Bugun 23 fevral, 2026 yil, dushanba.

  • «A» Seriya
      • 22.02.2026 00:45
      • Kalyari
      • 0:0
      • Lasio
      • 22.02.2026 16:30
      • Jenoa
      • 3:0
      • Torino
      • 22.02.2026 19:00
      • Atalanta
      • 2:1
      • Napoli
      • 22.02.2026 22:00
      • Milan
      • 0:1
      • Parma
      • 23.02.2026 00:45
      • Roma
      • 3:0
      • Cremonese
      • 23.02.2026 22:30
      • Fiorentina
      • -:-
      • Piza
      • 24.02.2026 00:45
      • Bolonya
      • -:-
      • Udineze
  • APL
      • 22.02.2026 01:00
      • Manchester Siti
      • 2:1
      • Nyukasl
      • 22.02.2026 19:00
      • Nottingem Forest
      • 0:1
      • Liverpul
      • 22.02.2026 19:00
      • Kristal Pelas
      • 1:0
      • Vulverhempton
      • 22.02.2026 19:00
      • Sanderlend
      • 1:3
      • Fulhem
      • 22.02.2026 21:30
      • Tottenhem
      • 1:4
      • Arsenal
      • 24.02.2026 01:00
      • Everton
      • -:-
      • Man. Yunayted
  • La-liga
      • 22.02.2026 01:00
      • Atletiko
      • 4:2
      • Espanyol
      • 22.02.2026 18:00
      • Xetafe
      • 0:1
      • Sevilya
      • 22.02.2026 20:15
      • Barselona
      • 3:0
      • Levante
      • 22.02.2026 22:30
      • Selta
      • 2:0
      • Malyorka
      • 23.02.2026 01:00
      • Vilyarreal
      • 2:1
      • Valensiya
      • 24.02.2026 01:00
      • Alaves
      • -:-
      • Jirona
«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 25 61
2 Real Madrid 25 60
3 Vilyarreal 25 51
4 Atletiko 25 48
5 Betis 25 42
6 Selta 25 37
7 Espanyol 25 35
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Sevilya 25 29
12 Xetafe 25 29
13 Jirona 24 29
14 Rayo Valyekano 24 26
15 Alaves 24 26
16 Valensiya 25 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 25 24
19 Levante 25 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 2-1 Elche
25-тур Real Sosyedad 3-3 Real Ovyedo
25-тур Betis 1-1 Rayo Valyekano
25-тур Osasuna 2-1 Real Madrid
25-тур Atletiko 4-2 Espanyol
25-тур Xetafe 0-1 Sevilya
25-тур Barselona 3-0 Levante
25-тур Selta 2-0 Malyorka
25-тур Vilyarreal 2-1 Valensiya

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

"Yuventus"ga Pirlo mos emasmi, yoki Ronaldu uning muvaffaqiyatlariga qarshilik qilmoqdami?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Murabbiylar / Fikrlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Ushbu mavsum avvalida Turinning "Yuventus" jamoasi murabbiylik boshqaruviga Andrea Pirlo keldi. Italiya futboli, hamda turinliklarning afsonasining klub ruliga kelishini ko‘pchilik kutmagan edi. Lekin, shuni ham ta’kidlash kerakki, sobiq futbolchining "keksa sinyora" ruliga kelishi, Pirlo uchun juda juda ham jasur qadam tashlash edi, chunki Andrea faqat ikki hafta davomida yoshlar jamoasida ishlagan edi. Bunday murabbiy, hattoki o‘tmishda ajoyib futbolchi bo‘lgan bo‘lsa ham Ronaldu o‘ynagan klubni qanday boshqarishi mumkinligini hech kim tushunmadi. Bu esa ba’zi narsalardan qarasak, o‘zini umuman oqlamadi. Negaki, Chempionlar Ligasidagi muvaffaqiyatsizlik, shuningdek A Seriyadagi 10 yillik gegemonlikka yakun yasaldi. Ha, haqiqqatdan Andrea muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Bu mavsum tugashidan bir oy oldin 1-o‘rindagi jamoadan 12 ochko ortda qolayotganidan bilish qiyin emas. Nima deb o‘ylaysiz yozda Pirloni ishdan bo‘shatishim kerakmi? Keling hozir shuni biroz tahlil qilib ko‘ramiz.

