Bugun 25 iyun, 2025 yil, chorshanba.

  • Klublar o‘rtasida JCh
      • 24.06.2025 06:00
      • Portu
      • 4:4
      • Al-Ahli (Misr)
      • 24.06.2025 06:00
      • Inter Mayami
      • 2:2
      • Palmeyras
      • 24.06.2025 23:59
      • Oklend Siti
      • 1:1
      • Boka Xuniors
      • 24.06.2025 23:59
      • Benfika
      • 1:0
      • Bavariya
      • 25.06.2025 06:00
      • Esperans
      • 0:3
      • Chelsi
      • 25.06.2025 06:00
      • Los-Anjeles
      • 1:1
      • Flamengo
  • O‘zbekiston kubogi
      • 24.06.2025 19:30
      • Neftchi
      • 0:1
      • Mash’al
      • 24.06.2025 19:30
      • So‘g‘diyona
      • 4:1
      • Qizilqum
      • 25.06.2025 19:30
      • Buxoro
      • -:-
      • OKMK
«
»

Turnir jadvali

A - Guruhi

Jamoa O' O
1 Palmeyras 3 5
2 Inter Mayami 3 5
3 Al-Ahli (Misr) 3 2
4 Portu 3 2

B - Guruhi

Jamoa O' O
1 PSJ 3 6
2 Botafago 3 6
3 Atletiko 3 6
4 Sietl Saunders 3 0

C - Guruhi

Jamoa O' O
1 Benfika 3 7
2 Bavariya 3 6
3 Boka Xuniors 3 2
4 Oklend Siti 3 1

D - Guruhi

Jamoa O' O
1 Flamengo 3 7
2 Chelsi 3 6
3 Esperans 3 3
4 Los-Anjeles 3 1

E - Guruhi

Jamoa O' O
1 River Pleyt 2 4
2 Inter 2 4
3 Monterrey 2 2
4 Urava Reds 2 0

F - Guruhi

Jamoa O' O
1 Borussiya D 2 4
2 Fluminense 2 4
3 Mamelodi Sandauns 2 3
4 Ulsan Xyonde 2 0

G - Guruhi

Jamoa O' O
1 Yuventus 2 6
2 Manchester Siti 2 6
3 Vidad 2 0
4 Al-Ayn 2 0

H - Guruhi

Jamoa O' O
1 Real Madrid 2 4
2 Zalsburg 2 4
3 Al-Hilol 2 2
4 Pachuka 2 0

O'tgan o'yinlar.

3-тур Atletiko 1-0 Botafago
3-тур Sietl Saunders 0-2 PSJ
3-тур Portu 4-4 Al-Ahli (Misr)
3-тур Inter Mayami 2-2 Palmeyras
3-тур Oklend Siti 1-1 Boka Xuniors
3-тур Benfika 1-0 Bavariya
3-тур Esperans 0-3 Chelsi
3-тур Los-Anjeles 1-1 Flamengo

So'rovnoma

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Unutilgan "shaharliklar": Yoxud "Manchester Siti" asosiy tarkibiga kira olmagan futbolchilar

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Futbol ichida yurgan insonlar biladiki, ba’zi futbolchilar biror-bir jamoa akademiyasida futboldagi ilk qadamini qo‘ygan bo‘lsa-da, o‘zining bolalik klubi safida ishonchli o‘yin ko‘rsata olmay, boshqa jamoa safida o‘z iqtidorini namoyish etadi. Hozir esa biz sizlarga turli vaqtlar davomida "Manchester Siti" akademiyasida tarbiyalangan, ammo "shaharliklar" asosiy tarkibiga kira olmay, klubni tark etgan futbolchilar haqida suhbatlashamiz. Ehtimol, siz ular haqida hech qachon eshitmagan bo‘lishingiz mumkin.


Ueyn XENNESSI

Angliya futboli muxlislari uchun ushbu darvozabonning ismi eshitganda, uning nomi "Vulverxemton" va "Kristal Pelas" jamoalari bilan bog‘langanligini sezishi mumkin. Ammo, uelslik futbolchi "Manchester Siti" akademiyasida futbol o‘ynash asoslarini o‘rgangan. Ueyn 16 yoshida bo‘lganida, "shaharliklar" rahbariyati darvozabon jamoada faoliyatini davom ettirish uchun kerakli imkoniyatga ega emas deb hisoblagan. Shu sababli, Xennessini "Vulverxemton"ga sotib yuborildi. Ueyn oxir-oqibat "bo‘rilar"ning asosiy tarkib darvozaboniga aylandi. Darvozabon shuningdek, "Vulves" jamoasida to‘rt mavsum davomida asosiy posbon bo‘lib kelgan. Keyinchalik, darvozabonning o‘yinida biroz pasayish ko‘zga tashlanadi. Shundan keyin, Xennissi "Kristal Pelas" jamoasiga o‘tadi va hozirda ham mazkur jamoa zaxira poboni sifatida faoliyat olib bormoqda.


