Bugun 25 may, 2026 yil, dushanba.

  • La-liga
      • 24.05.2026 00:00
      • Betis
      • 2:1
      • Levante
      • 24.05.2026 00:00
      • Jirona
      • 1:1
      • Elche
      • 24.05.2026 00:00
      • Xetafe
      • 1:0
      • Osasuna
      • 24.05.2026 00:00
      • Malyorka
      • 3:0
      • Real Ovyedo
      • 24.05.2026 00:00
      • Real Madrid
      • 4:2
      • Atletik Bilbao
      • 24.05.2026 00:00
      • Valensiya
      • 3:1
      • Barselona
      • 24.05.2026 00:00
      • Alaves
      • 1:2
      • Rayo Valyekano
      • 24.05.2026 00:00
      • Selta
      • 1:0
      • Sevilya
      • 24.05.2026 00:00
      • Espanyol
      • 1:1
      • Real Sosyedad
      • 25.05.2026 00:00
      • Vilyarreal
      • 5:1
      • Atletiko
  • «A» Seriya
      • 24.05.2026 18:00
      • Parma
      • 1:0
      • Sassuolo
      • 24.05.2026 21:00
      • Napoli
      • 1:0
      • Udineze
      • 24.05.2026 23:45
      • Verona
      • 0:2
      • Roma
      • 24.05.2026 23:45
      • Cremonese
      • 1:4
      • Komo
      • 24.05.2026 23:45
      • Lechche
      • 1:0
      • Jenoa
      • 24.05.2026 23:45
      • Milan
      • 1:2
      • Kalyari
      • 25.05.2026 00:45
      • Torino
      • 2:2
      • Yuventus
  • APL
      • 24.05.2026 20:00
      • Brayton
      • 0:3
      • Man. Yunayted
      • 24.05.2026 20:00
      • Byornli
      • 1:1
      • Vulverhempton
      • 24.05.2026 20:00
      • Kristal Pelas
      • 1:2
      • Arsenal
      • 24.05.2026 20:00
      • Fulhem
      • 2:0
      • Nyukasl
      • 24.05.2026 20:00
      • Liverpul
      • 1:1
      • Brentford
      • 24.05.2026 20:00
      • Manchester Siti
      • 1:2
      • Aston Villa
      • 24.05.2026 20:00
      • Nottingem Forest
      • 1:1
      • Bornmut
      • 24.05.2026 20:00
      • Sanderlend
      • 2:1
      • Chelsi
      • 24.05.2026 20:00
      • Tottenhem
      • 1:0
      • Everton
      • 24.05.2026 20:00
      • Vest Xem
      • 3:0
      • Lids
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Premyer Liganing eng boyvachcha murabbiylari

Baho:
+1 | -
YEVROPA / Murabbiylar / Fikrlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Angliya Premer ligasidagi klublardan biriga murabbiy bo‘lib ishlashni dunyodagi ko‘pchilik mutaxasis istashsa kerak. APL tarixiga nazar tashlasangiz, ushbu chempionatda juda kuchli va futbol tarixida o‘z nomini qoldira olgan mutaxsislar ishlaganligiga guvoh bo‘lasiz. Ser Aleks Ferguson, Arsen Venger kabi murabbiylar shular jumlasidandir. Hozirgi kunda esa Pep Gvardiola, Joze Mourinyo va Yurgen Klopp Premer liganing ayni damdagi - yulduz murabbiylari. Hozir esa biz sizlarga mazkur chempionatdagi jamoalarning ustozlari qancha maosh olishi haqida suhbat quramiz. Shunday qilib, hozirda Premyer ligada ishlayotgan 20 nafar yigirma mutaxasis orasidan eng ko‘p pul topayotgan top-6 nafari haqida gaplashamiz. 

 

6. Ole-Gunnar SULSHER - yiliga 7,5 million funt

Yoshi: 47 yoshda
Fuqaroligi: Norvegiya
Klub: "Manchester Yunayted"

Aleks Fergyuson qo‘l ostida yuqori natijalarga erishgan "Manchester Yunayted"ni ayni paytda norvegiyalik mutaxasis Sulsher boshqarib kelmoqda. Portugaliyalik murabbiy Joze Mourinyo omadsizlikka uchragandan so‘ng, klub rahbariyati "qizil iblislar"ning sobiq futbolchisiga ishonch bildirishdi. Dastlab, norvegiyalik bilan shartnoma, shunchaki mavsumni yakunlab qo‘yish uchun tuzilgan edi. Ammo, yakunda Ole-Gunnar bilan o‘rtadagi hamkorlikni yanada uzaytirishdi.