1. O‘yinchilardan noto‘g‘ri foydalanish.

Pirlo "Yuventus" boshqaruviga kelgandan keyin, ishonch bilan gapirishimiz mumkinki, aynan taktik va futbolchilarni noto‘g‘ri pozisiyaga qo‘yish orqali xatolarga yo‘l qo‘ydi. Pirlo o‘yinchilarga gibrid rollarni o‘ylab topib, ularni yangi pozisiyalarda ochishga harakat qiladi. Bu faqatgina bitta o‘yinchi amalladi - Danilyo. U gibrid sxemada (himoyada 4-4-2 va hujumda 3-5-2) Andrea taktikasiga to‘liq mos keldi deyish mumkin. Danilyo ham qanot, ham markaziy himoyachi pozisiyasida ham erkin harakat qila oladi. Braziliyalikning bu harakatini hatto Gvardiola ham topa olmagan edi.Pirlo esa uddalaadi.
Ushbu mavsumda Ronaldu ham qanot himoyachisi, ham hujumkor yarim himoyachini chiziqlarida o‘ynaydi (ikkala joy ham 36 yoshli portugaliyalikka mos emas), Artur esa himoyaga yaqin joyda to‘p surdi. Ushbu sxema mazkur braziliyalikka ham mos emas edi. Artur orqada emas, ko‘proq hujumga yaqin joyda erkin o‘ynashini hisobga olsak, ushbu qaror ham noto‘g‘ri. Kulusevski hujumchi rolida harakat qilmoqda. Ammo, mazkur shvesiyalik futbolchi ko‘p o‘yinlarda hujumda yaxshi o‘yin namoyish eta olmasligini ko‘rsatib qo‘ygan. Kyellini va Bonuchchining yoshini hisobga olmay, faqatgina tajribasiga ishonish ham Pirloning xatolaridan biridir.
Mazkur holatlardan kelib chiqib, fikr qilishimiz mumkinki, bularning barchasi Pirlo g‘oyalaridagi tartibsizlik. "Yuventus" tarkibida tajribasiz yosh futbolchilar ko‘pgina topiladi. Ushbu charm to‘p ustalarining aksariyati top klublar safidan turinliklar safiga o‘tgan. Mazkur futbolchilarning ko‘pchiligi ham, gibrid o‘yinga mos kelmaydi. "Keksa sinyora" safida o‘ynayotgan yosh futbolchilar adashib juda ko‘p xatoga xatoga yo‘l qo‘yishadi, tajribali futbolchilar esa ularga kamdan-kam holda yordam berishadi.

2. Jangovarlik xarakteri yetishmasligi.

Jangovarlik "Yuventus" murabbiyiga kerak bo‘lgan birinchi muhim omildir. Jamoaga barcha yosh yulduzlarni o‘ynata oladigan, ularda g‘alaba nisbatan chanqoqlikni uyg‘ota oladigan, g‘alabalarni raqibidan tortib oladigan murabbiy kerak. "Yuventus"da Kyeza, Ronaldu yoki Makkenni kabi jangovar futbolchilar bor. Ammo ular uchun ham jangovar jamoa bo‘lishi kerak!


Pirloni eng zo‘rlari qatorida e’tirof etmasligi bejiz emas. Murabbiy ba’zan maydondaligida hech qanday hissiyotarsiz holatda turadi. U aqlli almashtirishlarni amalga oshirmaydi, qisqa muddatli ko‘rsatmalarni deyarli bermaydi, futbolchilarga motivasion gaplar gapirmaydi va hech qachon his-tuyg‘ularini ifoda etmaydi. Odatda biror bir klubda jamoa yuzi sifatida murabbiy aytiladi. Xuddi, "Tottenxem"dagi Mourinyo kabi. Ammo, "Yuventus"da Andrea jamoa birinchi raqamli kishisi emas. Turinliklar safida har doim Ronaldu ushbu nom ostida  ko‘rsatiladi va bu holat juda ko‘p hollarda halokatli holatlarga olib keladi. Agar, "keksa sinyora" g‘alaba qozonganda ham murabbiy emas, balki biror bir futbolchining xizmatlari evaziga muvaffaqiyat qozonishadi. Yoki, klub shunchaki omad evaziga zafar qozonishadi. Bu eng yomon holatlardan biridir.

3. Muxlislarning katta umidlari va munosabati

"Yuve" hozir murabbiylikni o‘rganish mumkin bo‘lgan jamoa emas. Transferlar uchun juda ko‘p mablag‘ sarflandi, klub afsonaviy futbolchilari karyerasining oxirida, xuddi jamoa muxlislar singari Chempionlar Ligasida g‘alaba qozonishni istashmoqda (Buffon, Kyellini, Bonuchchi)" , degan hayqiriqlar ham "Yuventus" rahbariyatiga ta’sirini o‘tkazmayapti. O‘tgan yili Sarri qo‘lga kiritgan 10-chempionlik ham uni ishda qolishidan saqlab qola olmadi. O‘ylab ko‘ring! Pirloni ishdan bo‘shatib yubormasligiga qanday sabab bor? O‘tgan mavsumda Turin jamoasi Chempionlar Ligasida mag‘lubiyat alamini tortib ko‘rgan bo‘lsa (Lion), bu yil undanda kuchsizroq jamoa qarshiligini sindira olmadi (Portu). A Seriya chempionlik poygasida deyarli yutqazdi va kuchli to‘rtlikda qolish ehtimoli ham so‘roq ostida. Xo‘sh, nega endi murabbiyni bo‘shatish kerak emas?