Kiran TRIPPYER

Kiran Trippyer Buyuk Britaniyaning Byuri shahrida tug‘ilgan. 1999 yilda 9 yoshli Tripper "Manchester Siti" akademiyasiga qabul qilinadi. 8 yil davomida "shaharliklar" bazasida futbol sir-asrorlarini o‘rgangan futbolchi, 2007 yilda klub bilan o‘zining birinchi professional shartnomasini imzolagan. Kiran garchi jamoa bilan shartnoma imzolagan bo‘lsa-da, ammo "Manchester Siti" asosiy jamoasida bir marta ham maydonga tushmagan. Klub bilan 2012 yilgacha shartnomasi bo‘lgan Trippyer shu vaqt davomida, "Barnsli" va "Byornli" kabi jamolarda ijara asosida to‘p tepgan. Klub va futbolchi o‘rtasidagi bitim yakuniga yetgach, "Byornli" futbolchini to‘lig‘icha sotib olishga muvaffaq bo‘lgan. Keyinchalik, Kiran "Tottenxem" safida 3 yil davomida to‘p surdi. Hozirgi kunda esa "Atletiko"ning asosiy tarkib futbolchisi hisoblanadi.

 Loris KARIUS

Angliyada ko‘pchilik ushbu nemis darvozaboni 2018 - yilgi Chempionlar Ligasi finali yodiga tushishadi. Lekin, mazkur klub Lorisning Tumanli Albiondagi dastlabki jamoasi emas. Chunki, Karius 2019 - yilda "Manchester Siti" akademiyasida ta’lim olgan. Ikki yarim yil davomida "shaharliklar"ning yoshlar jamoasida faoliyat olib borgan futbolchi, asosiy jamoadan muqim o‘rnini topa olmaydi. Shundan keyin, darvozabon vataniga qaytishga qaror qiladi. Germaniyaning "Shtutgart" klubi Loris uchun "Manchester Siti"ga 300 ming yevro mablag‘ to‘lagan. "Mayns"dagi o‘yini oraqali Karius "Liverpul" skautlari va murabbiylarini hayratda qoldirishga muvaffaq bo‘ldi. Keyin esa "qizillar" darvozabonni 2016 yil yozida yana Angliyaga taklif qilishdi va hozirgacha mazkur jamoa sharafini himoya qilib kelmoqda.

Braim DIAS

Iqtidorli ispaniyalik Dias 14 yoshida "Malaga"dan "Manchester Siti" akademiyasiga o‘tdi. Malagaliklarga yosh o‘yinchi uchun "shaharliklar" 350 ming yevro to‘lagan. Keyinchalik, Braim 4 mavsumni Manchester shahrida o‘tkazdi. Akademiyadagi muvaffaqiyatli o‘yinlardan keyin, 2018 - yilning yanvar oyida futbolchi "Manchester Siti" tarkibida debyut uchrashuvini o‘tkazdi. 18 yoshli Braimni "Etihad"dagi karerasi oson kechmadi. Shuning uchun klub bilan shartnomani uzaytirishni xohlamadi va natijada rahbariyat uni 17 million yevro evaziga "Real"ga sotib yuborishga majbur bo‘ldi. Hammasi bo‘lib Dias "Siti"ning asosiy tarkibida 15ta o‘yin o‘tkazib, 2ta gol urgan. Futbolchining "qaymoqranglilar" safidagi ishlari ham yaxshi ketmadi. Hozirgi kunda ispaniyalik Italiyaning "Milan" jamoasida ijara asosiida o‘ynamoqda.

Pablo Mari

O‘tgan yilning yanvar oyida ispaniyalik markaziy himoyachisi Pablo Mari Braziliyaning "Flamengo" klubidan "Arsenal"ga ko‘chib o‘tdi, ammo bu uning tumanli Albiondagi birinchi tashrifi emas edi. Chunki, Mari 2016 - yilning yozida unchalik taniqli bo‘lmagan "Ximnastik" jamoasi safidan, 200 ming yevro "Manchester Siti" klubiga o‘tgan edi. Ushbu transferdan "shaharliklar" rahbariyatining maqsadi nima bo‘lganligini aytish qiyin, chunki Pabloni sotib olganidan so‘ng darhol  darhol "Jirona", "NAK Breda" "Deportivo" kabi jamoalarga ijaraga berib yuborishdi. 2019 - yil yozida Mari" Flamengo" klubiga "shaharliklar" tomonida 1.7 million yevroga sotib yuborildi. Oradan olti oy o‘tgandan keyin u yana Angliyaga qaytib keldi. Ammo, boshqa jamoa "Arsenal" safiga qo‘shildi. Futbolchini o‘z tarkibiga qo‘shib olish uchun "to‘pchilar" Braziliya klubiga naqd 13 million yevro pul to‘lashdi. Hozirgacha futbolchi "kononirlar" safida 8 ta uchrashuvda maydonga tushgan.