Sulsherning "Manchester Yunayted"dagi hozirgi maoshi yiliga 7,5 million funtni tashkil qiladi. Ammo, shuni ham ta’kidlab o‘tish kerakk, norvegiyalik mutaxasis ushbu jamoa bilan erishgan yutuqlari bilan maqtana olmaydi. "Qizil iblislar" Ole Gunnar boshchiligida hech qanday sovrin yutishmagan. Bundan tashqari, klub ma’muriyati mutaxasis bilan o‘rtadagi bitimni yana uzaytirish haqidagi xabarlar chiqmoqda.

5. Marselo BYELSA - yiliga 8 million funt

Yoshi: 65 yoshda
Fuqaroligi: Argentina
Klub: "Lids"

O‘tgan mavsumda "Lids" ancha yillik tanaffusdan so‘ng, yana Premer ligaga qaytdi. Bunda albatta murabbiy Byelsaning xizmatlari katta. Bundan tashqari, "oqlar"ni APLda yaxshi o‘yin ko‘rsatishida ham Marseloning effektidir.
Darhaqiqat, hozirgi "Lids" butunlay Byelsaning jamoasi. Futbol olamida o‘ziga yarasha obro‘ga ega bo‘lgan argentinalik mutaxasis jamoasini kuchli tomonlarini ko‘rsatishga yordam berdi. Garchi, ichki chempionatda "Lids" yangi bo‘lsa-da, klub murabbiyiga maosh to‘lash bo‘yicha kuchli 7likdan joy olgan. Hozirda Byelsaning yillik daromadi 8 million funtni tashkil qiladi. Albatta, Premer ligada yangi kelgan jamoa murabbiyiga "Manchester Yunayted" ustozidan ko‘proq pul to‘lashi ajablanarli holat. Lekin, shuni ham aytib o‘tishimiz kerakki, Marselo Byelsa Sulsherga qaraganda, tajribali va ancha yetuk murabbiy hisoblanadi. Shuning uchun ham, bu holatni normal qabul qilish kerak.

4. Brendan ROJERS - yiliga 10 million funt

Yoshi: 47 yoshda
Fuqaroligi: Shimoliy Irlandiya
Klub: "Lester"

"Suonsi" va "Liverpul"dagi faoliyati orqali APLda nom qozongan Rojers o‘tgan yilning fevral oyida "Lester" murabbiyligini qabul qilib oldi. Shimoliy irlandiyalik mutaxasis "tulkilar" ruliga kelishi oson kechmagan, chunki o‘sha paytda Brendanning "Seltik" bilan hali shartnomasi bor edi va Shotlandiyada ushbu jamoa bilan yaxshi natijalar qayd etib, kuboklarni birin-ketin yutayotgan edi. Ammo, Premer ligadagi raqobat darajasi, tarkibdagi kuchliroq futbolchilar va Yevropa musobaqalarida o‘ynash hayoli, ehtimol Rojersga va’da qilingan 10 million funt murabbiyning "Lester"ga o‘tishiga turtki bo‘lgandir.
O‘tgan mavsumda "Lester" Chempionlar Ligasiga qatnashish uchun oxirigacha kurashdi, ammo "tulkilar" maqsadlariga erisha olmadi. Ammo, bu yil "Lester" kuchli to‘rtlikka kirish uchun asosiy da’vogarlardan biri hisoblanadi.


