Bugun 9 fevral, 2026 yil, dushanba.

  • «A» Seriya
      • 08.02.2026 00:45
      • Fiorentina
      • 2:2
      • Torino
      • 08.02.2026 16:30
      • Bolonya
      • 0:1
      • Parma
      • 08.02.2026 19:00
      • Lechche
      • 2:1
      • Udineze
      • 08.02.2026 22:00
      • Sassuolo
      • 0:5
      • Inter
      • 09.02.2026 00:45
      • Yuventus
      • 2:2
      • Lasio
      • 09.02.2026 22:30
      • Atalanta
      • -:-
      • Cremonese
      • 10.02.2026 00:45
      • Roma
      • -:-
      • Kalyari
  • La-liga
      • 08.02.2026 01:00
      • Real Sosyedad
      • 3:1
      • Elche
      • 08.02.2026 18:00
      • Alaves
      • 0:2
      • Xetafe
      • 08.02.2026 20:15
      • Sevilya
      • 1:1
      • Jirona
      • 08.02.2026 20:15
      • Atletik Bilbao
      • 4:2
      • Levante
      • 08.02.2026 22:30
      • Atletiko
      • 0:1
      • Betis
      • 09.02.2026 01:00
      • Valensiya
      • 0:2
      • Real Madrid
      • 10.02.2026 01:00
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Espanyol
  • APL
      • 08.02.2026 19:00
      • Brayton
      • 0:1
      • Kristal Pelas
      • 08.02.2026 21:30
      • Liverpul
      • 1:2
      • Manchester Siti
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 23 58
2 Real Madrid 23 57
3 Atletiko 23 45
4 Vilyarreal 21 42
5 Betis 23 38
6 Espanyol 22 34
7 Selta 23 33
8 Real Sosyedad 23 31
9 Osasuna 23 29
10 Atletik Bilbao 23 28
11 Xetafe 23 26
12 Jirona 23 26
13 Sevilya 23 25
14 Alaves 23 25
15 Elche 23 24
16 Malyorka 23 24
17 Valensiya 23 23
18 Rayo Valyekano 22 22
19 Levante 22 18
20 Real Ovyedo 22 16

O'tgan o'yinlar.

23-тур Selta 1-2 Osasuna
23-тур Barselona 3-0 Malyorka
23-тур Real Sosyedad 3-1 Elche
23-тур Alaves 0-2 Xetafe
23-тур Sevilya 1-1 Jirona
23-тур Atletik Bilbao 4-2 Levante
23-тур Atletiko 0-1 Betis
23-тур Valensiya 0-2 Real Madrid

Navbatdagi o'yinlar.

19/02/26 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Chempionlar Ligasi haqida siz bilmagan ma’lumotlar

Baho:
+ | -
YEVROPA / UYEFA chempionlar ligasi / Statistika va faktlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Bugundan Chempionlar Ligasining yarim final final javob uchrashuvlari boshlandi. Yevropaning 4 kuchli jamoasi, finalga chiqish uchun kurash olib boradi.   Shu munosabat bilan, hozir biz sizlarga ushbu musobaqa bilan bog‘liq 20ta qiziqarli ma’lumotni beramiz.


20. Chempionlar Ligasida o‘tkazilgan o‘yinlar soni bo‘yicha rekordchi - Kasilyas. Madridning "Real" jamoasisi tarkibida afsonaviy ispaniyalik futbolchi chempionatning 181 uchrashuvini o‘tkazdi.

19. Chempionlar Ligasidagi eng yosh debyutant futbolchi - Selestin Babayaro ("Anderlext"). Ushbu nigeriyalik futbolchi 1994 - yilda 16 yosh-u, 87 kunlik paytida ilk marta Chempionlar Ligasi madhiyasi ostida maydonga tushgan. Yana qiziqarli ma’lumot, Babayaro debyut o‘yinining 37-daqiqasida maydondan chetlatilgan.

18. Chempionlar Ligasi tarixidagi eng tezkor chetlatish 2015 - yil 11 - martda bo‘lib o‘tgan. "Bavariya" va "Shaxtyor" uchrashuvida, "konchilar" himoyachisi Oleksandr Kucher 3-daqiqada maydondan chetlatilgan. Natijada Donetsk jamoasi 7:0 hisobida yutqazgan va musobaqadan chiqib ketgan.

17. UYEFA Chempionlar Ligasi tarixidagi eng tezkor gol 2007- yilning 7 - mayida "Bavariya" hujumchisi Roy Makay tomonidan urilgan. 1/8 finalda "Real"ga qarshi uchrashuvning boshlangani haqidagi hushtak chalingandan so‘ng, 11 - soniya o‘tayotgan paytda gollandiyalik futtbolchi uchrashuvdagi hisobni ochishga erishgan.

16. Paolo Maldini Chempionlar Ligasining eng keksa sardori hisoblanadi. 2008 - yil fevral oyida futbolchi 39 yoshu 239 kunligida Liga o‘yinida sardorlik bog‘ichi bilan chiqib, ushbu rekordini o‘rnatgan.

15. Zamonaviy Chempionlar Ligasining madhiyasi 1992 - yilda paydo bo‘lgan. Ruhoniy Zadokning aranjirovkasini Georg Frideris Xandel va Toni Britten ijro etgan. Liga madhiyasi UYEFAning uchta rasmiy tilida - ingliz, fransuz va nemis tillarida ijro etiladi.

