Bugun 23 fevral, 2026 yil, dushanba.

  • «A» Seriya
      • 22.02.2026 00:45
      • Kalyari
      • 0:0
      • Lasio
      • 22.02.2026 16:30
      • Jenoa
      • 3:0
      • Torino
      • 22.02.2026 19:00
      • Atalanta
      • 2:1
      • Napoli
      • 22.02.2026 22:00
      • Milan
      • 0:1
      • Parma
      • 23.02.2026 00:45
      • Roma
      • 3:0
      • Cremonese
      • 23.02.2026 22:30
      • Fiorentina
      • -:-
      • Piza
      • 24.02.2026 00:45
      • Bolonya
      • -:-
      • Udineze
  • APL
      • 22.02.2026 01:00
      • Manchester Siti
      • 2:1
      • Nyukasl
      • 22.02.2026 19:00
      • Nottingem Forest
      • 0:1
      • Liverpul
      • 22.02.2026 19:00
      • Kristal Pelas
      • 1:0
      • Vulverhempton
      • 22.02.2026 19:00
      • Sanderlend
      • 1:3
      • Fulhem
      • 22.02.2026 21:30
      • Tottenhem
      • 1:4
      • Arsenal
      • 24.02.2026 01:00
      • Everton
      • -:-
      • Man. Yunayted
  • La-liga
      • 22.02.2026 01:00
      • Atletiko
      • 4:2
      • Espanyol
      • 22.02.2026 18:00
      • Xetafe
      • 0:1
      • Sevilya
      • 22.02.2026 20:15
      • Barselona
      • 3:0
      • Levante
      • 22.02.2026 22:30
      • Selta
      • 2:0
      • Malyorka
      • 23.02.2026 01:00
      • Vilyarreal
      • 2:1
      • Valensiya
      • 24.02.2026 01:00
      • Alaves
      • -:-
      • Jirona
«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 25 61
2 Real Madrid 25 60
3 Vilyarreal 25 51
4 Atletiko 25 48
5 Betis 25 42
6 Selta 25 37
7 Espanyol 25 35
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Sevilya 25 29
12 Xetafe 25 29
13 Jirona 24 29
14 Rayo Valyekano 24 26
15 Alaves 24 26
16 Valensiya 25 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 25 24
19 Levante 25 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 2-1 Elche
25-тур Real Sosyedad 3-3 Real Ovyedo
25-тур Betis 1-1 Rayo Valyekano
25-тур Osasuna 2-1 Real Madrid
25-тур Atletiko 4-2 Espanyol
25-тур Xetafe 0-1 Sevilya
25-тур Barselona 3-0 Levante
25-тур Selta 2-0 Malyorka
25-тур Vilyarreal 2-1 Valensiya

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Futbolchi va oila: Go‘zal muhabbat qissasi

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Chiroyli gollar urishni qoyillatadigan "PSJ" yarim himoyachisi Leandro Paredes go‘zal sevgi qissasi bilan ham bemalol maqtanishi mumkin. Diqqat qiling, argentinalik futbolchi turmush o‘rtog‘i bilan 8 yoshida do‘stlashgan, keyinchalik bu kuchli muhabbatga aylandi. Endilikda yoshligidan Leandro atrofida parvona bo‘lgan nozanin Kamila hamxonasining faoliyati va transferlariga ham bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda. Quyidagi maqola shu muhabbat haqida.

Agar Leandro Paredesning "Instagram" tarmog‘idagi sahifasiga kirsangiz, uning rafiqasi Kamila Galanteni naqadar yaxshi ko‘rishini darhol tushunasiz. Binobarin, futbolchining aksariyat postlari oilasi va uning bekasiga bag‘ishlangan. Umuman, Leandro shunchaki, bir umrlik muhabbatini yeru-ko‘kka ishonmaydi. Chiroyli sevgi tarixi juftlikning bolalik yillaridan buyon davom etmoqda. Aniqroq aytsak, bo‘lajak futbolchi Kamila bilan tanishgan vaqt atigi 8 yoshli bolakay edi. O‘shanda qiz 10 yoshda bo‘lgan. Qisqasi, oila xo‘jayini uning bekasidan 2 yosh kichik. Leandro Paredes o‘shanda "Boka Xuniors" akademiyasida tahsil olardi. Kamilaning ukasi - Rodrigo aynan Leandro shug‘ullangan guruhda o‘ynardi. Ikkisi keyinchalik eng yaqin do‘stlarga aylanadi va Leandro bo‘lajak turmush o‘rtog‘i bilan Rodrigo orqali tanishadi. Argentinalik futbolchi o‘sha beg‘ubor bolalik davrini o‘zgacha entikish bilan esga oladi: "Eh, qanday ajib davr... Rodrigoni mashg‘ulotlardan olib ketish uchun har safar Kamila ham kelardi, albatta, ota-onasi bilan birga. Men esa har doim ularning tezroq kelishlarini kutardim. Chunki Kamilani birinchi marta ko‘rganimdayoq yoqtirib qo‘yganman".