3. Karlo ANCHELOTTI - yiliga 11,5 million funt

Yoshi: 61
Fuqaroligi: Italiya
Klub: "Everton"

1999 yildan buyon, faqat top-klublar bilan ishlashga o‘rgangan Anchelotti 2019 yilning dekabr oyida, o‘rtamiyona "Everton" boshqaruviga keldi. Ushbu holat ko‘pchilik mutaxasis va muxlislarni biroz ajablantirdi. Chunki, faqat yulduz futbolchilar bilan ishlashga o‘rgangan Karlo otani "irislar" murabbiyligiga kelishi kutilmagan holat edi. Ammo o‘tgan yilgi mavsumdan tashqari, "Everton" haqiqatan ham Anchelotti faoliyatiga mos kelishini ko‘rsatdi. Jamoa bilan yetakchi klublarga, yetarlicha qarshilik ko‘rsatib kelishmoqda. Joriy mavsum boshida, Anchelotti shogirdlari APLda haqiqatdan ham, ajoyib o‘yinlar ko‘rsatishdi. Ammo, oradan biroz vaqt o‘tgandan so‘ng, klubning natijalari tushib ketdi. Lekin, hali ham "Everton"da Chempionlar Ligasida qatnashish uchun yetarlicha imoniyat bor.
Shunday qilib, Karloning eng ustuvor vazifasi "Liverpul", "Chelsi" kabi jamoalarga qarshilik ko‘rsatib, keyingi yil Yevropa maydonlarida to‘p surish. Agar shunday bo‘ladigan bo‘lsa, klub har yili italiyalikka to‘laydigan 11,5 million funt puli behuda ketmayotgan bo‘ladi.

2. Yurgen KLOPP - yiliga 15 million funt

Yoshi: 53
Fuqaroligi: Germaniya
Klub: "Liverpul"

2015 yilning kuzida "Liverpul"ni qabul qilib olgan Yurgen Klopp, allaqachon barcha "qizillar" muxlislari uchun ideal murabbiyga aylanib ulgurdi. Ushbu mutaxassis o‘z jamoasini 2018/19 Chempionlar Ligasida g‘alaba qozonishdan tashqari, o‘tgan mavsumda o‘ttiz yildan beri qo‘lga kirita olmayotgan Angliya chempionligiga ega chiqishdi! Qolaversa, ushbu chempionlikka erishish uchun, eng katta ta’qibchisi "Manchester Siti"ni naq 18 ochkoga ortda qoldirishdi.
Ammo, "Liverpul" jamoasi buning uchun Kloppga yaxshigaina pul ham to‘lashadi. Xabarlarga ko‘ra, nemis murabbiyi yiliga 15 million funt ishlab topadi. Lekin, shuni ham ta’kidlab o‘tish kerakki, Yurgen ushbu pulni, har tomonlama qoplab bera oladi. Sababi, mutaxasis saviyasi biroz pastroq bo‘lgan futbolchilar bilan ham qanday ishlash kerakligini biladi va kerakli natijaga erisha oladi. Shuning uchun ham o‘tgan yili, Klopp va "Liverpul" o‘rtasidagi bitim 2024 yilgacha uzaytirildi.

 


1. Xosep GVARDIOLA - yiliga 22 million funt

Yoshi: 49 yoshda
Fuqaroligi: Ispaniya
Klub: "Manchester Siti"

Zamonamizning eng yorqin va yuqori darajadagi murabbiylaridan biri hisoblanadigan Xosep Gvardiola reytingimizning birinchi o‘rinidan joy oldi. Ispaniyalik mutaxasis "Manchester Siti"da to‘rt mavsumdan ko‘proq vaqtdan beri ishlamoqda. Shu vaqt ichida Pep "shaharliklar"ni ikki marta Angliya chempioni sovriniga ega chiqishiga yordam berdi. Ushbu mavsumda ham buni amalga oshirishiga ozgina qolmoqda. Ammo, Gvardiola hali "Barselona" bilan ikki marta g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘lgan Chempionlar Ligasi kubogini, "shaharliklar" bilan qo‘lga kirita olmayapti. Murabbiy va klub o‘rtasidagi shartnoma 2023 yilgacha amal qiladi. Agar, ushbu mavsumda ham "shalpangquloq" kubokni qo‘lga kirita olmasa, bu bitim yangilanmasligi mumkin.
Shartnoma shartlari matbuotda e’lon qilinmagan, ammo manbalarning ta’kidlashicha, Pepning maoshi hozirgi paytdagi qiyin vaziyatlarga qaramay, yiliga 20dan 22 million funtga ko‘tarilgan. Ushbu narx hozircha APLdagi eng katta maosh hisoblanib keladi.

Kiritildi: 18:00, 10.05.2021. O'qildi: 5486 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, JCHlarining oltitasida mezbon davlat g'alaba qozongan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик