Bugun 18 may, 2026 yil, dushanba.

  • «A» Seriya
      • 17.05.2026 15:00
      • Komo
      • 1:0
      • Parma
      • 17.05.2026 15:00
      • Jenoa
      • 1:2
      • Milan
      • 17.05.2026 15:00
      • Yuventus
      • 0:2
      • Fiorentina
      • 17.05.2026 15:00
      • Piza
      • 0:3
      • Napoli
      • 17.05.2026 15:00
      • Roma
      • 2:0
      • Lasio
      • 17.05.2026 18:00
      • Inter
      • 1:1
      • Verona
      • 17.05.2026 21:00
      • Atalanta
      • 0:1
      • Bolonya
      • 17.05.2026 23:45
      • Kalyari
      • 2:1
      • Torino
      • 17.05.2026 23:45
      • Sassuolo
      • 2:3
      • Lechche
      • 17.05.2026 23:45
      • Udineze
      • 0:1
      • Cremonese
  • APL
      • 17.05.2026 16:30
      • Man. Yunayted
      • 3:2
      • Nottingem Forest
      • 17.05.2026 19:00
      • Everton
      • 1:3
      • Sanderlend
      • 17.05.2026 19:00
      • Brentford
      • 2:2
      • Kristal Pelas
      • 17.05.2026 19:00
      • Lids
      • 1:0
      • Brayton
      • 17.05.2026 19:00
      • Vulverhempton
      • 1:1
      • Fulhem
      • 17.05.2026 21:30
      • Nyukasl
      • 3:1
      • Vest Xem
      • 19.05.2026 00:00
      • Arsenal
      • -:-
      • Byornli
      • 19.05.2026 23:30
      • Bornmut
      • -:-
      • Manchester Siti
  • La-liga
      • 17.05.2026 22:00
      • Rayo Valyekano
      • 2:0
      • Vilyarreal
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletiko
      • 1:0
      • Jirona
      • 17.05.2026 22:00
      • Osasuna
      • 1:2
      • Espanyol
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletik Bilbao
      • 1:1
      • Selta
      • 17.05.2026 22:00
      • Elche
      • 1:0
      • Xetafe
      • 17.05.2026 22:00
      • Levante
      • 2:0
      • Malyorka
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Sosyedad
      • 3:4
      • Valensiya
      • 17.05.2026 22:00
      • Sevilya
      • 0:1
      • Real Madrid
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Ovyedo
      • 0:1
      • Alaves
      • 18.05.2026 00:15
      • Barselona
      • 3:1
      • Betis
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 37 94
2 Real Madrid 37 83
3 Vilyarreal 37 69
4 Atletiko 37 69
5 Betis 37 57
6 Selta 37 51
7 Xetafe 37 48
8 Rayo Valyekano 37 47
9 Valensiya 37 46
10 Real Sosyedad 37 45
11 Espanyol 37 45
12 Atletik Bilbao 37 45
13 Alaves 37 43
14 Sevilya 37 43
15 Osasuna 37 42
16 Elche 37 42
17 Levante 37 42
18 Jirona 37 40
19 Malyorka 37 39
20 Real Ovyedo 37 29

O'tgan o'yinlar.

37-тур Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
37-тур Atletiko 1-0 Jirona
37-тур Osasuna 1-2 Espanyol
37-тур Atletik Bilbao 1-1 Selta
37-тур Elche 1-0 Xetafe
37-тур Levante 2-0 Malyorka
37-тур Real Sosyedad 3-4 Valensiya
37-тур Sevilya 0-1 Real Madrid
37-тур Real Ovyedo 0-1 Alaves
37-тур Barselona 3-1 Betis

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Betis - Levante
24/05/26 Selta - Sevilya
24/05/26 Alaves - Rayo Valyekano
24/05/26 Valensiya - Barselona
24/05/26 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05/26 Malyorka - Real Ovyedo
24/05/26 Xetafe - Osasuna
24/05/26 Jirona - Elche
24/05/26 Espanyol - Real Sosyedad
25/05/26 Vilyarreal - Atletiko

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Butun terma jamoasidan qimmatroq bo‘lgan 5 nafar futbolchi

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Ko‘pincha muxlislar va jurnalistlar futbolchilarining qadr-qimmatlarini futbolga nisbatan bildirganda, "jamoa yetakchisi" yoki "asosiy o‘yinchi" iboralarini ishlatishadi. Har bir jamoada qandaydir yetakchilar bor. Ayni damlarda ham futbol olamida shunday futbolchilar borki, u ham terma jamoasi, ham klubi yetakchisi hisoblanadi. Garchi, o‘ynayotgan klubi futbol olamida o‘z mavqeiga ega jamoa hisoblansa-da, ammo terma jamoasi jahon maydonlarida gegemonligi bilan ajralib turmaydi.