Muxlislar jamoani rivojlanayotgani emas, balki kundan kunga botqoqlikka botib borayotganidan xavotirga tushishmoqda. Oxirgi bir necha mavsumlardan beri "Yuventus" o‘z oldiga YECHL chempionligini maqsad qilib qo‘yadi, ammo hech qanday natija yo‘q. Hatto, ushbu musobaqada 5 marta g‘alaba qozonga portugaliyalik yulduz kelgan taqdirda ham, oltin medallarga ega chiqa olishmayapti. Ayni paytda turinliklarga tajriba orttiradigan emas, balki jamoa o‘yinini quradigan, yangidan-yangi chempionlikka yetaklay oladigan murabbiy kerak. Hatto, Allegri jamoada bo‘lgan paytda ham Yevropaning istalgan jamoasi "Yuve"dan hayiqibroq turardi, ammo hozirgi kunda Italiyaning nom jihatdan pastroq jamoasi ham Pirlo jamoasini har ko‘yga solib qo‘yishi mumkin. Bu esa kundan-kunga jamoa muxlislarini kayfiyatiga jiddiy ta’sirini o‘tkazmoqda.

4. Uydirma bahonalar

Ayni kunlarda OAVda Pirloni qo‘lidan kelgan hamma olqishlayapti. Rahbariyat, futbolchilar va ko‘plab muxlislar. Faqat bitta narsa tushunarsiz, buncha olqishlar nima uchun?

"Menga ishlashga ruxsat bering!"

G‘alati gap. Siz universitetni endigina tugatgan kishini kompaniyaning bosh direktori lavozimiga hech qachon taklif qilmaysiz. Avval, oddiy ishchi, keyin bo‘lim mudiri, direktor va hokazo. Ammo, Pirlo ushbu bosqichlarda o‘tmadi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri jamoa boshqaruviga o‘tirdi. Ushbu holatni "Real" murabbiyi Zidan bilan taqqoslab ko‘rishingiz mumkin. Zinedin "qaymoqranglilar" murabbiyligiga kelgan zahoti Yevropani zabt etmagan. Oldin "Kastilya", birozdan so‘ng yoshlar jamoasida, keyinchalik Anchelottiga yordamchi vazifasida mehnat qilgan. Pirloning yoshlar jamoasidagi faoliyati bor yo‘g‘i 9 kun davom etgan.

"Siz darhol talab qila olmaysiz!"

Agar, siz futbolchilik davringizda ajoyib o‘yinchi bo‘lsangizda, sizga tezda nomdor jamoa boshqaruvini berib qo‘yishsa qay holga tushardingiz? Pirloda ham xuddi shunday holat yuz bermoqda. U jamoa ruliga kelgandan so‘ng, tezda natija kutishmoqda. Bu esa ortiqcha bosimni keltirib chiqarishi tayin. Agar, klub xuddi "Barselona" kabi o‘zida o‘ynagan futbolchilardan murabbiy tayinlashni maqsad qilgan bo‘lsa, undan bir necha yil ichida natija kutishning o‘zi xato. Ehtimol, "Yuve" rahbariyatiga faqatgina natija kerak bo‘lsa, unda "Chelsi" tutgan yo‘ldan borishi kerak va tezda Andreani murabbiylikdan olish talab qilinadi.

"Pirloni emas, Krishtianudan voz kechish kerak!"

Rio Ferdinand aytganidek, bir jamoada ikkita yetakchi bo‘lishi kerak. Ayni paytda Turin jamoasida shu holat yuz bermoqda. Yo Ronaldu, yoki Pirlo birinchi raqamli bo‘lishi kerak. Agar, "Yuve" murabbiyni olib qolishni istashsa, birinchi navbatda Krishtidan voz kechish kerak. Bunga yetarlicha sabab bor. Birinchidan, portugaliyalik hozir 36 yoshda va zo‘r kelsa, yana 2 yil yaxshi o‘ynab bera olishi mumkin. Ikkinchidan, klubda yetakchilikni murabbiy emas, aynan Ronalduning nomi tortib olayotgani, klubni inqiroziga yaqinlashtirmoqda. Bularning hammasi, shunchaki bizning fikrlar xolos, yakuniy qarorni esa "Yuventus" rahbariyati qabul qiladi.


Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.

Kiritildi: 22:21, 16.04.2021. O'qildi: 4725 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 12
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Атлетико Aleksandr Serlot 9
10 Вильярреал Alberto Moleyro 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.