakuniy uchrashuvida 2 marta mag‘lub bo‘lgan. Juda achinarli holat.


Klaudio Pizarro

Germaniyaning "Verder" jamoasi uchun 2019/20 yilgi mavsum juda qiyin kechdi. "Musiqachilar" Bundesligada qolish uchun "Hadenxaym" klubiga qarshi o‘tish uchrashuvida qatnashishga majbur bo‘lishdi. Ushbu jamoaga qarshi javob uchrashuvidan so‘ng, "Verder" hujumchisi Pizarro faoliyatini yakunladi. Klaudio 2020 yil 7 iyulda 41 yoshni qarshi oldi va futboldan ketishini rasman e’lon qildi. Faoliyati davomida perulik futbolchi bir "Verder", "Bavariya", "Chelsi", "Kyoln" kabi jamolar safida to‘p surgan. Pizarro faoliyatidagi eng yaxshi yillarni "Bavariya"da o‘tkazgan. "Nemis mashinasi" bilan klub darajasidagi deyarli barcha kubokka ega chiqdi. "Verder" tarkibida Klaudio Germaniya kubogini qo‘lga kiritdi. Sobiq futbolchi nemis futbolidagi afsonaviy futbolchilardan biri hisoblanadi.

Mario Gomes

Mario Gomes nemis muxlislariga, balki dunyodagi ko‘plab futbol ixlosmadlariga tanish bo‘lgan futbolchi hisoblanadi. Faoliyatitini yakunlashidan avval, Gomes "Shtutgart"ni Bundesligaga qaytishida muhim ishlarni bajargan o‘yinchi hisoblanadi. Nemis futbolchisi karerasini tugatishi haqida, 2020 yilning 28-iyunida rasman e’lon qildi. Gomes 34 yoshida butsalarini mixga ilishga qaror qildi. "Shtutgart"dan tashqari Mario "Bavariya", "Fiorentina", "Beshiktosh" va "Volfsburg" kabi klublar sharafini himoya qilgan. Sobiq futbolchining faoliyatidagi eng yaxshi davri ham, aynan "Bavariya" bilan bo‘lgan. "Nemis mashinasi" bilan birgalikda futbolchi UYEFA Superkubogidan tashqari hamma narsani yutdi. Ammo, Germaniya terma jamoasi bilan Mario bironta kubokka ega chiqmagan. 2014 yilgi mundialda esa Gomes terma jamoa lagerida emas edi.

Vensan Kompani

"Anderlext" jamoasining amaldagi murabbiyi 2020 yil 17-avgustda faoliyatini yakunladi va darhol Belgiya klubi rahbariga aylandi. 34 yoshida Kompani butsalarini mixga ilishga, shuningdek tezda murabbiylik faoliyatini boshlagani ko‘pchilik uchun kutilmagan holat bo‘ldi. Belgiyalik futbolchi faoliyatini ham aynan "Anderlext"da boshlagan va keyinchalik Germaniyaning "Gamburg" hamda Angliyaning "Manchester Siti" kabi klublar sharafini himoya qilgan. Vensan "shaharliklar" safida 11 mavsum davomida o‘ynadi. Ingliz klubi bilan birgalikda Angliyada qanday sovrin bo‘lsa, deyarli barchasini qo‘lga kiritgan. Shuningdek, futbolchi "Manchester Siti" tarixidagi eng yaxshi futbolchilardan biri bo‘lib, klub tarixida qoldi. Kompani Angliya jamoasi bilan faqatgina Chempionlar Ligasida zafar qucha olmadi. Vensan Kompanini terma jamoa bilan qo‘lga kiritgan yagona yutug‘i - 2018 yilgi Jahon Chempionati bronza medali. Ehtimol, sobiq futbolchi futbolchilik davrida qo‘lga kirita olmagan yutug‘larini, murabbiy sifatida zafar quchar.

Daniel De Rossi

De Rossi Franchesko Totti kabi yulduz futbolchi emas, ammo bari-bir "Roma"ning afsonaviy futbolchilaridan biridir. Daniel Rim klubi sharafini 17 yil davomida himoya qildi. Bu esa deyarli butun faoliyatini "bo‘rilar" safida o‘tkazganini bildiradi. Italiyalik sobiq futbolchi faoliyatining yakunida, o‘zining azaliy orzusi amalga oshirdi. Ya’ni, karerasini tugatishidan oldin, Argentinaning "Boka Xuniors" jamoasi futbolchisi sifatida to‘p tepdi. Shundan keyin, 2020 yilning 6-yanvarida butsasini mixga ilish haqida qaror qildi. 37 yoshli sobiq yarim himoyachi Italiyada unchalik ko‘zga ko‘rinadigan sovrinlarni qo‘lga kiritmagan. Faqatgina, ikki marta Italiya kubogi va bir superkubokda zafar quchgan. Ammo, De Rossi milliy terma jamoa bilan birgalikda 2006 yilgi Jahon chempionatida g‘olib bo‘lgan.

Gabi

Gabi futbolchilik faoliyatini yakunlagani haqida 2020 yilning oxirrog‘ida e’lon qildi. 37 yoshli ispaniyalikning so‘nggi klubi Qatarning "As-Sadd" jamoasi bo‘ldi. Ammo ko‘pchilik uni "Atletiko"dagi o‘yinlari uchun yaxshi biladi. Gabi Madrid klubida faoliyatining eng ajoyib davrlarini o‘tkazgan. Akademiyadna to jamoa sardorligigacha bo‘lgan vaqt davomida klub sharafini himoya qildi. Sobiq yarim himoyachi "matraschilar" bilan birga Ispaniya chempionligi, Ispaniya kubogi, Ispaniya superkubogida zafar quchishga erishdi. Shuningdek, Yevropa Ligasi va UYEFA superkubogidagi muvaffaqiyatini ham ta’kidlab o‘tish zarur. Ammo, ispaniyalik sobiq futbolchi uchun Chempionlar Ligasi bosh sovrini armon bo‘lib qoldi. Garchi, ikki marta finalga chiqqan bo‘lsa-da, ikkovida ham hamshahari "Real"ga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.


Stefan Lixtshtayner

Lixtshtayner professional faoliyati davomida La Ligadan tashqari barcha top chempionatlarda o‘ynagan. Shvesariyalik futbolchi bolalik klubi "Grassxoppers"ni tark etgach, keyinchalik "Lill", "Lasio", "Yuventus", "Arsenal" va "Augsburg" kabi jamoalar tarkibida o‘ynagan. Nemis klubi Stefan uchun so‘nggi jamoasi sifatida tarixda qoldi. Sobiq futbolchi 2020 yilning, 12-avgustida 36 yoshligida katta futbol bilan xayrlashishga qaror qildi. Futbolchining eng muvaffaqiyatli davri Turinning "Yuventus" klubi bilan bo‘lgan. Stefan "keksa sinyora" bilan birgalikda Appenin orolidagi barcha sovrinlarni qo‘lga kiritgan. Shuningdek, "Yuventus" bilan birga ikki marta Chempionlar Ligasi finaliga ham chiqqan. Ammo, ikki uchrashuvda ham, Ispaniyaning ikki grand jamoalari "Barsa" va "Real"ga imkoniyatni bor berib qo‘yishgan. Shunday qilib, shvesariyalik futbolchi hech qachon "shalpangquloq" kubokni boshi uzra ko‘tarmaydigan bo‘ldi. Ammo 2015 yilda Stefan Shvesariyada yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.


Andre Shyurrle

Reytingimizni ushbu futbolchilar orasidagi eng yosh futbolchi yopib beradi. Shyurrle 29 yoshda karerasini tugatishga qaror qildi. Nemis futbolchisi butsalarini mixga ilib qo‘yish haqidagi qarorni, o‘tgan yilning 17-iyul kuni e’lon qildi. Sobiq futbolchi o‘ziga muvaffaqiyatsizliklar yomon ta’sir qilayotgani va shu sabab futboldan ketganligi haqida aytib o‘tdi. Faoliyati davomida sobiq vinger "Mayns", "Bayer", "Chelsi", "Volfsburg", "Borussiya D", "Fulxem" va "Spartak" kabi jamoalarda o‘ynagan. Moskva jamoasi Andrening eng oxirgi jamoasi bo‘lib tarixda qoldi. Shyurrle Angliya va Germaniyada bir nechta sovrinlarni qo‘lga kiritgan, ammo sobiq futbolchining asosiy yutug‘i bu terma jamoasi bilan Jahon Chempionatidagi muvaffaqiyatidir.

 

Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 00:45, 08.04.2021. O'qildi: 5025 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 19
2 Брентфорд Igor Tiago 11
3 Борнмут Antuan Semenyo 9
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 8
5 Брайтон Denni Uelbek 8
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 8
7 Кристал Пэлас Jan-Filipp Mateta 8
8 Астон Вилла Morgan Rodjers 7
9 Тоттенхэм Risharlison 7
10 Манчестер Сити Filip Foden 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.