Bugun biz shu narsaga to‘xtalishga qaror qildik va Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, transfer narxlari bo‘yicha, o‘zining butun terma jamoasi futbolchilaridan qimmat bo‘lgan 5 nafar yulduz haqida suhbatlashmoqchimiz.


Son Xin Min - Janubiy Koreya

O‘yinchi qiymati: 85 million yevro
Terma jamoasi narxi: 20 million yevro

Aytish kerakki, Son Xin Min Koreya futboli tarixidagi eng kuchli, hatto yetakchilik qobiliyati bilan ajralib turadigan futbolchi hisoblanadi. Ehtimol siz unday hisoblamassiz.  Lekin, dunyodagi muxlislarning katta qismi Son Xin Mindan boshqa Janubiy Koreya terma jamoasi futbolchisining nomini deyarli eslashmaydi.

Ayni paytda 28 yoshli futbolchi o‘z mamlakati terma jamoasi uchun mutlaqo ramziy belgi va butun Osiyo mintaqasi faxrlanishga arziydigan futbolchidir. Sonaning hozirgi transfer qiymati 85 million yevroga baholanmoqda, ammo "Tottenxem" rahbarlari yetakchilaridan birini qo‘yib yuborishga rozi bo‘lishlari uchun, hatto bundayda ko‘p pul so‘rashlari mumkin. Chunki, londonliklar rahbariyati ham futbolchining qobiliyatini bilishgan holda, arzon sotishni istamasligi aniq. Koreysning "shporlar" bilan amaldagi shartnomasi 2023 yil o‘rtalariga qadar amal qiladi. Shu sababli, "Tottenxem" rahbariyati Son Xin Min bilan oradagi bitimni uzaytirish harakatida yuribdi.

Janubiy Koreya terma jamoasida Son 89 ta uchrashuv o‘tkazgan va 26 ta gol urgan. U debyutini 2010 yil oxirida o‘tkazgan. 11 yildan beri vatanining bosh jamoasi bilan yuqori natijalarga erishib kelmoqda. Masalan, 2015 yilgi Osiyo kubogi kumush medaliga sazovor bo‘lgan bo‘lsa, 2018 yilda koreyslar Osiyo o‘yinlarining futbol musobaqasida oltin medalni qo‘lga kiritishdi. Terma jamoaning qolgan qismiga kelsak, bugungi kunga kelib uning umumiy qiymati, Sonani hisobga olmaganda, 20 million yevrodan oshmaydi. Bu holat "Tottenxem" futbolchisining terma jamoadagi mavqeini ta’kidlash uchun yana bir imkoniyat.

Pyer-Emerik Obameyang - Gabon

O‘yinchining qiymati: 50 million evro
Terma jamoasi narxi: 37,7 million evro

Hozirgi kunda Londonning "Arsenal" jamoasining hujum yetakchilaridan biri bo‘lgan Pyer-Emerik Obameyang Fransiyada tug‘ilib o‘sgan va u yerda futbol o‘ynashni boshlagan. Shuningdek, ushbu mamlakat yoshlar terma jamoasi o‘yinlarida ham qatnashgan. Ammo, bu holatga 2009 yil mart oyida Gabon futbol federasiyasining rasmiylari to‘sqinlik qilishdi, ular Obameyangni etnik vatani milliy jamoasida o‘ynashga ko‘ndirishga muvaffaq bo‘lishdi, chunki Pyer-Emerikning otasi ushbu Afrika qit’asi mamlakatida tug‘ilgan edi.

Obameyang o‘zini Fransiyaning "Sent-Etyen" klubida tanitishga muvaffaq bo‘ldi. Ushbu jamoa tarkibida ko‘rsatgan o‘yinlaridan so‘ng, uni "Borussiya D" skautlari payqab qolishdi va tezda futbolchini Germaniyaga olib ketish harakatiga tushib qolishdi. Shu tariqa, futbolchi dortmundliklar safida o‘zining ajoyib tezligi va yaxshi texnikasi bilan tanildi. Gabonlik hujumchi har qanday himoya chizig‘i vakillari uchun ham, juda qiyin raqibga aylandi. Shu sababli, Obameyangning hozirgi transfer narxi ancha yuqori deb baholanishi ajablanarli emas. Futbolchi allaqachon 31 yoshda bo‘lishiga qaramay, uning transfer narxi 50 million yevroni tashkil qiladi va afrikalikning "Arsenal" bilan shartnomasi 2023 yilning iyuliga qadar amal qiladi.

Gabon terma jamoasi safida Obameyang 51 uchrashuv o‘tkazgan va 20 gol urgan. U hali terma jamoa bilan biron bir katta sovrin yutishga muvaffaq bo‘lmagan, ammo 2015 yilda Pyer-Emerik Afrikaning yilning eng yaxshi futbolchisi deb tan olinib, individual mukofotga sazovor bo‘ldi. E’tibor bering, bugungi kunga qadar Gabon terma jamoasining qolgan qismi narxi 37,7 million yevroga baholanmoqda va Obameyangdan tashqari eng qimmat o‘yinchilar 25 yoshli "Sent-Etyen" futbolchisi Denis Bouanga (12 million yevro) va "Fulxem"dan 27 yoshli Mario Lemina (10 million yevro) hisoblanadi. Mazkur futbolchilarning nomlari ob’ektiv ravishda qaraydigan bo‘lsak, muxlislarga unchalik tanish emas.


Alfonso Devis - Kanada

O‘yinchining qiymati: 80 million yevro
Terma jamoasi narxi: 41,25 million yevro

Uch yil oldin o‘spirin Alfonso Devis Kanadaning "Vankuver" jamoasida o‘ynagan. Mos ravishda shuni aytishimiz mumkinki, ushbu klub haqida dunyo futbolida kam odam bilar edi. Ammo, 2018 yilda Germaniya klubi agentlari Kanadaning chekkarog‘idagi yosh va iqtidorli vunderkind haqida eshitib qolishdi. Oradan biroz vaqt o‘tib, Alfonso "Bavariya" akademiyasida paydo bo‘ldi. Ayni damda 20 yoshli kanadalik Bundesliga va "nemis mashinasi"ning eng yorqin yosh yulduzlaridan biri bo‘lib, uning transfer narxi hozirda 80 million yevroga baholanmoqda.

2019 yilning yanvar oyida Devis Germaniya chempionatida debyut uchrashuvini amalga oshirdi. Ammo, Kanada terma jamoasi safidagi ilk uchrashuvini ancha oldinroq, yani 2017 yilning yozida o‘tkazgan. O‘sha paytda "Bavariya" himoyachisi atigi 16 yosh edi. Hozirgacha Alfonso "qizillar" tarkibida 17 ta jang va 5 ta gol urgan. To‘g‘ri, Devis hali  hech qanday yirik g‘alabalarni qo‘lga kiritmadi, ammo Kanada milliy jamoasida to‘planib kelayotgan yaxshi yosh avlodni hisobga olgan holda shuni aytishimiz mumkinki, ushbu terma jamoa uchun asosiy sovrinlar hali oldinda. Devisdan tashqari, hozirgi Kanada jamoasining asosiy umidlari o‘tgan yozda Belgiyaning "Gent" klubidan 27 million yevro evaziga, Fransiyaning "Lill" futbolchisiga aylangan Jonatan Deviddir. Ushbu futbolchini ham, mutaxasislar Kanadaning kelajagi sifatida qarashmoqda. Hozircha uning taxminiy qiymati 30 million yevroga baholanmoqda. Bu degani Devisnikidan ikki marta kam.

Yan Oblak - Sloveniya

Futbolchining qiymati: 90 million yevro
Terma jamoasi narxi: 39,45 million yevro

Yan Oblak nafaqat terma jamoasida yetakchi, balki dunyodagi darvozabonlar orasida ham eng yaxshilaridan biri hisoblanadi. Oblak o‘z vatani Sloveniyaning "Olimpiya" klubi safida futbolga ilk qadamlarini qo‘ydi. Ushbu jamoa safida ko‘rsatgan o‘yinlaridan keyin, 2010 yilda "Benfika" skautlari nazariga tushib qoldi. Portugaliya jamoasi darvozabon uchun sloveniyaliklarga atigi 2 million yevro to‘lashga majbur bo‘ldi.
Oradan to‘rt mavsum o‘tib, "Benfika" Yanni "Atletiko"ga 16 million evaziga sotdi, ammo hozirda posbonning transfer narxi 90 million yevroni tashkil qilmoqda! Darvozabonning yoshi hozirda 27 da ekanligini hisobga olsak, bu uning karerasining eng yuqori cho‘qqisi emas. Hali sloveniyalik o‘yin tomondan ham, transfer narxi tomonidan ham o‘sishini taxmin qilish mumkin.