Adrian Rabyo

Yarim himoyachining "Manchester Siti" bilan munosabatlari nihoyatda qisqa muddatli edi. 2008 yilda Rabyo atigi 13 yoshligida, "shaharliklar" akademiyasida futbol sir-asrorlarini o‘rganish maqsadida, o‘z vatanini tark etishga majbur bo‘ldi. Ammo Adrian Angliyada o‘z o‘rnini topishi juda qiyin kechdi va olti oydan so‘ng Fransiyaga qaytib kelishga qaror qildi. Avvaliga mahalliy "Po" jamoasi tarkibida o‘ynagan bo‘lsa, keyinchalik "PSJ" akademiyasida ham ikki yil davomida futbol bo‘yicha ta’lim oldi. 2012 yilga kelib esa parijliklar bilan dastlabki professional shartnomasini imzoladi. Mazkur jamoa safida bir qancha muhim uchrashuvlarda maydonga tushib, o‘zini jahon darajasidagi futbolchi ekanligini namoyish etdi. "PSJ" tarkibida 2019 yilgacha o‘ynagan futbolchi, shundan keyin futbolchining xizmatlaridan Turinning "Yuventus" jamoasi foydalanmoqchi bo‘ldi va Parij jamoasidan Rabyoni sotib olishga muvaffaq bo‘ldi. Adrian ayni paytgacha turinliklar safida ishonchli o‘yinlar namoyish etmoqda.

Jadon SANCHO

Sanchoni bemalol "Uotford" klubi tarbiyalanuvchisi deb aytish mumkin. Ushbu jamoa akademiyasida 2017 yil yozigacha, aniqrog‘i "Manchester Siti"ga o‘tguniga qadar sakkiz yillik karerasini o‘tkazgan. "Uotford" o‘z tarbiyalanuvchisini 172 ming yevro evaziga "shaharliklar" jamoasiga sotib yuborgan. Mutaxasislar Sanchoni "Manchester Siti"ning kelajagi sifatida aytishgan edi, ammo Jadon tez orada "Siti"dan ketmoqchiligi aytdi. Bunga sabab sifatida esa, asosiy tarkibdan muqim joy olmaganini ko‘rsatdi va "shaharliklar" bilan shartnomasini uzaytirishdan bosh tortdi. Shundan keyin, Sancho "Borussiya D" jamoasi bilan shartnoma tuzdi. Hozirgi kunda futbolchi "arilar"ning eng istiqbolli va ishongan futbolchisi sifatida e’tirof etilmoqda. Ayni paytda Sancho butun Yevropada shunchalik shuhrat qozonganki, yosh ingliz futbolchisini o‘z tarkibiga qo‘shib olishni xohlayotgan jamoalar soni kundan-kunga ortib bormoqda.

Kasper Shmeyxel

"Lester"ning so‘nggi yillardagi muvaffaqiyatining asoslaridan biri Kasper Shmeyxelning ishonchli o‘yinlari deb aytish ham mumkin. Avsonaviy darvozabon Piter Shmeyxelning o‘g‘li ham, xuddi otasi singari darvoza posboni sifatida maydonda harakat qilib keladi. "Shaharliklaar" a’zosiga aylangandan keyin, asosiy tarkibdagi o‘rin uchun kurashda unchalik omadi kelmaydi. 2003 - yildan, to 2009 - yilgacha "Manchester Siti" tarkibida atigi 8ta bahsda maydonga tushadi. Keyinchalik, klub uni 2009 - yilda "Notts Kaunti" jamoasiga sotib yuboradi. Bir yildan so‘ng, "Lids Yunayted" a’zosiga aylanadi. 2011 - yilga kelib, "Lester" 1.7 million evaziga Kasperni sotib oladi. Shundan keyin, bir qancha uchrashuvlarda maydonga tushib, "tulkilar"ga yordam berib keldi. 2015 - yilga kelib esa "Lester" bilan sensasion tarzda Angliya chempionligini qo‘lga kiritdi. Daniyalik darvozabon hozirgacha "tulkilar"ning asosiy tarkib futbolchisi hisoblanadi.

 

 

Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 23:01, 13.04.2021. O'qildi: 6315 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Lionel Messi Argentina terma jamoasi safida debyut o'yinida maydonga tushganidan so'ng 44 soniya o'tib qizil kartochka olib maydonni tark etgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Ювентус Kenan Yildiz 3
2 Ал-Аҳли (Миср) Vessam Abu Ali 3
3 Бавария Jamal Musiala 3
4 Бенфика Anxel Di Mariya 3
5 Ювентус Randal Kolo-Muani 2
6 Ювентус Fransisko Konseysao 2
7 Бенфика Leandro Barreyru 2
8 Атлетико Pablo Barrios 2
9 Ботафого Igor Jezus 2
10 Манчестер Сити Ilkay Gyundogan 2

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.