Bugun 16 mart, 2026 yil, dushanba.

  • «A» Seriya
      • 15.03.2026 00:45
      • Udineze
      • 0:1
      • Yuventus
      • 15.03.2026 16:30
      • Verona
      • 0:2
      • Jenoa
      • 15.03.2026 19:00
      • Piza
      • 3:1
      • Kalyari
      • 15.03.2026 19:00
      • Sassuolo
      • 0:1
      • Bolonya
      • 15.03.2026 22:00
      • Komo
      • 2:1
      • Roma
      • 16.03.2026 00:45
      • Lasio
      • 1:0
      • Milan
      • 17.03.2026 00:45
      • Cremonese
      • -:-
      • Fiorentina
  • APL
      • 15.03.2026 01:00
      • Vest Xem
      • 1:1
      • Manchester Siti
      • 15.03.2026 19:00
      • Nottingem Forest
      • 0:0
      • Fulhem
      • 15.03.2026 19:00
      • Man. Yunayted
      • 3:1
      • Aston Villa
      • 15.03.2026 19:00
      • Kristal Pelas
      • 0:0
      • Lids
      • 15.03.2026 21:30
      • Liverpul
      • 1:1
      • Tottenhem
      • 17.03.2026 01:00
      • Brentford
      • -:-
      • Vulverhempton
  • La-liga
      • 15.03.2026 01:00
      • Real Madrid
      • 4:1
      • Elche
      • 15.03.2026 18:00
      • Malyorka
      • 2:1
      • Espanyol
      • 15.03.2026 20:15
      • Barselona
      • 5:2
      • Sevilya
      • 15.03.2026 22:30
      • Betis
      • 1:1
      • Selta
      • 16.03.2026 01:00
      • Real Sosyedad
      • 3:1
      • Osasuna
      • 17.03.2026 01:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Levante
  • O‘zbekiston superkubogi
      • 15.03.2026 19:15
      • Neftchi
      • 1:0
      • Paxtakor
«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 28 70
2 Real Madrid 28 66
3 Atletiko 28 57
4 Vilyarreal 28 55
5 Betis 28 44
6 Selta 28 41
7 Real Sosyedad 28 38
8 Espanyol 28 37
9 Xetafe 28 35
10 Atletik Bilbao 28 35
11 Osasuna 28 34
12 Jirona 28 34
13 Valensiya 28 32
14 Rayo Valyekano 27 31
15 Sevilya 28 31
16 Malyorka 28 28
17 Alaves 28 28
18 Elche 28 26
19 Levante 27 22
20 Real Ovyedo 28 21

O'tgan o'yinlar.

28-тур Alaves 1-1 Vilyarreal
28-тур Jirona 3-0 Atletik Bilbao
28-тур Atletiko 1-0 Xetafe
28-тур Real Ovyedo 1-0 Valensiya
28-тур Real Madrid 4-1 Elche
28-тур Malyorka 2-1 Espanyol
28-тур Barselona 5-2 Sevilya
28-тур Betis 1-1 Selta
28-тур Real Sosyedad 3-1 Osasuna

Navbatdagi o'yinlar.

17/03/26 Rayo Valyekano - Levante

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

"Real" o‘z maydonida "Barsa"ni qabul qiladi. Kimda qanday imkoniyat?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Ispaniya La-ligasi
Rukn: Sharhlar va Anonslar
A A A

Ispaniya La ligasida muhimligi bilan boshqalaridan ajralib turadigan ikkita uchrashuv bor. Biri 1-turdagi "El-klasiko", keyingisi esa ikkinchi turdagi "El-klasiko". Boshqa ligalarning ashaddiy ishqibozlari qanday o‘ylamasin, "Real" va "Barsa" to‘qnashuvi dunyodagi har qanday uchrashuvdan ustunroq turishi bor gap. O‘sha kuni, nafaqat Ispaniya, balki butun dunyo futbol ishqibozlari ikkiga bo‘linishadi. Bir tomon ko‘k-qizil rangga bo‘yalsa, ikkinchi tomon oppoq rangga burkanadi. Bugun soat tungi 00:00da Ispaniya La ligasi, doirasidagi 30 tur uchrashuvlari davom ettiriladi. Mazkur qarama-qarshiliklar doirasidagi, eng shiddatli, qiziqarli va ushbu mavsumdagi ko‘p narsalarni aniqlashtirib beradigan uchrashuv "Real Madrid" va "Barselona" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Hozir esa biz sizlarga mazkur qarama-qarshilik haqida tayyorlangan qisqacha prevyuni taqdim etamiz.

"Atletiko" va "Real Sosyedad" bilan bo‘lgan uchrashuvlarda qayd etilgan durang natija Madrid jamoasining chempionlik imkoniyatlarini biroz kamaytirib yubordi. Mazkur o‘yinlardan keyin, "qaymoqranglilar" 2-o‘rindan, 3-pog‘onaga tushib ketishdi. Hozir madridliklarga 3 ochko havodek zarur. Chunki, bugungi bahsdagi durang, yoki mag‘lubiyat, Zidan jamoasini chempionlikdan biroz uzoqlashtirib yuborishi mumkin. Agarda, "Real" kataloniyaliklar jamosi ustidan g‘alaba qozonsa, unda ochkolar sonini tenglashtirib, 1-o‘rindagi "Atletiko" bilan oradagi farqni ushlab qolishadi. Ehtimol birinchi o‘ringa chiqib olishi ham mumkin. 

"Atletiko"ning ko‘plab muvaffaqiyatsiz uchrashuvlaridan unumli foydalanib qolgan "Barselona", "matraschilar" bilan oradagi farqni bittagacha kamaytirishga erishdi. Hozirgacha Ronald Kuman shogirdlari 19 uchrashuvdan beri mag‘lubiyatsiz o‘yin namoyish etib, o‘ziga xos natija ko‘rsatib kelmoqda. Qolaversa, "Barsa" hisobida ketma-ket qo‘lga kiritilgan 6 g‘alaba mavjud. Lekin, shuni ham ta’kidlab o‘tishimiz kerakki, garchi Kataloniya jamoasi "Real Sosyedad", "Sevilya" kabi jamoalar ustidan g‘alaba qozongan bo‘lsa-da, ammo mazkur uchrashuvlarda mukammal o‘yin namoyish etgan ham deya olmaymiz. Faqatgina, raqiblari saviyasidan kelib chiqib muvaffaqiyatga erishganini ham ta’kidlab o‘tish kerak.

"Real Madrid"

Ushbu mavsum sardori Serxio Ramos uchun "Real" dagi so‘nggisi bo‘lishi mumkin. Sababi, Madrid klubi rahbariyati va futbolchi haligacha bir qarorga kelganicha yo‘q. Ehtimol, kelayotgan transferlar mavsumida Ramos jamoani tark etishi mumkin. Ammo, "el-klasiko" uchrashuvlarining asosiy yulduzlaridan biri bo‘lgan Serxio bugungi bahsni o‘tkazib yuboradi. Deyarli mavsumning ko‘p qismini jarohatlar bilan bog‘liq muammolarga o‘ralashib o‘tkazib yuborgan Ramos, "ko‘k-anorranglilar"ga qarshi uchrashuvda yo‘qligi yaqqol sezilishi mumkin. Chunki, Ramossiz "Real" ruhiy tomondan ham tushkunlikka tushishi mumkin. "El-kapitano" shu paytgacha La ligada atigi 15ta, Chempionlar Ligasida esa to‘rtta o‘yin o‘tkazgan.
Ramos yo‘qligida, asosiy himoyachilar Rafael Varan va Nacho hisoblanar edi. Garchi, Ramossiz o‘ynagan Varan ko‘p xatolarga yo‘l qo‘ysa-da, ushbu bahslarda o‘zining yetakchilik qobiliyatini ko‘rsatar edi. Afsuski, "Real Madrid" muxlislari uchun yana bir yomon holat yuz berdi. Ya’ni, "Liverpul"ga qarshi uchrashuv boshlanishidan oldin, fransuz futbolchisida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Angliyaliklar bilan o‘yinga esa Eder Militao maydonga tushirildi. Shuni ham aytib o‘tishimiz kerakki, "Real" tarkibida juda kam maydonga tushadigan Eder juda ta’sirchan futbolchi hisoblanadi. Braziliyalik beshta uchrashuvda harakat qilib, ikki sariq va bir qizil kartochkaga loyiq ko‘rilgan. Lekin, 3 kun oldin Chempionlar Ligasida o‘ynagan Militao "Liverpul"ga qarshi bahsda yomon o‘yin ko‘rsatmadi. Shuning uchun, "Real" va uning muxlislar unga ishonishdan boshqa iloji ham yo‘q. Qolaversa, bugungi uchrashuvni Karvaxal ham o‘tkazib yuboradi. Shuningdek, bahsda Eden Azar ham maydonga tushishi noma’lum. Ammo, bir necha kun oldin chiqqan xabarlarga ko‘ra, belgiyalik futbolchi "Barsa"ga qarshi uchrashuvda o‘ynashi mumkin.
Aksariyat jamoalar safarda emas, uy sharoitida yaxshiroq o‘ynashadi, hatto tribunada muxlislarning yo‘qligi ham ularni bezovta qilmaydi. Lekin, bunga qarama-qarshi holatlar ham mavjud. Xususan, "Real" "Barsa" bilan uy uchrashuvlarida juda omadsiz ishtirok etadi. Agar so‘nggi o‘nta o‘yinni natijalarini hisoblab chiqadigan bo‘lsak, "qaymoqranglilar" o‘z uyida kataloniyaliklarga 7 marta imkoniyatni boy bergan va bor yo‘gi 3 marta g‘alaba qozonishga erishgan. Shuningdek, safar uchrashuvlarida esa Madrid jamoasi to‘rt g‘alaba va to‘rt mag‘lubiyat qayd etishgan. Bunday statistika nima sabab bo‘lganligini aytish qiyin, ammo nima bo‘lgan taqdirda ham "Real"ga o‘z uyida devorlari yordam bermaydi, chog‘i.

"Barselona"

"Barselona" so‘ngi uchrashuvlarda 3 himoyachi bilan o‘ynashiga odatlanib qoldik. Murabbiy Ronald Kuman ham jamoada avlodlar almashinuvini amalga oshirish maqsadida, ko‘pgina yosh va umidli futbolchilarga imkoniyat bermoqda. Ammo, murabbiy bugun ham shunday tavakkal qiladimi, yoki yo‘qmi bu noma’lum. "Real Madrd"ga qaraganda, "Barselona" nisbatan optimal tarkibda deyish mumkin. Chunki, Kataloniya jamoasining asosiy himoyachisi Jerar Pike safga qaytdi va katta ehtimol bilan bugungi bahsda maydonga tushishi kutilmoqda. Albatta, tajribali himoyachining tarkibga qo‘shilishi, jamoa muxlislariga xursandchilik olib kelishi tayin. Shuningdek, oldingi mavsumlarda jarohat bilan bog‘liq muammolarga o‘ralashib qoladigan Usman Dembele mavsum o‘rtalariga kelib, stabil o‘yin namoyish etishni boshladi. O‘tgan turda "Valyadolid"ga qarshi uchrashuvda kiritgan super gol jamoasiga muhim 3 ochkoni taqdim etdi. Qolaversa, Serjinyo Dest kataloniyaliklar o‘ng qanot himoyasida ajoyib o‘yinlar namoyish etmoqda. Bugungi uchrashuvda ham maydonga tushishi ehtimoli katta. "Barsa" oxirgi paytda 3-4-3 sxemada o‘ynab kelmoqda. Ushbu 3talik himoyaning asosini Lengle, De Yong va Dest kabi yosh futbolchilar tashkil qilishini ham aytib o‘tish kerak. Antuan Grizmann yaqinda farzandli bo‘ldi. Qiziq tomoni, uning 3 farzandi ham bir kunda, ya’ni 8-aprel kuni dunyoga kelgan. Ammo, bu holat bugun Kataloniya klubi fransuz futbolchisisiz maydonga tushmasligiga sabab bo‘lmasa kerak.

Ehtimoliy tarkiblar.

"Real Madrid" (4-3-3): Kurtua, Mendi, Nacho, Militao, Modrich, Kazemiro, Kross, Junior, Benzema, Asensio.

"Barselona" (3-4-3): ter Shtegen, Pike, Lengle, De Yong, Dest, Buskets, Pedri, Alba, Grizmann, Dembele, Messi.


Xulosa o‘rnida shuni aytishimiz mumkinki, "Real" va "Barsa" o‘rtasidagi mazkur bahsdagi qaysidir jamoaning mag‘lubiyati, katta ehtimol bilan o‘sha jamoani chempionlik yo‘lidagi shashtini pasaytirib yuborishi mumkin. Chunki, hozirada ikki jamoa ham optimal formada va stanil o‘yin namoyish etmoqda. Agar, ushbu o‘yinda qaysidir jamoa g‘olib bo‘lsa, chempionlikka asosiy da’vogarga aylanadi va bu yog‘iga iloji boricha ochko yo‘qotmay o‘ynashga harakat qilishni boshlaydi. Ushbu uchrashuv, bugun tunda soat 00:00da boshlanadi.

 

 

Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 20:35, 10.04.2021. O'qildi: 6851 marta. Fikrlar: 3 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 18
3 Барселона Lamin Yamal 14
4 Осасуна Ante Budimir 13
5 Барселона Ferran Torres 12
6 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 12
7 Барселона Robert Levandovski 11
8 Барселона Rafinya 11
9 Сельта Borxa Iglesias 11
10 Атлетико Aleksandr Serlot 10

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.