Oblak Sloveniya terma jamoasida 2012 yil sentyabr oyidan buyon o‘ynab kelmoqda. Dastlab Yan ushbu mamlakatda tug‘ilgan yana bir eng yaxshi darvozabon Samir Xandanovichga qarshi bahsda g‘alaba qozonishga qiynaldi, ammo 2015 yilda "Inter" darvozaboni termadagi faoliyatini yakunlagach, Oblak sloveniyaliklarning asosiy va muhim futbolchisiga aylandi.
Afsuski, Yevropa qit’asidagi jiddiy raqobat tufayli Oblak ob’ektiv ravishda Sloveniya bilan yuqori darajadagi sovrinlarga umid qilmaydi, ammo darvozabon ushbu paytga qadar to‘rt marta o‘z mamlakatining eng yaxshi futbolchisi deb tan olingan. Aytgancha,  hozirgi Sloveniya terma jamoasining Yandan keyingi ikkinchi eng qimmat o‘yinchisi Kiyevning "Dinamo" klubi vakili Benjamin Verbich ekanligini ta’kidlab o‘tish kerak. Uning narxi mutaxassislar tomonidan 7 million yevroga baholangan. Shuningdek, butun Sloveniya jamoasi futbolchilarining narxini qo‘shib hisoblasak, Oblakning yarimicha chiqmaydi. 40 million yevro.


Muhammad Salah - Misr

O‘yinchining qiymati: 120 million yevro
Terma jamoasining narxi: 36,75 million yevro

Muhammad Salah futbolchilik karerasini vatani klubi safidan boshlagan. O‘sha yerdan Shvesariyaning "Bazel" klubiga ko‘chib o‘tgan. Shvesariya jamoasi Salahning Yevropadagi birinchi klubi hisoblanadi. "Bazel"dagi muvaffaqiyatli o‘yinlar Muhammadni to‘g‘ridan-to‘g‘ri "Chelsi"ga olib keldi, ammo misrlik futbolchi tezda Premer-ligaga ko‘nikib ketishi qiyin bo‘ldi va "aristokratlar" safida yorqin o‘yin namoyish eta olmadi. Shu sababdan, avval "Fiorentina", keyinchalik esa "Roma"ga ijaraga berildi. Rim klubi safida Salah haqiqatdan ham iqtidorli ekanligini isbotlashga erishdi va Angliyaga qaytib kelishga erishdi. Faqat, yana Londonga emas, balki "Liverpul" safiga kelib qo‘shildi. Buning uchun "qizillar" rahbariyati 42 millon yevro sarflashdi, xolos. "Mersisaydlar" sarflagan pulini bir yilga bormay qoplatib oldi. Misirlik ketma-ket uchrashuvlarda gol urib, Klopp jamoasini yuqori o‘rinlarda yurishini ta’minladi. Endi esa Salohning transfer narxi qariyb uch baravar ko‘p - 120 million yevroga baholanmoqda. Yana shuni ham ta’kidlashimiz kerakki, hatto bunday pul evaziga "Liveroul" futbolchini sotmasligi ham mumkin. "Qizillar" bilan Muhammad Angliya chempioni, Chempionlar Ligasi, klublar o‘rtasidagi jahon chempionati va UYEFA superkubogida g‘olib bo‘lishga erishdi. Ehtimol, ushbu kartinaning to‘liqligi uchun, "Oltin to‘p" mukofoti yetishmayotgandir. Salahning yoshi hozirda 28 da ekanligini hisobga olsak, hali bu cho‘qqini zabt etishiga ham ishonamiz.

Salah terma jamoasi bilan yuqori cho‘qqilarga chiqishi nihoyatda qiyin. Chunki, Misrni dunyoning eng yaxshi futbol jamoalari orasiga qo‘sha olmaymiz. Ammo, Afrikada bu jamoa grandlardan biri hisoblanadi. Hozir aynan Misr yettita unvon bilan Afrika millatlar kubogida eng ko‘p yutgan terma jamoa hisoblanadi. To‘g‘ri, misrliklarning ushbu turnirdagi so‘nggi g‘alabasi 2010 yilda qo‘lga kiritgan va o‘sha paytda Salah jamoada yo‘q edi. Faqatgina, oradan bir yil o‘tib, "qizillar" futbolchisi "fir’avnlar" safida debyut uchrashuvini o‘tkazdi. Qolaversa, Salah 2017 yilda Misr bilan Afrika Millatlar Kubogida kumush medalni qo‘lga kiritdi. Hozircha, futbolchining terma jamoasi bilan ko‘rsatgan eng yaxshi natijasi shu hisoblanadi.
Misrnining qolgan futbolchilari haqida gapiradigan bo‘lsak, ularning barchasi birgalikda 40 million yevroni tashkil qiladi. Bu esa bitta Salah uchun belgilangan nominal narxdan uch barobar kam...

 


Jamshidjon Mahmudov tayyorladi

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 12:35, 11.04.2021. O'qildi: 8564 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Agar Eybar va Vilyarreal shaharlari aholisini qo'shib "Kamp Nou"ga joylashtirsa, stadionda yana 20 mingdan ortiq bo'sh joy qoladi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 16
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик