Bugun 13 noyabr, 2025 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 12 31
2 Barselona 12 28
3 Vilyarreal 12 26
4 Atletiko 12 25
5 Betis 12 20
6 Espanyol 12 18
7 Atletik Bilbao 12 17
8 Xetafe 12 17
9 Sevilya 12 16
10 Alaves 12 15
11 Elche 12 15
12 Rayo Valyekano 12 15
13 Selta 12 13
14 Real Sosyedad 12 13
15 Malyorka 12 12
16 Osasuna 12 11
17 Valensiya 12 10
18 Jirona 12 10
19 Levante 12 9
20 Real Ovyedo 12 8

O'tgan o'yinlar.

12-тур Elche 1-1 Real Sosyedad
12-тур Jirona 1-0 Alaves
12-тур Sevilya 1-0 Osasuna
12-тур Atletiko 3-1 Levante
12-тур Espanyol 0-2 Vilyarreal
12-тур Atletik Bilbao 1-0 Real Ovyedo
12-тур Rayo Valyekano 0-0 Real Madrid
12-тур Malyorka 1-0 Xetafe
12-тур Valensiya 1-1 Betis
12-тур Selta 2-4 Barselona

Navbatdagi o'yinlar.

22/11/25 Valensiya - Levante
22/11/25 Alaves - Selta
22/11/25 Barselona - Atletik Bilbao
22/11/25 Osasuna - Real Sosyedad
23/11/25 Vilyarreal - Malyorka
23/11/25 Real Ovyedo - Rayo Valyekano
23/11/25 Betis - Jirona
23/11/25 Xetafe - Atletiko
24/11/25 Elche - Real Madrid
25/11/25 Espanyol - Sevilya

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 9977 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 3096 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Chempionlik kurashida ikki Madrid klubi qoldi. "Barselona" esa bosh sovringa loyiq emas

Baho:
+ | -1
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Ispaniya La-ligasi
Rukn: Yangiliklar
A A A

Ispaniya chempionati yakunlanishiga ikki tur qolganida titul uchun kurashadigan jamoalar soni ikkitaga kamaydi: «Atletiko» hamon peshqadam bo‘lib, "matraschilar" hisobida 80 ochko, "Real"da esa 78» va eng muhimi qirollik klubi shaxsiy uchrashuvlarda raqobatchilaridan ustunlik qilmoqda. Demak, Diyego Simeone jamoasining har qanday noto‘g‘ri ishi, hatto durang ham jamoaga qimmatga tushadi. Sababi, ular ochko yo‘qotgan taqdirda, «Qirollik klubi»ning ikkita g‘alabasi Zidanga chempionlik unvonini himoya qilishga imkon beradi.

Kataloniyaliklarda 76 ochko bor, agar turnir jadvalida ochkolar teng bo‘lsa, ular «Atletiko»dan ham, «Real»dan ham qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha pastroq bo‘lishadi. Peshqadamdan 2 turda 4 ochkoni qaytarib olishi qiyin masala bo‘lib, "Blaugranas"ga birinchi o‘ringa ajoyib ko‘tarilish uchun ikkala Madrid jamoasining xatosi kerak. "Barsa" hali ham birinchi o‘rin uchun matematik imkoniyatlarini saqlab qoladi, ammo chempionat ssenariysi juda murakkab:

1. «Barselona» endi xato qilishga haqli emas: ularga «Selta» va «Eybar» bilan o‘yinlarda faqat g‘alaba kerak. Kataloniyaliklarning ikkala raqibida ham kurashish uchun sabab bor. Vigoliklar hanuzgacha Evropa Ligasi zonasiga kirishga umid qilishmoqda va "Eybar" omon qolish uchun kurash olib bormoqda.

2. «Atletiko» esa «Osasuna» va «Valyadolid»ga qarshi qolgan ikkita o‘yinda 1 ochkodan ko‘proq to‘plashi shart emas.

3. «Real» «Atletik» va «Vilyarreal» ga qarshi bahslarda 3 ochkodan ko‘p to‘plamasligi kerak.
Faqatgina shu uchta hodisaning har biri ro‘y bergan taqdirdagina, «Barselona» Ispaniya chempioniga aylanadi. Bu haqiqatmi yoki yo‘qligini o‘zingiz baholang. Menimcha, yo‘q.

«Barselona» «Granada» va «Levante» ga qarshi o‘yinlarda chempionlikni qo‘ldan boy berdi.
Taqdir «kuchli uchlik»ning har bir klubiga birinchi bo‘lish imkoniyatini berdi. «Atletiko» qoqilishlarga qaramay, ohirida xatolarga yo‘l qo‘ymay kelmoqda va shu sababli chempionlikka eng yaqin. «Real»ga jarohatlar va Chempionlar Ligasi qo‘shimcha ish yukladi. «Barselona» mavsum boshida ko‘p ochko yo‘qotdi va katta uchrashuvlarda ularning "saxiyligi" tutib qoldi, ammo bu barcha muvaffaqiyatsizliklarni ikki uchrashuvdagi g‘alabalar bilan bartaraf etish mumkin edi.
33-turda Ronald Kuman jamoasi «Kamp Nou» da «Granada»ga qarshi katta ustunlik bilan o‘ynadi va birinchi bo‘limdan so‘ng 1: 0 hisobida g‘alaba qozondi, ammo ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida kataloniyaliklar ikkita gol o‘tkazib yuborishdi va g‘alabasiz qolishdi. 36-turda «Barselona» «Levante»ga qarshi o‘yinda 2: 0 va 3: 2 hisobida oldinda bora turib, yakunda raqibga mag‘lubiyatdan qutulishga imkon berdi. O‘yin 3-3 hisobida o‘z nihoyasiga yetdi.

Ushbu uchrashuvlarda yo‘qotilgan beshta ochko «Barsa ga juda qimmatga tushdi, chunki agar ular mazkur uchrashuvlardagi yuz foizlik natija kataloniyaliklarni turnir jadvalida «Atletiko» va «Real»dan ko‘proq, ya’ni 81 ochkoga ega bo‘lishlarini ta’minlar edi. So‘ngra so‘nggi ikki tur oldidan "ko‘k-anorranglilar"ga g‘oliblik uchun asosiy da’vogar sifatida qaralar edi.
Ha, futbolda muhim pallalarda konsentrasiyani yo‘qotmaslik kerak, ammo haqiqat shundaki, mavsum oxirida «Granada» va «Levante»ga qarshi o‘yinlarda g‘alaba qozona olmaydigan jamoa albatta, birinchi o‘ringa loyiq emas.

Katta o‘yinlardagi muvaffaqiyatsizliklar

«Barselona» muxlislari ushbu noxush mavsumni iloji boricha tezroq yakunlanishini allaqachon kutishmoqda. O‘tgan yozda hammasi Lionel Messining «Kamp Nou»dan ketishga urinishidan boshlandi, ammo argentinalikni kuch bilan ushlab turishdi. Keyin prezident Xosep Bartomeu bilan uzoq kutilgan xayrlashuvdan so‘ng keskin o‘zgarishlar kutilmoqda va qaysar Leoning umidlari tiklandi.

«Barsa» chindan ham yaxshi o‘yin ko‘rsatmoqda, ammo agar mavsumning yirik o‘yinlari haqida gapiradigan bo‘lsak, Ronald Kuman deyarli barchasida yutqazdi. Jamoa Chempionlar Ligasi guruh bosqichi boshida Turinda g‘alaba qozongan edi, ammo bu mavsumda «Yuventus»ning ham holati ko‘pchiligimizga ma’lum, bundan tashqari «Kamp Nou»da «keksa senyora» Krishtianu Ronalduning dubli bilan 3: 0 hisobida g‘alaba qozondi va «Barselona»ni ikkinchi o‘ringa tushirib yubordi.

Kataloniya klubi chempionlik poygasida emas va endi ular bor e’tiborni keyingi mavsumga qaratishga majbur. Boy berilib kelayotgan qator mavsumlardan so‘ng muxlislar va klub vakillari shu gap bilan o‘zlarini ovutib kelmoqda. Balki, YECHL va xatto La Liga sovrinini sog‘inib qolgan Kataloniya klubi muxlislarini kelasi mavsumda o‘z suyuklilari xursand qilar, hozircha esa umid, sabr va orzu kabi hislar ular bilan birga. O‘zgarishlarga muvaffaqiyatsizliklar sabab bo‘ladi, odatda. Ayni dam "Barselona"da muvaffaqiyatsizliklar yetarlicha, faqatgina o‘zgarishlar o‘zini kuttirib qo‘ydi.

 

                                                                                Xudayqulov KARIM tayyorladi

Kiritildi: 17:51, 14.05.2021. O'qildi: 10809 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 13
2 Барселона Robert Levandovski 7
3 Атлетико Xulian Alvares 7
4 Леванте Karl Etta-Eyong 6
5 Мальорка Vedat Muriki 6
6 Барселона Ferran Torres 5
7 Бетис Kucho Ernandes 5
8 Сельта Borxa Iglesias 5
9 Реал Мадрид Vinisius Junior 5
10 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 5

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.