14. Turnirning tarixidagi eng ko‘p tomoshabin tashrif buyurgan uchrashuv, 1960 - yilda qayd etilgan. Glazgoda bo‘lib o‘tgan finalda "Real" va "Ayntraxt" Frankfurt jamoalari to‘qnash kelishdi. Stadionga 127 621 nafar muxlis tashrif buyurgan.

 

13. Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu Chempionlar Ligasidagi xet-triklar soni bo‘yicha mutlaq yetakchilardir. Ularning hisobida 8tadan xet-trik mavjud. Ha, ular bu musobaqada ham qirol.

12. Chempionlar Ligasining eng ko‘p sovrin qo‘lga kiritgan murabbiylari Bob Paisli ("Liverpul") va Karlo Anchelotti hisoblanadi. Paislidan farqli o‘laroq, Anchelotti Chempionlar Ligasida ikki klub - "Milan" va "Real" jamoalari bilan musobaqada g‘olib chiqqan.

11. Bir mavsumning o‘zida eng ko‘p to‘p kiritgan futbolchi Krishtianu Ronaldudir. 2013/2014 - yilgi mavsumda portugaliyalik 17ta gol urib, Ferens Pushkash va Lionel Messining rekordini (14 gol) yangilagan.

10. Turnirning butun tarixida bitta mamlakat vakillari atigi 6 marta finalda to‘qnash kelishgan. Bu birinchi marta 2000 - yilda, "Real" va "Valensiya" to‘qnash kelganida sodir bo‘lgan. 2003 - yilda "Milan" va "Yuventus", 2008 - yilda - "Manchester Yunayted" va "Chelsi", 2013 - yilda - "Borussiya Dortmund" va "Bavariya", 2014 - yilda - "Real" va "Atletiko", 2019 - yilda "Liverpul" va "Tottenxem" kabi bir mamlakat jamoalari finalda, bosh sovrin uchun kurash olib borishgan.

9. Shakli va ayniqsa tutqichlari tufayli turnirning asosiy kubogi "katta quloqlar", yoki "shalpangquloq kubok" deb ham ataladi.

8. Turnirdagi eng yirik g‘alabasini Buxarestning "Dinamo" futbolchilari qo‘lga kiritishgan. 1973 - yilda ruminlar Shimoliy Irlandiya futbolchilari darvozasiga javobsiz 11ta gol urishgan.

7. Chempionlar Ligasi finalidagi mag‘lubiyatlar soni bo‘yicha rekordchi - Turinning "Yuventus" klubi. Italiyaliklar turnir finalida 8 marta maydonga tushishdi, ammo atigi ikki marta g‘alabani nishonlashgan.

6. Chempionlar ligasi kubogi - jamoalar o‘rtasida almashinib yuradigan mukofot hisoblanadi. G‘olib jamoa kubokni 10 oy davomida sovrinlar javonida saqalab yuradi. Turnirda 5 marta yoki ketma-ket 3 marta g‘alaba qozongan jamoa kubokni abadiy saqlash huquqiga ega. Chempionlar Ligasining 2ta kubogiga ega bo‘lgan yagona jamoa bu "Real Madrid".

5. Chempionlar Ligasi eng yaxshi to‘purarlari bu bizning zamonamizning eng buyuk futbolchisi - Krishtianu Ronaldu hisoblanadi. Uning hisobiga 135ta gol mavjud. Taqqoslash uchun, "Barselona" jamoasi hujumchisi Leo Messi hisobida 119 gol bor.

4. Chempionlar Ligasining eng titulli klubi - Real Madrid. Chempionlar Ligasining 13ta kubogi medallari "qaymoqranglilar" muzeyidan joy olgan.

3. Musobaqa tarixi davomida 10 mamlakat vakillari Chempionlar Ligasi kubogida g‘alaba qozonishgan. Ular orasida hozirda bo‘linib ketgan Yugoslaviya davlati ham bor. 1991 - yilda "Red Star" jamoasi Chempionlar kubogini qo‘lga kiritgan.

 

2. Mazkur musobaqa tarixidagi eng ajoyib finali 2005 - yilda Istanbulda bo‘lib o‘tgan. Turnirning hal qiluvchi o‘yinida Italiyaning "Milan" va Angliyaning "Liverpul" klublari to‘qnash kelishdi. Birinchi bo‘limdan keyin 3:0 hisobi italiyaliklar jamoasi foydasiga hal bo‘layotgandi. Ammo ikkinchi bo‘limda inglizlar ajoyib qaytishni amalga oshirib, "mersisaydlar" darvozasiga 3ta gol urib kambek amalga oshirishni uddalashgan. Penaltilar seriyasigacha davom etgan ushbu finalda, omad "Liverpul" jamoasiga kulib boqqan.

1. Chempionlar ligasi turniri 1992 - yilda yangi formatda tashkil etilgan. Bungacha, 1955 - yildan beri Chempionlar kubogi deb atalib kelgan. 1990-yillarning boshlarida turnirning ommaviyligini oshirish va daromadni ko‘paytirish maqsadida UYEFA Chempionlar kubogini Chempionlar Ligasiga aylantirish haqida qaror qabul qilingan.

Kiritildi: 15:22, 04.05.2021. O'qildi: 2689 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Anxel di Mariyaning umumiy transferlariga barchadan eng ko'p - jami 132.6 million funt sterling sarflangan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 15
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 11
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 9
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 9
9 Вильярреал Alberto Moleyro 8
10 Бетис Kucho Ernandes 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.