2009 yildan Leandroni "Boka Xuniors"ning asosiy tarkibiga jalb eta boshlashadi. Yigitcha taxminan o‘sha payt Kamilaga muhabbat izhor qiladi. Mana, juft­lik hozirgacha birga. Kamila har doim, har yerda Paredes yonida. Argentinalik yarim himoyachi 2014 yili Italiya, Ispaniya va Niderlandiya klublaridan jiddiy takliflar oldi. Aytishlaricha, uning avvaliga kamtarin "Kyevo", ke­yinchalik "Roma"ni tanlashida aynan Kamila katta rol o‘ynagan. "Evropaga ko‘chib o‘tish masalasida uncha uzoq o‘ylaganimiz yo‘q. Variantlar yuzaga kelgach, Kamila darhol Italiyaga yo‘l olishimiz kerakligini ta’kidladi va uning bu tanloviga to‘liq qo‘shildim. Eng katta sabab shuki, Apennin yarim orolidagi iqlim Argentina ob-havosiga o‘xshash. Nega aynan "Kyevo"? Chunki bu klub o‘yin uslubi bo‘yicha "Boka Xuniors"ga yaqin", - deya o‘z tanloviga izoh bergandi Paredes 2014 yili. Juftlik Verona safari arafasida qizchali bo‘ldi. Umuman, yosh er-xotin bu shaharda atigi yarim yil yashagach, ular uchun Rim hayoti boshlandi. Oradan 3 yil o‘tgach, Paredeslar oilasi Jovanni ismli o‘g‘il bola hisobiga kengaydi. Leandro qayerda o‘ynamasin, oilasi u bilan birga. Deylik, yarim himoyachi Italiyadagi faoliyatidan keyin Rossiya futboliga yuzlandi, albatta, Kamila bilan birga. Ayni payt esa, juftlik Fransiya poytaxtida ham birga.

Leandroning onasi Mariam Benites yaqinda o‘g‘lining hayoti va faoliyati haqida katta intervyu berdi va uning turmushi, bir umrlik muhabbatiga ham alohida to‘xtaldi. O‘sha suhbat davomida Kamilaga nisbatan aytilgan asosiy fikrlar:

1. Futbolchi aynan rafiqasi talabi bilan "PSJ" safini to‘ldirishga qaror qilgan. Chunonchi, Kamila bolaligidan Fransiya, ayniqsa, Parijga boshqacha qaraydi.

2. Paredesning badani turli tatuirovkalar bilan to‘la. Ammo eng ko‘zga ko‘ringan joy - bo‘yin qismiga chizilgan surat Kamila xonimga bag‘ishlangan. Leandro buni 15 yoshida chizdirgan, albatta, onasi ruxsati bilan. "Ha, shaxsan o‘zim o‘g‘limning mahbubasi sharafiga tatuirovka bostirishiga ruxsat berganman. Chunki uning Kamilaga nisbatan tuyg‘usi naqadar kuchli ekanligini yaxshi bilardim. Umuman, o‘sha vaqtdayoq bu qiz bo‘lajak nabiralarimning bo‘lajak onasi ekanligini tushungandim" - bu Mariam Benites xonimning izohi.

3. Kamila butun Paredeslar oilasi mehrini qozongan. Argentinadan qarindoshlar Parijda kelishsa, ularni aynan Kamila shahar bo‘ylab sayohatga olib chiqadi. Deylik, Leandroning onasi yaqinda ham Parijda mehmon bo‘ldi va Kamila u hamda farzandlarini Disneylendga olib bordi. Leandro esa, "PSJ" safiga qo‘shilganidan keyin ham o‘z oilasiga alohida to‘xtalgandi: "Shaxsiy hayotimda hammasi yaxshi. Ishonchim komil, Parij nafaqat hamxonam, balki farzandlarimga ham yoqadi. Turmush o‘rtog‘im-ku hozir o‘zini qo‘yaga joy topolmayapti, u hammasidan rosa mamnun. Bilaman, Kamila men bilan hamisha birga va har jabhada oxirigacha qo‘llab-quvvatlaydi. Hayotda barchadan ham aynan uni ko‘proq yaxshi ko‘raman".


Aytgancha...
Leandro Paredes yaqinda mashg‘ulotlar jarayonida aqlga sig‘mas "tryuk" ko‘rsatdi - darvozaga uning ortidan tovoni bilan zarba berdi va to‘p "telbavor" trayektoriya hosil qilib, to‘rga tushdi. Ochig‘i, fantastika! O‘zi argentinalik yarim himoyachi "rabona" usulida zarba yo‘llash hadisini yaxshi o‘zlashtirgan. Deylik, u "Zenit" uchun xuddi shunday usulda gol urgandi. Bu "hunar"ni "PSJ" o‘yinida ham takrorlashga ulgurdi. Umuman olganda, Paredes joriy mavsum Parij grandining asosiy o‘yinchilari qatoriga qo‘shildi. Har holda, jami 31ta o‘yinda qatnashdi, jumladan, Chempionlar Ligasi doirasidagi 7ta bahsda maydonga tushdi. Ayniqsa, bosh murabbiy lavozimida Mauricio Pochettino ish boshlaganidan keyin Leandro qo‘shimcha imkoniyat hosil qildi. "Pochettino tufayli ko‘p narsa o‘zgardi. Oldin ishlamagan ba’zi jihatlar qayta harakatga tushdi. Asosiysi, hamma ruhiy tomondan daldaga ehtiyoj sezayotgandi", - deya izohlaydi Leandro faoliyatidagi o‘zgarishni.

S.RAHMONOV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 09:30, 10.05.2021. O'qildi: 4820 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Krishtianu Ronaldu o'zining professional faoliyati davomida to'qqiz marta qizil kartochka olib, maydonni erta tark etgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 12
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Атлетико Aleksandr Serlot 9
10 Вильярреал Alberto Moleyro 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.